15-ma’ruza.
GIDROPORSHENLI NASOSLARNING TA’SIR PRINSPI
Gidroporshenli nasoslar (GPN) ikkita asosiy qismdan tashkil topgan
bo’ladi: hajmiy turdagi D (22.1-rasm) gidravlik porshenli dvigatel va dvigatel bilan
shtok yordamida bog’langan ikki tomonlama ta’sirli porshenli nasos H. GPN ning
ishini boshqaruvchi asosiy elementi, zolotlikli moslama 3 hisoblanadi. U ta’siri
bo’yicha to’rt chiqishli kranga o’xshash bo’ladi. Zolotnikning ichki qismi kanal
bilan birgalikda 90
o
buriladi va ikki holatni egallaydi. (22.1-rasm. uzluksiz va
punktir chiziqli). Zolotnikning ikki holatga o’zgarishi dvigatel shtokidan avtomatik
tarzda boshqariladi.
Ishchi suyuqlik yer yuzasidan kuchli nasos yordamida quvur 1 (NKQ)
orqali haydaladi. Rasmda ko’rsatilgan holat bo’yicha haydalgan suyuqlik
dvigatelning D silindrining yuqori bo’shlig’iga tushadi. Birvaqtning o’zida
dvigatelning D pastki bo’shlig’i zolotnik yordamida chiqish chizig’i 2 (xalqali
bo’shliq) bilan bog’lanadi.
Ishchi suyuqlik ta’sirida hosil qilingan bosim ta’sirida dvigatel porsheni 3
pastga harakatlanadi. Porshen ostki qismidagi suyuqlik zolotnik orqali tashlama
quvurga 2(xalqali muhit) chiqadi. Porshen pastga to’liq tushgandan keyin to’rt
chiqishli jo’mrak (zolotnik) avtomatik ravishda 90
o
burilab, uning kanallari 22.1-
rasimda punktir chiziq bilan ko’rsatilgan holatni egallaydi. Zolotnikning yangi
holatida ishchi agent quvurdan 1 dvigatel D silindrining pastki bo’shlig’iga
yo’naltiriladi va ishni bajargan suyuqlik esa silindrning yuqori bo’shlig’idan
chiqish chizig’iga 2 tushadi. Pastki qismiga tushayotgan ishchi suyuqlik bosimi
ta’sirida porshen3 yuqoriga harakatlanadi. Dvigatelga shtok bilan bog’langan
zolotnik yuqoriga harakatlanishining oxirida teskari tomonga 90
o
buriladi va uning
kanallari qaytadan birinchi holatni egallaydi. Dvigatel porshenining harakatlanish
tezligi va soni haydaladigan ishchi agent tezligiga bog’liq bo’ladi. Kichik tezlikda
haydalganda dvigatel porshenining yurish soni kichik va katta tezlikda
haydalganda katta bo’ladi. Yurish sonini chegarasiz oshirish mumki emas.
Porshenli agregat guruhlari, zolotnik va suyuqlik kanallari inertsiyasi yurishlar soni
chegaralanadi va uni 100 dan oshirmaslik talab qilinadi. Quduq nasosi H porsheni
(plunjer)4 dvigatel shtoki bilan mustahkam briktirilgan, u ham oldinga va orqaga
harakatlanadi. Nasos silindri har ikkala tomonidan bittadan haydovchi 5 va
so’ruchi 6 klapanlarga ega bo’ladi. Porshen 4 pastga harakatlanishida qatlam
suyuqligi nasosning botirilish chuqurligi ta’sirida hosil qilingan bosim ta’sirida
aylanma kanal 7 va yuqori so’ruchi klapan 6 orqali nasos silindri ustki bo’shlig’iga
tushadi. Porshen 4 pastga harakatlanishida silindrning ostki qismidan qatlam suvi
pastki haydovchi klapan 5 orqali tashlama quvurga 2 (xalqali bo’shliqqa) uzatiladi
va u yerda ishlab bo’lgan ishchi agent bilan aralashadi. Porshen 4 yuqoriga
harakatlanishida porshen osti bo’shliq so’ruchi klapan 6 orqali qatlam suyuqligini
so’riydi. Porshen usti bo’shlig’idan haydaladigan suyuqlik haydovchi klapan5
orqali tashlama quvurga 2, xalqali bo’shliqqa uzatiladi.
22.1-rasm. Zolotnikli ikki tomonlama ta’sirli gidroporshenli nasosning
printsipial sxemasi, ikki yo’lli jo’mrak sxematik ravishda keltirilgan.
22.2-rasm. Differentsiyal turidagi GPNning printsipial sxemasi (bir tomonlama
ta’sirli):
a-pastga harakatlanishi, b-yuqoriga harakatlanishi
Zolotnik tuzilishi bo’yicha dvigatel shtogiga joylashuvchi ozining slindrida
kirituchi va chiqaruvchi kanallar harakatlanuchi quyma vtulka ko’rinishda
tayyorlanadi. Dvigatel shtokining yuqori va pastki ariqchalari- kanallari orqali
ishchi suyuqlik zolotnik slindriga tushadi va quyma vtulkani dvigatel silindri
bo’shliqlarini 1 va 2 quvur orqali bog’lash uchun harakatlantirib turadi.
Birxil sharoitda (diametri, yurish uzunligi, o’lchami) ikki tomonlama
ta’sirli nasosning uzatishi birtomonlama ta’sirli plunjerli oddiy nasosning
uzatishidan deyarli ikki marta katta bo’ladi. Faqat yuqoriga harakatlanganda
uzatadigan GPN larning birtomonlama ta’sirli yoki differentsiyal turlari ham
mavjud. (22.2). Ishchi suyuqlik kanal 6 orqali dvigatel porshenining ostiga
uzatiladi va u yerdan to’suvchi boshqariluchi klapan 5 dan maxsus kanal 7 orqali
porshenning ustki bo’shlig’iga 4 tushadi. (22.2, a).
Porshenning 4 yuqori bo’shlig’i pastki bo’shlig’idan shtok hajmi
miqdorida katta bo’ladi. Yuqoridan ta’sir qiluvchi kuch pastidan katta bo’ladi va
shuning uchun porshen 4 pastga harakatlanadi. U bilan birgalikda plunjer 1 nasos
silindrida pastga harakatlanadi. Plunjerdagi haydovchi klapan 2 ochiladi. Dvigatel
porshni pastga harakatlanishining oxirgi nuqtasida boshqaruvchi klapan 5 yopiladi
va kanal 7 yopiladi(22.2, b). Dvigatel yuqori bo’shlig’i kanal 8 va shtok tanasida
hosil qilingan teshik nasos plunjeri usti va aylanma kanal orqali nasos quvuri 9
bilan bog’lanadi. Porshen yuqoriga tomon harakatlangunch dvigatel porshni osti
bosimi ortib boradi. Yuqoriga harakatlanishida so’ruchi klapan 3 ochiladi va nasos
silindri qatlam suyuqligi bilan to’ladi. Yuqoriga harakatlanishining oxirgi
nuqtasida boshqaruchi klapan mexanik ta’sirda kanalni 7 ochadi va kanalni 8
yopadi. Pastga harakatlanishi sodir bo’ladi.
Birtomonlama ta’sirli GPN yer yuzasida ishchi katta bosim suyuqlik uzulib
boorish orqali ta’sir etadi.Amerika firmasi “Koub” tomonidan ishlab chiqilgan
nasos “Gidrolift” deb nomlanadi. Uning 50 mm dan 137 mm gacha belgilangan
o’lchamlari, yurish uzunligi 1,53 m va maxsuldorligi 24 dan 2400 m
3
/kech-kun
bo’lgan turlari mavjud,
GPNda ishchi suyuqlikni haydashda oddiy NKQ tizmasidan foydalaniladi.
Ishlab bo’lgan suyuqlikni yer yuziga chiqarish va nasos bilan qazib olinayotgan
qatlam suyuqligini yer yuzasiga chiqarish uchun birinchi va ikkinchi qator
NKQlari tizmasi oralig’idan foydalaniladi. Sunday qilib GPN qurilmasini ishini
ta’minlash uchun ikki qator quvurlar tizmasi kerak bo’ladi. Birqator quvurli
sxemasi ham mavjud. Bunday sxemada suyuqlikni yer yuzasiga chiqarish uchun
kanal sifatidan NKQ va ishlatuchi quvurlar tizmasi oralig’idan foydalaniladi.
Bunday sxema bilan ishlashda nasos osilgan chuqurlikka xalqa qismini zichlash va
suyuqlik faqat nasos orqali o’tishni ta’milash maqsadida paker o’rnatiladi.
Gaz yakori ko’rinishidagi har xil turdagi ajratish qurilmlari foydasiz bo’lib
qoladi. Bu nasosning to’lish koeffitsiyentini pasayishiga sabab bo’ladi. Uch kanalli
tizim ham mavjud, bunda ishchi suyuqlik kichik diametrli NKQ ning ichiga
haydalib, birinchi va ikkinchi quvurning orasidan qatlam suyuqligiga
aralashmasdan chiqariladi. Bundan ko’rinib turibdiki buday tizim uchun uch qator
NKQ kerak bo’ladi. Ayrim holatda qatlam suvini chiqarish uchun uchunchi kanal
sifatida tashqi qator NKQ va ishlatuchi quvurlar tizmasi oralig’idan foydalaniladi.
Uch kanalli sxema, ikki kanalli sxemadan ishchi suyuqlikni qatlam
suyuqligidan ajratib olish, qayta ishlatish uchun tayyorlash va regeneratsiy qilish
talab qilinmaydi. Uch kanalli sxemada ajratish qurilmasi va ishchi suyuqlikni yer
yuzasida tayyorlash jarayoni juda oddiy bo’ladi.
Uch kanalli sxema, yoki yopiq tizimning asosiy kamchiligi qurilma ko’p
metal talab qiladi, bundan ko’rinib turibdiki quduq jixozlari katta narxga tushadi.
GPN qurilmasini quduqqa tushirish va o’rnatish ikki yo’l bilan amalgam
oshiriladi: GPN NKQga osish va tushirish va GPN ni ish o’rniga tushirish va
o’rnatish NKQ orqali haydaladigan suyuqlik orqali amalgam oshiriladi(erkin GPN
deb nomlanadi).
22.3, a va b –rasmlarda quduqdagi GPN qurilmasining mavjud sxemalari
keltirilgan. Kichik diametrli(ikkinchi qator) NKQ ga 1 GPN qurilmasi 4 osiladi.
Uning pastki qismida zichlovchi element 7, katta diametrli birinchi qator NKQning
2 pastki qismiga burab mahkamlangan o’tqazish konusiga joylashtiriladi(XII.3,a-
rasm). Birinchi navbatda katta diametrli NKQ(birinchi qator) tushiriladi va keyin
kichik diametrli NKQ bilan GPN tushiriladi. Ishchi suyuqlik kichik diyametrli
NKQ orqali haydaladi. Ishlab bo’lgan suyuqlik va qatlam suyuqligi xalqa qismidan
yer yuzasiga chiqariladi. 22.3,b-rasmda bir quvurli tizim ko’rsatilgan. Xalqali
muhitni zichlash maqsadida qudqqa GPN uchun shlipsa yordamida paker 6
o’rnatuchi konus bilan birgakikda tushiriladi. Paker o’rnatilgandan keyin NKQ
chiqarib olinadi va u bilan pakerga o’rnatgich bilan GPN tushiriladi. Ishchi
suyuqlik NKQ orqali haydaladi. Ishlab bo’lgan va qatlam suyuqligi quvur ortki
qismidan yer yuzasiga chiqariladi.GPN ni ta’mirlash uchun NKQda ko’tarish
quduqdan barcha quvurlar tizmasini ko’tarish kerak bo’ladi. Quduqda yer osti
brigadasi ishlaydigan katta ish hajmini o’z ichiga oladi. Shuning uchun hozirgi
vaqtda bir munch ko’proq tarqalgan erkin GPN ishlab chiqilgan(22.4-rasm).
Quduq ustida to’rt yo’lli jo’mrak- yuqori bosimni o’zgartiruchi. Haydaladigan
suyuqlikni NKQ yo’naltirish va chiqariluchisyuqlikni xalqa qismidan olish, yoki
teskari jarayonni amalgam oshirish uchun xizmat qiladi.
22.3-rasm. Gidroporshenli nasos qudug’i jixozlari sxemasi: a – ikki qator
ko’targichli,b-bir qator ko’targichli
22.4.-rasm. Erkin GPN li quduqdan suyuqlik ko’tarish sxemasi:
a-nasosni ko’tarish, b-ustki tutqich bilan ushlash: I-ishchi bosim; II-quduq
tubi bosimi; III-ortiqcha gidrostatik bosim
Quduqni erkin GPN bilan jixozlashda NKQ ning pastki qismiga teskari
klapan o’rnatiladi. Teskari klapan bilan ushlangan holatda NKQ neft bilan
to’ldirilgandan keyin GPN haydalayotgan suyuqlik bilan pastga qarab suriladi.
Bunda to’rt yo’lli jomrak “spusk-rabota” holatida bo’ladi. Ikkinchi qator NKQ
pastki qismida kanalchali maxsus stakan va GPN ni o’rnatish uchun zichlovchi
xalqa o’rnatilgan bo’ladi.
GPN korpusida zichlovchi rezina xalqa va suyuqlik oqib o’tish uchun
teshik mavjud bo’ladi. GPN ning yuqori qismida NKQ ichki diyametriga teng
elasti rezinali porshen-manjet bo’ladi. Bundan tashqari GPN konussimon ushlovchi
boshchali bo’ladi. NKQ haydalayotgan ishchi suyuqlik bosimi bilan GPN stakanga
o’tiradi. GPN qabul qiluvchi qismi korpusining pastki qismidan zichlovchi orqali
stakanga teskari klapan bilan o’tadi. GPN joyiga o’rnatilgandan keyin ishchi
suyuqlik bosimi ortadi va nasos ishlay boshlaydi. Quduqdan nasosni ko’tarish
uchun to’rt yo’lli jo’mrak “ko’tarish” holatiga qo’yiladi. Ishchi suyuqlik haydovchi
agregatdan nasosning zichlovchi xalqa ostida bosim hosil qilish uchun NKQ
oraligiga xalqali qismga haydaladi. GPN ma’lum bir bosimda o’rnatiluchi
stakandan chiqadi va NKQ bo’ylab yuqoriga harakatlana boshlaydi(22.4,a-rasm).
Tutgich bilan nasosni ushlash (22.4, b-rasm) bilan birgalikda haydovchi agregat
ham to’xtatiladi, shundan keyin quduq usti ochiladi va nasos olinadi. Erkin GPNni
tushirish va ko’tarish tezligi ishchi suyuqlik sarfi va zichlovchi manjet holati bilan
aniqlanadi. Nasosni quduqqa tushirish kichik bosimda amalga oshiriladi. Nasos
o’rnatiluvchi stakandan katta bosim bilan chiqariladi. Erkin GPN ni 2000 m
cuqurlikka tushirish va ko’tarish jarayonini bir kishi 2-2,5 soatda amalga oshiradi.
Ko’tarilgan nasos quduqdan tutgich bilan qo’lda boshqariladigan lebedka va kichik
tal yordamida olinadi. Bu GPN eng yaxshi tomonidan biri hisoblanadi. GPN
korpusining tashqi diyametri hardoyim NKQ ichki diyametridan kichik bo’ladi,
shuning uchun GPN ning uzatishi quvur bilan tushiriladigan boshqa nasoslardan
kichik bo’ladi.
Quduq ustida GPNni yuritish uchun NKQga ishchi suyuqlik haydovchi
nasos o’rnatiladi. Individual tizimda har bir quduqqa haydovch nasos o’rnatiladi,
guruhiy tizmda birnecha GPN bilan jixozlangan quduqqa ishchi suyuqlik haydash
uchun haydovchi nasoslar guruhi joylashtiriladi. Odatda haydovchi nasos sifatida
har xil quvatdagi yuqori bosim hosil qiluvchi elektrodvigatelli yoki ichki yonuv
gazli dvigatelli uch plunjerli vertikal va gorizontal nasoslardan foydalaniladi.
Plunjerli nasoslar har xil diyametrli gilza va plunjerlar bilan ta’minlanadi. Bu
suyuqlikni uzatishni boshqarish va uni aytilgan quvatda bosim hosil qilishni keng
doirada o’zgartirishni ta’minlaydi.
Yer usti inshoatlari qatoriga ajratish qurilmasi va qumdan tozalash
qurilmalari kiritishimiz mumkin. Kichik kanalchadan haydashda juda toza suyuqlik
haydash talab qilinadi va bu qimmat baho qurilmalarni qurishga olib keladi. Bu
holat GPN qurilmasi bilan ishlatiladihan quduqlarni ishlatish amaliyoti va
texnikasini qiyinlashtiradi va qimmatlashtiradi.
Dostları ilə paylaş: |