2-laboratoriya Mavzu: Cisco routerida statik va dinamik marshrutlashni sozlash Ishdan maqsad. Cisco routerlarida statik va dinamik marshrutlashni sozlash ko`nikmalariga ega bo`lish.
Nazariy qism Router tarmoqlar o`rtasida tarmoq paketlarini yo`naltiruvchi qurilma hisoblanadi. Router paketni boshqa tarmoqqa yo`naltirishi uchun, u aynan o`sha router tarmoqlari haqida ma`lumotga ega bo`lishi kerak. Aks holda router paketni yo`naltirishi lozim bo`lgan tarmoqqa yo`naltira olmaydi. Routerlarda marshrutlashni ikki xil usul orqali amalga oshiriladi.
Statik marshrutlash paketlarni qo`lda ko`rsatilgan yo`nalishlar orqali bir tarmoqdan boshqa tarmoqqa yo`naltiradi.
Statik marshrutlashning quyidagi afzalliklari mavjud:
routerdan resurs (operativ xotiradan, protsessordan, kesh xotiradan) talab qilmaydi;
xavfsizlik,ya’ni paketni aynan lozim bo`lgan kanaldan o`tkazishda.
tarmoqdagi biron bir routerga yoki qurilmaga masofadan boshqarish protokollari (ssh/telnet)orqali ulanganimizda qotish alomatlari kuzatiladi.
Dinamik marshrutlash tarmoqlar uchun marshrutlash jadvallarini yangilash va ulanishlar topologiyasi va holatiga tezda moslashishi uchun talab qilinadi. Dinamik marshrutlashni amalga oshiruvchi bir qator protokollar mavjud, ya`ni RIP,OSPF,EIGRP,BGP.
Dinamik marshrutlash quyidagi afzalliklarga ega:
mutaxassis uchun katta tarmoqlarni o`zaro bir biriga bo`g`lashda qulay hisoblanadi;
paketni eng qisqa yo`l orqali uzatishni ta`minlaydi;