1 D. qattiq (organik, anorganik), suyuq va gazsimon xillarga boʻlinadi. Qattiq organik D.ga sellyuloza, kauchuk, qat-ron, bitumlar, parafinlar, mum, yogʻoch, qogʻoz, plastmassalar, lok boʻyoqlar va b. kiradi. Bular kuch, signal ka-bellarini izolyasiyalashda, kondensatorlar, gʻaltaklar, qistirmalar tayyorlashda, elektr apparaturalar simlari va chulgʻamlarining izolyasiyalariga shimdirishda ishlatiladi. Qattiq anorganik D.ga radiotexnik keramika, segnetoelektriklar, pyezoelektriklar, elektronik shisha, slyudalar va b. kiradi. Bulardan izolyatorlar, yuqori chastotali kondensatorlar, pyezoelementlar, ballonlar, elektrovakuum asboblar va b. tayyorlanadi. Suyuq D.ga kuch transformatoriga, yuqori kuchlanishli ulab-uzgichlarga quyiladigan mineral moylar misol boʻladi. Gazsimon D.ga elegaz [oltingugurt (VI)- ftorid], vodorod, inert gazlar, havo va b. kiradi. Elegazlar kondensator va kabellarda, vodorod turbogeneratorlarda, inert gazlar ion asboblarda ishlatiladi.