2-ma’ruza Mavzu: Metrologiya sohasida ishlatiladigan birliklar va o’lchov vositalari



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə1/10
tarix23.05.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#120778
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2-ma’ruza Mavzu Metrologiya sohasida ishlatiladigan birliklar v


2-ma’ruza


Mavzu: Metrologiya sohasida ishlatiladigan birliklar va o’lchov vositalari.

1. Metrologiya sohasida ishlatiladigan birliklar.


2. Metrologiya sohasida ishlatiladigan o’lchov vositalari.

Muayyan ob’ektni tavsiflovchi kattalik shu ob’ekt uchun xos bo’lgan miqdor tavsifiga ega ekan, bu kabi ob’ektlar o’zaro birgalikda ko’rilayotganda faqat mana shu miqdor tavsiflariga ko’ra tafovutlanadi. Buning uchun esa solishtirilayotganda ob’ektlararo biror bir asos bo’lishi lozim. Bu asosga solishtirish birligi deyiladi. Aynan mana shunday tavsiflash asoslariga kattalikning birligi deb nom berilgan.


Ko’rilayotgan fizikaviy ob’ektning ixtiyoriy bir xossasining miqdor tavsifi bo’lib, uning o’lchami xizmat qiladi. Lekin "uzunlik o’lchami", "Massa o’lchami", "sifat ko’rsatkichining o’lchami" degandan ko’ra "uzunligi", massasi", "sifat ko’rsatkichi" kabi iboralarni ishlatish ham leksik jihatdan, ham texnikaviy jihatdan o’rinli bo’ladi.O’lcham bilan qiymat tushunchalarini bir-biriga adashtirish kerak emas. Masalan, 100 g, 105 mg, 10-4 t - bir o’lchamni 3 xil ko’rinishda ifodalanishi bo’lib, odatda "massa o’lchamining qiymati" demasdan, "massasi (...) kg" deb gapiramiz. Demak kattalikning qiymati deganda uning o’lchamini muayyan sonli birliklarda ifodalanishini tushunishimiz lozim.

Kattalikning o’lchami - Ayrim olingan moddiy ob’ekt, tizim, hodisa yoki jarayonga tegishli bo’lgan kattalikning miqdori bo’lib hisoblanadi.


Kattalikning qiymati - qabul qilingan birliklarning ma’lum bir soni bilan kattalikning miqdor tavsifini aniqlash.

Qiymatning sonlar bilan ifodalangan tarkibiy qismini kattalikning sonli qiymati deyiladi. Sonli qiymat kattalikning o’lchami noldan qancha birlikka farqlanadi, yoki o’lchash birligi sifatida olingan o’lchamdan qancha birlik katta (kichik) ekanligini bildiradi yoki boshqacha aytganda Q kattaligining qiymati óni o’lchash birligining o’lchami [Q] va sonli qiymati q bilan ifodalanadi degan ma’noni anglashimiz lozim:


Q = q[Q].
Endi yana kattalikning birligiga qaytamiz.
Ikki xil metall quvur berilgan bo’lib, birining diametri 1 m, ikkinchisiniki 0,5 m. Ularning ikkovini diametr bo’yicha solishtirish uchun, muayyan bir asos sifatida olingan birlik qiymatini olishimiz lozim bo’ladi

Kattalikning birligi deb - ta’rif bo’yicha sonli qiymati 1ga teng qilib olingan kattalik tushuniladi


Ushbu atama kattalikning qiymatiga kiradigan birlik uchun ko’paytiruvchi sifatida ishlatiladi. Muayyan kattalikning birliklari o’zaro o’lchamlari bilan farqlanishi mumkin. Masalan, metr, fut va dyuym uzunlikning birliklari bo’lib, quyidagi har xil o’lchamlarga ega - 1 fut = 0,3048 m, 1 dyuym = 25,4 mm.ga tengdir.


Kattalikning birligi ham, kattalikning o’ziga o’xshash asosiy va hosilaviy birliklarga bo’linadi:

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin