2-Amaliy ish
Ma’lumotlar bazasini loyihalash, mohiyat – aloqa diagrammasini qurish.
Relyatsion ma’lumotlar bazasini loyihalash.
Ishdan maqsad: ma`limotlar bazasini loyihalash uchun mohiyat – aloqa
modelini ishlab chiqish bo`yicha ko`nikmaga ega bo`lish.
Masalani qo`yilishi: ma`lumotlar bazasini lohiyalash va “Mohiyat–aloqa”
modelini ishlab chiqish.
Uslubiy ko`rsatmalar: ma`lumotlar bazasini lohiyalash quyidagi
tashkil
etuvchilarini o`rganishni taqazo etadi. Ob`yektlar, ob`yekt
xususiyatlari,
bog`lanishlar (ob`yekt munosabatlari), vaqt oralig`i va hokazolar.
“Mohiyat – aloqa” modeli predmet sohani tashkil etuvchi uchta asosiy
komponentalardan foydalanib quriladi: mohiyat, atribut, aloqa. Konstruktiv
elementlar tarkibida “VAQT” tashkil etuvchisi faqat oshkormas holda ishtirok etishi
mumkin. Modelda vaqt, yil, sana va shunga o`xshash atributlar bilan tasvirlanadi.
Modelni quirishda “aloqa”mavjud ob`yektni, jarayonni yoki hodisani, abstraksiyasi
sifatida keladi. Atribut mahiyatni xarakterlaridan bo`lib, nom bilan belgilanib, birorta
qiymatlar to`plamidan qiymatlar qabul qilinadi.
“Mohiyat – aloqa” modelidagi bog`lanishlarga, ikki mohiyat o`rtasidagi har bir
bog`lanish turiga tegishli munosabatlarni kiritish zarur (binar, ternar.., n-nar).
Loyiha haqidagi axborot diagramma ko`rinishida rasmiylashtiriladi, buning uchun
quyidagi belgilar kiritiladi: mohiyat turlari – to`rtburchak bilan, atributlarovallar
bilan tasvirlanadi va ular mos mohiyatlar bilan yo`nalishsiz qirralar bilan bog`lanadi.
“Mohiyat – aloqa” modeli predmet sohani (PS) faqat aniq bir qismini akslantiradi.
Bu holda uni lokal model deyiladi. PS haqida to`la axborotga ega bo`lish uchun uni
etarli kengroq tekshirish zarur va oldingisini to`ldiradigan local modellar qurish kerak.
Shundan so`ng lokal modellar birlashtirilib PS haqida bir butun kompozitsion tasvirga
ega bo`lamiz.
Ma`lumotlar bazasida quyidagi munosabatlar mavjud:
1.
Birga – bir (1:1)munosabat. A va V ob`ektlar to`plami orasida 1:1 munosabat
o`rnatilgan deyiladi, agarda A ob`ektning har bir nusxasiga V ob`ektning bitta nusxasi
mos kelsa, va aksincha, V ob`ektning har bir nusxasiga A ob`ektning bitta nusxasi mos
kelsa.
2.
Birga – ko`p (1:n) munosabat. A va V ob`ektlar to`plamida A ob`ektning har
bir nusxasiga V ob`ektning bir nechta nusxasi mos kelsa, shu bilan birga V ob`ektning
har bir nusxasiga A ob`ektning bittadan ko`p bo`lmagan nusxasi mos kelsa shunday
munosabat hosil bo`ladi.
3.
Ko`pga – bir (n:1) munosabat A va V ob`ektlar to`plami orasida o`rnatilsa,
unda A ob`ektning har bir nusxasiga V ob`ektning ko`pi bilan bitta nusxasi mos keladi.
V ob`ektning nushalari orasida shundaylari mavjudki, ularga A ob`ektning bir nechta
nusxasi mos keladi.
4.
Ko`pga – ko`p (m: n) munosabat. A va V ob`ektlar orasida shunday
munosabat o`rnatilgan deyiladi, agarda A ob`ektning har bir nusxasiga V ob`ektni bir
nechta nusxasi mos kelsa va aksincha.
1.1 jadval. Ulman-Chen notasiyasining mohiyat-aloqa modeli elementlari.
A g ar A v a V ob ’e kt lar o `rtas i da
N:1 b og` l an ish bo`l sa, s trel ka A
ga qarab yo `nalt i ri l ad i.
Ko`pga
– k o `p b og`la n is h N:M A va V ob ’ e k tlar
o `r t asida M: N b o ` lsa, ular n i u lov chi ch
i z iq o rqa li bog ` l a n a d i.
A va V orasi d a 1 :1 bog ` l a nish bo`l sa,
yo` nali sh s i z chiz i q b i l an bog ` lay m iz.
Ishni bajarish tartibi
Tanlangan ob’yekt bo`yicha mohiyat-aloqa diagrammasini yaratish.
Quyida “futbol clubi” bazasini yaratish uchun mohiyat – aloqa diagrammasi yaratilgan.
1.1 - rasm. Futbol club predmet sohasi uchun mohiyat – aloqa modeli
Dostları ilə paylaş: |