225-guruh talabasi Mirzayev. Sirojiddin Falsafa fanidan tayyorlagan mustaqil ishi



Yüklə 81,21 Kb.
tarix14.05.2023
ölçüsü81,21 Kb.
#113543
Mirzaev Sirojiddin Falsafa 7

225-guruh talabasi Mirzayev.Sirojiddin Falsafa fanidan tayyorlagan mustaqil ishi

225-guruh talabasi Mirzayev.Sirojiddin Falsafa fanidan tayyorlagan mustaqil ishi

Bajardi:Mirzayev. S

Qabul qildi: Lutfullayev A


Mavzu: Koevolyusiya va invayronmentalizm: muammo va yechim mavzusida esse tayyorlash (O'zbekistonga qizil kitobga kiritilgan xayvonlar va o'simliklar haqida ma'lumotlarni aniqlash ) O'zbekiston tabiati mavzusida krossvord tayyorlash.
Reja :
: Koevolyusiya va invayronmentalizm muammo va yechim mavzusida esse tayyorlash
(O'zbekistonga qizil kitobga kiritilgan xayvonlar va o'simliklar haqida ma'lumotlarni aniqlash
3.Xulosa
4 foydalanilgan adabiyotlar
Oʻzbekiston hududidagi oʻsimlik va hayvonot dunyosining eng noyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan turlarining izohli roʻyxatini, shuningdek tarqalishi toʻgʻrisidagi umumlashtirilgan ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan rasmiy davlat hujjati hisoblanadi. , ushbu turlarning hozirgi holati populyasiyaning qisqarishiga olib keladi va ularni saqlash va koʻpaytirish choralarini koʻrmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan oʻsimlik va hayvon turlari butun respublika hududida alohida muhofaza qilinadi
Oʻzbekiston Qizil kitobi” nashri oʻsha paytda hali SSSR respublikasi sifatida 1979-yilda tashkil etilgan va 1984-yilda nashr etilgan. U noyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi oʻsimliklarning 163 turi va umurtqali hayvonlarning 63 turini oʻz ichiga olgan.
“Oʻzbekiston Qizil kitobi”ning 1993-yildagi birinchi nashriga 301 oʻsimlik turi kiritilgan boʻlib, u oʻzbek va rus tillarida nashr etilgan. Kitobda har bir turning oʻzbekrus va lotin tillarida nomlari berilgan, poligonlarning qisqarishi, sonining kamayish sabablari, tabiatni muhofaza qilish boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida ma’lumotlar berilgan, shuningdek, turlarning tarqalish xaritalari va tasvirlari ifodalangan.
2003-yilda Qizil kitobning ikkinchi nashri chop etildi. 2006-yilda “Oʻzbekiston oʻsimliklari Qizil kitobi”ning uchinchi nashri2010-yilda “Oʻzbekiston Qizil kitobi”ning toʻrtinchi nashri nashr etildi. Unga 184 turdagi hayvonlar kiritilgan. Ulardan 77 turini umurtqasiz hayvonlar (halqali qurtlarning 3 ta turi, mollyuskalarning 14 turi, qoʻshoyoqlarning 61 turi), 18), boshqa turlari esa hozir koʻchmanchilar (kichik oqqush, bahaybat tungi koʻrshapalak turi, qizil boʻri) yoki ularning faunada mavjudligi hisoblanadi
O‘zbekiston Respublikasi hududida hozirda 4400 ga yaqin oliy yovvoyi o‘simlik va 2000 dan ziyod zamburug‘ turlari mavjud. Ular orasida jiddiy muhofazaga muhtoj ko‘plab kamyob endemik va relikt turlar ham bor. Bunday turlarning soni 300 dan ortiq bo‘lib, ular O‘zbekiston florasining 10-12 foizini tashkil etadi.
Respublika qo‘riqxonalarida muhofaza qilinayotgan o‘simliklarning umumiy holati nisbatan yaxshi bo‘lishiga qaramay, ko‘plab yovvoyi turlarining tabbiy zaxiralari keskin kamayib ketmoqda. Dunyoga dong‘i ketgan lola va sallagullar, qimmatbaho o‘simlik-yetmak, dorivor o‘simlik bozulbang kabilar keyingi yillarda keskin kamayib ketdi. Bir qancha turlar yo‘qolib ketish holatiga kelib qoldi.
Aholining tabiatga noto‘g‘ri munosabati ham o‘simliklarning kamayib ketishiga sabab bo‘lmoqda. Ayniqsa shahar va qishloqlar atrofida qizil lola, sallagul, shirach va shunga o‘xshash nafis gulli o‘simliklar juda kamayib ketgan.
Tabiatga, o‘simliklar dunyosiga nisbatan bepisand munosabatda bo‘lishiga chek qo‘yish, tabiat boyliklarini muhofaza qilish va ko‘paytirish hammamizning asosiy burchimizdir.
O‘zbekiston musaqillikka erishgach, atrof-muhitni, hayvonot va o‘simliklar dunyosini muhofaza qilishga alohida eʼtibor qaratildi.
1992 yil 9 dekabrda “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, 2004 yil 3 dekabrda “Muhofaza etiladigan tabiy hududlar to‘g‘risida”gi qonunlar, 2016 yil 21 sentyabrda “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”, 2018 yil 16 aprelda esa “O‘rmon haqida”gi qonunlar yangi tahrirda qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasida Qizil kitob ilk bor 1979 yilda taʼsis etilgan. Mazkur Qizil kitobga nabotot olamining kamyob, yo‘qolib ketishi xavfi ostidagi turlari haqidagi maʼlumotlar kiritilgan. Bundan ko‘zlangan maqsad, jamoatchilik va davlat idoralari eʼtiborini tabiat muhofazasi masalalariga jalb etishdan va turlar genoofondini saqlab qolishga ko‘maklashishdan iborat edi.
Qizil kitobning 1984 yilgi nashriga O‘zbekiston florasining yo‘qolib ketish xavfi ostida qolgan 163 ta turi kiritilgan. Bu turlarning taqdiri respublika mutaxassislari, olimlari mutassil shug‘ullanib kelmoqda. O‘tgan yillar mobaynida olib borilgan kuzatishlar ayrim o‘simlik turlarining soni va maydoni ancha kengayganligini ko‘rsatmoqda. Masalan, anzur va Suvorov piyozlari oldingi holatiga kelmagan bo‘lsa-da, maʼlum darajada ko‘paydi. Eng kamyob o‘simliklardan sanalgan Minkvis teziumi turlarining soni 7 tadan 17 tagacha ortdi. Qurama tizmasida kamyob o‘simliklardan hisoblangan Korovin shirachi o‘simligining mavjudligi aniqlandi. Ayni vaqda ayrim o‘simlik turlarining soni keskin qisqarib ketdi. Omonqara o‘simligi, Pskom piyozi, Margarita marmaragi kabilar shular jumlasidandir. Keyingi yillarda olib borilgan izlanishlar o‘lkamiz florasiga mansub yana 138 turdagi o‘simlikni Qizil kitobga kiritish lozimligini ko‘satmoqda. 1998 yil maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan o‘simlik turlarining soni 301 tani tashkil etgan bo‘lsa, yangi nashrdan 48 oilaga mansub 313 tur o‘simlik o‘rin oladi.
1. Davronov Z., Shermuhamedova N, Qahharova M, Nurmatova M, Husanov B,Sultonova A. Falsafa. -Toshkent: TMU, 2019. 5-16 betlar.
2. M.A.Ahmedova “Falsafa”.-. Toshkent: UzMU, 2006. 6-30 betlar.
WWW.Falsafa.uz
WWW.Ma’naviyat.uz
Asosiy adabiyotlar
Yüklə 81,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin