2. Ishlab chiqarish harajatlari turlari



Yüklə 18,8 Kb.
səhifə1/3
tarix23.05.2023
ölçüsü18,8 Kb.
#120943
  1   2   3
Microsoft Word Document (11)


Milliy iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish birliklari (korxona, firma) oʻz faoliyati natijalaridan koʻproq foyda olishga harakat qiladilar. Har qanday korxona oladigan foyda nafaqat oʻzining tovarini ancha yuqori narxlarda sotishga, balki tovar ishlab chiqarish va uni sotishga qilinadigan xarajatlarni kamaytirishga ham intiladi.
Ijtimoiy ishlab chiqarish xarajatlari – bu mahsulot ishlab chiqarish uchun ijtimoiy zaruriy mehnatning umumiy (jonli va moddiylashgan) sarflaridir. Ular mazkur mahsulotni ishlab chiqarish jamiyat uchun qanchaga tushganligini koʻrsatadi. Tovar ishlab chiqarish sharoitida ijtimoiy xarajatlar pul shaklida namoyon boʻladi va tovar qiymatiga muvofiq tushadi, ya’ni:
w = c + v + m,
bu yerda: w – ijtimoiy ishlab chiqarish xarajatlari yoki mahsulot qiymati; s – iste’mol
qilingan ishlab chiqarish vositalari qiymati; v – ishchi kuchi qiymati (ish haqi); m – qoʻshimcha qiymat.
Bevosita ishlab chiqarish xarajatlari faqat tovarni ishlab chiqarish bilan bogʻliq xarajatlarni oʻz ichiga olib, tovar birligi qiymatining faqat bir qismini tashkil qiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari tovar qiymatidan foyda miqdoriga kam boʻladi.
Muomala xarajatlari tushunchasi tovarlarni sotish jarayoni bilan bogʻliq boʻlib, shu tovarlarni ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga yetkazilguncha ketadigan sarflarga aytiladi.

2. Ishlab chiqarish harajatlari turlari

Ishlab chiqarish harajatlari — korxonaning mahsulot i.ch. maqsadlarida, iqtisodiy resurslar sotib olish uchun qilgan pul sarflari. Firma oʻz faoliyatini bozordan moddiy resurslar, yaʼni asbob-uskuna, dastgohlar, transport va aloqa vositalari, xom ashyo, yoqilgʻi, har xil materiallarni, mehnat bozoridan ish kuchini sotib olishdan boshlaydi. Shunga muvofiq holda Ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga xom-ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonilg'ʻi va energiya xarajatlari, asosiy kapital amortizatsiyasi, ish haqi va ijtimoiy sugʻurtaga ajratmalar, foiz toʻlovlari va boshqa xarajatlar kiradi. Ishlab chiqarish xarajatlariga qilingan barcha xarajatlarning puldagi ifodasi mahsulot tannarxining tashkil qiladi.
Ishlab chiqarish xarajatlarni oʻrganishga iqtisodchilar turlicha yondoshadilar. Jumladan, harajatlarning qiymat nazariyasiga koʻra, Ishlab chiqarish xarajatlar quyidagi turlarga boʻlinadi: doimiy harajatlar: — korxona toʻlov majburiyatlari, soliqlar, amortizatsiya ajratmalari, ijara haqi, qoʻriqlash xizmati harajatlari, boshqaruv xodimlari maoshi va b; oʻzga-ruvchan harajatlar: — xom ashyo, materiallar, yonilgʻi, transport xizmati, ishchilar ish haqi va shu kabilar uchun harajatlar.
Umumiy (yalpi) harajatlar — doimiy va oʻzgaruvchan harajatlar yi-gʻindisi. Bevosita i.ch. harajatlari — konkret mahsulot Ishlab chiqarishga ketgan va bevosita uning tannarxiga oʻtadigan harajatlar. Bilvosita harajatlar — mahsulot tannarxiga bevosita qoʻshilmaydigan harajatlar. Oʻrtacha harajatlar — maʼlum vaqt orali-gʻidagi mahsulot birligiga, tovarlar partiyasi boʻyicha yoki tashkilotlar gu-ruqi boʻyicha bir buyumga toʻgʻri keladigan harajatlarning oʻrtacha kattaligi. Ekspluatatsiya (foydalanish) harajatlari — uskunalar, mashinalar, transport, i.ch. vositalarini va kundalik foydalaniladigan xoʻjalik buyumlarini ishlatish bilan bogʻliq boʻlgan harajatlar . Marjinalistik sarf-xarajatlar nazariyasi boʻyicha korxona ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan resurslar oʻz resurslari yoki jalb qilingan resurslar boʻlishi mumkin. SHunga koʻra xarajatlar ichki yoki tashqi xarajatlarga boʻlinadi. Tashqi xarajatlar korxona tomonidan zarur resurs va xizmatlarni tashqaridan toʻlov asosida jalb etishi uchun sarf qilingan xarajatlardir. Korxonaning oʻziga tegishli boʻlgan resurslardan foydalanishi bilan bogʻliq xarajatlar ichki xarajatlar deyiladi. Ishlab chiqarish hajmining oʻzgarishiga (qisqarishi yoki ortishiga) ta’sir qilmaydigan xarajatlar doimiy xarajatlar deyiladi. Oʻzgaruvchi xarajatlar (OʻX) deb ishlab chiqarish hajmining oʻzgarishiga ta’sir qiladigan xarajatlarga aytiladi. Unga xomashyo, material, yonilgʻi, transport xizmati, ishchilar ish haqi va shu kabilarga qilinadigan sarflar kiradi. Ishlab chiqarishning har bir darajasida doimiy va oʻzgaruvchi xarajatlar yigʻindisi umumiy xarajatlar (UX)ni tashkil qiladi.


Yüklə 18,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin