2-Labaratoriya Mavzu: Berilgan chiziq bo‘yicha profil chizish Ishning maqsadi



Yüklə 327,84 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix17.11.2022
ölçüsü327,84 Kb.
#69560
2-Labaratoriya



2-Labaratoriya 
Mavzu: Berilgan chiziq bo‘yicha profil chizish
  
Ishning maqsadi. Reyefi gorizontallar bilan tasvirlangan karta va 
planga qarab joyning relyefini o‘rganish, chiziqli inshootlarni loyihalash 
va boshqa ishlarni bajarish uchun shu joyning ma‘lum yunalishdagi 
profilini chizish.
Ishning bajarilish tartibi. Berilgan RL chiziqning profilini 
chizish uchun (- rasmga qaralsin) millimetrli kataklarga bo‘lingan 
qog‘ozda KL to‘g‘ri chiziq tortiladi va bu chiziqda qabul qilingan 
gorizontal masshtab bo‘yicha KL kesimda bu chiziqning gorizontallar 
bilan kesishgan 1, 2, 3 va hokazo nuqtalari belgilanadi (18.1-shakl).
So‘ngra HL chiziq ostidan 1 — 1,5 sm oraliqda ikkita parallel to‘g‘ri 
chiziq o‘tkaziladi. 1—2, 2—3, 3 - 4 va hokazo nuqtalar orasidagi 
masofalar kartada aniqlanib, d bilan belgilangan grafaga, yuqoridagi 
nuqtalarning otmetkalari (absolyut balandliklari) esa uning ostidagi
grafaga m hisobida yoziladi. Keyin HL shartli gorizont chizig‘ining 
otmetkasi biror shartli songa teng deb qabul qilinadi, bu son profilning 
eng pastki nuqtasi KL chiziqdan 2—6 sm balandda joylashishini 
ta‘minlashi lozim. Qabul qilingan vertikal masshtabga muvofiq, KL 
chiziqdan boshlab nuqtalar belgilanadi. Odatda vertikal masshtab 
gorizontal masshtabga nisbatan 10 baravar yirikroq qilib olinadi. 
Belgilangan nuqtalar to‘g‘ri chiziqlar bilan tutashtirilsa kartada
berilgan KL chiziqning profili hosil bo‘ladi. Profilni berilgan karta 
masshtabida tuzish kerak deylik; bu holatda profil qaysi chiziq
yo‘nalishida chizilishi kerak bo‘lsa, o‘sha chiziq ustiga millimetrli 
kataklarga bo‘lingan qog‘oz qo‘yiladi va KL chiziq uning gorizontallar 
plan kesishgan nuqtalari va boshqa xarakterli nuqtalar belgilab chiqiladi.
KL chiziq ostiga bu nuqtalarning otmetkalari yoziladi. So‘ngra 
belgilangan nuqtalardan qabul qilingan vertikal masshtab bo‘yicha 
perpendikulyarlar chiqariladi. Bu perpendikulyarning uchlari birin-ketin 
chiziq bilan tutashtirilsa, profil hosil bo‘ladi.


18.1- shakl


  

Yüklə 327,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin