20-bilet 1-savolKomponentlar (termodinamika va kimyoda), mustaqil komponentlar — termodinamik sistemani tashqil etadigan, kimyoviy jihatdan individual hisoblanadigan moddalar. Komponentlar deganda sistemani tashqil etadigan moddalarning umumiy soni emas, balki uning har qanday fazasining tarkibini ifodalash uchun yetarli boʻlgan moddalar soni tushuniladi. Mas, kalsiy oksid (SaO) va karbonat angidrid (SO2)dan tashqil topgan sistemada SaO + SO2 ^± SaSO, reaksiyasiga muvofiq kalsiy karbonat (SaSO2) hosil boʻladi. Bu sistemada SaO va SO, mustaqil Komponentlar, SaSO3 esa shu Komponentlarning birikish mahsulidir. Shuningdek, SaO va SaSO3 ni teng xuquqli Komponentlar, SO, ni esa SaSO3 ning termik dissotsiatsiyasi mahsuli deb qarash mumkin. Kimyoviy sistemalarni tashqil etadigan moddalar oʻzaro reaksiyaga kirishadi va shu sababli bu sistemalarda Komponentlar soni tashqil etadigan moddalar soni bilan roʻy berishi mumkin boʻlgan mustaqil reaksiya soni orasidagi farq bilan aniqlanadi. Agar sistemani tashqil etadigan Komponentlar oʻzaro reaksiyaga kirishmasa, bu sistema fizik sistema deyiladi (mas, benzol-glitserinning suyuq aralashmasi). Bunday sistemalarda Komponentlar soni sistemani tashqil etuvchi moddalar soniga teng. Komponentlar soniga karab 1 komponentli, 2 komponentli, 3 komponentli va koʻp komponentli sistemalar boʻladi. Komponentlar tushunchasini fanga 1875—1876-yillarda amerikalik fizik J.I.Gibbs kiritgan.[1]
3-savolPoʻlat — temirning uglerod (2%) va boshqa elementlar bilan qotishmasi. Odatdagi texnik poʻlatning tarkibi — 0,05—1,5% uglerod, 0,4% gacha kremniy, 0,1 — 1% marganets, 0,08% gacha oltingugurt, 0,1% gacha fosfor va 96,92—99,27% temirdan iborat. Sanoatda ishlab chiqariladigan poʻlatlar tarkibida doimiy qoʻshilmalar: kremniy Si, marganets Mp, oltingugurt S va fosfor R boʻladi. Poʻlatning choʻyandan farqi shuki, choʻyan tarkibida uglerod 2% dan ortiq, doimiy qoʻshilmalar ham koʻproq boʻladi. Poʻlat toblanganda uning fizik-mexanik xossalari keskin oʻzgaradi, qattiqligi va mustahkamligi ortadi, bolgʻalanuvchan boʻlib qoladi (qarang Poʻlatni toblash). Kimyoviy tarkibidagi uglerod va legirlovchi elementlar miqdo-riga qarab, poʻlat uglerodli va legirlangan xillarga boʻlinadi. Uglerodli poʻlatga (tarkibida ugleroddan tashqari 0,7% gacha marganets, 0,37% gacha kremniy, 0,04% gacha oltingugurt va 0,035% gacha fosfor boʻladi) qurilish va mashinasozlik poʻlati; asbobsozlik poʻlati kiradi. [[Legirlangan poʻlat jumlasiga kam (legirlovchi elementlar 2,5% gacha), oʻrtacha (legirlovchi elementlar 2,5—10% gacha), yuqori legirlangan (legirlovchi elementlar 10% dan ortiq) poʻlatlar kiradi (qarang [[Legirlangan poʻlat). Ishlatilishiga qarab, qurilish (prokat) va mashinasozlik (konstruksion), asbobsozlik, alohida xossali xillarga boʻlinadi. Alohida xossali poʻlat zanglamaydigan va kislota-bardosh, issiqbardosh, yeyilish va yemirilishga chidamli, magnit xususiyatli va boshqa sifatlarga ega boʻladi. Poʻlat suyuq, plastik va qagtiq holatda ishlab chiqarilishi mumkin, lekin asosan, suyuq holatda ishlab chiqariladi. Suyuq poʻlat konverter, marten pechi, elektr pechi, tigel va boshqa pechlarda oli-nadi. Plastik poʻlat pudlinglab olinadi (qarang Pudlinglash). Qattiq holatdagi poʻlat temir rudasini baraban shaklidagi pechlarda qaytarib yoki elektroliz qilib olinadi.