15-Laboratoriya mashg‘uloti. Bug’doydoshlar Piyozdoshlar, Qiyoqdoshlar, loladoshlar oilasi mavzuning maqsadi



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə1/3
tarix05.08.2022
ölçüsü0,57 Mb.
#63014
  1   2   3
15-Laboratoriya mashg‘uloti. Bug’doydoshlar Piyozdoshlar, Qiyoqd
1- mavzu Tarkibida saponinlar bo’lgan dorivor o’simliklar va ma (1), 3D kitob yaratish imkonini beruvchi dasturni ko’rsating, Matematika — fanlar shoxi 4- sinf uchun tadbir ssenariysi

15-Laboratoriya mashg‘uloti. Bug’doydoshlar Piyozdoshlar, Qiyoqdoshlar, loladoshlar oilasi
MAVZUNING MAQSADI: Oilaning morfologik tuzilishini, hayotiy
shakillarini, tarqalishini, keng tarqalgan vakillarini lotincha nomlarini va
ahamiyatini o‘rganish.
KЕRAKLI JIHOZLAR: Gebariylar, o‘simliklar aniqlagichi, rasmlar,
jadvallar, fiksatsiya qilingan gullar, mevalar, lupa, pintset, preparoval nina va
boshqalar.
LOLADOSHLAR OILASI-LILIACEAE.Morfologik ta'rifi. Oila vakillari ildiz poyali, piyoz boshli o‘simliklar hisoblanadi. Barglari oddiy, butun qirrali, gulqo‘rg‘oni gultojtsimon. Gultojibarglari ikki qavat o‘rnashgan. Changchilari oltita, urug‘chisi bitta, uchta mevabargchasining qo‘shilib o‘sishidan hosil bo‘lgan. Tugunchasi ustki. Mevasi ko‘sak yoki rezavor.
Ahamiyati. Oila vakillarining ko‘pchiligining gullari chiroyli va xushbo‘y
hidga ega bo‘lganligi uchun manzarali o‘simlik sifatida ko‘plab ekib o‘strilmoqda.
ISH TARTIBI VA TOPSHIRIQLAR.
Gerbariylardan foydalanib, loladoshlar oilasining morfologik belgilari bilan
tanishing, turkumlarini aniqlagich yordamida aniqlang.
Lola o‘simligini morfologik jihatdan tahlil qiling. Uning piyoz boshiga,
poya va bargning tuzilishiga. gulqo‘rg‘oniga, changchi va urug‘chilariga
tugunchaning gul o‘rnida joylanishiga va mevasiga e'tibor bering, ularning rasmlarini chizing.
Gul formulasini tuzing. ­ P3+3 A 3+3 G (3)Oilaning quyidagi vakillarining lotincha va o‘zbekcha nomlarini yozing.Tulipa greigii-greyg lolasi. T. ferganica- Farg‘ona lolasi, T. uzbekistanicao‘zbekiston lolasi, Lilium-liliya, Gagea-boychechak. Eremurus- shirach. Colchicum-savrinjon.
PIYOZDOSHLAR OILASI-ALLIACEAE.
Morfologik ta'rifi. Piyozdoshlar oilasining vakillari ko‘p yillik, piyoz
boshli va maxsus hidli o‘t o‘simlikdir. Ular er sharining hamma qismida, uchraydi.
Barglari etli, tasmasimon yoki naychasimon.To‘pguli oddiy soyabonsimon. Gulqo‘rg‘oni oddiy, gultojbargsimon, gultojbarglar soni 6ta, asosiy qismlari
qo‘shilgan. Changchilar 6ta, urug‘chisi 1ta, 3 mevabargchaning qo‘shilishidan
hosil bo‘lgan. Tugunchasi ustki. Mevasi ko‘sakcha.
Ahamiyati. Bu oila vakillari, sabzavot o‘simligi sifatida ko‘plab ekib
o‘stirilib, ovqatga ishlatiladi va dorivor o‘simlik sifatida keng foydalaniladi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə