2. Rossiyaning O`rta Osiyoni bosib olishi. Rus podsholigining O`rta Osiyoda olib borgan mustamlakachilik siyosati



Yüklə 33,08 Kb.
tarix20.12.2022
ölçüsü33,08 Kb.
#76767
Chorizmning Turkistondagi ruslashtirish siyosati va uning oqibatlari


Mavzu: Chorizmning Turkistondagi ruslashtirish siyosati va uning oqibatlari
REJA

1. XIX asr o`rtalarida Turkistonda ijtimoiy – siyosiy ahvol.



2. Rossiyaning O`rta Osiyoni bosib olishi.

3. Rus podsholigining O`rta Osiyoda olib borgan mustamlakachilik siyosati.


Chor Rossiyasining O’rta Osiyo xonliklarini bosib olish niyati podshoh Petr I davrida boshlangan edi. 1830 yilda Orenburg general-gubernatori Perovskiy o’z qo’shinlari bilan Xivaga yurish boshlaydi, biroq u yo’ldagi og’ir sharoitga dosh berolmay, orqaga qaytib ketishga majbur bo’ladi. Rossiyaning O’rta Osiyoga ko’z olaytirishiga asosiy sabablar quyidagilardan iborat edi. XIX asrning 2-choragida Rossiya iqtisodiyotida jiddiy o’zgarishlar yuz berayotgan edi. 1863 yilda podshox qo’shinlari O’rta Osiyoda faol harakatlarini boshladi va polkovnik Chernyayev podshoh hukumatining roziligini olmay turib, Qo’qon xonligining Suzak shaxrini egalladi. Shundan so’ng O’rta Osiyoning ichkarisiga qarab harakat qilish uchun ruxsat berildi. Chernyayev 1864 yil 27 sentyabrdaToshkentni istilo qilish uchun yo’lga tushdi. Toshkent mudofaasi umumxalq mudofaasiga aylandi. O’sha zamonda Toshkent qalin devor bilan o’ralgan bo’lib, 12 ta darvozasi bor edi. Rus qo’shinlari shahar yaqinidan turib uni o’qqa tuta boshladilar. Himoyachilar qarshiligini yenga olmagan Chernyayev, 72 kishini yo’qotgan holda ortiga qaytib ketishga majbur bo’ladi. 1865 yil 6 avgustda podsho Aleksandr II ning Orenburg generalgubernatorligiga bo’ysunadigan Turkiston viloyati tashkil etilganligi to’g’risidagi farmoni chiqdi. 1866 yilning yanvar oyida Chernyayev Jizzaxga hujum boshladi va bu jang uning mag’lubiyati bilan tugadi, natijada Chernyayev lavozimidan olib tashlandi. Hattoki, Turkiston o’lkasidan chiqarib yuboriliga sabab bo’ldi. 1866 yil mayda Turkistonning yangi gubernator D.I.Romanovskiy qo’mondonligi ostida Jizzaxga hujum uyushtirishdi. Buxoro amirligi Irjarda jangga kirdi Bu jangda dushmanlarning qo’li ustun kelib buxoroliklar birin-ketin Jizzax, Xo’jand, O’ratepa shaxarlarini tashlab orqaga chekindilar. 1867 yilda 2 iyulda Aleksandr II ning farmoni bilan Turkiston generalgubernatorligi tashkil topdi va K.P. Kaufman birishchi general-gubernator etib tayinlandi. Kaufman 1868 yil 25 yanvarda Qo’qon xoni Said Xudoyorxon bilan bitim tuzdi. Bu esa Kaufmanning O’rta Osiyoda harbiy yurishlarni bemalol davom ettirishga imkon yaratib berdi. 1868 yilda Kaufman Samarqandga yurish boshladi. 1868 yil 23 iyunda Rossiya bilan Buxoro o’rtasida shartnoma tuzildi. Shartnomaga ko’ra Buxoro amirligi 500 ming so’m oltin tanga hisobida tovon to’lash majburiyatini oldi va Samarqand va Kattaqo’rg’on shaharlarini Turkiston general-gubernatorligi tasarrufiga o’tkazildi. Chor hukumatining bosqinchilik siyosatida Xiva xonligi alohida o’rin tutadi. Petr I va Nikolay I zamonidagi Xiva xonligini zabt etish uchun bo’lgan diplomatik va harbiy harakatlar samarasiz bo’lgan edi. Endi esa Xiva xonligi bosib olish uchun qulay imkoniyatlar vujudga kelgan edi. O’rta Osiyoning g’arbishimolida joylashgan bu davlatning atrofini Qoraqum va Qizilqum cho’llari va Ustyurt platosi o’rab olgan edi. Ruslar bu xarbiy yurishga katta tayyorgarlik ko’ra boshladilar. Endigi navbat Qo’qon xonligini yo’qotish edi. Ular Turkiston, Chimkent, Toshkent va boshqa joylarni egallab Qo’qon xonligiga qattiq zarba bergan edilar. 1868 yilda tuzilgan sulhga ko’ra Qo’qon xonligi Rossiyaga qaram bo’lib qolgan edi. Xudoyorxonning ruslarga itoatkorligi aholining g’azabini oshirdi. Natijada 1873 yilda Xudoyorxonga qarshi xalq qo’zg’aloni ko’tarildi va bu qo’zg’alon 3 yil, ya’ni 1876 yilgacha davom etdi. 1876 yil fevral oyida Qo’qon xonligi tugatilganligi, uning o’rniga Turkiston general-gubernatorligi tarkibida Farg’ona viloyati tashkil etilganligi to’g’risida Aleksandr II ning farmoni chiqdi. Farg’ona viloyatining gubernatori qilib general Skobelov tayinlandi. Shunday qilib, 1876 yilga kelib O’rta Osiyo xonliklari birinketin Rossiya tomonidan bosib olindi. General Skobelov Oloy vodiysini ham bosib olib, Roosiya hukmronligini o’rnatdi. 1885 yilga kelib butun O’rta Osiyo yerlari rus qo’shinlari tomonidan bosib olinib, Rossiya imperiyasi tarkibiga kiritildi. Viloyatlarga harbiy gubernatorlar shaxsan rus podshosi tomonidan tasdiqlangan. Uyezd boshliqlari rus armiyasi polkovniklari, uchastka pristavlari esa kapitan unvonidagi zobitlardan tayinlangan. Volost boshqaruvchilari, yuzboshi-oqsoqollar, ellikboshilar va o’nboshilar esa saylov asosida mahalliy aholi vakillaridan saylangan. «Xalq sudyalari»-qozilar ham aholi tomonidan saylangan. Quyi ma’muriyat aholining sotqin badavlat tabaqa vakillaridan bo’lib, harbiy ma’muriyat ana shularga suyangan. Turkiston general-gubernatori o’z qo’lida harbiy va fuqarolik hokimiyatini birlashtirgan. General-gubernator amir faoliyatini Rossiya imperator siyosiy agentligi (1885-1917) orqali, Xiva xonini esa Amudaryo bo’limi (1873-1918) boshlig’i orqali nazorat qilgan. Markaziy boshqaruvda general-gubernator mahkamasining ham ahamiyati katta bo’lgan. General-gubernator mahkamasi Bosh boshqarmaning ijroiya organi bo’lib, dastlab 4 bo’limdan iborat bo’lgan. Birinchi bo’limda ma’muriy va nazorat ishlarini boshqargan. Ikkinchi bo’lim bosh boshqarmaning moliyaviy-xo’jalik ishlari bilan shug’ullangan. Uchinchi bo’lim soliqlar, shaxarlar mablag’lari hamda boshqaruvga doir nizomlar loyihalarini tayyorlagan. To’rtinchi bo’lim esa maxsus bo’lim bo’lib, uning faoliyat doirasi juda keng bo’lgan. General-gubernatorning Buxoro amiri va Xiva xoni bilan bo’lgan munosabatlarni 1899 yilgacha mahkamaning diplomatiya idorasi boshqargan. 1899 yilda bu vazifani bajarish uchun general-gubernator huzurida diplomatik ishlar bo’yicha amaldorlik lavozimini joriy qilindi. Mahkama ixtiyoriga Turkiston ommaviy kutubxonasi, Toshkent muzeyi, markaziy arxiv «Turkestanskiy vedovosti» gazetasi hamda bosmaxona berildi. Turkiston generalgubernatorligi markaziy bosh boshqarmasi tarkibida general-gubernatorga bo’ysunmaydigan markaz vakillari-adliya, moliya, ziroat va davlat mulklari vazirlik idoralari ham bo’lgan. Rus mustamlakachilarining Turkistondagi asosiy tayanchi ma’muriy va majbur qiluvchi tashkilot-politsiya idorasi edi. U juda katta vakolatlarga ega edi. Bu idora mustamlakasilik qonun-qoidalariga amal qilishni nazorat ostiga olish, mahalliy xalq kayfiyatini va xatti-harakatlarini kuzatish, shubha ostiga olinganlarni qamash huquqlaridan keng foydalanishgan. General-gubernator Bosh mirshab vazifasini o’tardi. Mustamlakachilik ma’muriyatining muhim huquqiy organi-sud organlari hisoblangan. Sudlar ikki xil ko’rinishda bo’lib, sudlar va xalq sudlari bo’lgan. Birinchisi mustamlakachilik shaklida, ikkinchisi shariat asosida ish yurituvchi qozilik idorasi bo’lgan. Xalq sudlari ham asosan hamma jinoiy ishlarni ko’rishda mustamlakachi ma’murlar o’z foydalariga hal qilishgan. Oddiy mehnatkash xalq himoyasiz qolgan. 1886 yildagi «Nizom»ga ko’ra mavjud sud tartiblari saqlangan xolda unga ayrim o’zgartirishlar kiritildi. Tuman sudlari bekor qilindi. «Nizom»da sudlarni hokimiyat ta’siridan holi etish nazarda tutilgan bo’shishiga qaramay, sudlar butun hokimiyatni qo’lida to’plagan harbiy ma’muriyatning nazorati va ta’sirida bo’ldi. Mustamlaka yillarida Turkiston mahalliy aholisi har tomonlama tahqirlana boshladi. Shaharlarda rus kvartiralari, xiyobonlar tashkil qilindi, biroq bu joylarga mahalliy aholining kelishi, xiyobonlarda sayr qilishi taqiqlandi. Bunday tahqirlanishdan asta-sekin xalq noroziligi kuchayib bordi. Mahalliy aholida rus ma’muriyatiga, Turkistonda olib borilayotgan mustamlakachilik siyosatiga qarshi kayfiyat kuchayib, milliy-ozodlik harakat lari boshlanib ketdi. Adabiyotda esa Muqimiy, Furqat, Avaz O’tar, Zavqiy, Sadriddin Ayniylar xalqlarning erki, ilm ma’rifati, chorizmga qarshi kurashish tuyg’ularini shakllantirish borasida ko’plab asarlar yaratdilar. Chor Rossiyasi o`zining tish –tirnog`i bilan qurollangan harbiy kuchlaridan foydalanib, Turkiston xalqlarining mardona qarshiliklarini sindirib mamlakatda mustamlakachilik siyosatini o`rnatdi. Ma’ruzada mustamlakachilik siyosatining mohiyatini birinchi navbatda Rossiyaning iqtisodiy manfaatlarining amalga oshirilishi va uning qanday salbiy oqibatlarga olib kelganligini bayon etish lozim.
Buxoro amirligidagi hosildor yerlarning 2/3 qismi amirga qarashli bo`lib, shundan sug`oriladigan yerlar 2 mln. 450 ming desyatina bo`lgan. XIX asr boshlarida O`rta Osiyo xonliklari ijtimoiy – iqtisoiy taraqqiyot jihatidan qo`shni davlatlarning ko`pchiligidan orqada edi. Uzoqni ko`ra bilmagan, asosan shaxsiy manfaatlari gadosi bo`lgan xonlar, amirlar, beklar, din xomiylari O`rta Osiyoni iqtisodiy – siyosiy, ijtimoiy va madaniy taraqqiyoti yo`llarini izlamas edilar. Shu tufayli O`rta Osiyo ijtimoiy – iqtisodiy jihatdan juda sekinlik bilan rivojlanar edi. Xonliklar o`rtasidagi nizolar esa taraqqiyotini yanada orqaga surar edi. O`sha davrda Buxoro amirligi territoriyasi bir muncha katta bo`lib, g`arbdan Qizilqumdan boshlangan qozoq dashtlari Shimolda Turkistongacha tutashgan: Sharqiy tomoni Oqtov, Qoratov, Shahrisabz tog`lari bilan o`ralgan; Sharqiy shimolda O`ratepa yerlari orqali Qo`qon xonligi orqali janubiy Balx, Andijon, Eron va Xiva xonligiga qarashli yerlar bilan chegaralangan edi. Buxoro amirligi O`rta Osiyoda 5600 ming kvadrat km maydonni egallagan; Xiva xonligi shimoliy g`arbda Sirdaryoning quyi oqimi, Orol bo`yi orqali Qo`qon xonligi va Rossiyaga qarashli Sibir yerlari bilan chegaradosh; Sharqda esa Qizil – Qum orqali Buxoro amirligi bilan; janubda Xuroson tog`larigacha chegaralangan edi; Quqon xonligining chegarasi Umarxon davrida (1809 - 1822) Turkiston shahrigacha kengaydi. U Buxoro amirligiga qarashli yerlarni ham bosib olgan edi. 1817 yili Oqmachit qal’asi qurilib, harbiy ahamiyatga ega bo`lgan qal’aga aylantirildi. XIX asrda O`rta Osiyo shaharlari aholisining soni, ularning tarkibi va o`zgarishi haqida aniq ma’lumotlar yetarli emas. Masalan, Buxoroda Turkistonni ruslar bosib olgunga qadar sayoxatchilar va josuslar ma’lumotiga ko`ra taxminan 1500 xonadon yashagan. 1840 yilda Buxoroda 38 ta karvonsaroy, 9 ta tim, 16 ta shahar hammomi, shahar va shahar atrofida 22 ta bozor bo`lgan. Mayyendorfning fikricha 1820 yilda Samarqandda 50 ming, Toshkentda 20 ming aholi yashagan, Potanining fikriga ko`ra Qo`qonda 3000 xonadon yashagan, 8 ta bozor bo`lgan. 1822 yili Qo`qon xoni, Umarxon vafot etgach, uning 14 yoshli o`g`li Muhamad Alixon (Madaminxon) taxtga o`tirdi. Xon yosh bo`lgani uchun, davlat ishlarini uning onasi – mashhur shoira Nodirabegim (Mohlaroyim) zimmasiga tushgan. Nodirabegim madaniyat va san’atga ixlosi baland bo`lib bozor va rastalar, masjid va madrasalar, xonaqoh va maqbaralar, hammom va karvonsaroylar qurilishiga alohida ahamiyat bergan. Qo`qon xonligida, Qo`qon va Toshkentdan tashqari savdo va hunarmandchilik bilan shug`ullanuvchi Andijon, Namangan, Xo`jand, Chimkent, Xovos, Zomin, O`ra – tepa kabi aholi zich yashaydigan punktlar mavjud edi. N.N.Murav’yov ma’lumoticha, 1820 yili Xivada 3000 xonadon bo`lib, bu yerda ipakchilik va to`qimachilik rivojlangan. Bu yerda Buxoro, Rossiya va YAqin Sharq shaharlariga karvonlar qatnagan. XIX asr o`rtalarida O`rta Osiyodan Rossiyaga har yili o`rtacha 4 mln so`mlik tovar chiqarilib, 3 mln so`mlik tovar keltirilgan. Masalan, Buxorodan Rossiyaga jo`natilgan tovarlarning 75% ni paxta, ip – gazlama buyumlari tashkil etgan bo`lsa, Rossiyadan Buxoroga 3 ming pud mis keltirilgan. Mahalliy ustalar misdan idishlar yasashgan, tangalar zarb qilingan. Temir, po`lat, cho`yandan, dehqonchilik qurollari yasalgan. Savdo karvonlari Toshkentdan Rossiyaga ikki yo`l bilan Orenburg yo`nalishida Troitsk orqali va Sibir yo`nalishida Semipalatinsk va Petropavlovsk orqali qatnagan. Har yili Toshkentdan turli meva – chevalar, don paxta, gazlama, jun, gilam va boshqa tovarlar ortilgan 15 – 19 ming tuya Rossiyaga jo`nagan. Rossiyadan Toshken ga temir, cho`yan, mis, po`lat, qand, movut va boshqalar ortilgan 11 – 15 ming tuya kelgan.
1840 – 1848 yillarda O`rta Osiyodan Rossiyaga kumush bahosi bilan 2 mln so`mlik gulli chit olib borilgan bo`lsa shundan 51400 so`mlik mahsulot Toshkentdan chiqarilgan. Shu davr ichida Rossiyadan Toshkentga Orenburg orqali 1547 pud, Xivaga esa deyarli 1335 pud mis keltirilgan, Toshkentga Troitsk orqali 46212 pud temir keltirilgan. Movoraunnahr hunarmandchiligi asosan uy – ro`zg`or buyumlari, dehqonchilik ish qurollari, kulolchilik idishlari, kiyim – kechaklar, diniy marosimlar uchun zarur buyumlardan iborat bo`lib qoldi. Bulardan tashqari matolarni bo`yash, teri oshlash, moyjuvoz, tegirmon sovun ishlab chiqarish kabi dastlabki korxonalar vujudga kela boshladi. Ko`chmanchi chorvadorlar bilan yirik hunarmandchilik markazlari o`rtasidagi tovar almashuvi iqtisodiy jonlanishga ta’sir ko`rsatdi. Shaharga kelgan ko`chmanchilar o`zlari olib kelgan jun, teri, arqon, gilam, chorva mollari va boshqalarni kiyimlar, paxta va ipak matolar, idish – tovoqlar, bezaklar va boshqalariga ayriboshlashgan. Hunarmandlarning daromadlari nihoyatda tez bo`lib, eng zarur narsalargagina yetar edi. O`rta Osiyo xonliklarida mahalliy aholi bilan bir qatorda yahudiylar, uyg`urlar, arablar, eronlar, ruslar, tatarlar va boshqa xalqlar yashaganlar. Masalan, 1840 yillarda Qo`qonda Rossiyadan kelib qolgan rus va tatarlarning soni 100 dan oshgan. Ular qurol – yarog`, asbob – uskunalar yasash bilan mashg`ul bo`lganlar.
Movoraunnahrda qadimdan sug`orma dehqonchilik keng rivojlangan bo`lib, bu yerda yirik inshootlari qurishga alohida ahmiyat berilgan. Biroq O`rta Osiyo xonlari bu ulkan qurilishlarga deyarli mablag` ajratmagan. Masalan, 1848 yili Xiva xoni Olloqulixon Polvonyop kanali qurilishiga 40 ming kishini haydagan. Zarafshon daryosining CHo`pon otadagi suv bo`lgichida 5 ming kishi ishlagan. Farg`ona vodiysida sug`orish ishlariga alohida ahamiyat berilgan. Bu yerda XVIII asr XIX asr boshlarida yirik kanallar. Shaxrixonsoy (100 km), Andijonsoy (100 km), Yangiariq (100 km) qazilgan. Xudoyorxon davrida chek yerlar xon va beklar qo`lida to`planib borgan. Xonning Qo`qon shahri atrofida 400 tanobdan oshiq yeri bo`lib, ular “Afg`on bog`i” va “Urganch bog`i” deb atalgan. Bulardan, tashqari Namangan, Marg`ilon, Toshkent singari yirik shaharlarda ham xonning bog`lari bo`lgan. Xiva xonligida sug`oriladigan yerlarning qariyib 40 foiz machit va madrasalar ixtiyorida bo`lgan. Birgina Madaminxon madrasasining 30 ming tanob, Rahimxon madrasasining 26000 tanob vakf yerlari bo`lgan. XIX asr o`rtalarida xonliklarda hunarmandchilik turlari ko`paya bordi. Rossiyadan keltirilgan cho`yanlardan birgina Buxoro atrofida 6 ta cho`yan eritish ustaxonasi ish yuritgan. Ustaxonalarda 2 – 3 kishidan 16 – 18 kishigacha ishlagan. Bu yerda ish nihoyat og`ir, ibtidoiy usulda bo`lib, ish sur’ati esa past bo`lgan. Yollangan ishchilarning oyligi 3 so`mdan oshmagan, shuning uchun ham kishilar temirchilikni hohlamas edi. natijada sanoat rivojlanmadi. 40 – yillarda rus asirlari va qochoqlari miltiqlar yasay boshladilar. Biroq temir, cho`yan yetishmagani uchun miltiqlar oz ishlab chiqarilar, qo`shinlar asosan yog`och qurollardan foydalanishardi. O`rta Osiyo xonliklari moliyaviy qiyinchiliklar tufayli qo`shinlar sonini ko`paytirishga, qurollarni takomillashtirishga qiynalishgan. Masalan, 40 yillarda Buxoro amirligi sarbozlarning umumiy soni bor – yo`g`i 3900 kishi bo`lgan. O`rta Osiyo xonliklarida harbiy o`quv yurtlari bo`lmagani tufayli qo`shinlar uyoqda tursin, hatto boshliqlar ham harbiy ta’lim ko`rmaganlar. Harbiy kuchlarga xos o`nboshi, ellikboshi, yuzboshi, ponsodboshi va ming kabi unvonlar bo`lgan, bu lavozimlarni ko`pincha harbiy xizmatga layoqatsiz bo`lsada, xonlarga ma’qul kishilar qo`yilgan. Xonliklar hukmronlikka intilib o`zaro urushlarni avj oldirdilar. 40 yillarda Buxoro amirligi bilan Qo`qon xoni o`rtasida ziddiyat keskinlashdi. Amir Nasrulloxon Qo`qonni bosib olish maqsadida, Madalixondan norozi bo`lgan kishilarni Buxoroga to`plab boshladi. 1840 yili Nasrulloxon Qo`qonga elchi yuborib, maktub orqali urf – odatlarga zid ish qilgani uchun Mvadalixonni qoraladi. Bunga javoban Buxoro elchilari qamaldi. Shu bahonada urush harakatlari boshlanib ketdi. Madalixonning 400 sarboziga qarshi 800 kishi bilan hujum boshlagan Nasrulloxon O`ratepa yaqinidagi Peshagar qal’asida Madalixon qo`shinlarini yengib orqaga qaytdi. 1841 yil qayta hujum boshlab, O`ratepani, Toshkentni qo`lga kiritdi. Shu yil kuzda tuzilgan sulhga ko`ra Qo`qon xoni Buxoro amirligiga O`ratepa, Zomin va Toshkentni berdi. Xo`jand va unga qarashli yerlar Madalixonining ukasi Sulton Maxmudga berilib, u mustaqil xonlik deb e’lon qilindi. Amir Nasrullo va’dalariga uchgan Sulton Maxmud o`z atrofiga Madalixondan norozi kishilarni to`plab. Qo`qon xonligini qo`lga kiritish uchun astoyidil kirishdi. Sulton Maxmud hukmronligi va Qo`qon xonligining 2 ga bo`linishi uzoqqa cho`zilmadi. Ularning onasi Mohlaroyim (shoira Nodira) o`g`illarini yarashtirishga muvaffaq bo`ldi. Xo`jand Qo`qonga birlashtirildi.. sulton Maxmud Toshkent begi qilib tayinlandi. Bundan norozi bo`lgan Amir Nasrulloxon 1842 y bahorida 10000 kishilik qo`shin bilan Qo`qonga yurish boshladi. Saroy ahllari, sarbozlar va xalqning o`ziga munosabati o`zgarganini sezgan Madalixon Namanganga qochdi. Amir Nasrullo qarshiliksiz, Qo`qonni egalladi. U Madalixon, uning o`g`illari Muxammad Amin bilan Muzaffarxon, Sulton Maxmud, Moxlaroyim va xonning xotinlarini asir olib qatl qildi. Nasrulloxon 250 asir va 40 arava qimmatbaho mollar bilan Buxoroga qaytdi. Asirlar orasida yuzboshi Musulmonqul ham bor edi. Amir Nasrulloxonning Qo`qonni vaxshiylarcha talashi va o`zini Turkiston podshosi deb e’lon qilishi, Xiva xoni Alloqulixonning nafsoniyatiga tegdi. Amirning Qo`qonligidan foydalanib, Buxoro yerlarini talay boshladi. Nasrulloxon Buxoroga qaytishga majbur bo`ldi. Qo`qon xonligi aholisining Amir Nasrullo bosqinchiligiga qarshi noroziligi kuchayib bordi. Musulmonqul xiyla bilan asirlikdan qochib Qo`qonga keldi. 1842 yili qo`qonliklar qo`zg`olon ko`tarib amir Nasrullo odamlaridan ko`pini o`ldirishadi va Sheralini xon qilib ko`tarishadi. Ibrohim xayol esa Buxoroga qochadi. Yangi xon Musulmonqulni mingboshi qilib tayinlaydi. 1845 yili O`sh shahrida qo`zg`olon ko`tariladi. Uni bostirish uchun Musulmonqul mingboshi qo`shin bilan yo`lga otlanadi. Uning yo`qligidan foydalanib, taxtga asli xivalik Murodxon chiqib oladi, Sheralixon esa o`ldiriladi. Musulmonqul qo`zg`olonni bostirgach, Namanganga kelib, o`z qizini 16 yoshli Xudoyorga nikoh qilib beradi. So`ngra Qo`qonga kelib, Murodxonni o`ldirtirib, Sheralixonning o`g`li Xudoyorni xon deb e’lon qiladi. Xudoyorxon juda yosh bo`lganligi tufayli, davlatni boshqarish Musulmonqul mingboshi qo`liga o`tadi va u eng muhim lavozimlarni qipchoqlarga beradi. Biroq bunga qarshi norozilik paydo bo`ladi va u mingboshilikdan bo`shatiladi. Musulmonqul o`z mavqesini tiklamoqchi bo`lib ruslar bilan aloqa o`rnatishga intiladi. Shunday qilib, XIX asr o`rtalarida O`rta Osiyo xonliklarida bo`lib o`tgan o`zaro urushlar shahar va qishloqlarni vayron qildi. Xalq nihoyatda besaramjon bo`ldi. Xonlar o`zaro urushlarda yordam istab, Rossiyaga elchilar yubora boshladilar. Jungarlarning xataridan saqlanish va o`z hokimiyatini mustahkamlash niyatida katta juz hamda kichik juz xoni Abdulxayrxonni chor xokimiyati bilan yaqinlashuvga undardi. Abdulxayrixon 1730 yilda juzni rus fuqaroligiga qabul qilishni so`rab Ufaga elchi yuboradi. Rusiyo xukumati O`rta Osiyoga xujum qilish uchun ishonchli istehkomga ega bo`lish uchun xonning iltimosini kechiktirmay qondiradi. Ko`pchilik qozoq oqsoqollarining qarshiligiga qaramay, 1730 yilda Kichik juz bilan birga Semekxon boshchiligida O`rta juzning bir qismi ham Rusiyo imperiyasi qo`l ostiga o`tdi. 1721 yili Petr I tomonidan Rossiya imperiya deb e’lon qilingan edi. Imperiya o`z iqtisodiy va harbiy qudratini mustahkamlash hamda taraqqiy ettirish niyatida o`zga yurtlar, mamlakatlar yerlarini asta – sekin egallab, buning hisobiga o`z qaddini rostlab oldi. XVIII –XIX asrlarga kelib, Rossiya imperiyasi tarkibida Boltiq bo`yi, Ukrainaning o`ng sohili, Belorussiya, Polshaning bir qismi, Bessarabiya, Kavkaz, Finlyandiya, Zakavkaz’ye, Uzoq Sharq, Sibir, Qozog`iston, O`rta Osiyo, Pomir kabi o`lkalar bo`lib, 2264 million kvadrat km yerni egallagan edi. Chor Rossiyasi xududida 81 guberiya, 20 viloyat, 931 shahar bo`lib, unda 100 dan ortiq xalqlar, elatlar (g`ayri rus millati 57 % tashkil qilardi) yashar edilar. 1738 yil avgustda V.N.Taxtishchev (rus tarixchisi) poruchik Miller boshchiligidagi karvon tarkibida Toshkent shahri tomon yo`l oladi. Unga Buxoroning bir qancha shaharlaridagi hamda Toshkentdagi siyosiy ahvol to`g`risida va yana boshqa hil ma’lumotlar to`plash topshirilgandi. Bu karvonning ham omadi chopmadi, uni O`rta juz qozoqlari tor – mor qildilar. Yekaterina II xukumati XVIII asr 70 - yillarining oxirlarida O`rta Osiyo bilan o`rislar uchun har tomonlama foydali bo`lgan savdo – sotiq masalalariga katta e’tibor bera boshladi va XIX asrning birinchi choragidayoq o`zbek bozorlarida o`rislar mustahkam mavqega ega bo`lib oldilar. Chunonchi Buxoro amiri Shohmurod Ernazar elchi madrasasi qurilishiga 134 ming so`m ajratgan. Ovrupadagi taranglashayotgan xalqaro vaziyat, Napoleonga qarshi kurash (1805 - 1807), o`ris – turk urushi (1806 - 1812), o`ris-shved urushi (1808 - 1809), o`ris – fors urushi (1805 - 1813), 1812 yiligi Vatan urushi va Napoleonga qarshi urushning davom ettirilishi Chor hukumatining O`rta Osiyoga nisbatan bosqinchilik siyosatini olib borishga uzoq vaqtgacha yo`l bermadi. Faqat nikolay II hukumati davrida O`rta Osiyo bozorlarini butunlay Rusiyoga qaram qilish maqsadida Turkistonni bosib olishni tezlashtirishni o`ylay boshladi. Shunday qilib, 1840 yil noyabrning ohirlarida Orenburg harbiy gubernatori general – mayor V.A.Perovskiy boshchiligida 2 ta zambarak, 40 arava, 5 ming piyoda askar, hamda 10 ming tuyadan iborat karvon O`rta Osiyo tomon yo`lga chiqadi. Og`ir ob – havo sharoiti, yoqilg`ining yo`qoligi, oziq – ovqat tanqisligi, kiyim – kechaklarning yaroqsizligi natijasida Perovskiy qo`shini Xivaga yurishini tuhtashiga majbur bo`ladi.
Istilochilar 1841 yilda Xonikov yetakchiligida Buxoroga otlanishadi. Bu yurish natijasida Butenyov ikki xonlikni qurol bilan bosib olish imkoniyatlari, yo`llari, rejalari kabi ma’lumotlarni o`zida jamlab noma yozadi. Xullas, O`rta Osiyo xonliklarni bosib olish niyati, Petr I davrida boshlangan edi. 1717 yili A.Bekovich – Cherkasskiy boshchiligida 3,5 mingdan ortiq yaxshi qurollangan Xivva xoni Sherg`ozixon tomonidan qirib tashlangan edi. 1830 yili Orenburg general – gubernatori Perovskiy qo`shinlari bilan Xivaga yurish boshladi, biroq og`ir sharoitga bardosh bera olmay orqaga qaytdilar. Rossiyaning O`rta Osiyo hududiga ko`z olaytirishga asosiy sabablar quyidagilardan iborat edi: 1) Rossiya sanoati rivojlanishi uchun xom ashyo va bozor kerak edi. Rivojlanganyuvropa mamlakatlari bozorlaridan Rossiya savdo – sanoat burjuaziyasini tobora siqib chiqara boshladilar; 2) 1862 yillarda AQSH dagi fuqarolar urushi tufayli Amerika paxtasining Rossiyaga kelishi keskin kamaydi. Asosan Amerika paxtasi bilan ishlaydigan Rossiya to`qimachilik sanoatida paxta tanqisligi kuchaydi. Rus burjuaziyasi vakili mayor Berigin podsho Nikolay I ga yuborgan maktubida “Bu mamlakatni bosib olish, uning bosh shaharlarini egallash bilan birga, barchasi Eron, Afoniston, Hindiston, Xitoy devorlarini ochib beradi, ingilizlarni O`rta Osiyoga suqulib kirishlariga barham beradi” degan edi. 3) Rossiya – Krim urushidan ko`rgan zararini shu yerdan chiqarib olmoqchi bo`ladi. Turli tashviqotlar ta’sirida rus podsholigi o`zbek xonliklari tassarrufidagi yerlarni bosib olishga astoydil kirishdilar. 1847 yili ruslar Sirdaryoning Orolga quyilishi joyini egallab, bu yerda harbiy qal’a qurdilar. Oqmachit (Qizil O`rda), Turkiston, Chimkent, Avliyoota, Pishpak, To`qmoq va boshqa mavzelarda Qo`qon xonligining harbiy istehkomlari mavjud edi. 1852 yili Rus qo`shinlari Oqmachitga hujum qildi, lekin uni olisha olmadi. 1853 yil dekabr oyida 13000 ming kishidan iborat qo`shin YOqubbek qo`mondonligida Oqmachitga kelib dushman bilan to`qnashadi. Natijada, yurt himoyachilaridan 2000 ga yaqin kishi o`ldiriladi va yarador qilinadi. Rus qo`shinlaridan 55 kishi o`ldirildi. Biroq bunday ketma – ket mag`lubiyatlarga qaramasdan, vatan himoyachilari umidsizlikka tushmadilar. 1855 yili fevralida 1500 kishilik qo`shin va ko`ngillilar Oqmachitga otlanadilar. Biroq ular dushman safiga ham yangi kuchlar qo`shganligini eshitib orqaga qaytishdi. 1860 yili Pishpakda ham dushman qo`shini bilan to`qnashuv bo`ladi. Jangda dushman qo`li yana baland keldi, ular snaryad va o`qlar otib himoyachilardan ko`p kishilarni halok qildilar. Shu yili To`qmoq qal’asi dushman tomonidan zabt etiladi. Shundan keyin, o`zbek, qozoq va qirg`izlar birlashib Toshkent hokimi Qanoatxon boshchiligida urushga otlanishadi. Ularning soni 20000 ga yaqin edi. 1864 yil iyun oyida Turkiston shahrida ham rus hukumati o`z xukumronligini o`rnatdi. Avliyoota va Turkistonni dushman tomonidan zabt etilishi Qo`qon xonini oyoqqa turg`azdi. Toshkent bosqinchilarga qarshi kurash markaziga aylandi. Bu yerga Marg`ilondan Yusupbek, Xo`janddan Mirzaaxmad qushbegi qo`mondonligida qo`shinlar, Andijon, Namangan va boshqa joylardan harbiy qo`shinlar keltirildi. Qo`shin va xalq qasoskorlariga Qo`qon xonligining lashkarboshisi Alimqul boshchilik qilib, Chimkent sari yo`l oldi. Chimkentda bir kecha – kunduz davomida to`plardan otishuv bo`ldi. So`ngra to`rt tomondan, - deb yozadi o`sha davr voqeanavisi Muxammad Solix o`zining, “Tarixi jadidi Toshkand” asarida, - Askarlar otdan tushdilar va karnay ostida rus askarlariga qarshi humjumga o`tdilar. Himoyachilar dushmanning to`p va miltiqlaridan yomg`irdek yog`ilgan o`qlari ostida qoldilar. Shunga qaramasdan vatan himoyachilari mardonavor jang qildilar. Natijada 12 ming kishi halok bo`ladi va yaralanadi. General Chernyayev boshchiligidagi chor qishini urushni davom ettirilishiga botinaolmay, Turkistonga chekinadi. Shunday keyin Alimqul Qo`qonga Buxoro amiri Muzaffarxon hujum qilganligi haqidagi habarni oladi va Chimkentda qo`shimnning bir qismini qoldirib Qo`qonga qaytadi. Bundan foydalangan Chernyayev 1864 yil 21 sentyabrda Chimkentni egallaydi. Chernyayev 1864 yil 27 sentyabrda Toshkentni istilo qilish uchun yo`lga tushdi. Bu vaqtda Toshkent mudofaasi umumxalq mudofaasiga aylandi. O`sha zamonda Toshkent qalin devor bilan o`ralgan bo`lib 12 ta darvozasi bor edi. Devor ustida 2 ta otliq bemalol yurishi mumkin edi. chor qo`shinlari sahar turib, shaharni o`qqa tutadilar. Bosqinchilarni bir guruhi shahar devori atrofidagi zovurga tushib oladi, biroq himoyachilar qarshiligini yenga olmadilar. Jangda 72 kishisini yo`qotib general Chernyayev Chimkentga qaytadi. 1865 yil 28 aprelda Chernyayev Niyozbek qal’asini ishg`ol qiladi va Toshkentga oqadigan Kaykovus arig`ini buzib, uni Chirchiq daryosiga burib yuboradi. Natijada toshkentliklar suvsiz qolib, og`ir ahvolda qoladi. Ko`p o`tmay Alimqul qo`shinlari bilan shaharga keladi. Chernyayev qo`shini bilan himoyachilar o`rtasidagi jang Salor arig`i atrofida davom etadi. Alimqul boshchiligidagi qo`shin va xalq dushmanga xujum uyushtirib uni chekinishga majbur etadi. Bu g`alaba shaharda katta xursandchilik bilan qarshi olindi. Shahar himoyachilari SHo`ratepaga joylashib olgan rus qo`shinlariga hujum qiladi. O`sha jangda Alimqul qattiq yaralandi. Bu holat himoyachilar ruhiga salbiy ta’sir qildi. “1865 yil 21 may – deb yozadi Xoqandiy – kofirlar safidan bir o`q otildi va u Mulla Amir lashkariga tegib, uni yarador qildi va u otdan yiqilib tushdi. Uni Toshkent qal’asiga olib keldilar. Shu sabab lashkari istom parokandalikka tushdi. Bundan dard chekib (Alimqulning) kasali yanada og`irlashdi va vafot etdi. Uni shayx Xovandi Tohur mozorida dafn qildilar... Musulmonlar besaramjon bo`lib, boshsiz qoldilar. Har bir firqa o`z holicha edi”. Toshkentliklar Buxoro va Xiva xonliklariga yordam so`rab murojaat qiladi. Biroq kutilgan yordam kelmadi. Og`ir vaziyatdan foydalangan Chernyayev 1865 yil 14 iyunda shaharga bostirib kiradi. har bir mahalla jang maydoniga aylanib ketdi. Abduraxmon Yasavul boshchiligidagi ko`ngillilar kun bo`yi dushman hujumini dafn etib turdi. Dushman qo`shinlari sotqinlar ko`magida shahardagi o`q – dori omborini topib uni portlatib yubordilar. Nihoyat, 1865 yil 17 iyulda shahar aholisi taslim bo`lishga majbur bo`ldi. 1866 yil yanvar oyida general Chernyayev Jizzaxga xujum boshladi. 1866 yil 11 oktyabr rus qo`shinlari Jizzaxni o`rab olishdi. Nihoyat qattiq janglardan keyin himoyachilardan 2,5 mingga yaqin kishi o`ldirildi va yarador qilindi. Jizzax dushman tomonidan egallandi. 1866 yil avgust oyida Toshkent rus davlati tarkibiga kiritilganligi haqida rasmiy farmon e’lon qilindi. Shuni aytish kerakki, yuqori tabaqaning ayrim vakillari o`z manfaatlarini o`ylab bosqinchilarga yordam berishdi. Ana shu toifa orasida Toshkentlik savdogar Saidazimboy jonbozlik ko`rsatgan. Rossiya tarafdorlarining hamda ruslardan iqtisodiy manfaat kutgan bir guruh shaxslarning hatti – harakati, xalqning hohishi – irodasini ifoda etmagan. 1867 yili O`rta osiyoning rus hukumati bosib olgan joylarida hamda Qozog`istonda tashkil etilgan Sirdaryo va Yettisuv viloyatlari tarkibida Turkiston general – gubernatorligi tashkil etildi. Toshkent uning markazi bo`lib, general Kaufman general – gubernator qilib tayinlandi. General Kaufman qo`liga kiritgan joylarda rus davlati mavqeini mustahkamlash va qonli urushlarni niqoblash maqsadida bir guruh vakillarni rus davlatiga sodiq, rus qo`shinlariga har tomnlama yordam bergan kishilar sifatida Peterburgga yuborishga qaror qildi. Ular orasida Shayxul – islom Nosir Mulla Isoq (turkiston), Qozi mulla Talashpan (Chimkent), Dulat qabilasining biyi mayor Xudoybergan (Avliyo - ota), Sayidazimbay Muxammad o`g`li (Toshkent), Yusufxo`ja Abdullaxo`ja o`g`li (Xo`jand va boshqalar) bor edi. Turkiston vakillari 1867 yil mart oyida Peterburgga keladilar. Ularni Aleksandr II qabul qiladi. Vakillar imperatorga go`yo Turkiston aholisi rus davlati tobeligiga olinganligidan baxtiyorligini, unga mangu sodiqligini izhor qiluvchi maktub topshiradilar. Maktubga Toshkent, Turkiston, Chimkent, Xo`jand va boshqa joylarning boshliklaridan 59 kishi imzo chekkan va muxr bosilgan edi. ana shu taxlitda rus xukumati Turkiston aholisi go`yo ixtiyori bilan Rus davlati fuqaroligiga o`tganligini xorijiy davlatlarga isbot qilishga urindi. Amalda esa u qonli urushlarni davom ettira bordi. Masalan, 1867 yil 7 iyunda Jizzax va Samarqand o`rtasida joylashgan Yangiqo`rg`on 45 ming kishilik Buxoro qo`shini va xalq ko`ngillilarni mag`lubiyatga uchratdi. 1868 yil 1 mayda Samarqand shahri ostonasidagi CHo`ponota tepaligida qattiq jang bo`ldi va chor qo`shinlari Samarqand shahriga bostirib kirdilar. Samarqand egallangach, fon Kaufman general Abramovga amir qo`shinlarini ta’qib etishni topshirdi. General Abramov boshchiligidagi qo`shinlar Samarqandan 80 km masofada joylashgan Kattaqo`rg`on shahriga yurish boshladilar. Shu yerning hokimi YOqubbek shaharni tashlab qochdi. Ruslar Kattaqo`rg`onni jangsiz egallab oldilar. Bundan xabar topgan amir Muzaffar qattiq dahshatga tushib, shu xabar keltirgan choparni osishga farmon beradi. Amirning noshudligiga qarshi xalqning noroziligi kuchayadi, ayniqsa uning rus hukumati bilan sulh tuzishga moyilligi vaziyatni yanada keskinlashtirdi. Natijada xalq amirga qarshi qo`zg`olon ko`taradi. Amir Muzaffar xalq qo`zg`olonini butun Zarafshon vodiysiga tarqalishidan qo`rqib chorizmga qarshi tayyorgarliksiz harbiy yurish uyushtiradi.

Xulosa
Xulosa qilib aytganda, XIX asrning oxiri XX asr boshlarida O’rta Osiyo xonliklari taraqqiyotida tanazzul bo’lib, xalqlar o’z erki va ozodligidan mahrum etildi. Xalq ikkiyoqlama zulm ostida (mahalliy amaldorlar va chorizm) ezildi. Shunday sharoitda istiqlol g’oyasi o’rtaga tashlangan milliy ozodlik harakatlapri boshlanib ketdi. Bu kurashlar yillar davomida uzluksiz davom etdi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI.


1. Karimov I.A. Istiqlol va ma’naviyat. O’zbekiston, 1994.
2. Ziyoyev X. Turkistonda Rossiya tajovuzi va hukumronligiga qarshi kurash. “Sharq” 1998.
3. O’zbekiston tarixi (XIX asrning 2 yarmi XX asr boshlarida) 1994.
4. O’zbekistonning yangi tarixi. 1 kitob. Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida. “Sharq”, 2000.
Yüklə 33,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin