2. Gidrostatikaning asosiy tenglamasiga doir masalalar yechish.
Gidrostatika – gidravlikaning bo’limi bo’lib, suyuqlik muvozanatining qonunlarini o’rganadi. Bu qonunlarni ko’rib chiqishdan oldin, tinch holatda bo’lgan suyuqlik hajmiga ta’sir qiluvchi kuchlarni qaraymiz.Bu hajmga ta’sir qiluvchi tashqi kuchlar ikki guruhga bo’linadi:
1. Massali (yoki hajmiy) kuchlar. Bu kuchlar ajratib olingan suyuqlik hajmi massasiga proporsional (yoki o’zgarmas zichlik muhitida hajmga proporsional) va shu hajm muhitining hamma nuqtalarida ta’sir qiladi.
2. Sirtqi kuchlar. Bu kuchlar ajratib olingan suyuqlik hajmining tashqi sirtlariga ta’sir qiladi va shu sirtlar yuzalariga proporsional. Sirtqi kuchlarga suyuqlikning erkin sirtidagi atmosfera bosimi, suyuqlikdagi idish devori bosimi, suyuqlikdagi porshen bosimi va h.k. Sirtqi kuchlar ajratilgan suyuqlik hajmining sirti boyicha uzluksiz taqsimlangan. Qaraladigan tinch holatdagi suyuqlik hajmining har bir nuqtasida tashqi kuchlar ta’sirida suyuqlikning kuchlanish holatini ifodalaydigan ichki kuchlar sodir bo’ladi. Suyuqlikning har bir nuqtasidagi kuchlanish holati bosim bilan xarakterlanadi.
Gidrostatikaning asosiy tenglamasi quyidagi ko’rinishda bo’ladi:
(2.1)
bu yerda – geometrik balandlik, ya‘ni ixtiyoriy o’tkazilgan taqqoslash tekisligidan tinch holatda turgan suyuqlikning qaraladigan nuqtasigacha bo’lgan masofa;
P – shu nuqtadagi gidrostatik bosim.
Absolyut yoki to`liq bosim quyidagi formula bilan aniqlanadi:
(2.2)
bunda – tashqi bosim;
– nuqtaning kumilish chuqurligi.
Amaliyotda kupincha tashqi bosim atmosfera bosimiga teng deb hisoblanadi, ya‘ni . Atmosfera bosimi kattaligi ga teng bo’ladi.
suv ustuni ekanligi kelib chiqadi.
Manometrik bosim absolyut bosim bilan atmosfera bosimining farqiga teng, ya‘ni
(2.3)
Absolyut bosim atmosfera bosimidan kichik bo’lsa, vakuummetrik bosim xosil bo’ladi
(2.4)
hosil bo’ladi yig’indi (2.1-rasm) to’liq gidrostatik bosimni ifodalaydi.
(2.5)
yig’indisi esa, atmosfera bosimini hisobga olmaydigan H bosimni ifodalaydi va u pyezometrik bosim deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: |