2-Mavzu: Pul mablag’lari va valyuta operatsiyalari hisobi.
REJA:
Korxona pul mablag’lari tarkibi va pul oqimlari
Naqdsiz hisoblashuvlar haqida tushuncha, ularni turkumlash va buxgalteriya hisobining vazifalari.
. Naqdsiz hisob-kitob hujjatlarini rasmiylashtirish.
Memorial orderlar bilan hisob-kitoblar.
To’lov topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar.
To’lov talabnomalari bilan hisob-kitoblar.
Mavzu bo’yicha atamalar: pul, pul siyosati, milliy valyuta, chet el valyutasi, valyuta kursi, pul birligi, pul mablag’i, hisob-kitob, maxsus hisoblashuv schyotlari, naqd pulsiz hisoblashuv, aktsept, akkreditiv, chek, to’lov talabnomasi, to’lov topshiriqnomasi, qimmatli qog’oz, debitor, kreditor, kassa, kassa xo’jaligi, kirim orderi, chiqim orderi, kassa kitobi, kassir hisoboti, pul ekvivalenti, obligatsiya, aktsiya, yo’ldagi pul, diskont, peniya, da’vo, foiz, pudratchi, xaridor, mol yetkazib beruvchi, ish bajaruvchi, joriy aktiv, moliyaviy faoliyat, operatsion faoliyat, investitsion faoliyat, valyuta tushumi, yuridik shaxs, jismoniy shaxs, plastik kartochka, bank ko’chirmasi.
Korxonaning pul mablag’lari ularning, hisob-kitobdagi, maxsus schyotlaridagi va kassadagi naqd pullardan tashkil topadi.
Xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning pul mablag’lari quyidagi manba’lardan hosil bo’ladi:
Korxona yangi tashkil topganda ustav fondiga qo’yilgan pul mablag’laridan;
2 Korxonaning asosiy faoliyati natijalari pul tushumlaridan;
3. Korxona investitsiya faoliyati natijalari pul tushumlaridan;
4. Korxonaning moliyaviy faoliyati natijalari pul tushumlaridan;
5. Xorijiy valyutada keladigan pul tushumlaridan;
6. Davlatdan olinadigan subsidiyalar hisobidan;
7. Tijorat banklaridan olinadigan turli xildagi kredit mablag’laridan;
8. Boshqa korxonalardan olinadigan vaqtinchalik moliyaviy yordamlardan.
Korxonaning asosiy faoliyat natijalarining pul oqimlari xo’jalik yurituvchi sub’yektning operatsion faoliyati pul oqimilaridan tashkil topadi. Bunday pul oqimlariga quyidagilar kiradi:
1. Asosiy faoliyat mahsulotlarini sotishdan va xizmat ko’rsatishdan tushgan pullar, royalti, badallar, vositachilik haqi va o’zga yo’llardan pul mablag’lari tushumi;
2. Tovarlar va xizmatlar uchun ularni yetkazib beruvchilarga pul to’lovlari;
3. Xodimlarga va xodimlar nomidan turli hil to’lovlar;
4. Sug’urta kompaniyalarining sug’urta polislari bo’yicha mukofotlari va talablari;
5. Soliqlar bo’yicha pul to’lovlari yoki uning o’rnini bosuvchi boshqa to’lovlar;
6. Savdo yoki dillerlik maqsadlarida tuzilgan bitimlar bo’yicha pul tushumlar.
Pul oqimlari hajmi xo’jalik yurituvchi sub’yektning operatsion faoliyati davomida banklardan va boshqa tashkilotlardan olgan kreditlarini, qarzlarini to’lash, xo’jalik yurituvchi sub’yektning ishlab chiqarish quvvatlarini saqlab turish uchun zarur bo’lgan sarflarini qoplash, qimmatli qog’ozlar bo’yicha dividendlar to’lash va uning pul mablag’larini tashqi manbalariga murojat qilmay yangi investitsiyalarni moliyalashtirish uchun yetarliligini aks ettiruvchi ko’rsatkich bo’lib hisoblanadi.
Investitsiya faoliyati pul oqimlari, qimmatli qog’ozlarni, qisqa va uzoq muddatli moddiy va nomoddiy aktivlarni xarid qilishga kiritilgan yoki shu maqsadlar uchun boshqa korxonalardan olingan pul to’lovlaridan tashkil topadi.
Moliyaviy faoliyat pul oqimlari, aktsiyalar yoki boshqa qimmatli qog’ozlarni chiqarishdan keladigan pul tushumlaridan, aktsiya sotib olish uchun ularning egalariga to’lovlardan, ta’minlanmagan obligatsiyalar emissiyasidan, moliya korxonalari tomonidan beriladigan ssudalardan, garovga qo’yilgan boshqa qisqa va uzoq muddatli zayomlardan pul tushumlari, zayomlarni to’lash hamda ijarachilarning moliyaviy lizing bo’yicha majburiyatlarni qisqartirish uchun pul to’lovlaridan tashkil topadi.
Dostları ilə paylaş: |