24-Mavzu Yuqori kuchlanishli ochirgichlar. Vakuumli va elektromagnit o’chirgichlar Vakuumli o’chirgichlar



Yüklə 15,73 Kb.
səhifə1/2
tarix24.10.2023
ölçüsü15,73 Kb.
#160048
  1   2
24-Mavzu Yuqori kuchlanishli ochirgichlar. Vakuumli va elektroma-fayllar.org


24-Mavzu Yuqori kuchlanishli ochirgichlar. Vakuumli va elektromagnit o’chirgichlar Vakuumli o’chirgichlar



24-Mavzu

Yuqori kuchlanishli ochirgichlar. 

Vakuumli va elektromagnit o’chirgichlar 

Vakuumli o’chirgichlarning afzalliklari quyidagilardir: nominal toklar va qisqa tutashuv
toklarini komutasiya qilishda kontaktlarning yuqori ishqalanib emirilishiga chidamliligi; elektr 
yoyidan keyingi elektr chidamliligini katta tezlikda tiklanishi; katta agressiv muhitda ishlaganda
ham portlab ketish va o`t olib ketishga havfsizligi; atrof muhit temperaturasi katta oraliqda 
o`zgarishiga chidamliligi (-70
o
C dan +200

o
C gacha); elektr apparatlarda vakuumli uzgichni 


hoxlagan holatda, ya’ni tik-vertikal, yotiq-gorizontal, og`ma burchakli, o`rnatish mumkinlik
imkoni; juda katta tezlikda ishlashi, chunki harakatdagi kontaktning yurish masofasi kichik, ya’ni 
bir necha mm ekanligi va harakat qiluvchi qismlar massasining kichikligi, yoki harakat massa
inersiyasining kichikligi; ekspluatasiyada kapital xizmat ko`rsatish va ekspluatasiya xarajatlarini 
kamayishi; atrof muhitni ifloslashning umuman yo`qligi hamda shovqinsiz ishlashi.
O`rtacha kuchlanishda ishlaydigan vakuum o’chirgichlarini ishlab chiqarish miqdori 
o’chirgichlarning umumiy soniga nisbatan Yaponiyada 50

60

o
/


o

ni, Buyuk Britaniyada 30



40

o
/


o

ni AQSHda 20



30

o
/


o

ni tashkil qilib, tezda o`sib borish ehtimoli katta. Vakuumli


kommutasion jixozning boshqalaridan farqi shundaki, vakuumda yoy kichik toklarda umuman 
yonmaydi. Bu kichiklik ma’lum bir chegaraviy qiymatgacha bo`ladi. U asosan kontakt materialiga
bog`liqdir. 
Vakuumli o’chirgich yuritgichiga quyidagi shartlar qo`yiladi: ulash jarayonida
harakatlanuvchi kontaktning o`rtacha tezligi v=0.5

1.5 m/s bo`lishi; o`chirish jarayonida v = 0.8


3.8 m/s bo`lishi; o`tuvchi tok miqdori 40-100 kA bo`lganda elektrodlardagi kontakt bosimi 


1000

4000 N bo`lishi talab qilinadi. BB/TEL turiga tegishli vakuumli uzgich qutbning kesimi 


o`chirilgan holatda 12.6a-rasmda tasvirlangan.

12.6-rasm. BB/TEL vakuum uzgichi. a) - uzgich qutbning kesimi o`chirilgan holatda;
1-VDK ning turg`un kontakti; 2- vakuumli yoy so`ndiruvchi kamera VDK; 3- VDK ning
harakatchan kontakti; 5-tortuvchi izolyator; 6-qisib beruvchi prujina; 7-o`chiruvchi prujina; 8-
tepa qopqog`i; 9-g`altak; 10-halqasimon magnit; 11-yakor’; 12-yakor’ vtulkasi; 13-figurali
kulachok; 14-val-o`q; 15-o`zgarmas magnit; 16-tashqi yordamchi zanjirlar uchun o`tatezkor 
kontaktlar-gerkonlar; b)- uzgichining tashqi ko`rinishi; 1-tok ulash kontaktlari; 2-uzgich qutblari;
3-yuritmali shkaf. 


BB/TEL turiga tegishli vakuumli uzgichining tashqi ko`rinishi 12.6b-rasmda keltirilgan [43].


Vakuumli uzgich KV-1,14 (kontaktor)ning tok himoyasida mikroprosessor boshqaruvli 

bloki mavjud bo`lib, o`zgaruvchan tok zanjirini o`chirib–yoqishga, ya’ni kommutasiyalashga,


mo`ljallangan. Zanjirning nominal kuchlanish miqdori 140 V bo`lishi mumkin. 
Mazkur ulagich temir yo`l transporti hamda quvur orqali uzatish transportidagi og`ir
sharoitda ishlaydigan elektr jixozlarini boshqarishda qo`llaniladi. Bundan tashqari 
elektroenergetika, neftegaz metallurgiya sohasida qo`llash ko`zda tutilgan. Mikroprosessorli
boshqaruv bloki ulagichni qisqa tutashuv toki va fazalar nosimmetriyasi tokidan qo`shimcha 
himoyalashni ta’minlab beradi.
Vakuumli uzgich VBKE-10 prujina yuritgichlik seriyali elektr zanjirlaridagi normal va 
avariya rejimlarida nominal kuchlanishi 10 kV chastotasi 50 Gs nominal toki 20 kA va 31,5 kA
bo`lgan uch fazalik o`zgaruvchan tok tarmog`ini kommutasiyalashga mo`ljallangan.
O`zgaruvchan tokli 27,5 kV tortuvchi podstansiyalarga mo`ljallangan vakuumli uzgich VVF-
27,5 da KDV-10-1600-20UXL2 vakuum kamerasi qo`llaniladi. U ikki seksiyali izolyatsiyalovchi 
keramik stakan 1 shaklida bo`lib, metall flanslar 3 va 13 bilan kavsharlab germetik zich ulangan
(12.7-rasm). 
Pastki flanes 13 ga qo`zg`almas kontakt 10 tok kirmasi 11 orqali mustahkam o`rnatilgan.
Yuqorigi flanes 3 ga harakatchan kontakt 9 gofrlangan sil’fon 5 bilan germetik kavsharlab 
o`rnatilgan bo`lib, tok kirmasi 4 orqali tashqariga chiqarilgan. 46a-rasmda o`chirgich kontaktlari
9 va 10 ulangan holatda hamda 47b va 47v rasmlarda mazkur kontaktlar ajratilgan holatda 
ko`rsatilgan.
Kontaktlar ajralish – elektr zanjirini uzish vaqtida ularning oralig`ida elektr yoyi 14 yonadi. 
Kamera 1 ning izolyatsiyalovchi sirtiga yoy paydo qilgan erigan metall zarrachalarining
sachrovidan asrash uchun metall ekranlar 7, 8 va 12 o`rnatilgan. Ulardan 7 va 12 ekranlar yuqori 
kuchlanishli bo`lib, ekran 8 yerlangandir. Ekran 2 esa gofrlangan silfon 5 sirtini yoy eritib
yuborishidan muhofazalash uchun o`rnatilgan. 
Kamera 1 yasalish jarayonida unga maxsus vakuum-issiqlik ishlovi beriladi va naycha 6 

orqali ichidagi havo so`rib olinadi. Kamera ichida bosim 10


-2
Pa katta bo`lmagan vaqtda naycha 6 

germetik kavsharlab yopiladi. Shuning uchun ham kamera ichida undan foydalanish davrida etarli


vakuum bo`ladi. 
12.7-rasm. VVF-27,5 vakuumli uzgich kamerasining tuzilishi: a)-vakuum kamerasi, b)-

kontaktlar orasida elektr yoyining harakat yo`nalishi, v)-o`chirishdagi yoy; 1- kamera; 2- ekran;




3, 13 - metall flanslar; 4-tok kirmasi; 5-silfon; 6-naycha; 7,8, 12 metall ekranlar; 9-harakatchan


kontakt; 10- qo`zg`almas kontakt; 11- tok kirmasi; 14-elektr yoyi. 
Silfon 5 orqali harakatchan kontakt 9 ga tashqi atmosfera havo bosimi ta’sirida kntaktlar 

normal holda o`zaro ulangan bo`ladi. Ularni ajratish uchun harakatchan kontakt 9 ga uzguvchi


prujinaning F
pr
kuchi beriladi. Silfon 5 gofrlari qisilib, kontakt 9 yuqoriga ko`tariladi va 

harakatchan kontakt 9 turg`in elektron 10 dan ajratiladi. Kontaktlar tokli elektr zanjirini uzib,


ajralish vaqtida oxirgi kontakt nuqtasida erigan metall bug`idan yoy ko`prigi hosil bo`ladi. 
Yoy ichidagi bosim atrofdagi vakuumdan ancha yuqori. Shuning uchun metallning bug`lari
katta tezlikda kamera hajmi bo`ylab tarqalib ketadi. O`zgaruvchan tok nol qiymatidan o`tishida 
yoy kanalining elektr o`tkazuvchanligi shiddatli kamayib, birinchi yoki uzog`i bilan ikkinchi
nuldan o`tishida kontaktlar 9 va 10 oralig`ining elektr mustahkamligi katta 5

50 kV/mks tezlik 

bilan tiklanib ulguradi. Kamera orqali tok o`tishi o`chiriladi. Tok oqishi ikki noldan o`tish vaqtida


o`chmasa, bunday vakuumli uzgich ishdan chiqqan hisoblanadi. U sxemadan olib tashlanadi. 38v-
rasmda keltirilgan kontaktlarning bir necha spiralsimon shaklli tilimlari 15 ko`zda tutilgan bo`lib,
o`chirish jarayonida yongan elektr yoyi 14 magnit maydoni va spiral tilim bo`ylab yoyning 
aylanishi ta’sirida shu yoyning o`zini markazdan chekkaga tezda surilishiga olib keladi. Chekka
qismda mazkur yoy 14 to o`chgunicha qoladi. Shuning uchun ham kontaktlar 9 va 10 ning asosiy 
ishchi sirti emirilmaydi. Natijada ishchi sirt uzoq muddat o`z shaklini saqlanib qola oladi.
Vakuum muhiti juda yuqori elektr mustahkamlikka ega bo`lgani sababli harakatchan 
kontakt 9 faqat 10

14 mm masofaga yuradi xolos. Vakuum ochirgichning boshqa ko`rsagichlari: 

nominal kuchlanishi 10 kV; eng katta ishchi kuchlanishi 12 kV; nominal tok 1600 A; qisqa


tutashuv toki 20 kA; 4-sekundli issiqlikka chidamliligi 20 kA; chegaraviy tok amplitudasi 70 kA, 
chegaraviy ulash toki 51 kA; ishlash temperaturasi -60 dan +45
o
C. Zamonaviy yangi 

texnologiyalarning qo`llanishi vakuum kamerasining kuchlanishini 10 kV va 35 kV hamda


kommutasiya tokini 200 A va 4000 A ga olib chiqish imkonini beradi. 110 kV va 220 kV 
kuchlanishga uzgich loyihalashda har bir fazada birnecha vakuum kameralarni ketma-ket kaskad
shaklida ulashdan keng foydalaniladi. 
Vakuumli uzgich VBSO-27,5 ichki qurilmalarda ishlatiluvchi kuchlanishi 27,5 kV bo`lgan 

o`zgaruvchan tokli tortuvchi podstansiyalarning fiderlar blokini komplektlashda va temir yo`l


uchastkalaridagi parallel ulanuvchi kontakt tarmog`ining punktlarida qo`llashga mo`ljallangan. 
Ulagich prujinali yuritgich bilan ta’minlangan bo`lib, ulaguvchi prujinaning taranglanishi
elektromagnit yordamida bajariladi. Ulash, uzish, va prujinani taranglash elektromagnitlari 220 V 
o`zgarmas (to`g`rilangan) tokli kuchlanishda ishlaydi.
Vakuumli uzgich VBS ichki qurilmalarda ishlatiluvchi 35 kV nominal kuchlanishlik uch 

fazali o`zgaruvchan tok tarmoqlaridagi elektr zanjirlarni normal va avariya rejimlarida


kommutasiyalashga mo`ljallangan. Uzgich ko`p kommutasiyalanuvchi elektroenergetikada, elektr 
yoylik va boshqa elektr qurilmalarida qo`laniladi. Kommutasiya o`takuchlanishini kamaytirish
uchun uzgichda fazalar boshqa–boshqa o`chirilishi ko`zda tutilgan. 
VVF-27,5 o`chigichining tayanchi sifatida shkaf 1 xizmat qiladi. Shkaf 1 da PE-11 turidagi
elektromagnit yuritma joylangan. Uchta vakuum kamera modullari bir-birining ustiga ketma-ket 
joylashtirilgan bo`lib, ustiga ichi bo`sh silindrsimon izolyator 4 kiygizilgan (12.8-rasm).
Izolyatorlar 4 biriktiruvchi qismlar 10 bilan sovuqqa chidamli rezinka halqalari qo`yib o`zaro 
biriktirilgan. Metall korpusi 3 da richaglar tizimi joylangan bo`lib, ular izolyatsiyalangan tortgich
yordamida yuritma harakatini uchchala kameraning harakatchan kontaktlariga etkazib beradilar. 


12.8 – rasm. VVF-27,5 o’chirgichning tashqi ko’rinishi. 


Shkaf 1 ning vakuum kameralardan izolyatsiyasi jixoz izolyatori 2 yordamida 

ta’minlanadi. Uzgich korpusi ichida namlik kondensasiyasini yo`qotish uchun yuqorida


o`rnatilgan qopqoq 5 ga vetilyasiyalovchi quvurcha 7 biriktirilgan. O`chirgich klemmalar 6 va 9 
orqali yuqori kuchlanishli himoyalanuvchi elektr zanjiriga ulanadi. Uzgichdan foydalanish davrida
vakuum kamera ichiga joylashgan kontaktlarning holatini kuzatish uchun uchta oynali lyuklar 8 
ko`zda tutilgan.
Uzgich VBS-35 ichki qurilmalarining 35 kV sinfidagi har qanday uzgichni o`rniga 
ishlatilishi mumkin.
Vakuumli uzgich VBE-110 ichki qurilmalarda ishlatiluvchi nominal kuchlanishi 110 kV 
chastotasi 50/60 Gs bo`lgan uch fazali o`zgaruvchan tok tarmoqlaridagi elektr zanjirlarini normal
va avariya rejimlarida kommutasiyalashga mo`ljallangan. 
Uzgich elektr energetika, temir yo`l transporti va sanoatdagi yopiq taqsimlovchi qurilmalarda
hamda metallurgiyada elektr yoylik ko`plab eritish qozonlari transformatorlarini ulash-o`chirish 
bilan kommutasiyalashda qo`laniladi. Ulagich, ichiga o`rnatilgan va har bir qutbni, ya’ni polyusni,
alohida boshqaruvchi elektromagnit yuritmasiga ega. 



Yüklə 15,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin