2 Mоliyaviy fаоliyatdаn оlinаdigаn fоydа (zаrаr)ni hisоbgа оlish



Yüklə 15,17 Kb.
səhifə1/3
tarix21.10.2023
ölçüsü15,17 Kb.
#159336
  1   2   3
MOLIYAVIY HISOBOT


2 Mоliyaviy fаоliyatdаn оlinаdigаn fоydа (zаrаr)ni hisоbgа оlish
Moliyaviy faoliyatdan olinadigan foyda va zararlar alohida daromad va xarajatlar guruhiga kiritiladi. Bu foyda va zararlar korxonaning asosiy faoliyati bilan bevosita bog’liq emas. Buxgalteriya hisobida moliyaviy faoliyatdan olinadigan foyda alohida, zarar alohida schyotlarda hisobga olinadi.
Moliyaviy faoliyatdan olinadigan foyda (daromad) quyidagi: 9510-«Royalti ko’rinishidagi daromadlar», 9520-«Dividendlar ko’rinishidagi daromadlar», 9530-«Foizlar ko’rinishidagi daromadlar», 9540-«Valutalar kursi farqidan daromadlar», 9550 -«Uzoq muddatli ijaradan daromadlar», 9560-«Qimmatli qog’ozlarni qayta baholashdan daromadlar» va 9590-«Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari» schyotlarda hisobga olinadi.
Bu schyotlar tranzit schyotlar bo’lib, passiv schyotlariga mansubdir. Ushbu schyotlarning kredit aylanma tegishli manbalar hisobidan moliyaviy foydaning ko’payishini, debet aylanmasi esa ularning hisobdan chiqarilishini ko’rsatadi va hisobot davri boshiga qoldig’i qolmaydi.
Moliyaviy faoliyatdan olinadigan foydaning shakllanishi buxgalteriya hisobi milliy standartlari bilan tartibga solinadi.39
9510-«Royalti ko’rinishidagi daromadlar» schyotida pul mablag’larini hisobga oladigan schyotlar bilan korrespondentlangan holda royalti va kapitalning transfertidan olingan daromadlar hisobga olinadi.
Royalti - sotuvchiga (litsenziyalarga) litsenziya shartnoma buyumdan foydalanish huquqi uchun vaqti - vaqti bilan ajratib turiladigan summa. Olishga tegishli bo’lgan royalti va gonorarlar summasiga quyidagicha rasmiylashtiriladi: D-t 4850-«Olinadigan royalti», Kt 9510-«Royalti ko’rinishidagi daromadlar» schyoti. Ushbu olishga tegishli summa olinsa, pul mablag’larini hisobga oladigan schyotlar debetlanib 4850- schyot kreditlanadi.
9520-«Dividendlar ko’rinishidagi daromadlar» schyotida O’zbekiston Respublikasi xududida va chet ellarda ulush qo’shish yo’li bilan boshqa korxonalar faoliyatida qatnashishdan olingan daromadlar, aksiyalar bo’yicha dividendlar, obligatsiya va boshqa qimmatli qog’ozlar bo’yicha daromadlar aks ettiriladi.
Bunday daromadlar hisoblanganda 9520-«Dividendlar ko’rinishidagi daromadlar» schyoti kreditlanib quyidagi schyotlar debetlanadi:
5110-«Hisob - kitob schyoti», 5210-«Mamlakat ichidagi valuta schyotlari»- korxonaning hisob - kitob schyotidagi pul mablag’laridan foydalanganligi uchun bank tomonidan o’tkazib berilgan summaga;
4840-«Olinadigan dividendlar» schyoti - korxona tomonidan sotib olingan aksiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlar bo’yicha hisoblangan dividendlar summasiga. Ushbu dividendlar hisob - kitob schyotiga o’tkazib berilsa, 5110-«Hisob - kitob schyoti» debetlanib 4840- schyot kreditlanadi.
9530-«Foizlar ko’rinishidagi daromadlar» schyotida uzoq va qisqa muddatli investitsiyalar bo’yicha hisoblangan foizlar aks ettiriladi.
Foizlar hisoblanganda 9530-«Foizlar ko’rinishidagi daromadlar» schyoti kreditlanib quyidagi schyotlar debetlanadi:
4830-«Olinadigan foizlar» schyoti – uzoq muddatli va joriy investitsiyalar bo’yicha va berilgan kreditlar bo’yicha mijozlardan olinadigan foizlar summasiga. Foizlar summasi olinganda pul mablag’larini hisobga oladigan schyotlar debetlanib 4830- schyoti kreditlanadi.
9540-«Valutalar kursi farqidan daromadlar» schyotida valuta schyotlari, shuningdek xorijiy valuta muomalalari bo’yicha ijobiy kurs farqlaridan olingan daromadlar hisobga olinadi.
Valuta schyotlari va xorijiy valuta muomalalari bo’yicha kurs farqlaridan daromad olinganda 9540- «Valutalar kursi farqidan daromadlar» schyoti kreditlanib quyidagi schyotlar debetlanadi:
5210-«Mamlakat ichidagi valuta schyotlari» - valuta schyotidagi mablag’ bo’yicha ijobiy kurs farqiga;
0610-«Qimmatli qog’ozlar», 5810-«Qimmatli qog’ozlar» schyotlari - uzoq va qisqa muddatli qimmatli qog’ozlar bo’yicha xorijiy valutalarning ijobiy kurs farqi summasiga;
4720- «Berilgan qarzlar bo’yicha xodimlarning qarzi» schyoti – xodimlarga xorijiy valutada berilgan qarzlarning ijobiy kurs farqi summasiga;
4110-«Ajratilgan bo’linmalardan olinadigan schyotlar» - filial va vakolatxonalar bilan olib boriladigan hisob–kitoblar bo’yicha valuta kursining ijobiy farqi summasiga;
6230-“Boshqa kechiktirilgan daromadlar» schyoti - muddati uzaytirilgan qarz bo’yicha valuta kursi”ning ijobiy farqi summasiga.
9550-«Uzoq muddatli ijaradan daromadlar» schyotida mulkni uzoq muddatli ijaraga berishdan olingan daromad aks ettirilib quyidagi provodkalar bilan rasmiylashtiriladi:
- Uzoq muddatli ijara bo’yicha joriy yilda olinadigan daromad summasiga; D-t 6230-«Boshqa muddati o’zaytirilgan daromadlar» - joriy qismi, K-t 9550-«Uzoq muddatli ijaradan daromadlar».
- Uzoq muddatli ijara bo’yicha asosiy vositalarni ijaraga berishdan olingan daromad summasiga; D-t 7290- «Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar», K-t 9550 «Uzoq muddatli ijaradan daromadlar».
9560-«Qimmatli qog’ozlarni qayta baholashdan daromadlar» schyotida qimmatli qog’ozlarga qo’yilgan mablag’larni qayta baholashdan olingan daromadlar hisobga olinadi.
Uzoq va qisqa muddatli investitsiyalar bo’yicha qimmatli qog’ozlarning nominal qiymatidan ortiq baholangan farq summasiga 0610- «Qimmatli qog’ozlar» va 5810 «Qimmatli qog’ozlar» schyotlari debetlanib 9560- «Qimmatli qog’ozlarni qayta baholashdan daromadlar» schyoti kreditlanadi.
9590- «Moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar» schyotida yuqoridagi schyotlarda aks ettirilmagan muomalalardan olingan foyda aks ettiriladi.
Masalan, uzoq muddatli qimmatli qog’ozlar auksionida auksion muvafaqqiyatli o’tkazilgandan so’ng garov summasi qoldirilsa 0610-«Qimmatli qog’ozlar» schyoti debetlanib, 9590-«Moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar» schyoti kreditlanadi.
Hisobot davri oxirida yuqoridagi schyotlarning kredit oborotlari yakuniy moliyaviy natijaga o’tkaziladi: Dt 9510, 9520, 9530, 9540, 9560, 9590 schyotlar, Kt-9910 -«Yakuniy moliyaviy natija» schyoti.
Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar – bu alohida guruhga ajralib turadigan xarajatlar bo’lib ular korxonaning asosiy faoliyati bilan bevosita bog’liq emas. Mazkur modda bo’yicha korxonaning moliyaviy faoliyati bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar aks ettiriladi.

3 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi buxgalteriya hisobini tashkil etish, yuritish va hisobotni tuzish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.


Yüklə 15,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin