17 – Ma`ruza: Reanimasiya asoslari. Reja: Reanimatsiya haqida tushuncha. Terminal holat va uning davrlari



Yüklə 24,53 Kb.
səhifə1/10
tarix12.05.2022
ölçüsü24,53 Kb.
#57729
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
17 – Ma`ruza Reanimasiya asoslari. Reja Reanimatsiya haqida tu


17 – Ma`ruza: Reanimasiya asoslari.


Reja:

1. Reanimatsiya haqida tushuncha.

2. Terminal holat va uning davrlari.

3. Klinik va biologik o’lim.

4. Reanimatsion chora – tadbirlar.
Tayanch so’zlar: reanimatsiya, terminal holat, preagoniya, agoniya, klinik o’lim, biologik o’lim, puls, arterial bosim, arefleksiya, asfiksiya, gipoksiya, gipoksemiya, fibrillatsiya.

Reanimasiya [re – qayta va lot. animatio – jonlantirish, tiriltirish] – klinik o’lim holatidagi (Terminal holat) kishilarni tiriltirish, shuningdek, hayotiy muhim a'zolarning baxtsiz hodisalar, kasallik va uning asoratlari natijasida to’satdan yo’qolgan yoki o’zgargan faoliyatlarini tiklash uchun ko’riladigan chora-tadbirlar majmui. Nafas olish va yurak faoliyati to’xtaganda yoki amalda nafas ham, qon aylanish ham organizm ehtiyojini ta'minlay olmay qolgan hollarda reanimasiya qo’llaniladi. Reanimasiya masalalarini reanimatologiya o’rganadi. Renimatologiyaning taraqqiy etishi endilikda R. usullaridan bevosita jonlantirishda emas, balki moddalar (suv-elektrolit, gaz) almashinuvining keskin buzilishi, qon aylanishi, nafas, jigar, buyrak faoliyatining nuqsonlarida hamda operatsiyalardan so’ng a'zolar faoliyatini tiklashda ham foydalanish imkonini berdi. Yashashga qobiliyatli organizmnigina tiriltirish mumkin. Reanimasiya tadbirlarini og‘ir mexanik shikastlanishdan, shu jumladan, shikastlanish oqibatidagi shok, qon ketishi, tok urishi, kuchli zaharlanish, bo’g‘ilish, suvga cho’kish, termik kuyish, sovqotish va h. k. dan o’layotgan vaqtda qo’llash lozim. Reanimasiyani, ko’pincha, «tezkor davolash» («intensiv terapiya»), «tezkor parvarish» («intensiv parvarish») deyiladi. Demak, to’satdan yuz beruvchi o’lim bilan tugaydigan har qanday tang holat reanimasion tadbirlarni zudlik bilan amalga oshirishni taqozo etadi. Reanimasiya o’tkazishda turli vositalar, jumladan, elektron asboblar (defibrillyator, elektrostmulyator va h. k.) va boshqa apparatlar, xirurgiya usullari (traxeostomiya, punksiya, yirik tomirlarga kateter qo’yish), dori-darmonlardan foydalaniladi, shuningdek, yurakni bevosita (ya'ni, ko’krak qafasini ochmay turib) massaj qilish, apparatsiz sun'iy nafas oldirish va h. k. usullar qo’llanadi. Reanimasiyani shifokor, hamshiralar, shuningdek, maxsus tayyorgarlikdan o’tgan boshqa sohadagi kishilar bajaradi, tez yordam xodimlari malakali reanimasion yordam ko’rsatadi.

Reanimasiya chora-tadbirlarining to’la kom-pleksi maxsus R. va tezkor davolash bo’limlarida o’tkaziladi, bu bo’limlar nevrologiya, kardiologiya, xirurgiya va boshqa(lar) markazlarda tashkil topsa, shu asosda tarmoqlar (kardiologik, toksikologik va h. k.)ga bo’linadi. Yirik viloyat yoki shahar kasalxonalarida tuzilgan. Reanimasiya markazlari ko’p tarmoqli bo’ladi.


Yüklə 24,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin