2016 yil yakunlari bo’yicha aksiyadorlar umumiy yig’ilishi at “Aloqabank” aksiyadorlarining yillik umumiy yig’ilishi



Yüklə 23,09 Kb.
səhifə1/2
tarix11.10.2023
ölçüsü23,09 Kb.
#153891
  1   2
17-24.05.2017


2016 yil yakunlari bo’yicha aksiyadorlar umumiy yig’ilishi
AT “Aloqabank” aksiyadorlarining yillik umumiy yig’ilishi 2017 yil 24 may kuni, soat 8:00 da Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur shohko’chasi 4-uyda joylashgan AT “Aloqabank” binosining majlislar zalida o’tkazildi.
Yig’ilishda bank aksiyadorlari, Kengash va Boshqaruv a’zolari, Bosh bankning departament, boshqarma va bo’lim boshliqlari, Amaliyot boshqarmasi va filiallar rahbarlari ishtirok etdi.
Yig’ilishda quyidagi masalalar kun tartibiga qo’yildi:

  1. AT “Aloqabank” aksiyadorlarining yillik umumiy yig’ilishi reglamentini tasdiqlash.

  2. AT “Aloqabank”ning 2016 yil ish faoliyati yakunlari bo’yicha bank Kengashi hisobotini tasdiqlash.

  3. AT “Aloqabank”ning 2016 yil ish faoliyati yakunlari hamda 2017 yildagi ustuvor vazifalari to’g’risidagi bank Boshqaruvi raisi hisobotini tasdiqlash.

  4. AT “Aloqabank”ning 2016 yil ish faoliyati yakuni bo’yicha taftish komissiyasi hisobotini tasdiqlash.

  5. AT “Aloqabank”ning 2016 yil ish faoliyati yakuni bo’yicha auditorlik hisoboti.

  6. AT “Aloqabank”ning yillik hisoboti, buxgalteriya balansi, foyda va zararlar to’g’risidagi hisobotini tasdiqlash.

  7. AT “Aloqabank”ning 2016 yil ish faoliyati yakuni bo’yicha olgan sof foydasini taqsimlash.

  8. AT “Aloqabank”ning 2016 yil ish faoliyati yakuni bo’yicha Bank Kengashi a’zolarini mukofotlash va ular o’z vazifalarini bajarib turgan davr uchun haq to’lash to’g’risida.

  9. AT “Aloqabank”ning 2017 yil ish faoliyati yakuni yuzasidan auditorlik tekshiruvi o’tkazish, auditorlik tashkilotini tanlash va uning xizmatiga to’lanadigan haq miqdori chegarasini belgilash.

  10. AT “Aloqabank”ning taftish komissiyasi a’zolarini saylash.

  11. AT “Aloqabank” Kengashi a’zolarini saylash.

  12. AT “Aloqabank” Boshqaruvi raisi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini uzaytirish to’g’risida.

  13. AT “Aloqabank”ning Ustaviga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida.

  14. AT “Aloqabank” aksiyalarini sotib olishda aksiyadorning imtiyozli huquqini qo’llamaslik to’g’risida.

  15. Bankka affillangan shaxs “O’zbektelekom” AK bilan tuziladigan bitimlarni ma’qullash to’g’risida.

  16. Bankka affillangan shaxs “Nano Lizing” MChJ bilan tuziladigan bitimlarni ma’qullash to’g’risida.

  17. “O’zbektelekom” AKga kredit mablag’larni ajratish to’g’risida.

2017 yil 18 may kuniga AT “Aloqabank” Aksiyadorlarining yillik umumiy yig’ilishida qatnashish huquqiga ega bo’lgan ovoz beruvchi Aksiyadorlar soni 1 286 tani tashkil etib ularga tegishli bo’lgan jami ovoz beruvchi aksiyalar soni 952 602 651 donadan iborat bo’ldi.
Yig’ilishda ishtirok etuvchilarni ro’yxatga olish yakunlangandan so’ng, bankning joylashtirilgan ovoz beruvchi aksiyalarining
861 662 394 donasi yoki 90,45 foizga ega bo’lgan aksiyadorlar (ularning vakillari) ro’yxatdan o’tdi hamda “Aktsiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi Qonunga asosan aksiyadorlarning yillik umumiy yig’ilishini o’tkazish vakolatli ya’ni, kvorum mavjud deb hisoblandi.
Bank Kengashining 2017 yil 13 maydagi 36-sonli yig’ilishida
2017 yil 24 mayda o’tkaziladigan aksiyadorlarning yillik umumiy yig’ilishida ovozlarni sanab chiqish, aksiyadorlarni ro’yxatga olish, shuningdek ovoz berish byulletenlarini tarqatish uchun son jihatidan uch kishidan iborat bo’lgan quyidagi sanoq komissiyasi saylandi:
Isroilov I. - Sanoq komissiyasi raisi
Qo’rg’onov T. - komissiya a’zosi
Umarov M. - komissiya a’zosi
Kun tartibiga quyilgan masalalar bo’yicha ovoz berish natijalari quyidagi jadvalda berilmoqda:




Yüklə 23,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin