2-tajriba ishi Mavzu: My sql da mb ni yaratish



Yüklə 33,73 Kb.
səhifə1/3
tarix07.10.2023
ölçüsü33,73 Kb.
#152902
  1   2   3
2-Tajriba


2-tajriba ishi
Mavzu: My SQL da MB ni yaratish.
Maqsad: Talabalarda tanlangan topshiriq mavzusi bo`yicha MB ni modellashtirish va uning asosiy tushunchalarini (ob`ekt, xususiyat, atribut, maydon, yozuv va kalitlar) aniqlash haqida bilim va malakalarni hosil qilish..
Vazifa: Talabalar mustaqil ravishda quyidagilarni bajarishi, ular haqida malaka va ko`nikmaga ega bo`lishi lozim.
1. Predmet sohani infologik tasviri asosida relyatsion MB modelini yaratish.
2. MB jadvallari parametrlarini aniqlash va bog`lanishlarni tashkil qilish.
3. Jadvallarni me`yorlashtirish.
Jihozlar: Kompyuter.
Uslubiy ko`rsatma: Predmet soha relyatsion ma`lumotlar bazasi modelini yaratish. Axborot tizimlarni loyihalash jarayoni etarlicha murakkab masala. Axborot tizimlarining asosini MB tashkil qiladi. Shu sababli asosiy e`tibor MB ni loyihalashtirishga qaratiladi. MB ni loyihalashning asosiy maqsadi – saqlanadigan ma`lumotlarni kamaytirish, ishlatiladigan xotira hajmini tejash va ko`p qaytariladigan operatsiyalarni kamaytirishdir. U ma`lumotlarning infomantiqiy modelini tuzishdan, ya`ni mohiyatni identifikatsiyalashdan boshlanadi.
Ma`lumotlar bazasining infologik modeli, jadvallar. Baza ma`lumotlarini yuqorida keltirilgan mohiyatlarga ajratdik. Ular MB ning alohida ob`ekti sifatida qaraladi va asosiy ob`ekt bilan bog`langan holda bir butunlikni tashkil qiladi. Ushbu mohiyatlarni relyatsion model shaklida tasvirlash uchun har bir mohiyatda kalitni belgilaymiz. Agar mohiyat tarkibida kalit talabiga javob beruvchi atribut mavjud bo`lmasa, sun`iy kalit kiritamiz. Shundan so`ng mohiyatlar atributlari va ularning xususiyatlarini kengroq tavsiflash uchun quyidagicha jadval shaklini yaratamiz:



Ma`lumot nomi

Atribut

Tip va
o`lchov

Bo`sh

Boshl.
qiymat

Cheklash

Boglangan jadval

PK




























  • № – ma`lumotlar tartibi yoki soni.

  • Ma`lumot nomi – ma`lumotga berilgan nom, imkon darajasida qisqa va tushunarli yozilsin. Bu so`z jadvalga yoki interfeysga chiqariladi.

  • Atribut – ma`lumot atributining identifikatori.

  • Tip va o`lchov – ma`lumot qabul qiladigan tip (M – matn, S – son, D – sana, B – mantiqiy) va ma`lumot eng ko`pi bilan nechtagacha belgi qabul qilishi mumkinligi. Masalan, M(15) – matnli ma`lumot eng ko`pi bilan 15 tagacha belgi (harf va sonlar) qabul qiladi.

  • Bo`sh – ma`lumot kiritilishi shart bo`lsa bo`sh, aks holda ‘Y’ belgi qo`yiladi.

  • Boshl. – yangi ma`lumot kiritish jarayonida ko`p takrorlanadigan qiymat

  • Cheklash – ma`lumot beriladagan qiymat chegarasi yoki shart ko`rsatiladi.

  • Bog`lanadigan jadval – ikkilamchi kalit, ya`ni ma`lumot qabul qiladigan qiymatning boshqa jadval bilan bog`liqligi va unda mavjud bo`lgan ma`lumot bilan mosligi. Bog`lanadigan jadval nomi va uning birlamchi kaliti nuqta orqali ajratilgan holda beriladi. Bundan tashqari, agar asosiy bog`liq jadvaldan biror yozuv o`chirilsa bu jadvaldan ham o`chirilishini talab qiluvchi shart ‘odc’ (Kaskadli o`chirish) belgi orqali beriladi.

  • PK (Kalit va kaskadli o`chirish) – Agar kalit bo`lsa ‘P’, kaskadli o`chirish bo`lsa ’K’ va takrorlanmas kiymat kabul kilsa ‘U’ belgi qo`yiladi. Sun`iy kalit qabul qiladigan qiymat o`sib borish tartibidagi butun son hisoblanadi

Tavsiflashda har bir mohiyatga va ularning atributlariga lotin alfaviti harflari, sonlar va belgilar bilan ifodalangan takrorlanmas nom beramiz.

Yüklə 33,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin