2-MAVZU: IKKI SONNING YIG’INDISI (YOKI AYIRMASI)GA KO’RA SHU SONLARNI TOPISHGA DOIR MASALALAR.
1-masala. Nodir va Akmal birga 18ta gul rasmini chizishdi .Nodir chizgan gullar Akmal chizgan gullardan 4 ta ko’p. Nodir nechta gul rasmini chizdi? Akmal-chi?
3-masala. Salima va Nafisa birgalikda o’qigan ertaklari soni 23ta.Salima Nafisaga qaraganda 3ta ko’p ertak o’qidi.Nafisa nechta ertak o’qigan?.
4-masala. Ikki jo’yakdan 98kg sabzi olindi.Birinchi jo’yakdan ikkinchisiga qaraganga 10kg kam sabzi olindi.Har bir jo’yakdan necha kgdan sabzi olingan?.
5-masala. Daraxtning ikki shoxida 14 ta chumchuq qo’ngan.Birinchi shoxdagi chumchuqlar ikkinchi shoxdagiga qaraganda 2ta ortiq.Har bir shoxda nechtadan chumchuq qo’ngan?.
7-masala. Dam olish kuni paxta yig’im-terimiga maktabning 9-A,B,V sinflari yordam berishdi.Ular birgalikda 3t450kg paxta terishdi.9-A sinf o’quvchilari 9-b sinf o’quvchilaridan 210t ortiq, 9-V sinf o’quvchilari 9-b sinf o’quvchilaridan 330kg ko’p paxta terishdi.Har bir sinf o’quvchilari necha kilogrammdan paxta terishgan?
9-masala. O’quvchi ruchka va daftarlardan hammasi bo’lib 12 ta sotib oldi.Daftarlar soni 9ta. Ruchka daftarlardan nechta kam? 2-tipga tayyorlovchi masala.
9-betdagi 31-masala. Bolalar daladan 45 kg kartoshka shuncha piyoz,kartoshka bilan piyoz qancha bo’lsa,shundan 20 kg kam sabzi terib olishgdi.Bolalar necha kg sabzi terib olishgan? 2-tipga tayyorlovchi masala.
18-betdagi 68-masala. Qovoqning massasi 10kg. Qovunning massasi undan 8kg kam.Qovoqning massasi qovunning massasidan necha marta ortiq? 3-tipga tayyorlovchi masala.
19-betdagi 72-masala. Ona 30 yoshda, qizi 6 yoshda. Ona qizidan necha marta katta? Qizi onasidan necha yosh kichik? 2,3-tipga tayyorlovchi masala.
171-betdagi 7-masala Ikki bochkada 80 litr suv bor edi. Bir bochkada 18 litr suv quyilgandan so’ng bochkadagi suv miqdori teng bo’ldi.Oldin har qaysi bochkada necha litr suv bor edi? (2-tipga doir.)