16. Mavzu: shaxs reja



Yüklə 24,45 Kb.
tarix14.11.2022
ölçüsü24,45 Kb.
#68992
Документ


16.Mavzu: SHAXS
Reja:
16.1. «Shaxs» tushunchasi tarixi va uni psixologik tarzda tushunish.
16.2. Shaxs tuzilishi.
16.3. Shaxs tuzilishida biologik va ijtimoiy nisbatlar muammosi.
16.4. Shaxs haqida psixologik nazariyalar.
16.5. O‘zini anglash, o‘zini baholash va shaxsiy da’vogarlik darajasi.
16.6. Shaxsning psixologik himoyasi.
16.7. Shaxs shakllanishi va taraqqiyoti.
Adabiyotlar:
1. G‘oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob.
2. Югай A.Х., Мираширова Н.А. “Общая психология” – Tашкент 2014.
3. Дружинина В.. “Психология “. Учебник. “Питер”, 2003.
4. Болотова А.К., Макарова И.В. Прикладная психология: учебник для вузов. –М., Аспект Пресс, 2002. – 383с.
Blits-so’rov savollari
1. «Inson», «individ», «shaxs» va «individuallik» tushunchalari nisbatini ochib bering.
2. «shaxs» nima? Ushbu tushunchaning mazmunini ochib bering.
3. Shaxs tuzilishiga nima kiradi?
4. Shaxsda biologik va ijtimoiy nisbat muammosini ochib bering.
5. Shaxsning qanday psixologik nazariyalarini bilasiz?
6. «o‘zini anglash», «o‘zini baholash» va «prityazaniy darajasi» tushunchalarining maxmunini ochib bering.
7. Shaxs shakllanishi va rivojlanishi haqida gapirib bering.
8. E. Eriksonning shaxs rivojlanishi konsepsiyasi nimadan iborat?
9. Shaxsning psixologik himoyasi mexanizmlarini ochib bering.
TAYANCH TUSHUNCHALAR:
Individ - biologik turning umumiy irsiy xossalarini tashuvchi biologik organizm (har bir odam individ bo‘lib tug‘iladi).
Endopsixika - shaxs psixik tuzilishining ichki qismlari sifatida psixik elementlar va funksiyalarning o‘zaro bog‘liqligi.
Ekzopsixika - shaxs munosabatlarining tizimini va uning qiziqishlari, mayllari, ideallari, maslagi, hukmron hissiyotlari, egallagan bilimlari, tajribalari.
E’tiqodlar –  shaxsni o‘z qarashlari, tamoyillari, dunyoqarashiga muvofiq ravishda harakat qilishga undovchi motivlar tizimi.

SHaxs tushunchasi «yuz», «soxta qiyofa» so‘zlaridan kelib chiqadi. Qadimgi rus tilida «soxta qiyofa» so‘zi «rol», ya’ni, odam boshqalar bilan muloqotda bo‘lganida kiyib oladigan biror-bir ijtimoiy niqob ma’nosini anglatuvchi  «rol»ni bildirar edi. Lotincha persone so‘zi ham shu ma’noni anglatadi. Per sonare – niqob ortidan so‘zlashish. Qadimgi yunon, keyinchalik esa qadimgi rim teatrlarida akter sahnaga u yoki bu – yovuz, laganbardor, payg‘ambar, qahramon xarakterlari chizilgan niqobda chiqardi. Niqobning bo‘yoqlari ijtimoiy vazifani bajaruvchi, u yoki bu rolni ijro etayotgan insonning ahloqiy belgilariga ishorat edi.
Qadimgi YUnonistonda «shaxs» tushunchasiga mos keluvchi atama ishlab chiqilmagan edi. O‘zining betakror taqdiriga ega bo‘lgan shaxs haqida Aflotun bilmas edi, bilishni ham xohlamasdi. Uning o‘rnini ruh egallagan edi. Arastuning «Jon haqida» asari hozirgi zamon psixologiyasiga yo‘l ochib berdi.
Qadimgi Rim oldinga qadam tashladi. Rim huquq ilmida yunoncha boshning yuz qismini, tashqi ko‘rinish, bundan tashqari, tragediyada ishtirok etuvchi ijrochini belgilovchi prosopon o‘rniga, lotincha persona so‘zi qo‘llanildi, bu so‘z avvaliga, yunoncha so‘zga o‘xshab, tragediyadagi akterning roli va niqobini anglatar edi. Lekin keyinchalik alohida individning nomi sifatida saqlanib qoldi. Rim fuqarosi huquqiy va diniy zot, avlodlar ismi-sharifi va mulk egasi sifatida ta’riflanadi.
SHarqda umuman boshqacha holat edi. Induizm va buddizmda shaxs inkor etilib, faqatgina «o‘zlik» e’tirozsiz tan olinadi.
K.Yungning psixoanaliz nazariyasiga asosan «shaxs» tushunchasi odamning jamiyatdagi ijtimoiy roli bilan bog‘liq. Hayoti jarayonida u ijtimoiy talablarga mos ravishda o‘zini tutishni o‘rganadi. Har bir kasb uchun, masalan, jamiyat a’zosi taqib yuradigan ma’lum niqob xosdir. SHaxs xarakterni tashkil etuvchi bo‘lib hisoblanmaydi, lekin u bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ichki «Men»ning himoyasi sifatida faoliyat yuritadi.
Ko‘pgina tillarda mavjud bo‘lgan «o‘zlikni yo‘qotish» iborasi o‘zining egallab turgan o‘rnini va darajasini yo‘qotishni bildiradi.
SHarq tillarida (xitoy, yapon) shaxs tushunchasi odamning yuzi bilan emas, balki butun tanasi bilan bog‘lanadi. Evropa an’analarida yuz tana bilan birgalikda o‘rganiladi, chunki inson chehrasi ruhining timsolidir, xitoyliklar tafakkurida esa «hayotchanlik» tushunchasiga individning ham ma’naviy, ham vujudiy sifatlari kiradi.
SHu asosda, avval boshidan «shaxs» tushunchasiga ma’lum hayotiy rollarni ijro etganda o‘ziga xoslikka ega bo‘ladigan tashqi, yuzaki ijtimoiy obraz – qandaydir «shaxs», atrofdagilarga qaratilgan ijtimoiy yuz ifodasi kiritilgan edi .
Pedagogika, psixologiya va falsafada shaxsga o‘xshash ko‘plab qarama-qarshi ta’riflari keltirilgan ilmiy tushunchani uchratish amri mahol. Mashhur ruhshunos V.P. Zinchenko fikriga ko‘ra: ««Inson» tushunchasi bilan faqat  «shaxs» tushunchasi raqobatlashishi mumkin». Olim D.B. Elkonin adabiyotlarda shaxsning yigirmaga yaqin ta’rifini ko‘rib chiqqandan so‘ng uning o‘zi shaxs emasligini xulosa qildi.
Narx tushunchasini tilla tanga yoki qimmatli qog‘ozning fizik-kimyoviy tarkibini tadqiq qilish bilan tushuntirish qiyinchilik tug‘dirgani kabi, faylasuf E.V. Ilenkovning yozishi bo‘yicha, shaxs sir-cinoatini inson miyasi xususiyatlariga tenglashtirib bo‘lmaydi. SHaxs miya tuzilishi bilan emas, balki, insonning insonga bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar tizimi bilan belgilanadi.
Voqeiy shaxs o‘zini «umumiy natijalar» nomini olgan ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan natijalarni yaratishda anglaydi. Aflotun va Spinoza, Betxoven va Napoleon, Tolstoy va Mikelandjelo – bunday, odatiy holatlarni sindiradigan ijtimoiy ahamiyatga molik ishlar mujassam bo‘lgan shaxslarni boshqalar bilan adashtirib yuborish mumkin emas. SHaxslar ko‘lami, E.A. Ilenkovning odilona fikriga ko‘ra, faqat ularnigina emas, boshqalarni ham qiziqtiradigan o‘zlarining faoliyatlari ko‘lami bilan o‘lchanadi.
YAna bir mashhur faylasuf M.K. Mamardashvili tasdiqlashicha: «SHaxs – bu turmush tarzi, uning shakli, hayotning alohida holati, evolyusiyasining noyob topilmasi. SHaxs – bu «tabiatning yirik mushohadasi». SHunday ta’rif bergan bo‘lardim. Uning ifodalanishlarga moyilligi barcha narsalarni bilishga yoki boshqa yuksak belgilarga bog‘liq emas. Tushunsangizchi, axir insonning eng muhim ehtirosi – bu ro‘yobga chiqmoq, amalga oshmoq, sodir bo‘lmoq».
Ruhshunoslar individning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini shaxsning asosiy belgilari, deb hisoblaydilar. B.G. Ananev «shaxs»ga  «jamiyatning insonga uning ma’lum tarixiy rivojlanishi davrida ko‘rsatadigan ko‘plab iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ahloqiy va boshqa ta’sirlari ob’ekti» sifatida ta’rif beradi.  A.N. Leontev fikriga ko‘ra, «shaxs insonning ijtimoiy-tarixiy va ontogenezdagi taraqqiyotining nisbatan kechki mahsulotidir. SHaxs o‘zlashtirib olingan rollar tizimidir («rol» – bu biror-bir ijtimoiy guruh tuzilishida ma’lum o‘rinni egallagan insonning kutilgan hulq-atvoriga javob beradigan dastur; bu insonning jamiyat hayotidagi ishtirokining tuzilishga ega bo‘lgan usulidir)». SHaxs taraqqiyoti individning ijtimoiylashuvi va tarbiya topishi sharoitlarida amalga oshiriladi. Umumiy psixologiyada ko‘pchilik hollarda shaxs sifatida qandaydir yadro, mag‘iz, individning turli ruhiy jarayonlarini birlashtiruvchi va uning faoliyatiga zaruriy ketma-ketlik va barqarorlik bag‘ishlovchi yig‘indi va amodal boshlang‘ich modda tushuniladi.
L.S. Vigotskiy ijtimoiy tajribasiz, uning ichki ishlanmasiz, so‘ngra uni yana qayta ishlangan shaklda ichkaridan ishlab chiqarmasdan turib, shaxsning taraqqiy etishi mumkin emasligi (interiorizatsiya va eksteriorizatsiya qonunlari) haqida yozgan edi.
Bu xususda psixologlarga tarix fanining ba’zi bir namoyondalari ham qo‘shiladilar. G.S. Knabening ta’kidlashiga ko‘ra, ««
Yüklə 24,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin