2-bosqich 19. 70 guruh talabasi No'monjonova Jasminaning yozgan Kurs ishisi



Yüklə 1,38 Mb.
səhifə1/2
tarix09.04.2023
ölçüsü1,38 Mb.
#95292
  1   2
2-bosqich 19. 70 guruh talabasi No\'monjonova Jasminaning yozgan



Farg'ona davlat universtiteti
Zootexniya fakulteti
Tuproqshunoslik yo'nalishi
2-bosqich
19.70 guruh talabasi
No'monjonova Jasminaning yozgan
Kurs ishisi.

I. Kirish
II. Asosiy qism
1. Tuproqning unumdorligi haqida tushuncha.
2. Tuproqning unumdorligi haqidagi fikrlar.
3. Tuproq unumdorligini aniqlash.
4. Tuproq unumdorligini oshirish yoʻllari.
5. Tuproq unumdorligini pasayishiga sababchi omillar.
III. Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish.
TUPROQ — litosfera yuza qavatlarining suv, havo va tirik organizmlar taʼsirida oʻzgarishidan shakllanadigan va genetik jihatdan oʻzaro bogʻliq gorizontlardan tashkil topgan tabiiy tuzilma, Yer poʻstining yuza va unumdor qatlami. Tuproqning nuragan tog jinslaridan farq qiladigan eng muhim xususiyati — unumdorligidir. Tuproqni oʻrganish va uning tasnifini tuzish, tarkibini yaxshilash hamda unumdorligini oshirish usullarini ishlab chiqish singari masalalar bilan tuproqshunoslik fani shugʻullanadi. Tuproq hosil qiluvchi asosiy omillar: iqlim, tuproq ona jinsi, oʻsimliklarva hayvonot olami, hududning relyefi va geologik yoshi hamda odamning xoʻjalik faoliyati.
Yer yuzasiga chiqib turgan togʻ jinslari yogʻin sochin, karbonat angidrid, kislorod, havo harorati, mexanik kuchlar, suv va unda erigan moddalar, havo, mikroorganizmlar va tuban oʻsimliklar (yoʻsin, lishayniklar) taʼsirida yemiriladi (nuraydi). Nuragan jinslar maydalanib, gʻovak qatlam hosil qiladi. Bu qatlam vaqt oʻtishi bilan yangi xususiyat — nam sigʻimiga va oʻsimliklar oʻzlashtira oladigan bir oz mikdordagi oziq moddalarga ega boʻladi. Vujudga kelgan yangi muhitdagi mikroorganizmlar oʻz hayot faoliyati tufayli oʻsimliklarning oʻsishi uchun sharoit yaratadi, oʻsimliklar tuproqdan oʻz hayoti uchun zarur oziq moddalarni oʻzlashtiradi va oʻzida toʻplaydi. Nobud boʻlgan oʻsimlikning bir qismi mikroorganizmlar taʼsirida parchalanib, mineral moddalarga, qolgan qismi esa murakkab biokimyoviy jarayonlar natijasida chirindi(gumus) ga aylanadi. Bu jarayonlarning barchasi uzluksiz davom etadigan nurash sharoitida sodir boʻlib, oʻsimlik ildizlari ajratgan nordon moddalar hamda organik qoldiqlar taʼsirida yanada tezlashadi. Natijada Yer poʻstlogʻining sirtida unumdor gʻovak qatlam — Tuproq paydo boʻladi. Iqlim, tuproq ona jinsi, oʻsimlik hamda hayvonot olami, hudud relyefi kabi omillarning Tuproq hosil boʻlish jarayoniga taʼsiri turlicha boʻlganligi tufayli har xil tabiiy zonalarda oʻziga xos Tuproq tiplari vujudga keladi. Masalan, tayga zonasida chimli podzol tuproq, dashtlarda qora va kashtan tuproq, choʻllarda esa sur tusli qoʻngʻir tuproqlar va boshqa tuproq zonalari.
Odamning xoʻjalik faoliyati qum tuproq hosil boʻlish jarayonining baʼzi omillariga, masalan, oʻsimliklarga, shuningdek, yerga ishlov berish, uning meliorativ holatini yaxshilash, organik oʻgʻit solish va b. bilan tuproqqa bevosita taʼsir koʻrsatadi. Bu taʼsir koʻrsatish toʻgʻri mutanosiblikda olib borilganda Tuproq hosil boʻlish jarayonini va xususiyatlarini maqsadga muvofiq oʻzgartirish mumkin.
Tuproq qattiq, suyuq, gaz holatidagi va tirik tarkibiy qismlardan tashkil topgan. Ularning bir-biriga nisbati turli Tuproqlardagina emas, balki bir tuproq tipining har xil qatlamlarida ham turlicha. Tuproq qattiq qismini mineral moddalar tashkil qiladi. Tabiiy joylanishda qattiq zarralar tuproq massasining maʼlum qismini egallaydi, qolgan qismini esa zarralar va ularning agregatlari oraligʻidagi har xil kattalik hamda shaklga ega boʻlgan kovaklar (gʻovaklik) tashkil qiladi. Bu boʻshliklarning umumiy yigʻindisi tuproq gʻovakligi deyiladi. Tuproq gʻovakligi kapillyar va nokapillyar boʻladi. Kapillyar gʻovakli tuproqning mayda zarralari kapillyar oraligʻidagi hajmga, nokapillyar gʻovaklik esa makrostruktura elementlari oraligʻidagi yirik kovaklar hajmiga teng. Tuproqning mineral qismidagi govakligi 40—60%, botqoqi va gleylangan tuproqlarda esa 27% atrofida boʻladi. Gʻovaklik tuproqning solishtirma va hajm ogʻirligiga bogʻliq. Kovaklarda Tuproqning suyuq qismini tashkil qiluvchi, tarkibida erigan moddalar — tuproq eritmasi boʻlgan tuproq nami hamda tuproqning gaz holatidagi qismini tashkil etuvchi tuproq havosi boʻladi. Tuproq tarkibidagi suv va havo miqdorining nisbati atmosfera yogʻinlari, sugʻorish va grunt suvlari hamda suvning sarflanishi, yaʼni tuproq qatlamidan oqib chiqib ketishi, bugʻlanishi va oʻsimlik ildizlari orqali shimilishi va bular bilan bogʻliq holda oʻzgarib turadi. Mana shu sharoitlar tuproqning suv va havo rejimini belgilaydi. Tuproqdagi havo tarkibi atmosfera havosidan (O2-20,96%, SO2-0,03%) farq qiladi (tuproq hajmiga nisbatan % hisobida: O2—20,3%, SO2—0,65%), azot miqdori deyarli teng.
Tuproqning havo oʻtkazuvchanligi undagi havo miqdoriga toʻgʻri proporsional kattalik boʻlib, tuproq tuzilishi, strukturasi va suvga chidamligiga bogʻliq.
Tuproqning tabiiy tana sifatidagi muhim ajralmas o‘ziga xos xususiyati uning unumdorligidir. Yer yuzida yashayotgan hayvonotlar va o‘simliklar hayoti, shu jumladan albatta, inson, hayoti ham tuproqlarning ana shu unumdorlik qobiliyatiga bog‘liq.

Tuproq unumdorligi tushunchasi ostida – bir davrlar tuproqning o‘simliklarni chirindi bilan ta’minlash qobiliyati tushunilgan (A.Teyer, 1830, o‘simliklar oziqlanishining chirindi nazariyasi). Keyinroq esa o‘simliklarni barcha mineral elementlar bilan ta’minlash qobiliyati tushunila boshladi (Yu.Libix, 1840, o‘simliklarning mineral oziqlanish nazariyasi).


Hozirgi zamon ilmiy adabiyotida akad. V.R.Vilyamsning tuproq unumdorligiga bergan ta’rifi keng tarqalgan. Unga muvofiq, tuproqning o‘simliklarni doimiy bir vaqtning o‘zida ham ozuqa elementlari bilan, ham suv bilan ta’minlash qobiliyati tuproq unumdorligini anglatadi. Bunda issiqlik va yorug‘lik, o‘simlik uchun zarur bo‘lgan kosmik omillar sifatida ko‘riladi. Ammo hozirgi paytda tuproq unumdorligi kengroq tushuniladi. Bo‘shoq tog‘ jinslari ham ma’lum darajada ozuqa elementlari va suvni saqlash qobiliyatiga ega, ularga tushgan o‘simlik urug‘i (suvga tushganda ham), unib chiqishi mumkin, lekin normal rivojlanmaydi va avlod bermaydi.


Tuproq unumdorligi kategoriyalari


Tuproq unumdorligiga nisbatan quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:





  • Tuproqlarning tabiiy unumdorligi – tuproqning tabiiy holdagi, ya’ni insonning har qanday ta’siridan holi bo‘lgan unumdorligi.




  • Sun’iy unumdorlik – inson faoliyatining maqsadga yo‘naltirilgan ta’ciri (shudgor, davriy mexanikaviy ishlovlar, melioratsiya, o‘g‘itlarni qo‘llash va h.k.) natijasida yuzaga kelgan unumdorlik.



  • Potentsial unumdorlik – tuproqning, tuproq paydo bo‘lish jarayoni hamda inson ta’sirida yuz bergan o‘zgarishlar natijasida ega bo‘lgan xossalari belgilaydigan unumdorlik yig‘indisi.




    • Samarali unumdorlik – potentsial unumdorlikning muayyan iqlimiy (obi-havo) va texnik-iqtisodiy (agrotexnika) sharoitlarida o‘simlik hosili sifatida realizatsiya qilingan qismi.




  • Nisbiy unumdorlik – tuproqning o‘simliklarning muayyan turi yoki guruhiga nisbatan unumdorligi (o‘simlikning ma’lum bir turi uchun unumdor bo‘lgan tuproq boshqa birlari uchun unumsiz bo‘lishi mumkin).




  • Iqtisodiy unumdorlik – tuproqning, uning potentsial unumdorligi va er maydonining iqtisodiy tavsifi bilan bog‘langan iqtisodiy bahosi.



  • Unumdorlikni takror ishlab chiqish – potentsial unumdorlikka yaqin bo‘lgan samarali unumdorlik darajasini saqlash uchun yo‘naltirilgan meliorativ va agrotexnik tadbirlar tizimi yoki tabiiy tuproq jarayonlari yig‘indisi.

Tabiiy biogeotsenozlarda tuproq va o‘simlik bir-birlari bilan juda yaqin uzviy aloqada (bog‘langan). O‘simlikning rivojlanishi va mahsuldorligi tuproq xossalari va unumdorligiga bog‘liq. O‘simliklar ham o‘z navbatida, moddalarning biologik davrasi xarakteri va hajmini belgilab, tuproqning ko‘p xossalariga ta’sirini o‘tkazadi. Shuning uchun tuproq sharoitlarining hududiy almashinishi har doim tabiiy o‘simlik qoplamining almashinishi bilan birga kechadi va aksincha, o‘simliklar o‘zgarishi tuproqlar almashinuvini yuzaga keltiradi.

Uzoq davom etgan tabiiy tanlanish oqibatida tabiiy biogeotsenozlarda dinamik muvozanat, ya’ni tuproq xossalarining o‘simlik qoplamining biologik xossalariga ekologik muvofiqligi yuzaga keladi. Hatto tuproq o‘ta kislotali yoki ishqorli reaktsiyaga ega bo‘lsa ham, botqoqlashgan, sho‘rlangan, sahrolangan yoki muzlagan tartibotda bo‘lsa ham, ya’ni juda noqulay, nomaqbul xossalarga ega bo‘lgan-da ham unda o‘simliklar o‘sadi. Bu o‘simliklar spetsifik tuproq xossalariga muvofiq keladigan biologik xossalarga ega. Masalan, botqoq tuproqlarda botqoq o‘simliklari, nordon podzol tuproqlarda o‘rmon, sho‘rtob va sho‘rxoklarda sho‘ralar va tuzga chidamli o‘simliklar o‘sadi. Aytilganlardan barcha tuproqlar, xossalari qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, tabiiy unumdorlikning turli darajasiga ega, umumiy unumdorlikka emas, balki nisbiy unumdorlikka – o‘simliklarning ma’lum turlari va o‘simlik assotsiatsiyalariga nisbatan muayyan unumdorlikka ega degan xulosa chiqadi. Ma’lum bir tuproq muayyan bir o‘simlik guruhiga nisbatan unumdor bo‘lishi va boshqalariga nisbatan kam unumdor yoki unumsiz bo‘lishi mumkin. Masalan, botqoq tuproqlar botqoq o‘simliklariga nisbatan yuqori unumdor, ammo ularda dasht o‘simliklari o‘sa olmaydi. Kam chirindili nordon podzol tuproqlari o‘rmon o‘simliklariga nisbatan unumdor; o‘rmon o‘simliklari chirindiga boy, o‘tloq-dasht o‘simliklari uchun yuqori unumdor bo‘lgan qora tuproqlarda o‘sa olmaydi. Shunday qilib, turli tuproqlar turli o‘simlik turlari va oliy o‘simlik assotsiatsiyalariga nisbatan potentsial va samarali unumdorlikning turli darajalariga ega.


Tuproq unumdorligi elementlariga, o‘simliklarni barcha hayotiy omillar bilan ta’minlash nuqtai nazaridan, tuproqning fizikaviy, biologik va kimyoviy xossalari kompleksi va ularning yillik dinamikasi kiradi. Ulardan eng muhimlari quyidagilar.


Tuproqning granulometrik tarkibi. Tuproqning issiqlik va suv tartibotlari, suv-havo xossalari va ozuqa tartiboti uning granulometrik tarkibiga bog‘liq. Qumli va qumloqli tuproqlar og‘ir tuproqlarga nisbatan tez isiydi va ularni “iliq” tuproqlarga kiritishadi. Ular yuqori havo va suv o‘tkazuvchanlikka ega. Bunday tuproqlarga tushgan o‘simlik hazonrezgilari va o‘g‘itlar aeratsiyaning yuqori bo‘lishi natijasida tez minerallashadi, gumifikatsiya jarayonlari esa aksincha kuchsiz kechadi. Kichik nam sig‘imi tuproqda namning to‘planishiga imkon bermaydi va ozuqa elementlari hamda o‘g‘itlarning yuvilishiga olib keladi. Engil tuproqlarda ozuqa elementlarining zaxirasi kam, singdirish qobiliyati kichik va buferligi kuchsiz.


Og‘ir qumoqli va gilli tuproqlar, aksincha, uzoq vaqtda qiziydilar, ular “sovuq”, chunki ularning nozik bo‘shliqlari havo bilan emas, balki issiqlik sig‘imi katta bo‘lgan suv bilan to‘lgan. Ularning havo va suv o‘tkazuvchanligi kuchsiz, atmosfera yog‘inlarini yomon singdiradi. Tuproq nami va ozuqa elementlar zaxirasining anchagina qismidan o‘simliklar foydalana olmaydi. Namlik ko‘p bo‘lgan fasllarda og‘ir tuproqlarda havo etishmaydi va gleyli jarayonlar rivojlanadi.


Tuproq unumdorligi uchun struktura agregatlarining o‘lchamlari va sifati–ularning suvga chidamligi va g‘ovakligi muhim ahamiyatga ega.


Tuproqshunoslikda tuproq unumdorligini cheklovchi omilni melioratsiya va agrotexnologik usullar bilan tugatish yoki ta’sirini minimumga keltirish vazifasi qo‘yiladi va echiladi. Quyida keltirilgan jadvalda tuproq unumdorligini cheklovchi asosiy omillar va ularga muvofiq keladigan melioratsiya usullari keltirilgan. Ayrim tuproqlar bitta cheklovchi omilga, ayrimlari bir nechtasiga – kompleksga ega. Masalan, sho‘rtoblar, sho‘rxoklar yuqori ishqoriylikka, tuzlarning katta miqdoriga, qoniqarsiz fizik xossalarga ega. Shunga muvofiq ularning melioratsiyasi ham kompleks holda bo‘ladi.


Jadval

Cheklovchi omillar va ularni yo‘qotish yoki minimallashtirishning asosiy meliorativ usullari

Omil Meliorativ usullar


Ortiqcha kislotalik Ohaklash


Ortiqcha ishqoriylik Gipslash, kislotalash, fiziologik nordon o‘g‘itlarni chiqarish


Ortiqcha tuz Tashlama va tuproq-sizot suvlarini drenajlash fonida sho‘r yuvish


Yuqori gillilik Qumlash, strukturalash, chuqur yumshatish


Yuqori zichlik Strukturalash, yumshatish, o‘tlar ekish


Issiqlik etishmasligi Issiqlik melioratsiyasi: yuzani multsalash, qor to‘plash, o‘rmon polosalari, plenkalar bilan qoplash


Suv etishmasligi Sug‘orish, tuproqda suv to‘plashning agrotexnologik usullari (masalan, shudgor) va bug‘lanishdan himoyalash


Mineral ozuqaning


Etishmasligi Mineral va organik o‘g‘itlar


Botqoqlanish Zax qochirish zovurlari


Aeratsiyaning etishmasligi Zovur, strukturalash, chuqur yumshatish


Mikrorelef ko‘pligi Er tekislash (planirovka)


Yuzaning yuqori nishabligi Supalash, tasma-konturli (gorizontallar) bo‘yi-cha ishlov berish, ekinlarni navbatlashtirish


Ildiz tarqaladigan qatlamning yupqaligi Plantaj, chuqur yumshatish, portlatish melioratsiyasi yordamida asta-sekin chuqurlatish


Qatlamlarga keskin


Tabaqalangan kesimli tuproq Ildiz tarqaladigan qatlamni asta chuqurlatish, chuqur ishlov berish bilan tabaqalanishni tugatish


Kimyoviy toksikoz Kimyoviy va agrotexnologik melioratsiya


Biologik toksikoz Agrotexnologik va biologik melioratsiya, almashlab ekish, shudgorlash


Tuproq unumdorligining bahosi


Haydaladigan tuproqlarning samarali unumdorligini turli tomonlardan baholanadi. Er kadastrini o‘tkazishda erlarning qishloq xo‘jalik ekinlariga nisbatan mahsuldorligi bo‘yicha baholanadi. Bu haqda hosildorlik ma’lumotlariga ko‘ra fikr yuritiladi. Ammo ekinlar hosildorligi faqat tuproq unumdorligiga bog‘liq emas, u yana urug‘lar sifatiga, etishtirish texnologiyasiga, obi-havo sharoitlariga va h.k.larga bog‘liq. Shunday ekan, hosil darajasi tuproq unumdorligining yagona o‘lchovi bo‘lib qololmaydi.


Tuproq unumdorligi nisbiy xarakterga ega va u fan va texnika progressi bilan o‘sib boradi. Shu sababga ko‘ra u bitta stabil qiymatga ega bo‘lishi mumkin emas. Tuproqlarning xossalari va tartibotlari qay darajada madaniy ekin talablarini qondiradi – bu tuproqlarning madaniylashganligini ko‘rsatadi. Shu nuqtai nazardan turli darajada madaniylashgan tuproqlar xossalarining parametrlari ayni vaqtda tuproq unumdorligi darajasining fan va texnika taraqqiyotining shu bosqichidagi o‘lchovi bo‘lib ham hisoblanadi. Bundan turli darajada madaniylashgan tuproqlar xossalarining konkret parametrlarini ikki bosqichda aniqlash vazifasi kelib chiqadi: 1) tuproqlarga qo‘yilgan, barcha madaniy o‘simliklar uchun umumiy bo‘lgan talablarga nisbatan; 2) tuproqlarga o‘zlarining alohida talablarini qo‘yadigan o‘simlik turlari (boshoqli ekinlar, sholi, texnika ekinlari, uzum va h.k.) talablariga nisbatan.


Turli darajada madaniylashgan tuproq xossalarining parametrlari va ularning diagnostik belgilari har bir tuproq tipi va ularning ko‘rinishlari uchun granulometrik tarkib (og‘ir va engil) bo‘yicha alohid aniqlanadi, chunki ularning xossalari bir-biridan aniq farq qiladi.


Tuproq unumdorligi uning barcha xossalarining yig‘indisi bilan aniqlansada, madaniylashganlik darajasining asosiy, integral xossasidan foydalaniladi, qolgan xossalar esa u bilan tobe aloqada bo‘ladi. Masalan, tuproqning chirindi holati haqida uning miqdori va zaxirasi va Cgk:Cfk nisbati bo‘yicha, strukturaligi va g‘ovakligi haqida – tuproqning zichligi bo‘yicha fikr yuritiladi. Madaniylashganlik darajasining diagnostika belgilari ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun katta faktik material talab qilinadi va bu ish bilan ko‘plab ilmiy tashkilotlar shug‘ullanadi.


Tuproqlarni unumdorlik darajasi (madaniylashganligi) bo‘yicha bo‘lish uchun yana tuproqlarning ekin hosili bilan korrelyatsiyalanuvchi alohida xossalarining ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. Masalan: kuchsiz, o‘rta va yuqori daraja unumdorlikka ega bo‘lgan qora tuproqlar arpa hosildorligi bilan korrelyatsiyalanadigan tuproqning nitrifikatsiya qobiliyati bo‘yicha ajratiladi. Kuchsiz, o‘rta, yuqori o‘rta va yuqori unumdorlik darajasidagi qumloq podzollashgan tuproqlarni agrokimyoviy ballar yig‘masi bo‘yicha ajratiladi, yig‘maga tuproq kislotaligi, chirindi miqdori, azot, fosfor va kaliyning harakatchan birikmalari kiradi (T.N.Kulakovskaya va boshqalar, 1980).


Turli darajada madaniylashgan tuproqlar xossalarining parametrlari tuproq unumdorligi modellarini tuzishda va hosildorlikni programmalashtirishda foydalaniladi. Shu sababdan ularni aniqlash katta amaliy ahamiyatga ega.

Unumdorlik
Tabiiy
Sunʼiy
Yashirin
Tuproqning madaniyligi – uning tabiiy xususiyatlarini ilmiy
asoslangan tadbirlar qo’llash orqali o’simlik uchun maqbul darajaga
o’zgartirishdir.
Ilmiy asoslangan tadbirlar quydagilardan iborat:
Melioratsiyalash, oxaklash, gipslash, o’g’itlash, yerga ishlov berish,
begona o’tlar, zararkunandalar va kasalliklarga qarshi kurash hamda
almashlab ekish.
Tuproq unumdorligi va madaniyligi bir-birini taqazo etuvchi xususiyatlardir.
Tuproq unumdor va madaniy bo’lgandagina ekinlardan yuqori va sifatli hosil
yetishtiriladi. (Xorazm yerlarida unumdorlik yuqori, madaniylik past, Andijonda aksincha)
Biologiyoviy usul – organik moddalarni sintezlanishi va chirishni
boshqarish, serhosil navlar, kasallik, zarakunanda, hashoratlar, tabiiy
noqulayliklarga chidamli ekin navlarini ekish.
Kimyoviy usul- tuproqqa mineral, bakterial, mikroo’g’itlar, oxak, gips,
donadorlik hosil qiluvchi, tuproqni eroziyadan saqlovchi
moddalarni qo’llash.
Fizikaviy usul- tuproqqa fizik-mexanik ta’sir etib amalga oshiriladi, bu
xususiyatlar yaxshilanadi.
Tuproq asosan biologiyoviy, kimyoviy va fizikaviy usullar bilan
madaniylashtiriladi.
Biologiyoviy usul – maqbul navlar ekish, almashlab ekish tuproq organik
birikmalari hosil qilish, chirindi paydo bo’lishini boshqarish.
Kimyoviy usul- o’g’itlar qo’llash, oxaklash, gipslash, kislotalik va
ishqoriylikni mu’tadillash.
Tuproq madaniyligi – undagi chirindi miqdori, mikroolam faoliyati, muhiti
donadorligi, qattiq va yumshoqliligi, haydalma qatlam qalinligi va boshqalarga qarab aniqlanadi.

Yerga har xil ishlovlar berilganda tuproqni donador bo’lishi, havo, issiqlik,


suv, oziqa maromlarini yaxshilanishi ta’minlanadi.
Mayda, kichik dalalarni yiriklashtirish, yerlarni zaxini qochirish, sho’rini
yuvish, sizot suvlar satxini pasaytirsh, sug’orish egatlarini ochish, pushta va
juyaklar qilishlar hali tuproq unumdorligini fizikaviy yo’l bilan yaxshilashga
kiradi.
Tuproqda o’simliklar, mikroolam va tuproq xayvonoti qoldiqlaridan iborat
ko’plab organik moddalar to’planadi.
Mazkur organik moddalar chirishi oqibatida- gumus, chirindiga aylanadi.
CHirindi tuproqni ma’dan qismiga shimilgandan keyin yoki tuproq eritmasi
tarkibiga o’tgandan so’ng o’simlik foydalanadigan holatga o’tadi.
Bir gektardan 10 tonnagacha va undan ortiq o’simliklar qoldiqlari, 6
tonnagacha mikroolam qoldiqlari bo’lishi mumkin.
Tuproqda o’simlik qoldiqlari zaxirasining 60 foizini tuproq xayvonoti (
chuvalchanglar va boshqalar) qoldiqlari tashkil etadi.
Erga go’ng solish muhim tadbir bo’ib har bir gektarga 10-15 tonna go’ng
haydov oldidan qo’llaniladi. Sideratlar, ko’k o’g’it deyilib kuzda ekiladi va
bahorda yig’ishtirib olinmay haydob yuboriladi. Tuproqdagi mikroolam hayoti
qancha jo’shqin bo’sa unumdorlik ham yuqori bo’ladi.
Ko’p yillik dukkakli ekinlar: beda 400-600 kg/ga soya, loviya, mosh 100-
200 kg/ga biologiyoviy azotni tuproqa to’playdi. Beda gektar hisobiga 12-13
tonna, bir yillik ekinlar 3-4 t ildiz, ang’iz qoldiqlari qoldiradi. Tuproq hayvonotlari
tuproqni havo bilan boyitadiii, nobud bo’ganda chirindiga aylanadi.
Tuproq unumdorligini oshirishda o’simliklar uchun maqbul sug’orish
maromini vujudga keltirish ayniqsa muxum, chunki yuqori tuproq namligiga yoki
uning nixoyatda kamligi tuproq unumdorligidan foydalanish samarasini pasaytradi.
Ayni paytda sug’orish suvidan to’g’ri foydalanilganda o’simlik tuproq
unumdorligidan yaxshi foydalanadi, sifatsiz sug’orish sho’rni ko’tarilishi,
mikroolam xayotini sekinlashuvini tuproq havosi miqdorini kamayishini
sababchisi bo’ladi.
Sizot suvlar satxi ko’tarilsa tuproq namligi ortib ketadi, sizot suvlar maromi
b
uzilgan tuproq unumdorligi ham pasayadi.
Madaniylashgan tuproq- deyilganda agrokimyoviy va agrofizikaviy
xossalari, shu tufayli unda suv, havo, issiqlik va oziqa rejimlari yaxshi bo’lgan,
ekinlarning normal o’sishi va rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratilgan tuproq
tushuniladi.
Yer asosan biologik, kimyoviy va fizik usullarda madaniylashtiriladi.
Biologik usul- bunda, tuproqdagi organik moddalarning sintezlanishi va
chirishini boshqarish, serhosil, kasallik va zararkunandalarga chidamli navlarni
ekish, almashlab ekishni joriy etish kabi tadbirlar amalga oshirilishi lozim.
Kimyoviy usul- bunda, yerga har xil mineral, bakterial o’g’itlar solinadi,
gips va boshqa moddalar qo’llanilib, tuproqda o’simlik oson o’zlashtiradigan
holatdagi moddalar miqdori ko’paytiriladi. yer ohaklanganda tuproqning
kislotaligi, gipslashda esa ishqoriyligi normallashib, o’simliklarning o’sishi uchun
yaxshi muhit vujudga keladi.
Fizik usul – bunda, yerga fizik-mexanik tasir etiladi, ya’ni yerga har xil
ishlovlar beriladi, tuproqning strukturali bo’lishi va uning havo, issiqlik, suv va
boshqa rejimlarini boshqarishda o’tkaziladigan tadbirlar kompleksi amalga
oshiriladi. Bundan tashqari, mayda kartalarni yiriklashtirish, yerlarning zaxini
qochirish, sho’rini yuvish, sizot suvlar sathini pasaytirish yuzasidan o’tkaziladigan
kollektor-drenaj ishlari hamda ekin ekishdan oldin va keyin olinadigan egat va
jo’yaklar ham fizik usulga kiradi. Bundan tashqari mexanikaviy tarkibi og’ir
tuproqli dalalarga qum sepish, yengil tuproqli uchastkalarda kalmotaj qilish (loyqa
bostirish) mumkin.
Tuproqning unumdorlik va madaniylik darajasi undagi chirindi,
mikroorganizmlar miqdori, tuproq muhiti, donadorligi, qattiq va yumshoqligi,
tuzilishi, haydalma qatlam qalinligi va boshqa ko’rsatkichlarga qarab aniqlanadi.
Organik o’g’itlar, asosan, go’ng, yerlarni madaniylashtirishda muhim
ahamiyatga ega. yerlarni muntazam go’nglash natijasida tuproqda chirindi, azot,
fosfor va kaliyning harakatchan holatdagi miqdori ko’payib, uning singdirish
sig’imi, asoslar bilan tuyinishi darajasi, nitrifikatsiya qobiliyatining ortishiga olib
keladi, mahalliy o’g’itlar bilan yerga ko’plab mikroorganizmlar tushadi va ular
ham tuproqni madaniylashtirishda katta ahamiyatga ega.

Dehqonchilik madaniyati past bo’lsa, yerning haydalma qatlamida begona


o’t urug’lari va ularning o’suv organlari ko’p bo’ladi. Ular ekinlarni
ifloslantirishda asosiy manba bo’lib xizmat qiladi. Begona o’t urug’i va o’suv
organlarining ko’p bo’lishiga asosan almashlab ekishga rioya qilmaslik, yerlarni
o’z vaqtida sifatli ishlamaslik, ekinlarni yuqori agrotexnika asosida parvarish
qilmaslik, begona o’tlarga qarshi kurashishda maxsus tadbirlarni joriy qilmaslik,
hosilni o’z vaqtida yig’ib terib olmaslik va xokazolar sabab bo’ladi. Haydalma
qatlam qanchalik qalin, unumdor bo’lsa o’simliklarning ildiz tizimi shunchalik
chuqur qatlamlarga tarqalib o’sadi va serhosil bo’lib yetiladi.
3.Tuproqning tuzilishi, strukturasi, ahamiyati va yaxshilash tadbirlari.
Tuproqning qattiq fazasi va har xil g’ovaklar egallagan hajmlarining nisbati
haydalma qatlam tuzilishi deyiladi. Tuproqdagi g’ovaklarning diametri 1-2 mm
dan kichiklarini kapillyar, undan kattalarini nokapilyar g’ovaklik deyiladi.
Nokapilyar g’ovaklardan suv faqat pastga harakat qiladi. Kapillyar g’ovakliklar
ko’paysa, yani tuproq zichlashsa suvning yuqoriga harakati tezlashadi. Kapillyar
va nokapillyar g’ovakliklar nisbati 1:1 bo’lganda tuproqning suv, havo va oziqa
rejimi eng qulay – 1:1 dan 1:3 gacha bo’lishligi belgilangan.
Haydalma qatlam tuzilishini tuproq strukturasining joylashishi (zichligi)ni
o’zgartirish yo’li bilan boshqarish mumkinligi aniqlangan. Malumki, tuproq uch
qism yoki fazadan: qattiq, suyuq va havodan tashkil topgan. Qattik faza har xil
mineral va organik moddalardan iborat bo’lib turli zichlikda bo’ladi.
Tuproqning (zichligi) hajm massasi deb, strukturasi buzilmagan mutloq
quruq tuproq massasining uning hajmiga bo’lgan nisbatiga aytiladi. Solishtirma
massa (qattiq qismining zichligi) dan farqi shundaki, hajmiy massa tuproqning
barcha massa hajmini, yani uning qattiq qismi va g’ovaklarini o’z ichiga oldi. SHu
sababli tuproqning zichligi qattiq qismining zichligidan doim kichik bo’lib, 1 dan
1,8 g/sm3 gacha uzgarib turadi.


Sug’oriladigan bo’z tuproqli yerlarning hajm massasi vegetatsiya davomida


haydalma qatlamda 1,2-1,4 g/sm3 , mexanik tarkibi og’ir botqoq tuproqli yerlarda
esa 1,7-1,9 g/sm3 atrofida bo’ladi.
Ishlov berish yordamida haydalma qatlamga kerakli tuzilish beriladi. Turli
o’simliklar tuproq zichligi 1,2-1,3 g/sm3 bo’lganda yaxshi o’sadi.
Tuproqning zichligiga yerni ishlash usullari, tuproq strukturasini
o’zgartirish, organik o’g’itlar solish, suvning muzlashi va boshqalar tasir etadi.
Madaniy o’simliklar tuproqning tuzilishiga har xil talabchan bo’ladi.
Ayniqsa, ildizmevalilar kartoshka, piyoz, sabzi, lavlagi, sholg’om, turp kabi ekinlar
mexanik tarkibi yengilroq, yumshoq tuproqli yerlarda yaxshi o’sib rivojlanadi va
yuqori hosil olinadi.
Ko’p yillik dukkakdosh ekinlar, o’q ildizli va boshoqdosh don ekinlarining
tuproq zichligiga munosabati ularning yeshiga bog’liq. Tuproq yuza qatlamining
zichligi yesh o’simliklarga salbiy tasir etadi. Keyinchalik yoki ikkinchi yili zichlik
tasirini bemalol bartaraf etib, o’simliklar normal o’saveradi. Haydalma qatlam
ostidagi zich qatlam o’simliklarning o’sishiga, ayniqsa ildiz tizimining qo’yi va
yon tomonlarga tarqalishiga to’sqinlik qiladi. SHuning uchun haydalma qatlam osti
zich bo’lgan yerlar har xil qurollar bilan yumshatilishi zarur.
Mayda chang zarrachalarini bir-biri bilan yopishib, har xil, kattalikdagi
agregatlar (kesaklar) hosil qilishi tuproq strukturasi deyiladi. Struktura hosil
bo’lishida organik modda yelimlovchi vazifasini o’taydi. CHirindi qancha ko’p
bo’lsa tuproq strukturasi shuncha yaxshi bo’ladi. Kesaklar yirik-maydaligiga qarab
qo’yidagilarga bo’linadi: megastrukturali (diametri 10 mm dan ortiq),
makrostrukturali (diametri 10-0,25) va mikrostruktura (diametri 0,25 mm dan
kichik), mikrostruktura o’z navbatida dag’al mikrostruktura (0,25-0,01) va nozik
mikrostrukturaga (0,01 mm dan kichik) bo’linadi. Diametri 1-3 mm li kesakchalar
eng yaxshi kesakchalar hisoblanadi. Suvga chidamli kesakchalardan tashkil topgan
tuproqlar mustahkam strukturali deyiladi. Suvga bo’ktirilganda tuproq
agregatlari mayda zarrachalarga bo’linib ketsa, u strukturasiz tuproq deyiladi.
Strukturali tuproqlar yaxshi ishlanadi, suv bilan tez to’yinadi va tarkibida
kerakli miqdorda suv hamda havoni saqlaydi.
Strukturali tuproqqa ishlov berilganda, g’ovak massa hosil bo’ladi va yirik
kesakchalar ko’chmaydi, yopishqoq bo’lmaydi va ishlov berilganda strukturasiz
tuproqlarga nisbatan kam energiya sarflanadi.
Tuproqning strukturasiga suv, havo, issiqlik va oziqa rejimlari kuchli tasir
ko’rsatadi. Struktura mexanik, fizik-kimyoviy va biologik omillar tasirida
yemriladi.
Mexanik omillarga kesakchalarni qishloq xo’jalik mashinalarining
g’ildiraklari, ishchi organlari, qishloq xo’jalik hayvonlari va odamlarning yurishi
va boshqa kuchlar tasirida ezilishi kiradi.
Fizik-kimyoviy omilga bostirib sug’organda tuproq ichidagi havoni suv
bosim bilan siqib chiqarishi natijasida strukturani buzishi kiradi, hamda singdirish
kompleksidagi ikki, uch valentli (Ca2 + va Mg2 +) kationlarining bir valentli (Na+,
N+ va NH4) kationlar bilan almashinuvi bunga sabab bo’ladi.
Mikroorganizmlarning organik moddalarni parchalab strukturani buzishi biologik
omilga kiradi.
Tuproq strukturasi organik o’g’itlar solish, almashlab ekish yani organik
modda miqdorini ko’paytirish hisobiga tiklanadi. Tuproq strukturasini saqlashda
yerga ishlov berish sonini kamaytirish ham alohida o’rin to’tadi.


4. Tuproq unumdorligini oshirish.


Tuproq unumdorligining dehqonchilik
Yuritish jarayonida o‘zgarishi
Tabiiy tuproqlar qishloq xo‘jalik ekinlari uchun o‘zlashtiril- ganidan keyin ularning unumdorligi tuproqlarni madaniylashtirish bo‘yicha qo‘llaniladigan tadbirlarning intensivligiga bog‘liq holda o‘zgaradi. Qo‘riq tuproqni madaniylashtirishning birinchi bosqichida madaniy tuproq paydo bo‘lish jarayoni kuchsiz ifodalanadi va tuproq unumdorligini belgilovchi xossalar va tuproq jarayonlarining hammasiga ham ta’sir qilavermaydi. Bu davrda tuproq paydo bo‘lishi- ning tabiiy jarayonni ustunlik qiladi va u yangi o‘zlashtirilgan tuproq unumdorligi va xossalarini belgilaydi. Bunday tuproqlar kuchsiz madaniylashgan (o‘zlashtirilgan) tuproq sifatida ajratilib tabiiy tuproq paydo bo‘lishining tuproq tipiga kiritiladi. Tuproq- ning keyingi rivojlanishi undan qanday foydalanishga bog‘liq, uning evolyutsiyasi ikki qarama-qarshi yo‘nalishda kechishi mumkin: tuproq paydo bo‘lishi madaniy jarayoni va unumdorlikning oshishi yo‘nalishida rivojlanishi yoki aksincha, tuproq degradatsiyasi va unumdorligining kamayishi tomon bo‘lishi mumkin.
Tuproqda madaniy o‘simliklarni etishtirishda, tub melioratsiyani hisobga olmaganda, uchta asosiy va zaruriy omil doim ta’sir qiladi–tuproqni mexanikaviy ishlash, o‘g‘itlar va madaniy ekinning o‘zi. Ular o‘simlik o‘sishi davrida mumkin bo‘lgan qulay suv-havo va ozuqa tartibotlarini yaratadi. Shu bilan birga bu omillarning har biri tuproqqa negativ ta’sir ham qiladi. Mexanikaviy ishlov strukturaning buzilishiga va chirindining mineralizatsiyalanishiga olib keladi, hosil bilan tuproqdan ozuqa elementlari olib ketiladi, nordon mineral o‘g‘itlarning chiqarilishi tuproq toksikozining kuchayishiga sabab bo‘ladi va h.k.
Madaniy dehqonchilik sharoitida yuqoridagi omillarning salbiy ta’sirlari hisobga olinib, tadbirlar qo‘llanilsa–olib chiqilgan ozuqa elementlari va chirindi kamomati qaytariladi, tuproqlarni strukturalash bo‘yicha tadbirlar ko‘riladi, nordon tuproqlar ohaklanadi va shu kabi tuproqni madaniylashtirish tadbirlari–yangi amalga oshirilsa, u holda o‘zlashtirilgan tuproqlarning kuchsiz madaniylashganlik bosqichi juda qisqa bo‘ladi, tuproqning samarali unumdorligi esa ortib boradi.
Ekstensiv dehqonchilik sharoitida tuproqdan, uning xossalariga ekinlar etishtirish texnologiyasining salbiy ta’sirlarini yo‘qotmasdan va oldini olmasdan faqat hosil olish uchun foydalanish hollari uchraydi. Bunday tuproq unumdorligining past darajasi va madaniylashishning kuchsiz bosqichi uzoq vaqtlarga cho‘zilishi va hatto tuproq va uning unumdorligini degradatsiyaga olib kelishi mumkin. Degradatsiyalangan tuproqlarda tuproqlanishning tabiiy omillari shakllantirgan o‘simliklar uchun qulay bo‘lgan tuproq xossalari, o‘zlashtirilgandan oldingi qo‘riq holiga nisbatan yomonlashadi.
Qo‘riq tuproq o‘zlashtirilgandan keyin uning tabiiy tuproqlar shakllanishining juda uzoq davri davomida katta miqdordagi tuproq faunasi ishtirokida shakllangan strukturasi asta-sekin buziladi, va shu bilan birga haydalma qatlamda madaniylashgan tuproqlarga xos bo‘lgan yangi uvoqcha struktura paydo bo‘la boshlaydi.

Struktura bo‘laklarining buzilishi va yangilarining hosil bo‘lishida tuproqlarning mexanikaviy ishlovi va agregatlarni kleylovchi organik moddaning minerallanish jarayonlari katta rol o‘ynaydi. Quruq tuproqni mexanikaviy ishlash strukturani kuchli darajada buzadi. Ammo tuproqlarni fizik etilish namligida (DNS dan 60% atrofida) haydalsa, bu holda mexanikaviy ishlov strukturani buzmaydi, aksincha, palaxsalarni maydalash va chang zarrachalarini agregatlash yo‘li bilan struktura bo‘laklarini hosil qiladi. Ularning mustahkamligi yuqori emas, ammo mustahkamlik tuproqning qurishi va o‘simlik ildiz sistemasini rivojlanishi davomida ortadi. Changli va tabiiy kuchsiz strukturalangan tuproqlarda mo‘‘tadil namlikdagi tuproqni mexanikaviy ishlovi natijasida hosil bo‘lgan struktura haydalma qatlamning o‘simlik uchun qulay qovushmasini yuzaga keltirishining asosiy omili hisoblanadi.


Tuproq namlanishining kuzgi-qishki sharoitida g‘ovakliklardagi suvning muzlab hajmi kengayishida struktura mexanikaviy parchala- nadi. Qishloq xo‘jalik mashinalari, ishlov qurollari va traktorlar- ning tuproqqa bo‘lgan bosimi ostida tuproq strukturasi kuchli darajada buziladi va tuproq zichlashadi. Bularning natijasida o‘simlik hosili kamayadi.
Strukturaning buzilishi suv eroziyasining kuchayishiga sabab bo‘ladi. Bu jarayon haydaladigan tuproqlarda kuchli kechadi, chunki tuproq usti uzoq vaqt o‘simlik qoplamisiz turadi.
Struktura agregatlarining hosil bo‘lishida va ularning mustahkam va kovakli bo‘lishida chirindi moddalari, ayniqsa kalsiy gumatlari, mikroskopik zamburug‘ mitsellalari va bakteriya shilim- shiqlari katta ahamiyatga ega. O‘simliklar, ayniqsa, ko‘p yillik o‘t o‘simliklar struktura hosil bo‘lishida juda katta rol o‘ynaydi. Ularning ildizlari zichlashgan tuproqni agregatlarga bo‘ladi, ularni mayda ildizlar to‘ri bilan, ildiz qoldiqlari gumifikatsiyasi mahsu- lotlari va ildizlarning organik ajralmalari bilan mahkamlaydi. Mikroorganizmlarning strukturalovchi roli qulay sharoitlarda beqiyosdir.

Tuproq etishtirilayotgan o‘simlik, ayniqsa o‘tlar qoplami ostida qancha uzoq vaqt qolsa uning strukturasi shuncha yaxshi va eroziyaga chidamligi shunchalik yuqori bo‘ladi. Sug‘oriladigan tuproqlarda struktura organik o‘g‘itlar va kimyoviy preparatlar – sun’iy struktura hosil qiluvchilar vositasida yaxshilanishi mumkin. Yangi o‘zlashtirilgan tuproqlarda chirindining minerallashish jarayoni kuchli kechadi. Uning tezligi iqlim sharoitlariga, tuproqqa ishlov berish tizimiga bog‘liq. Har yili yuqoridagilarga bog‘liq holda gektariga 1-2 dan 3 tonnagacha chirindi minerallashadi, bu esa tuproq xossalarining yomonlashuviga va unumdorlikning pasayishiga olib keladi. Tuproqlarda chirindi balansini saqlash va chirindi holatini yaxshilash uchun yo‘qotilgan chirindi o‘rnini organik o‘g‘itlar chiqarish bilan va tuproqqa tushayotgan hazon-rezgilarni ko‘paytirish bilan va siderat va oraliq ekinlarni ekish yo‘li bilan to‘ldirib turish kerak.


Madaniy ekinlar hosili bilan tuproqdan ko‘p miqdorda ozuqa elementlari olib ketiladi, uning miqdori hosil qancha yuqori bo‘lsa shuncha ko‘p bo‘ladi. Shuningdek ozuqa elementlari tuproqdan yuvilib turadi, azotning uchuvchi shakllari atmosferaga o‘tadi, tuproq eroziyasida yuviladi. Ozuqa elementlar, ayniqsa ularning o‘simlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalaniladigan qismi zaxirasining kamayishi tuproq unumdorligini kamaytiradi. Ularning o‘rnini o‘g‘itlar chiqarish yo‘li bilan to‘ldirib turish kerak. Ekinlar hosildorligi ortishi bilan ozuqa elementlarning iste’moli ham ortadi. Shu nuqtai nazardan olib ketilgan elementlar o‘rnini o‘g‘itlar hisobiga to‘ldirishni tuproq unumdorligini oshirishning omili deb hisoblash kerak. Hosil ortishi bilan biologik davraga tuproqning quyi qatlam- laridan tobora ko‘proq kul elementlari tortiladi, nosimbiotik jarayonda atmosferaning uglerodi va azoti, dukkakli o‘simliklar ostida esa azotni simbiotik fiksatsiyasi yuz beradi. Shu ma’noda oraliq ekinlarni ekish va yiliga bir daladan ikki marta hosil olish tuproq unumdorligini kengaytirilgan takroriy qayta ishlab chiqarish usullaridan hisoblanadi.
Tuproqlar degradatsiyasi yana ko‘p yillar davomida bir xil ekin ekish (monokultura) natijasida ham yuz beradi. Monokultura natijasida tuproqda o‘simliklar uchun zaharli moddalar to‘planishi – tuproqlarning biogen toksinligi yuz berishi mumkin. Temir (II)-oksidi va marganetsning zaharli harakatchan birikmalari, vodorod sulfid va metan, zaharli tuzlar to‘planishi mumkin. Canoat chiqin- dilarida mavjud bo‘lgan simob, rux, xrom kabilarning birikmalari to‘planishidan ham tuproq zaharlanishi mumkin.

Zig‘ir, beda, qand lavlagi kabi ekinlarni takroriy ekish tuproqni charchatadi va hosildorlik pasayadi. Javdari, makkajo‘xori, loviya kabilarni bir dalaga qo‘shib ekish mumkin va ular bir necha yillar davomida hosilini kamaytirmaydi.


Tuproqlarning charchashiga ozuqa elementlarining bir tomonlama olib chiqilishi va etishmasligi, mikroelementlar kamomati, yovvoyi o‘simliklar va h.k. sabab bo‘lishi mumkin. Ammo eng asosiy sabab–fotopatogen mikrofloraning rivojlanishidir. Bu mikroorganizmlar toksinli moddalar ajratadi, shuningdek o‘simliklarning o‘zi ham zaharli moddalar (kolinlar) ajratadi. Ular o‘simliklarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki toksinli mikroorganizmlar rivojlanishini tezlatib bavosita ta’sir qiladilar. Masalan, zig‘ir ildizlari tuproqqa zaharli aromatik moddalar ajratadi, beda ildizlari esa – alkaloidlar ajratadi. Ular, masalan, 4 yillik beda haydalgandan keyin birinchi yilgi paxta hosilining kamayishiga sababchidir.
Tuproq toksikozi va tuproq charchashiga qarshi kurashning asosiy chora-tadbirlari: almashlab ekish, organik o‘g‘itlar solish, sideratlash va h.k.
Shunday qilib, madaniy ekinlarni etishtirish usullari o‘simlik va hosilning o‘sishi uchun qulay sharoitlarni yaratish bilan birga tuproq xossalarini yomonlashishga olib keluvchi jarayonlarni kuchaytirishi, tuproq unumdorligini pasaytirishi va hosilning o‘smay qolishiga (monokulturada) sabab bo‘lishi mumkin.
Intensiv dehqonchilik sharoitida ekinlarni etishtirish texnologiyasi ta’sirining salbiy tomoni hisobga olinadi va oldi olinadi. Tuproqlarni madaniylashtirishning tadbirlar kompleksi amalga oshiriladi. Natijada tuproqlanishning madaniy jarayoni rivojlanadi, tuproq xossalari yaxshilanadi va uning unumdorligi ortadi.
Tiklanish jarayoni tuproq tarkibiga bog'liq. Tuproqning unumdorligini oshirishdan oldin, uning nima ekanligini bilishingiz kerak. Masalan, torf, ohak, kul, talaş loy erlariga kiritiladi. Ular tuproqni yumshoqroq va ko'proq o'tkazuvchan, fermerlik uchun yaroqli holga keltiradi.
Torf va chernozem tuproqlari uchun organik o'g'itlar (go'ng, kompost, qush tomchilari) muntazam ravishda qo'llanilishi mumkin. Azotga qo'shimcha ravishda ular foydali mikroorganizmlardan tarkib topgan bo'lib, u qisqa muddat ichida bir necha marta unumdorligini oshirishi mumkin.
Tuproq unumdorligi qanday yaxshilanishi mumkin? Avvalo, uning kislota-asos reaktsiyasini tekshirishingiz kerak. Tahlil natijalarini hisobga olgan holda, keyingi harakatlarni amalga oshirish. Kislota tuproqli tuproqlar uchun quduq ostida kuzda hidratilgan ohak, dolomit unini kiritish tavsiya etiladi
O'simliklar biologik xususiyatlariga va erdan foydalanishga bog'liq ravishda, yuqori hosil olish imkonini beradi va tuproqni yo'qotish uchun texnik mavjud.

  • Oziqlantirish rejimini tartibga solish - mineral o'g'itlarni joriy etish.

  • Agrokimyoviy, agrofizik, mikrobiologik xususiyatlarni kompleks takomillashtirish - organik o'g'itlardan foydalanish va o'simliklarni etishtirish.

  • Suv-havo muvozanatini tartibga solish - mexanik qayta ishlash.

  • Agrofizik va kimyoviy xususiyatlarni kuzatish - liming yoki gips erlari uchun kaltsiyli birikmalardan foydalanish.

Har qanday tuproqni ishlatish, unumdorli hududga mo'ljallangan ekologik toza, iqtisodiy jihatdan samarador mahsulotlarning rejalangan miqdori uchun zarur bo'lgan tug'ilishni tiklashni ta'minlashi kerak.
Tuproqni boyitish uchun vaqti-vaqti bilan uni boqish, uni urug'lantirish va uni o'z vaqtida nazorat qilish kerak. Turli xil ekinlarni ekish bilan bir qatorda, bir necha yillar davomida hech narsa ekish bilan bir qatorda, tuproqni dam olish uchun foydalidir. Darhaqiqat, ba'zi o'simliklar va ekinlar tuproqni juda yaxshi susaytirib, undan barcha oziq moddalarni emiradi, shuning uchun erga dam olish va ta'mirlash kerak
Eng yaxshi natijaga erishish uchun siz bir vaqtning o'zida bir nechta usulni birlashtira olasiz:

  • ekinni aylantirish (qo'nish joylarining o'zgarishi),

  • maxsus o'simliklar ekish,

  • tuproq bug'lanishi,

  • qurtlarni ishlatish,

  • tuproq o'g'itlari (kul, go'ng, kompost),

  • ekish sideratov,

  • tuproq ta'tillari (saytni mavsumga dam berishga ruxsat berish, begona o'tlarning o'sishi uchun ruxsat bermaslik)

  • sun'iy yo'ldosh o'simliklarini ekish.

  • Tuproqning unumdorligi barcha o'simliklarning organik mevalarini boy mahsulotlar uchun kafolatdir. Fertil tuproq o'z-o'zidan paydo bo'lmaydi, lekin o'simlik qoldiqlari, mikroorganizmlar va tuproq qoldiqlarining parchalanishining tabiiy jarayoni natijasida.

  • Yerning yuqori qatlamida gumus chirindi (chirindi, qora tuproq) bilan. Hümüs, o'simliklarning to'g'ri rivojlanishi uchun zarur bo'lgan juda ko'p oziq moddasini o'z ichiga oladi.

5. Tuproq unimdorligining pasayish sabablari.
Yer resurslari O’zbekistonda ham maydon, ham sifat jihatdan
chegaralangan. Lekin tuproq eroziyasi (suv bilan yuvilishi) va deflyatsiya
(shamolda uchishi) natijasida yer yuzida har yili 6-7 mln. gektar yer ishdan
chiqyapti, bunga O’zbekiston yerlari ham kiradi ( 1-jadval ). Yer maydonlari,
ayniqsa, ekin ekiladigan yerlardan qurilish ishlari uchun ajratilib, u kamayib
boryapti, har bir kishi hisobiga respublikamizda ekin maydoni-0,13 ga tushib
qoldi, bu O’zbekistonning ayniqsa eng qimmatli bo’lgan sug’oriladigan yerlari
uchun juda xavfli. Demak, bundan buyon tuproqni eroziya va deflyatsiya,
me’yoridan ortiq bo’lgan agroximikatlardan va texnogen ifloslanuvchi
omillardan saqlash, uni unumdorlik xossalarini yaxshilash choralarini ko’rish
lozim.
Shamol va suv eroziyasini rivojlanishini oldini olish choralarini ko’rish,
ularni keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlash, asosiy tadbirlar ishlab chiqish va
amaliyotda qo’llash, shunday joylarni unumdorlik xususiyatlarini oshirish
texnologiyalarini topish va joriy etish; Tuproqni antropogen, texnogen va
boshqa omillardan kamroq ifloslanishini ta’minlay oladigan ilmiy-amaliy
tavsiyalar ishlab chiqish, joriy etish, omillar uchun alohida ifloslanish darajasi
monitoringini yaratish, uning ustidan ilmiy nazorat o’rnatish, toki bu omillar
tuproqni biogenlilik xususiyatiga salbiy ta’sir etmasligi lozim; Tuproq (yer)
sho’rlanish va botqoqlanishi sabablari, ularni oldini olish, choralar ko’rishni
amaliyotda qo’llab, ekin maydonlarini kamaytirmay, biopotensial mahsuldor
qatlamni oshirish; Tuproqni asrash biosferaning bir qismini saqlashga kirsada,
uni hamma narsani ko’mib yoki singdirib olish qobiliyatiga egadir degan
fikrdan voz kechib, u tirik organizm ortiqcha zaharni ko’tarishga ojizlik qilib
qolishi mumkin, degan g’oya bilan ish yuritmog’imiz kerak.


O’zbekistonning g’arbiy va shimoliy chegaralari tekisliklardan, chekka


sharqiy qismi Tyan-Shan va Pomir-Oloy tog’ tizmasidan o’tadi. Ammo tog’lar
O’zbekiston tuproqlarining yaratilishida muhim ro’l o’ynagan. Ichki
geomorfologik xususiyatlarini hisobga olgan holda tog’oldi qiya tekisliklarini
tog’larga kiritish qabul qilingan. Chunki tog’larning nurashi jinslari tog’oldi qiya
tekisliklarini hosil qiladi va tog’lar ta’sirida tog’oldining iqlimi paydo bo’ladi.
L.S.Berg (1913) O’zbekiston hududida Turon tekisligi, Ustyurt platosi va TyanShan tog’ massivi kabi geomorfologik elementlarni ajratgan. I.P.Gerasimov (1937)
bu sxemani detallashtirib tog’lar (Tyan-Shan, Pomir-Oloy, Kapetdog’), supasimon
qoldiq hududlar (Ustyurt, Qizilqum, Shimoliy Qoraqum), qoldiq tog’lar
(Quljuqtov, Sultono’ztog’, Ovminzatov va boshqalar), tog’oldi akkumulyativ
rayonlar va qadimgi allyuvial tekisliklar (janubi-g’arbiy O’zbekiston va Janubiy
Qoraqum), Kaspiy bo’yi past tekisligi va qumli rayonlarga ajratdi. Tog’larning
ustki tuzilishi, tektonik jarayonlar, eroziya kabi jarayonlarning rivojlanishi
jihatidan tekisliklardan farq qiladi. Tog’oldi qiya tekisliklarning tugashi va
tekisliklarning boshlanishi ular orasidagi chegara bo’lib xizmat qiladi.
Tekisliklarda baland ko’tarilmalarning yo’qligi uning genezisi suv bilan
bog’liqligini isbotlaydi. Yotqiziqlarning tik joylashganligi tektonik jarayonlarning
sustligi va kech boshlanganligidan darak beradi. Hududning katta qismida eroziya
va akkumulyativ jarayonlar rivojlangan. Qasdiq tog’ rayonlarida qadimgi jinslar
uchlamchi va to’rtlamchi davr jinslarini yorib chiqqanligidan uncha baland
bo’lmagan rel’ef hosil bo’lgan, bunday yerlar past tog’lar deyiladi.(3-jadval)
O’zbekiston hududi geomorfologik jihatdan tog’ va tekislik qismlarga
ajratiladi.
Yer resurslari uning yuqori qatlamidan iborat bo’lib, mahsuldor qismi
hisoblanadi, uning o’rtacha qalinligi 0,5 metrdan 2 metrgacha yetadi. Mahsuldor
qismning paydo bo’lishida biologik organizmlar qoldiqlarining va chiqindilarining
to’planishi natijasida gumus miqdorining ortishi hisobiga hosil bo’ladi. Bu modda
oziqa moddalar manbai hamda tuproqning tabiiy xossalarini yaxshilovchi asosiy
omil hisoblanadi. Tabiiy sharoitlarda gumus miqdori o’zgarmas hamda ko’payib
borishi qonuniy hisoblanadi. Uning kamayishi esa yerdan nooqilona foydalanish
natijasida yuzaga keladi. Yer qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining asosiy vositasi
bo’lib, uning rivojlanish suratlari, samaradorligi, tuproq unumdorligi, unumli
foydalanish va muhofaza qilishga bog’liqdir. Bu esa qishloq xo’jalik yerlarining
holatini hisobga olish va baholashda katta ahamiyatga ega. Tuproq mahsuldorligi
o’rtacha yillik hosildorlik bilan belgilanadi. Tuproq resurslaridan foydalanishning
yo’nalishi va darajasi yer resurslarining tizimi orqali aniqlanadi. Yerning holati,
fizik tarkibi, kimyoviy tarkibi, namlik darajasi, harorati bilan xarakterlanadi. Inson,
o’simlik, hayvonot dunyosi, mikroorganizmlar faoliyatlari yerning holatini
yaxshilashi yoki yomonlashtirishi mumkin. Yerda ta’sir ko’rsatadigan asosiy
jarayonlar quyidagilar: qishloq xo’jaligi oborotidan butunlay chiqarish, vaqtincha
chiqarish, mexanik ta’sir etish, kimyoviy hamda fizik ta’sir etish, organik
elementlarni ko’payishi yoki kamayishi, qo’shimcha hududlar qo’shish,
biomassadan foydalanish, o’z-o’zini tiklash va boshqalardir.
Yerni qaytmaydigan qilib oborotdan chiqarishda sanoat korxonalari
qurilishi, uy-joylar, yo’llar, quvurlar, elektr liniyalari, suv omborlari, foydali
qazilmalarni ochiq usulda qazish, chiqindilar bilan to’ldirish orqali sodir bo’ladi.
O’zbekistonda o’rtacha sug’oriladigan jami yerlarning qariyb 50 foizi sho’rlangan.
Bunday yerlar Qoraqalpog’iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Sirdaryo
viloyatida keng tarqalgan. Sug’oriladigan yerlarning deyarli 5 foizi – 213,1 ming
gektari kuchli sho’rlangan. Allyuvial tekisliklarda joylashgan yerlarning yarmidan
ko’pi sho’rlanish va ortiqcha namgarchilikdan zarar ko’rmoqda. Sho’rlanish
nafaqat sug’orish oqibati, balki quruq hududdagi tog’lararo, allyuvial va prolyuvial
hududlar uchun xos bo’lgan tabiiy jarayondir. Drenajsiz sug’orish, suvni filtrdan
o’tkazish oqibatida yo’qotish, sug’orish kanallarini gidroizolyatsiyasiz qurish,
sug’orishning normadan oshishi, suvni nazoratsiz yetkazib berish, minerallashgan
suv bilan sug’orish tuproq sho’rlanishining asosiy sabablari hisoblanadi. Masalan,
Qoraqalpog’istonda sug’oriladigan yerlarda tuzlarning yillik ko’payishi bir
gektarda 10-30 tonnani tashkil etadi. Sug’orish suvlarida tuzning ko’payishi bilan
qishloq xo’jaligi ekinlari unumdorligi ham pasayadi. Misol uchun, so’nggi yillarda
paxta hosildorligi Xorazm viloyati bo’yicha gektaridan 39-41sentnerdan
29-33 sentnerga, Qoraqalpog’istonda gektaridan 30-34 sentnerdan 14-24 sentnerga
kamayib ketdi. Hududlarda mineral va organik o’g’itlardan foydalanish darajasi
pasayib bormoqda. Bunday holat agronomiya va ekologiya talablariga javob
bermaydi va yerlarning yanada yemirilishiga olib kelishi mumkin. Qishloq
xo’jaligida olib borilayotgan islohotlar, yerlarning fermer va dehqonlarga 50 yilga
ijaraga berilishi va yerdan foydalanuvchilar javobgarligining oshirilishi pirovard
natijada vaziyatni barqarorlashtirish hamda sug’oriladigan yerlar unumdorligini
yuksaltirishga xizmat qilishi lozim.
Yerlarning yemirilishi. “Yerlarning yemirilishi” cho’llanish jarayoni bilan
bog’liq eng katta ahamiyatga ega muammo hisoblanadi. “Yerlarning yemirilishi”
shudgor qilinadigan yerlar, yaylovlar, o’rmon va o’rmon uchastkalarining tabiiy
hamda antropogen omillar ta’sirida biologik va iqtisodiy unumdorligining
pasayishi yoki yo’qolishini anglatadi. Yerlar yemirilishining tabiiy-antropogenomillari quruq sharoitda yerlarni keng ko’lamda o’zlashtirish bilan bog’liqdir.
Unumdorlikning pasayish jarayoni, tuproq qatlamining yemirilishi va buzilishi
o’nlab hamda yuzlab xildagi mahalliy hamda hududiy ko’rinishga ega. Ular
orasida yaylov digressiyasi va mollarni haddan ziyod ortiqcha o’tlatish, ko’chma
qum barxanlarining paydo bo’lishi, yerlar yuzasining yuvilishi va sug’orish
natijasida yemirilishi, yerlarning zaharli birikmalar bilan ifloslanishi, texnogen
cho’llanish va boshqalar keng tarqalgan. Sug’oriladigan yerlarning 400 ming
gektardan ortig’i yoki 10 foizdan ortig’i qoniqarsiz ahvolda. O’zbekistonda
sho’rlangan yerlar sug’oriladigan maydonlarning 65,9, jumladan kamroq
sho’rlangan yerlar 33,9, o’rtacha sho’rlangan yerlar 19,4 va kuchli sho’rlangan
yerlar 12,6 foizni tashkil etadi. O’zbekistondagi sug’oriladigan hududlarda
yerlarning 8 foizi sug’orish tufayli yemirilgan, shuning 2 foizi o’rtacha va kuchli
darajada yemirilgan. Sug’oriladigan yerlarning 20 va 40 foizini suv bosgan,
15 foizi deflyatsiya ta’siriga duchor bo’lgan. 15,1 million gektar yerdan xo’jalikda
foydalanilmayapti (uvalangan yonbag’irlar, poligonlar, qumliklar, chiqindixonalar
va hokazo) 160 ming gektardan oshiq yer maydoni texnogen ta’siri ostida
zararlangan.
Shamol ta’sirida yemirilish. Qumlar, qumli va boshqa yengil mexanik
tarkibga ega yerlar kuchsiz suv bosishi va iqlim quruqligi sharoitida bo’laklarga
oson ajraladi hamda harakatga keladi. Yemirilishga qarshi agrotexnika qoidalariga
rioya qilmaslik va qumli yerlarni shudgorlash hamda rejalashtirish natijasida
qumlar harakatga kelib, ariqlar va yo’llarni qoplab oladi. O’zbekistonda
sug’orilmaydigan hududlar asosan shamol va yaylovlar ta’siri ostida yemiriladi.
Orol dengizining qurigan tubidan har yili atmosferaga 15 million tonnadan
75 million tonnagacha chang ko’tariladi va ekin ekishga yaroqli holga keltirilgan
yerlarga tushadi hamda ularga salbiy ta’sir ko’rsatadi. O’zbekistonning
sug’oriladigan yerlarining shamol ta’sirida yemirilishi Farg’ona va Zarafshon
vodiysi, Qarshi cho’lida keng tarqalgan. Qaqratadigan, ya’ni “afg’on” deb atalgan
bunday shamol Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatidagi xo’jaliklarda
hosildorlikni pasaytirib yubormoqda. 1965-yilda 395,1 ming gektar sug’oriladiganmaydon shamol ta’sirida yemirildi, 2004-yilda bunday maydonlar qariyb
1,5 baravarga ko’paydi va 628,4 ming gektarga yetdi. Shamol ta’sirida yemirilgan
yerlar Toshkent (138,6 ming ga), Samarqand (121,9 ming ga) va Qashqadaryo
viloyatida (159,7 ming ga) joylashgan. Bu yerlar yemirilishga qarshi tadbirlar
o’tkazilishiga muhtoj.
Suv bosgan hududlar. Sug’oriladigan hududlarda uzunligi va qalinligi
bo’yicha tabiiy suv oqimlaridan oshadigan sun’iy gidrografik tarmoq tashkil
etilgan. O’zbekistonda sug’oriladigan hududning katta qismini turli darajada yer
o’zanlaridan oqadigan ariqlar va kanallar suvi bosmoqda. Filtrlash natijasida
sug’orish suvlarning 40 foizi yo’qotiladi. Bunday sug’orish kanallari va
ariqlarining foydali ish koeffitsenti (FIK) 0,6 dan oshmaydi. Qishloq xo’jaligi ekin
maydonlarini sizot suvlar ko’tarilishi (1,0-1,5 m) natijasida suv bosmoqda. Qishloq
xo’jaligi uchun yaroqli suv bosgan yerlar qariyb 5 million kishi yashaydigan
20 foiz maydonni egallaydi. Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xorazm va Navoiy
viloyatida yerlarni sug’orish davrida sug’oriladigan yerlarning 40 foizini, Farg’ona
vodiysi va Samarqand viloyatida 30-40, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Buxoro
viloyatida 20-30 foizini suv bosmoqda. Tog’ etagidagi sug’oriladigan och rang va
o’ziga xos bo’z yerlar sug’orish natijasida yemirilmoqda. Bu yerlarning qariyb
yarmi qiyaliklar va past-baland yerlardan iborat. Ushbu yerlarda sug’orish
natijasida yemirilishning rivojlanishi mumkinligi delta tekislaridagi yerlarga
qaraganda ancha yuqori. Avvaldan sug’orilib kelinayotgan hududlarning katta
qismini 30 qiyaliklar va ayrim uchastkalarini 50 tikliklar tashkil etadi. Katta
hududlarini adirlar egallagan Andijon, Samarqand, Surxondaryo, Namangan va
Toshkent viloyatlarida kuchli va o’rtacha yemirilgan maydonlar ko’p. Bundan
tashqari, O’zbekistonning dehqonchilik qilinadigan sug’oriladigan hududlarida
jarliklar paydo bo’lishi keng tarqalgan. Bunday jarlarning ko’payishi va
rivojlanishining asosiy sababi sug’oriladigan paykallardan suvni nazoratsiz
chiqarish va ariqlarning buzilishi hisoblanadi. Sug’oriladigan hududlarda qirg’oq
va tub jarliklar ko’p. Ko’pincha jarliklar paydo bo’lishini tezlashtiradigan
suffoziya-karst o’pirilmalari (o’pqonlar) uchraydi. Boshoqli ekinlar ekiladigan
lalmi yerlar yemirilishi asosan bo’z yerlarda va qisman qora tuproqli yerlargatarqalgan. Yemirilishning asosiy turi – bu atmosfera jala yog’ingarchiliklari tufayli
tuproq usti qatlamining yuvilib ketishidir. Vayron qiluvchi toshqinlar, Katta
vayron qiluvchi kuchga ega sel oqimlari respublika xo’jaliklari va yer holatiga
katta zarar yetkazadi. Ayniqsa, Farg’ona vodiysidagi tog’lar yonbag’irlarida
joylashgan sel havzalari ancha xavfli (sel oqimlari asosan Qirg’iziston
Respublikasi hududida shakllanadi). Qashqadaryo, Samarqand va Toshkent
viloyatining tog’ yonbag’irlarida ham ko’plab sel manbalari bor. Markaziy
Osiyoda 90-yil mobaynida qayd etilgan sel oqimlari (2245) umumiy miqdorining
qariyb 75 foizi O’zbekiston ulushiga to’g’ri keladi.
Yaylovlarning yemirilishi. O’zbekistonda yaylovlar 21,2 million gektar yoki
jami hududning yarmini tashkil qiladi. Ushbu hududning 14,4 million gektari
cho’llar, 5,7 millioni tog’oldi, 1,1 million gektari tog’ va baland tog’liklardan
iborat. Yaylovlar asosan Qoraqalpog’iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Jizzax,
Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatida joylashgan. Ularning taxminan
19,4 million gektariga suv chiqarilgan, 2,8 million gektari suvga muhtoj.
16,4 million gektar yaylovlar (77,3 %) tanazzulga uchragan. Bu holat
Qoraqalpog’iston Respublikasi, Navoiy, Buxoro va Surxondaryo viloyatida ancha
tashvishli. Yaylovlarni quyidagi tartibda bo’lish mumkin: yozgi mavsumda
5,4, qishki mavsumda 3,8, yil davomida 3,5 million gektar. Qizilqumda asosiy
maydonni unumdorligi past va tanazzulga uchragan yerlar tashkil qiladi. Ayni
paytda quduqlar va aholi punktlari yaqinidagi katta maydonlar yoqilg’i uchun
o’simlik tayyorlash tufayli yemirilgan. Bu esa hududning cho’llanishiga olib
keladi. Ayrim yillardagi ob-havo sharoitiga qarab, cho’lga aylangan yaylovlarda
o’sayotgan o’simliklar 9-55 turni, hosildorligi esa gektaridan 2-9 sentnerni tashkil
etadi. Turli tashkilotlar hisob-kitoblariga ko’ra, yaylovlarning o’rtacha hosildorligi
gektaridan 2,4-2,7 sentnerni tashkil qiladi. Har besh yilning birida hosildorlik past,
ikki yilda o’rtacha va keyingi ikki yilda esa ko’p bo’ladi. Bunday sharoitda ozuqa
zaxirasini tashkil etish, bo’ta va bo’tasimon o’simliklarni ekish hisobidan
o’simliklar turlarini ko’paytirish zarur. Buxoro va Navoiy viloyatlarida respublika
bo’yicha jami qo’ylar sonining 22, tuyalarning 60,8 foizi boqiladi. Ular uchun
cho’l o’simliklari asosiy ozuqa ba’zasi hisoblanadi. Tabiatda tuproqning parchalanib, uvalanishiga olib keladigan va shu tufayli
unumdorligini kamaytiradigan jarayonlar ikkiga bo’linadi: endogen va ekzogen.
Ekzogen omil ham o’z navbatida ikkiga bo’linadi: tabiiy va antropogen.
Endogen jarayonlar. Endogen (endos — ichki; genos — yuz berish)
jarayonlari yer ichida tektonik xarakatlar sababli yuz beradi. Yer qa’rining
o’zgarishiga olib keladi, chunki bu harakatlar turli tezlik va yo’nalishlarda sodir
bo’ladi. Ular sekin, tez va bir laxzali bo’ladi. Yerning ichki qobig’ida energiya
qayta taqsimlanishi hamda issiqlikning ortirishi bunga sabab bo’ladi. Issiqlik oqimi magma yordamida mantiya qavatidan ko’tarilib, yer ustki qismigacha yetib keladi yo singib ketadi, yoki vulqon bo’lib otilib chiqadi. Tektonik harakatlar faol ro’y bersa, yer qimirlashiga sabab bo’ladi, agar u sekin ro’y bersa juda katta maydonlarni egallab oladi, bunda yer qa’rining bir tomoni tezroq, ikkinchi tomoni sekinroq harakat qilib, uning ko’tarilib turishiga sabab bo’ladi. Bir laxzada yuz beradigan tektonik hodisalar yer qimirlashi va vulqonlar otilib chiqishiga olib keladi. Vulqon (vulqon — olov xudosi) yer qa’ridagi magma harakati bilan bog’liq hodisa bo’lib xosil bo’lgan mahsulotlar gaz, suyuq va qattiq holatda bo’ladi.
Vulqon hodisasi yuz berganda atrofni tog’ jinslari va quyundi koplab oladi. Bu
mahsulotlar eroziyaga chidamsizdir. Vulqonlar so’ngan joylarda yer ostidan issiq termal suvlar chiqadi, bu kabi suvlar ta’sirida turli jinslar erishi tufayli yuvilib ketadi. Zilzila yerning ustki qismida kuchli to’lqin va zarbalar ta’sirida, yer mantiyasida tektonik kuchlanishi natijasida hosil bo’ladigan hodisalardir, yoxud
yerning kuchli ichki quvvatidan sodir bo’ladi. Bu silkinishlar gorizontal va vertikal yo’nalishida o’tadi. Ba’zan kuchli silkinishlar ta’sirida yer ustki qismida yoriqlar paydo bo’ladi, natijada tuproqni parchalanib ketishiga sabab bo’luvchi jarayonlarsodir bo’ladi. Yoriqlar, o’pirilishlar, cho’kib ketish va boshqa hodisalar uchun xam sababchi bo’ladi eroziya jarayonlarini kuchaytiradi. Yer ustki qismining harakatga kelishiga insonlar olib boradigan xo’jalik faoliyati ham ta’sir etadi, masalan,
foydali qazilmalarni kovlab olishda katta-katta bo’shliqlar hosil bo’ladi, ayniqsa
ko’mir qazib olinganda yer qatlaminint surilishi yuz beradi. Katta suv omborlarini suv bilan to’ldirilganda uning atrofini o’tirib-cho’kishi ro’y beradi; shuningdek,
neft, yer osti suvlarini chiqarib tashlaganda ham yer o’tirib qolishi yoki cho’kishi
kuzatiladi.
Ekzogen jarayonlar. Ekzogen so’zi yunoncha bo’lib, ekzo — tashqi, genos
— kelib chiqish ma’nosini anglatadi. Yerga tashqi ta’sir ko’rsatadigan hodisalar
majmuini o’z ichiga oladi, energiya manbai bo’lib quyosh nuri va tortish kuchi
birgalikdagi harakatlari sababchidir. Bular asosan Yer ustida yoki Yer qa’rining
ustki qismida mexanik, kimyoviy, fizik-kimyoviy va biologik energiya
ko’rinishlarida, litosfera bilan gidrosfera, atmosfera va biosferaning boshqa
bloklarini o’zaro harakatlari natijasida ro’y beradi. Umuman, ekzogen jarayonlar endogen hodisalar bilan yer rel’efining shaklanishida qatnashadi. Tabiiy ekzogen jarayonlarga quyidagilar kiradi:
1) Avraziya lotincha — avrausia bo’lib, yuvilish-botib ketish ma’nosini
anglatadi, Dengiz, ko’l va suv omborlarining to’lqinlanishi natijasida sohil bo’ylari yemiriladi. Kishilarning shu joylaridagi daraxtzorlarni kesishi, o’t-o’lanlarning
yo’qotilishi, qurilish ishlarini olib borishlari yuvilishga sababchi bo’ladi.
2)Deflyatsiya - lotincha efgmbujpo, shamol ta’sirida tuproq zarrachalarining
uchishi va siljishi degani. Shamol ta’sirida kelib chikqan jarayonlar eol deb ataladi,
bular havo oqimining aedrodinamik kuchi bilan o’lchanadi, bunda tuproqning
bardoshligi va o’simlik bilan qoplanishi muhim axamiyatga ega.
3)Karst (Yugoslaviyadagi yassi tog’) tabiiy suvlar ta’sirida, (yer osti va ustki)
karbonatlar va korbonatsiz jinslar, minerallar (oxaktosh, bo’r, toshtuz, gips) erishi oqibatida yopiq yoki ochiq xolatdagi chuqurliklar, ariqlar, o’yiqlar hosil
bo’lishidir. Karst jarayonlari rel’efni ustki qismini o’zgartiradi. Kriogen jarayonlar (krio - sovuq) doimiy muzliklar bilan qoplangan joylarda
sodir bo’ladi.
5)Qurumlar — fizik "nurash" - mahsuloti bo’lib, qoyalarda tog’ qirralarida,
vodiyda hosil bo’ladi. Bularning harakati bir qancha omillarga bog’liq. Ular
harakatlanganda tuproq ustini suradi, ya’ni eroziya paydo bo’ladi.
6)Ko’chki-tog’ cho’qqisida ko’p qor yog’ishi, ularni bir-biriga
yopishqoqligining yo’qolishi bilan ko’plab hajmdagi qor — tog’ jinslari, dovdaraxtlar bilan qo’shilib, pastga qulashi oqibatida tuproqning , ustki qismini
eroziyaga bardoshsiz qilib qo’yadi, yoki yemiradi.
7)Nivatsiya — lotincha, qor ma’nosini anglatadi. bunda tog’lik mintaqalarda
qor suvlari rel’efning o’zgarishiga olib keladi.
8)Surilish — tog’ tuprog’i va tog’ jinslari birgalikdagi katta massa hosil qilib,
pastga tomon harakatlanib ekinzorlarni qoplaydi, ularni ishdan chiqaradi.
Ko’pincha surilmalar geologik ishlar bajarilganda ham yuz beradi.
9)Sel — tog’-tosh jinslarining kuchli suv ta’sirida yuvilishi bo’lib, qor mo’l
yog’ishi va erishi oqibatida sodir bo’ladigan hodisa. Sellar dehqonchilik
mintaqalarida tuproq , o’simlik va yo’llarni ishdan chiqaradi.
10)Soliflyukatsiya — lotincha, solium-“tuproq” fluktion "oqishi" ma’nosini
bildirib, sekin-asta, o’ta nam tuproqni qiyalik bo’ylab oqib ketishi demakdir.
Ko’pincha qor erishi, muzlab qolgan tuproqning namlanib uzoq vaqt pastlikka
oqishidan yuzaga keladi, tog’lar va doimiy muz bilan qoplangan yerlarda yuz
beradi.
11) Suffoziya (lotincha sufusid –tomchilanish, "tomchi o’yishi, sho’rlantirish"
jarayoni bo’lib, suv ta’sirida mayda va erigan moddalarning tuproqdan sizilib
chiqib ketishi tushiniladi. Bunda tuproq donodorligi buziladi, yuvilaverib, ustki
qismi pastki qismiga o’tiradi, natijada aylanasi 10-500 metrgacha o’pqonlar hosil bo’ladi.
Yuqorida qayd qilingan hodisalar tashqi muhit ta’sirida yuz beradi, ammo
bundan tashqari daryo suvlari, to’fonlar kabi seryog’in, sersuv hodisalar ham
tuproqning eroziyaga bardoshligini kamaytirad. Antropogen jarayonlar. Tuproqni degradatsiyaga, unumdorligini pasayishiga
olib keluvchi hodisalar turi juda ko’pdir, ulardan ayrimlarini sanab o’tamiz:
a)haydov qatlamining gumussizlanishi. Tuproq chirindisini yerdan samarasiz
foydalanilganda yo’qotishi, yerga organik o’g’itlarni (go’ng, kompost, gumin,
lignin, organik qoldiqlar) tushmasligidan, almashlab ekishga amal qilinmaganidan,
kelib chiqadi;
b) eroziyaga moyilligi bor yerlarda tuproqni himoya qilish tizimiga amal qilmay
unga ishlov berish, haydash, yon bag’irlar, adirlar, qiyaliklarni uzunasiga ishlash
va hokozolar ham degumifikatsiyaga olib keladi;
v) pestitsidlarni ilmiy asoslanmagan holda ishlatish oqibatida;
g) yaylovlarga podani tartibsiz qo’yib yuborish;
d)o’rmon, ihota daraxtlar tartibsiz kesilishi;
e)o’rmon va yaylovga yong’in tushishi;
y) qurilish, geologik qidiruv ishlari;
i) tuproqni toksin moddalar va radioaktiv izotoplar bilan ifloslanishi;
k) qayta sho’rlanish natijasida va boshqa hollarda ham gumussizlanish ro’y
beradi.
Bu sanab o’tilgan salbiy hodisalar adir mintaqalaridagi sug’oriladigan
dehqonchilikda ko’proq sodir bo’ladi.
Agronomlar, agrokimyogarlar, tuproqshunos, gidrotehnik, yer tuzuvchi, qishloq
xo’jaligi muhandis va iqtisodchilari kabi mutahassislar tuproq hosil qiluvchi
jarayonlar bilan tanishibgina qolmay, uni yemiruvchi va sofligini kamaytiruvchi
yuqorida sanab o’tilgan omillarni ham bilishlari zarur. Bundan tashqari talabalar
har joyni o’ziga hos iqlimi-rel’efidan kelib chiqqan holda yangi omillarni
aniqlashlari, ularning oldini olish choralarini qo’llanishlari, yana talabalar har joyni
o’ziga hos iqlim rel’efidan kelib chiqqan holda yangi omillarni ham topishlari
zarurdir.
III. Xulosa
XULOSA:
Qishloq xo’jaligi ekinlaridan yuqori va sifatli hosil yetishtirishda tuproq
unumdorligi muhim ahamiyatga ega bo’lib, uning tabiiy va sun’iy, potentsial va
samarali unumdorligini oshirish yuqori ahamiyat kasb etadi. Bunda tuproqlarning agrokimyoviy va agrofizikaviy xossalarini, ya’ni uni suv, xavo, issiqlik va oziqa
rejimlarini yaxshilab, madaniylashganlik darajasini oshirish juda muhim
hisoblanadi. Tuproqlarni unumdorligini va uning madaniylashganlik darajasini
oshirishda tuproqning tuzilishini, uning struktura hosil qilish xossalarini yaxshi
bilish natijasida, strukturasi buzilgan tuproqlarni strukturasini yaxshilashda
biologik, kimyoviy va fizikaviy usullarni to’g’ri qo’llab dehqonchilik madaniyatini
oshirishga erishish mumkin.


Yüklə 1,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin