25-AMALIY MASHG’ULOT: Xayvonlarni urchitish va kupaytirish biotexnologiyasi.
Sigirlarni tuqqandan keyingi qochirish muddatlari. Sigirni tuqqanidan so‘ng jinsiy a’zolarining
qayta o'z holiga kelishi (invalyutsiyasi) uchun uch hafta kerak bo'ladi. Buning uchun ularni yozda
ham, qishda ham to'la qiymatli oziqlantirish va yaxshi sharoitda asrash zarur. Bu davrda jinsiy
a'zolardan ajralayotgan suyuqliklar to'liq tugaydi, tuxumdonlardan yetilgan follikulalar aniq
seziladi, bu jinsiy sikldagi qo‘zg‘alishlar bosqichning paydo bo'lishidan darak beradi. Tuqqandan
so‘ng sigirlarni bir oyda qochirish bu, ularni qisir qolishiga qarshi kurashdagi asosiy tadbirlardan
biri bo'lib, mahsuldorligini oshiradi, olingan naslning baquwat bo'lishiga yordam beradi. Bu
qoramolchilikni intensivlash borasida asosiy yo‘l hisoblanadi. Bu davrda sigirni qochirish uning
organizmni mustahkamlaydi, sut berish davrida organizmni kuchli zo‘riqishiga yo‘l bermaydi va
haryili 100 bosh sigirdan 100 boshgacha buzoq olish imkoni yaratiladi. Jinsiy davriylikning
qo‘zg‘aiishida sigirlarni qochirish vaqti. Sigirlarda jinsiy mayllik kuyukish davridan keyin sodir
bo'ladi, ammo hamma vaqt ham jinsiy qo‘zg‘alish davri bilan to'g'ri kelmaydi. Shuning uchun
sigirlarni faqatgina kuyukish, jinsiy qo‘zg‘alish davrida qochirish samarasi kamroq bo'ladi, chunki
bu davrda jinsiy yo‘llardan oqayotgan shilimshiq modda yopishqoq, bachadonning qisqarishi
kuchsizroq bo'ladi, bunday sharoitda esa spermalar tez nobud bo'ladi. Sigirni qochirishga
tayyorgarligining aniq belgisi bu, uning jinsiy mayllik davri, bu davr sinovchi-buqalar yoki maxsus
sigirlar yordamida aniqlanadi. Sigirlarni vazoektom iya qilingan sinovchi-buqalar bilan
ajratgandan so‘ng shu zahotiyok bir marta qochirish kerak. Bunday paytlarda ikkinchi marta
qochirish ortiqcha hisoblanadi, chunki sigir jinsiy aloqaning (koitusning) ta’siri natijasida jinsiy
mayllikni vaqtida tugatadi. Agar sinovchibuqalar (koitus bo'lmaydigan paytlarda) kuyukkan
sigirlarni ajratmasa, u paytda qochirish ikki marta 10— 12 soat oralig'ida o'tkaziladi. Urug'ni
yuborish usullari. Sigir va g'unajinga urug‘ bachadon bo'yini kanali orqali yuboriladi. Bunda
ishlatiladigan barcha asboblar iliq bo'lishi kerak. Qochirishdan oldin albatta spermalarning faolligi
aniqlanishi kerak. Chunki bu usul sun’iy qochirish punkti sharoitida olib borilayotgan urug'ni
baholashning
yagona obyektiv ko'rsatkichi hisoblanadi. Sigirlarning qinida doimo
mikroorganizmlar bo'ladi, ayniqsa ularning soni hayvonlarni molxonalarda qochirgan paytda ortib
ketadi. Shuning uchun veterinariyasanitariya qoidalariga rioya qilgan holda sigirlarni maxsus
joylarda, sun’iy qochirish punktlarida qochirish kerak. Bunda xonaning harorati +18° dan past
bo‘lmasligi kerak. Past haroratda qin oynasi, shpris, kateter va boshqa asboblar tezda soviydi, bu
esa qochirishga salbiy ta’sir ko'rsatadi. Sigir va g'unajinlarni servikal qochirishning bir necha usuli
bor. Qin oynasi orqali shpris-kateter bilan qochirish (vizoservikal usul). Sigir va g'unajinlarning
qiniga fiziologik eritma bilan namlangan, yuqumsizlantirilgan qin oynasi (yorug‘ beruvchi asbob
bilan) kiritiladi va shpris-kateter bilan bachadon bo'yinchasiga bir doza urug‘ yuboriladi (32-
rasm). Qochirish uchun: qin oynasi, harxil tuzilishdagi shpriskateterlar, laboratoriya stolida 100
ml li qopqog'i mahkam yopiladigan va nomerlangan 4 ta banka ham bo'ladi. 1, 3, 4- bankalar steril
tayyorlangan 1% li natriy xlorid eritmasi, shuningdek, 2- banka ichiga esa 70% li rektifikat spirti
yoki (1:5000), 0,02% li furatsillin eritmasi quyiladi. Boshqa banka ichiga oq paxta yoki dokadan
yasalgan tamponlar 70% li spirt yoki (1:5000), 0,02% li furatsillin eritmasi bilan 3—4 marta, 2-
bankadagi spirt yoki furatsillin eritmasi bilan yana 3 marta chayiladi. Shprits-kateterdagi eritma
qayta bankaga solinadi. 3 va 4- bankadagi eritmalarni harorati 38—40° bo'lishi shart. Chunki bu
haroratda shpris-kateterga urug‘ olishdan oldin, u ancha isiydi. Urug'ni sigir va g'unajinlarga
yuborishdan oldin ular maxsus tayyorlangan stanokka qo'yiladi va jinsiy a’zolarning tashqi qismi
iliq suv bilan yaxshilab yuvib, artiladi. So'ngra tayyorlab qo'yilgan shpris-kateterga urug‘ tortiladi.
Shprits-kateter ichida qolgan havo chiqarilib yuborilishi uchun uning qiyshiq uchli tomoni yuqori
ko'tarilib, shpriskateter porshenini harakatga keltiradi. So'ngra sigir va g‘unajin qiniga alangada
yuqumsizlantirilib, 1% li osh tuzi eritmasida chayqab olingan qin oynasi kiritilib, qin ancha
kengaytiriladi. Bachadon bo'ynini topib, uning kanaliga shpris-kateterni 3—4 sm yuboriladi.
Keyin asbob orqali 1 sm tortiladi va uning porshenini oldinga surgan holda undagi urug‘ to'kiladi.
Shundan keyin oldin shpris-kateter tortib olinadi, so'ngra asta-sekinlik bilan yarim yopiq holda qin
oynasi chiqariladi. Urug‘lantirish tamom bo'lgach, shpris-kateter yuviladi, urug' qoldiqlari 1-
bankadagi 1% li osh tuzi eritmasi bilan chayiladi va 2 -bankadagi 70% li spirt bilan
yuqumsizlantirilib, yana 3- va 4- bankalardagi osh tuzining 1% li eritmasi bilan, 3 martadan
yaxshilab chayiladi. Shprits-kateter boshqa ishlatilmasa, ichiga 70° li spirt to'ldirilib qo'yiladi. Bir
marta to'ldirib olingan shpris-kateterlar bilan bir vaqtning o'zida bir qancha sigir va g'unajinlar
urug'lantiriladigan bo'lsa, har safar ikkinchi urg'ochi hayvonni qochirishdan oldin shpris-kateter
ustki tomoni, 96% li spirtda namlangan tampon bilan artiladi. Suyultirilmagan sifatli urug'dan
0,3—-0,5 ml, suyultirilgan urug'dan esa 1 ml yuboriladi. Suyultirilgan urug'da spermalarning
harakatchanligi 7 balldan va soni 20 mln dan kam bo'lmasligi kerak. 13 -jadval Qochirish vaqtlda
urug'ning chidamliligi (ming hisobida) Suyultirilgan 1 ml urug'dagi spermalarning
konsentratsiyasi (quyuqligi milliard hisobida) 0 ,0 1 -0 ,1 0 0 ,1 1 -0 ,1 5 0 ,1 6 -0 ,2 0 0 ,2 1 -0 ,2
5 0 ,2 6 -0 ,3 0 0,3 1 -0 ,40 2,5 Ishlatishga yaramaydi 1,5 1,0 0,7 0,5 0,3 6 - 1 0 2,0 1,0 0,7 0,5 0,3
0,2 1 1 -2 0 1,0 0,7 0,5 0,3 0,2 0,15 2 1 -3 0 0,7 0,5 0,3 0,2 0,15 0,1 3 1 -4 0 0,5 0,3 0,2 0,15 0,1
0,1 Agar buqadan olingan urug'ning quyuqligi va chidamliligini texnik osemenator tomonidan
tekshirib ko'rishga imkon bo‘lmasa, suyultirilgan urug'ning miqdori O‘zbekiston chorvachilik
ilmiy-tekshirish instituti taqdim etgan yuqoridagi jadvaldan foydalanib tekshirilishi mumkin.
Jamoa va davlat xo'jaliklarining punktlariga urug‘ viloyat Davlat naslchilik stansiyalari orqali
suyultirilib yuborilsa, u holda urug'ning konsentratsiyasi va chidamliligini shu stansiya tekshirib
ko'radi. Yuborilayotganda orderga uning konsentratsiyasi va chidamliligi yozib qo'yiladi.
Suyultirilib Davlat naslchilik stansiyalari orqali yuborilgan urug'ning soni va chidamliligi aniq
bo'lsa, u holda qochirish uchun olinadigan miqdori va hisobi ko'rsatilgandek bo'ladi. Lekin shu
narsani esda tutish 170 kerakki, urug' qancha ko‘p saqlansa, spermalarning chidamliligi shuncha
kamayadi va urug'lantirish qobiliyati pasayadi. Bachadon bo'ynini rektalfiksatsiya qilib, bachadon
bo yinchasi orqali qochirish (Rekto-servikal usul). Sigir va g'unajinlarga qin oynasini
qo'llamasdan, to'g'ri ichak orqali qo'l yordamida bachadon bo'ynini turg'unlashtirish yo'li bilan
plastmassadan yasalgan shprislardan foydalaniladi. Plastmassadan yasalgan shprislar yupqa
polietilin plyonkalardan tayyorlangan xaltachalar ichida bo'ladi. Shpritslar oldindan
yuqumsizlantirilgan bo'lib, maxsus tayyorgarlikni talab qilmaydi. Shprits ichida koptok shaklida
tuzilgan balonchalar bo'lib, bu balonchalar yordamida shprisga urug' tortib olinadi. Balonchalar
shunday ishlanganki, I ular shprisni ichiga bir marta yuborishga yetarli urug' tortib olish imkonini
beradi. Bosish natijasida shprisdagi bor urug' bachadon bo'yni kanaliga 1 to'kiladi. Bu yo'l bilan
qochirish
uchun
oldindan
yupqa
polietilen
plyonkalaridan
yasalgan
va
tozalab
yuqumsizlantirilgan, bir martalik qo'lqop ham kerak (20- rasm). Buning uchun texnik osemenator
oldin qo'lini sovunlab yuvib, barmoqlarini dezinfeksiyalovchi eritma bilan yaxshilab
yuqumsizlantiradi. So'ngra shpris-pipetkalar polietilen xaltacha uchidan bir qismi tortib olinadi,
hamda unga balonchalar yaxshilab kiygiziladi. So'ngra tayyorlab qo'yilgan urug'dan shprisning
uchiga, balonchani qisish yordamida 1 ml olinadi. Shundan keyin stanokka qo'yilgan sigir va
g'unajinlar jinsiy a’zolarining tashqi tomoni tozalanib, uning ichiga shprisning uchdan ikki qismi
asta-sekin k irg iz ila d i. Agar past qilib kirgizilsa, shprisning uchi siydik keladigan kanalchada
qolishi mumkin. Bunda shprisni bir qo'l. Shprits — kategorni qin oynasifqali bachadon optichasiga
yuborish sxemasi. bilan ushlab turib, ikkinchi qo'lqop kiyilgan qo'lni sigirning yo'g'on ichagiga
kirg'izib, undagi axlatlar tashqariga chiqarib tashlanadi. So'ngra astasekin qo‘l bilan bachadonning
bo‘yni ushlanib, oldinga biroz tortiladi, shprisning uchiga to‘g‘rilanadi. Shprits bachadon
bo'yinchasi kanali ichiga 7—8 sm kirg'izilgandan so'ng, baloncha siqilib urug' kanalga to'kiladi
so'ngra shpris ustalik bilan tortib olinadi va tashlanadi, chunki u ikkinchi marta ishlatishga
yaramaydi. Sigir va g'unajinlarni bunday usul bilan qochirganda bo‘g‘oz bo'lishining asosiy
omillari quyidagilardan iborat: 1. Qochirish jarayonida jinsiy a’zolarni massaj qilishda, urg'ochi
hayvon jinsiy yo'liga asboblarni yuborish paytida ularni himoya qilish holati yo'qoladi. Natijada
bachadon harakati (motorikasi) kuchayadi va spermalar bemalol tuxumhujayralarga yetib boradi
hamda ovulyatsiya tezlashadi. 2. Hayvonlarni plastmassa asboblar yordamida qochirish aseptik
sharoitda o'tkaziladi. Bunday paytda harorat bir xil rejimda bo'ladi. 3. Spermalarni aniq va chuqur
(bachadon bo'ynining oldingi 1/3 qismiga) yuborilishi uning qinga qaytib oqib chiqishini
to'xtatadi. Urug‘ esa tez va kerakli miqdorda tuxumhujayraga yetib boradi va urug‘lanish
qobiliyatini oshiradi. 4. Qochirish oldidan ichki jinsiy a’zolarni rektal tekshirish hayvonlarning
kasal va qisir yoki bo‘g‘ozligini aniqlashga imkon beradi. 5. G'unajinlarni qochirish vaqtida
shishali shpris-kateterga qaraganda kichkina diametrli pipetkalar ishlatilganda ular orqali
bachadon bo'yniga urug1 yuborish oson bo'ladi. Bir kuyukishda bir marta qochirish tuxumdonning
holatiga, ya’ni follikulalarning yetilishiga va ovulyatsiya jarayoniga bog'liq. Bunday qochirish
usulini egallab olish uchun har bir texnik osemenator hayvon jinsiy a’zosining anatomik
topografiyasini yaxshi bilishi lozim. Rektal tekshirish paytida esa hayvon bachadonining bo'ynini
tez topa bilish, shuningdek, ovulyatsiya bo'lish holatini aniqlash kerak. Sun’iy qochirishning
mano-servikal usuli. Urug' steril polistirol kateterga ulangan polietilen ampula yordamida qo'lqop
kiygan qo'l orqali bachadon bo'yni kanalining 171 chuquriga yuboriladi. Bu usul qini tor sigir va
g'unajinlarda qo'llanilmaydi, chunki qin jarohatlanishi mumkin. Bunday sun’iy qochirish usulining
ijobiy tomonlari quyidagilardan iborat: 1) Bachadonning harakatini kuchaytirish uchun va
asboblarni qinga kirish yo'lini ochish uchun qo'l bilan bachadon bo'yni, qin massaj qilinadi.
Natijada urug'ning so'rilishi va ovulyatsiya tezlashadi. 2) Bachadon bo'yniga urug'ning chuqur
yuborilishining o'zi uni qinga qaytib oqib chiqishdan saqlaydi. 3) Bir marta ishlatiladigan polietilin
asboblaridan foydalanish aseptika va antiseptikaga, qochirish haroratini rejimi va urug'ni to'g'ri
sarflashni kuzatib borishga imkon beradi. 4) Urug'larni ampulalargabirxilqadoqlash, ularni
mahkamyopish, tashish holatini yaxshilash, urug'ning faolligini saqlaydi. Hayvonlarni mano-
servikal usul bilan qochirganda quyidagi asboblar ishlatiladi a) steril ampula (uzunligi 48 mm)
kesik konus shaklida urug' uchun zararsiz bo'lgan polietilen tayyorlanadi. Bunday shakl
hayvonlarni qochirish paytida pipetkadan urug'ni to'la siqib chiqarish imkonini beradi.
Ampulaning bo'ym devorlari qalin, shuning uchun pipetka unga mahkam ulanadi. Teshigi eritilgan
qopqoq ampulani mahkam yopadi. Ampula qadoqlash, aniq dozalash, chuqur muzlatish, uzoq va
qisqa muddatda saqlash va h. k. larda ishlatiladigan asbobdir. b) steril kateter urug‘ uchun zararsiz
polistiral materiallardan tayyorlanadi. U xuddi uchi payvand qilingan nayga 0‘xshaydi. Uning
uzunligi 75 mm va tashqi diametri 4,8 mm. Kateterlar polietilen paketlarga solinadi va
yuqumsizlantiriladi. v) steril qo'lqop qalinligi 35—40 mkm bo'lgan polietilen plyonkadan
tayyorlanadi. Uning uzunligi 850 mm. Sanoatda bu asboblar sterillangan holatda ishlab chiqariladi.
Bu holat buzilganda ishlatishdan oldin yana bir marta yuqumsizlantiriladi. Buning uchun ampula,
pipetka va qo'lqop bir qator qilib yoyiladi va ularning ustidan 20—40 sm balandlikda BUV-30
yoki BUV-15 bakteriotsid lampasini yoqib, 60— 80 daqiqa davomida yuqumsizlantiriladi.
Mazkur usul bilan sun’iy qochirish texnikasi. Texnik osemenator sun’iy qochirish oldidan urug'li
ampulani termostatdan oladi va 96° yoki 70° li rektifikat spirti shimdirilgan tampon bilan artadi.
Ampulaning qalpog'i steril qaychi bilan kesiladi va uni polietilen paketdan chiqarib olmasdan
kateterga ulanadi. Asboblarni steril taglikka qo'yib, texnik-osemenator polietilen qo'lqopni kiyadi
(panjalarda kattakatta chok bo'lsa, uni ag'darish kerak). So'ngra 1% li osh tuzi eritmasi bilan
qo'lqopning tashqi tomoni ho'llanadi. Qochiriladigan hayvon qiniga sekin-asta qo‘lni yuborib
bachadon bo'ynining ochilish darajasi aniqlanadi. Qochirish uchun hayvon tayyor ekanligiga
ishonch hosil qilgach, texnik osemenator 1 daqiqa hamma barmoqlari bilan bachadon bo‘ynini,
qinni massaj qiladi. Texnik osemenator bachadon qisqargandan keyin barmoqlari bilan uning
bo‘yin kanalida yopishib yotgan shilliqlardan tozalaydi. Shundan so‘ng qo'lini tortib olmasdan,
ikkinchi qo‘li bilan qochirish uchun tayyorlangan asbobni qinga yuboradi. Kateter ko'rsatkich
barmoq bo'yicha kaftga qo'yüsa, uni bosh barmoq bilan qisish qulay bo'ladi. Ampulaning turish
holatini o'zgartirmasdan, qo‘l panjalarini bachadon bo'yni tomon yuboriladi va bosh barmoq
kateterni bachadon bo‘yniga 1,5— 2 sm chuqurlikda itaradi. Barmoq uchlari bilan massaj qilishni
davom ettirib, ampula kaft bilan shunday itariladiki, kateter bachadon kanaliga 7 sm kiradi. Urug'ni
ampula va kateterdan to‘la siqib chiqarish uchun eng avvalo uning tubidagi yuqori burchagi
qisiladi va ampulaning bo‘yi bo'ylab bosim o'zgartirilib turiladi.
Dostları ilə paylaş: |