18-ma’ruza. Yirik bloklardan qurilgan binolar



Yüklə 380,1 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix19.10.2022
ölçüsü380,1 Kb.
#65450
18-ma’ruza. Yirik bloklardan qurilgan binolar



18-ma’ruza. Yirik bloklardan qurilgan binolar. 
 
Og‘iriligi 3 tonnagacha bo‘lgan katta o‘lchamdagi su'niy yoki tabiiy toshlardan 
ko‘riladigan binolar yirik blokli deb ataladi. 
Bunday binolarda devorning hamma elementlari shu jumladan yopmalar, ichki 
tusuvchi devorlar, zinalar xam yirik o‘lchamli elementlardan tashkil topgan. 
Yirik bloklarni tayerlash uchun asosan yengil betonlar (u = 1800 kg/m
3
bo‘lgan) shlakobeton, keramzitbeton, g‘ovakli beton va x.k.lar ishlatiladi. 
Rakushechnik va tuf toshlariga boy hududlarda, arralab olingan tabiiy bloklar 
ishlatiladi. 
Yirik bloklarniing qalinligi g‘isht devorlar qalinligiga teng qilib olinadi. Tashqi 
devorlar uchun 400, 500. 600) mm ular asosan tug‘ri to‘rt burchakli parallelipeped 
shaklidadir. 
Binoning burchaklarining peshtoqi (karniz), panjarasi (parapet), sokol, balkon 
zinalari uchun maxsus bloklar ishltiladi. 
Bunday devorlar asosan tashqi va ichki yuk ko‘taruvchi devorli, konstruktiv 
sxema asosida - quriladi. G‘isht devorlariga nisbatan afzalliklari quyidagicha: 
mustaxkamligi yuqoriga ko‘ra chidamlilik ko‘rsatkichi katta; tezkor ravishda 
bunyod etiladi; texnika-iktisodi ko‘rsatkichlari yuqori; xamma elementlari 
industrial ravishda tayyorlanadi; (peremыchka)... va balkon bloklaridan tashqari 
boshqa bloklar tarkibida armatura bo‘lmaydi. Kamchiliklari; maxsus xillarning 
ko‘pligi, burchak, kirish, balkon, peshtoq va panjaralarni o‘rnatishning 
murakkabligi, ayrim bloklarning nisbatan yengilligi yuk ko‘taruvchi kranlarning 
foydali ish koeffitsientini kamaytirib yuboradi. 
Tashqi yirik bokli devorlar asosan 2 xil ko‘rinishda teriladi (18.1-rasm): 
1. 2 qatorli 
2. 4 qatorli
18.1-rasm. Tashqi devorlarni bloklarga ajratish: 
a- ikki qatorli, b - to‘rt qatorli. 


Bloklarning turlari o‘lchamlari va shakllari maxsus kataloglarda nashr 
qilinadi. 
Tashqi devor bloklarining sirti pardozlangan bo‘ladi. Yirik bloklar o‘zaro 
semet+qum qorishmasi bilan biriktiriladi. Choklarga maxsus zichlashtiruvchi va 
namlik o‘tkazmaydigan materiallar (mastikalar) paroizol, chernit va x.k. qo‘yiladi. 
Yirik blokli devorlarning fazoviy mustaxkamligi, yopmalar bilan devorlarda 
qoldirilgan temir elementlarini o‘zaro payvandlash va choklarni beton yoki 
qorishma bilan to‘ldirish hisobiga ta'minlanadi. Seysmik mustaxkamliligi yopmalar 
tagida va devor burchaklarida ko‘zda tutiladigan vertikal va gorizontal antiseysmik 
kamarlar va ustunlar yordamida amalga oshiriladi. 
Bloklar tashqi tomonidan pardoz qatlamiga ega bo‘ladi. Bloklarni terganda 
ular orasidagi vertikal choklarning o‘zaro bog‘lanishiga katta e'tibor berish kerak. 
Yirik bloklardan qilinadigan devorlarning gorizontal choklariga sement-qum 
qorishmasi yotqiziladi. Bloklar orasidagi vertikal choklar esa ichki devorlarda 
sement-qum qorishmasi bilan, tashqi devorlarda yengil beton qorishmalari bilan 
to‘ldiriladi. Vertikal choklar yopiq va ochiq bo‘lishi mumkin (18.2-rasm). 
Tashqi devor bloklarining tashqi sirti atmosfera ta'siriga chidamli beton yoki 
turli dekorativ (rangli shisha maydalari, keramik plitkachalar kabi) qoplamalar 
bilan pardozlanadi. 
Ichki devorlarning bloklarga bo‘linish sistemalarini tashqi devorlarniki bilan 
bir xil qabul qilish lozim (18.3-rasm).Ko‘p qavatli binolardagidan farqli o‘laroq, 
bir qavatli binolarda uch qatorli va to‘rt qatorli bloklarga bo‘linish sistemalaridan 
foydalanish mumkin. Ichki devorlarda ham oraliq devor bloklari, eshiklar o‘rnini 
yopish uchun tutashtirgich bloklar va yaxlit devor qismida poyas bloklar hamda 
ventilyasiya bloklari qo‘llaniladi. 
18.2-rasm. Yirik blok devorlarining vertikal choklari: 
a – oraliq devor va deraza osti bloklari tutashgan (yopiq) chok; b – ikkita oraliq devor 
bloklari tutashgan (ochiq) chok; v – ichki devor bloklari tutashgan (yopiq) choklar; 1 – yengil 
beton; 2 – sement-qum qorishmasi. 
 


 
18.3-rasm. Bir qavatli turar-joy binosi devorlarining bloklarga bo‘linish 
sistemalari. 
a – g – tashqi devorlar; d – i – ichki devorlar; a, d – ikki qatorli bo‘linish sistemalari; b, ye 
– uch qatorli bo‘linish sistemalari; v, j – uch qatorli lentasimon bo‘linish sistemalari; g, i – to‘rt 
qatorli bo‘linish sistemalari; 1 – oddiy poyas bloki; 2 – tashqi tutashtirgich bloki; 3 – poyas 
burchak bloki; 4 – oddiy oraliq devor bloki; 5 – tashqi devor burchak bloki; 6 – deraza osti bloki; 
7 – ostki poyas bloki; 8 – ichki tutashtirgich bloki; 9 – qo‘shimcha oraliq devor bloki; 10 – 
yopma; 11 – tashqi devor; 12 – sokol; 13 – karniz; 14 – eshik o‘rni. 
Ichki devor bloklarining enini binoning konstruktiv qadami va eshik 
o‘rinlarining o‘lchamlari bilan muvofiqlashtirish kerak. Eshik va derazalar ustiga 
o‘rnatiladigan tutashtirgich bloklar, santexnik bloklar va shunga o‘xshash 
bloklardan tashqari yirik bloklarni armatura bilan jixozlash shart emas. Ularda 
faqat montaj ilgaklari qo‘yilishi kerak. 

Yüklə 380,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin