3. Bozor iqtisodiyoti



Yüklə 78,46 Kb.
səhifə1/2
tarix14.04.2023
ölçüsü78,46 Kb.
#97669
  1   2
javoblar (Автосохраненный)


3.Bozor iqtisodiyoti — tovar-pul munosabatlariga asoslangan, turli mulkchilikka hamda iqtisodiy erkinlikka tayangan va raqobat vositasida boshqarilib turuvchi demokratik iqtisodiyot. Bozor iqtisodiyoti insoniyat taraqqiyotida mavjud boʻlgan eng progressiv va istiqbolli tizimdir. Bozor iqtisodiyoti ning asosini tovar ishlab chiqarish tashkil etadi, chunki bu yerda natural xoʻjalik emas, balki tovar xoʻjaligi hukmron boʻladi. Yaratilgan mahsulotlar va xizmatlar tovar shakliga ega boʻladi, yaʼni ular bozorda oldisotdi qilish uchun yaratiladi. Bozor iqtisodiyoti ga barter emas, balki tovar ayirboshlash, yaʼni oldisotdi yuritish xos. Shu bois natural isteʼmol oʻrniga tovar isteʼmoli ustuvorlik qiladi. Bozor iqtisodiyoti iqtisodiy liberalizm, yaʼni erkinlik, mulkiy erkinlik va xoʻjalik yuritish erkinligiga asoslanadi. Xususiy mulk asosiy boʻlgan holda boshqa mulk shakllari ham mavjud boʻladi. Xilmaxil mulkchilik yoki barcha mulk shakllarining , chunonchi xususiyindividual, xususiy korporativ, jamoa mulklari hamda davlat mulkining erkin rivojlanishi natijasida mulkiy muvozanat hosil boʻlib, hech bir mulk shaklining monopoliyasiga yoʻl berilmaydi. Bozor iqtisodiyoti da yakka tartibda, oʻz mulki va mablagʻiga tayangan holda, korporativ, sherikchilik asosida yer, bino, inshootlar, mashinalarni ijaraga olish, pulni qarzga koʻtarib ish yuritish usullari mavjud boʻladi. Bozor iqtisodiyoti ning tayanchi tadbirkorlik boʻlib, u tovar va xizmatlarni bozorga yetkazib berish asosida foyda topishga qaratiladi. Tadbirkorlar maxsus toifani tashkil etadi va odatda, iqtisodiy faol aholining 7—10% ni tashkil etadi. Bozor iqtisodiyoti da har bir kishi oʻz manfaatidan kelib chiqqan holda, qoʻlidan kelgan ishni qilib, ishlab topganini oʻzi oladi. Nimani, qancha ishlab chiqarish, uni qayerda va necha puldan sotilishini bozorda talab belgilaydi. Bozordagi narx talabdan kelib chiqqan holda talab — taklif nisbati asosida shakllanadi. Bozor iqtisodiyoti iqgisodiy subʼyektlar alohidalashganidan ular manfaati toʻqnashadi va shunday sharoitda raqobat paydo boʻladi. Raqobat Bozor iqtisodiyoti ni harakatga soluvchi kuch, uning rivojlanishini taʼminlovchi mexanizm hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti boshqarishning iktisodiy usullariga tayanadi. Bozor mexanizmi iqtisodiy ragʻbatlantirish mexanizmi boʻlib, uning asosiy vositasi puldir. Pul topishga intilish tovar va xizmatlarni koʻplab hamda sifatli qilib ishlab chiqarishni taʼminlaydi. Bozor iqtisodiyoti da pul boylikning umumiy va eng qulay shakliga — hammabop iqtisodiy aloqalar vositasiga aylanadi. Bozor iqtisodiyoti da boy boʻlish man etilmaydi, aksincha, unga yoʻl ochib beriladi, daromadning yuqori chegarasi boʻlmaydi, ammo uning quyi chegarasini davlat belgilaydi va ishlovchilar mehnatiga beriladigan haq belgilangan eng kam ish haqilan past boʻlishi mumkin emas. Bozor iqtisodiyoti tovar taqchilligi boʻlmagan, tovarlar moʻlkoʻlligi taʼminlanadigan iqtisodiyotdir. Bozor iqtisodiyoti ga xos yana bir belgi — bu daromadlarda adolatli tengsizlikning boʻlishidir.
Bozor iqtisodiyoti teng imkoniyatni bildiradi, ammo bu imkoniyatdan foydalanish kishilarda bir xil boʻlmaydi, har bir kishi ishlab topganiga qarab daromad koʻradi. Daromadning tabaqalashuvi boyishga havas uygʻotib, kishilarni iqtisodiy faollikka undaydi.
Bozor iqtisodiyoti da pul munosabatlari ustun boʻlsada, pul bilan bogʻliq boʻlmagan insoniy munosabatlar: mehrshafqat va xayrehson munosabatlari ham rivoj topadi. Bozor iqtisodiyoti rivoj topgan mamlakatlarda katta xayriya pul fondlari muhtojlarga yordam berish ga xizmat kidali va puldan pul chiqarib olishni koʻzlamaydi. Bozor iqtisodiyoti doimiy rivojlanib, uning yangi shakllari va modellari paydo boʻladi.
22. O‘zbekistonda noyob biznesni shakllantirish shartlarining xususiyatlarini qo’ydagicha izohlash mumkin. Kichik biznes davlatning bozor va xo‘jalik yurituvchi tizimlarining hayotiy asosi bo‘lib xizmat qilib, bozor munosabatlarining asosiy shartlaridan biri bo‘lgan, talab va taklifdagi manfaatlar muvozanatini inobatga oladigan ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish kabi birlamchi ijtimoiy-iqtisodiy funksiyani o‘z ichiga oladi. Davlat tomonidan kichik biznes korxonalarining investision jozibadorligini oshirish uchun kerakli choralarning ko‘rilishi, kichik biznesga kredit ajratishni oshirishga va kichik biznes korxonalarining kreditlardan to‘la foydalana olishiga yo‘l ochib beradi. Kichik biznesning investision jozibadorligini oshirish, kredit va moliya institutlarini rivojlantirish, xorijiy va mahalliy investisiyalar hajmini ko‘paytirish hamda davlat dasturlarini ishlab chiqqan holda kichik biznesga mablag‘ ajratish hozirgi kunning asosiy vazifalaridan biridir. Mamlakatimizda kichik biznesni shakllantirishning asosiy xususiyatlaridan biri, investisiyalarni keng jalb etish va ularning jozibadorligini oshirish, hamkorlikdagi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, yangi zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etish asosida mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini jahon bozorlari talabi darajasiga ko‘tarishga imkoniyat yaratishdan iborat. Xozirgi kunda noyob biznesni shakllantirish muammolarini yechimini topishga ayrim omillar ya’ni: ko‘chmas mulk bozorining (ishlab chiqarish xarakteridagi) rivojlanmaganligi;  qimmatli qog‘ozlar bozorining yetarli rivojlanmaganligi;  kafil bo‘la oladigan moliyaviy barqaror korxonalarning kamligi salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Yuqorida zikr etilgan muammolarni hal etishda quyidagi takliflarni keltirish mumkin: 1. Kichik biznesning investision jozibadorligini oshirishda investisiya fondlarini rivojlantirish kerak; 2.Kichik biznesni moliyalashtirishga qaratilgan ixtisoslashgan fondlarni shakllantirish lozim; 3.Tijorat banklari tomonidan kichik biznes sub’ektlarini boshlang‘ich kapitalini shakllantirish uchun va ularning investision loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida uzoq muddatli kreditlar hajmini oshirish orqali mamlakatimizda investisiya faoliyatini moliyalashtirish muammolarini hal qilishga erishish imkoniyatiga ega bo‘lishimiz mumkin
23. Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish, xususiy mulk muhofazasi va kafolatlarining huquqiy mexanizmlarini yanada mustahkamlash, tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lida byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, investitsiya muhiti va ishbilarmonlik holatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar izchil ravishda amalga oshirilmoqda.Mustaqillik yillarida xususiy mulkdorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini, davlat, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari bilan o‘zaro munosabatlarda tadbirkorlarning huquqlari ustuvorligini, xususan, tadbirkorlik subyektlarining faoliyatiga asossiz aralashuvlardan ishonchli huquqiy kafolatlarni ta’minlab beradigan mustahkam qonunchilik bazasi yaratildi.Bugungi kunda yurtimizda 525 mingdan ortiq tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritmoqda. Mamlakatimizda yalpi ichki mahsulotning 56 foizdan ortig‘i kichik va xususiy biznes subyektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan bo‘lib, ular respublikamiz mehnatga layoqatli aholisining 78 foizdan ortig‘ini ish bilan ta’minlamoqda.Shu bilan birga, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni ijro etish, jumladan, biznes sohasi vakillari va davlat organlari o‘rtasida samarali muloqot va foydali hamkorlik mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish, xususiy mulk va tadbirkorlikning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli muhofaza qilish kafolatlarini kuchaytirish, viloyatlar va tumanlarda biznes-muhitni takomillashtirish masalalari bo‘yicha, shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga, avvalo, viloyatlar, shahar va tumanlarda sifatli davlat xizmatlari taqdim etilishini ta’minlash davlat organlari va tadbirkorlik tuzilmalarining o‘zaro hamkorligini, ayniqsa, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini endi boshlagan davrlarda ularni qo‘llab-quvvatlashning yangi samarali tizimini yaratishni taqozo etadi
Yuqorida ko‘rsatilgan vazifalarning hal etilish� nodavlat notijorat tashkiloti hisoblanib, maqomi, yo‘nalishi va faoliyati ko‘lami, mulk shaklidan qat’i nazar, tadbirkorlik subyektlarini birlashtirib turuvchi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan ta’minlanishi ko‘zda tutilgan.

198.Kreditga 50 dona avtomashina sotib olganman. Ularning barchasini garovga qo‘yib, sug‘urta qildirganman. Sug‘urta shartnomasi kredit muddati davriga tuzilgan edi. Kredit qarzini muddat tugashidan 2 yil oldin to‘ladim. Sug‘urta mukofotini olsam bo‘ladimi?


Fuqarolik kodeksining 948-moddasiga asosan sug‘urta shartnomasi, agar u kuchga kirganidan keyin sug‘urta hodisasi yuz berishi ehtimoli yo‘qolgan va sug‘urta xavfining mavjud bo‘lishi sug‘urta hodisasidan boshqa holatlar bo‘yicha tugagan bo‘lsa, tuzilgan muddati kelishidan oldin bekor bo‘ladi.
✅ Sug‘urta shartnomasi yuqoridagi ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha muddatidan oldin bekor bo‘lganda, sug‘urtalovchi sug‘urta mukofotining bir qismini sug‘urta amal qilgan vaqtga mutanosib ravishda olish huquqiga ega.

199.Qarzdorlikni xususiy korxona rahbaridan undirish mumkinmi?


✅ “Xususiy korxona to‘g‘risida”gi qonunning 3-moddasiga asosan, xususiy korxona mulkdori korxonaning mol-mulki etarli bo‘lmagan taqdirda xususiy korxonaning majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga qarashli mol-mulk bilan qonun hujjatlariga muvofiq subsidiar javobgar bo‘ladi.
201.Bank mening hisobraqamimdan ruxsatimsiz davlat ijrochisining inkasso topshiriqnomasi asosida qarzdorlikni echib olgan. Bankning harakati qonuniymi?
✅ Bankning harakatlari qonuniy asosga ega.
✅ Bankning harakatlari qonuniy asosga ega.✅ “O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida”gi nizomning 58-bandiga asosan inkasso topshiriqnomasi - mablag‘larni oluvchining inkasso topshiriqnomasida ko‘rsatilgan summani mablag‘larni to‘lovchining hisobvarag‘idan so‘zsiz ravishda hisobdan chiqarish bo‘yicha topshirig‘i nazarda tutilgan hisob-kitob hujjati hisoblanadi.

202.Kichik tadbirkorlik sub’ektlariga kimlar kiradi?


✅ “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunga asosan quyidagilar kichik tadbirkorlik sub’ektlari hisoblanadi: yakka tartibdagi tadbirkorlar;shlab chiqarish tarmoqlaridagi xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 20 kishi, xizmat ko‘rsatish sohasidagi va ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa tarmoqlardagi xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 10 kishi, ulgurji, chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish tarmoqlaridagi xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 5 kishi bo‘lgan mikrofirmalar;tarmoqlardagi kichik korxonalar:, oziq-ovqat sanoatidagi va qurilish materiallari sanoatidagi xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 200 kishi; metallga ishlov berish va asbobsozlik, yog‘ochsozlik, mebelь sanoatidagi, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalaridagi xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 100 kishi;, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish va ularni qayta ishlash, qurilish hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalaridagi xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 50 kishi;, ilmiy xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa, xizmat ko‘rsatish sohalari (sug‘urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa sohalardagi xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 25 kishi.

203.Texnologik asbob-uskunalarni olib kirishda bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar beriladimi?


✅ O‘zbekiston Respublikasi hududiga qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha olib kirilayotgan texnologik jihozlar, shuningdek butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, agar ularni etkazib berish texnologik jihozlarni etkazib berish kontrakti shartlarida nazarda tutilgan bo‘lsa bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinishi qayd etilgan.
✅ “O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda import bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadigan texnologik jihozlar ro‘yxati” 2013-yil 20-martda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2436-soni bilan ro‘yxatga olingan idoralararo qarori bilan tasdiqlangan.
204.Biznes qilishdan maqsad
Biznes qilishdan maqsad: - foyda olish va uni muttasil oshirib borishdir. - xarajatdan ko`ra ko`proq daromad olishdir.
205.Tadbirkorlik siri deganda nimani tushunasiz?
Tadbirkorlik siri deganda tadbirkorning: -o`z sha`nini avaylash tushuniladi. Biznes ishida texnologiya, yangi tovar yaratish, bozor topish, narx belgilash, kontrakt tuzish va boshqalar sir saqlanadi. Yangi texnologiyani qo`llashni mahfiy tutishi va xodimlarga ham kasb sirini urgatish muhim hisoblanadi(izohni to’ldirasiz)
206. Investitsiya nima?
Investitsiya (lotincha: investio — „oʻrash“) — iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida oʻz mamlakatida yoki chet ellarda turli tarmoqlarga, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarga, innovatsiya, tadbirkorlik loyihalariga uzoq, muddatli kapital kiritish (qoʻyish). Pulning vaqt (zamon)ga bogʻliq qiymati nazariyasiga koʻra, investitsiya kelajakda naf olish maqsadida mablagʻlar qoʻyishdir. Investitsiya kapitalni muayyan muddatga bogʻlashni yoki band qilishni bildiradi. Bundan asosiy maqsad kapital qiymatini saqlab qolish yoki boʻlmasa kapital qiymatini vaqtda oʻstirib borishdir. Iqtisodiy mazmuni jihatdan investitsiya turli faoliyatlarga safarbar etilgan moddiy, nomoddiy boyliklar va ularga boʻlgan huquqlarni aks ettiradi. Investitsiya sifatida pul, qimmatli qogʻozlar (aksiya, obligatsiya, sertifikat, veksel), yer, bino, inshoot kabi boyliklar, intellektual mulk boʻlgan ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar va b. ishlatiladi. Investitsiya loyihalariga mablagʻ qoʻyuvchilar — investorlar davlat, kompaniya, korxona, chet ellik fuqarolar, aholi va boshqalar boʻlishi mumkin.
207. Investitsiya qanday maqsadlarda kiritiladi?
Uning quyidagi turlari mavjud: davlat investitsiyasi — davlat byudjeti va moliya manbalari hisobidan kiritiladi; chet el investitsiyasi — xorijiy davlatlar, banklar, kompaniyalar, tadbirkorlar tomonidan kiritiladi; xususiy investitsiya — xususiy, korporativ xoʻjalik va tashkilotlar, fuqarolar mablagʻlari, shu jumladan, shaxsiy va jalb qilingan mablagʻlar hisobidan qoʻyiladi. Investitsiya qoʻyilish shakliga qarab moliyaviy (portfel) va real (ishlab chiqarish) investitsiyaga boʻlinadi. Moliyaviy (portfel) investitsiya — aksiya, obligatsiya va b. qimmatli qogʻozlarni sotib olishga qoʻyiladigan investitsiya, ; real investitsiya — moddiy ishlab chiqarish (sanoat, qishloq xoʻjaligi, qurilish va b.) sohasiga, moddiy-ashyoviy faoliyat turlariga uzoq, muddatli mablagʻlar qoʻyish shakllarida amalga oshiriladi. Jahon tajribasida investitsiyani moliyalashtirish turli usul va shakllarda, shu jumladan, korxonalarni aksiyadorlashtirish va aksiyalarni joylashtirish, byudjet mablagʻlari, bank kreditlari, lizing, bevosita chet el investitsiyalari, ipoteka, byudjetdan tashqari maxsus fondlar, amortizatsiya va xoʻjalik yuritish subʼyektlarining boshqa mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
208. Portfel investitsiyalar nima
Portfel investitsiyalari bilvositadir. Emitent tashkilotni boshqarishda ishtirok etish imkonini beruvchi to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalardan farqli o'laroq, portfel investitsiyalari foyda olish uchun moliyaviy aktivlarga passiv egalik qilishni o'z ichiga oladi. Portfel investitsiyalari - korxonaning ustav kapitalidagi ishtirok ulushi 10% dan kam bo'lgan investitsiyalar. Investor va emitent o'rtasidagi moliyaviy munosabatlarning xususiyatiga qarab, ular mavjud quyidagi turlar qimmatli qog'ozlar:
kapitaldagi egalik ulushiga egalik qilish huquqini ta'minlovchi va davriy foyda (dividendlar) oladigan qimmatli qog'ozlar. Bu investitsiyalarga aktsiyalar, birja, pay fondlari va boshqalar kiradi;
investor tomonidan qarz mablag'lari taqdim etilganligini va qarz oluvchi tomonidan qarzni o'z vaqtida to'lash majburiyatini tasdiqlovchi qarz qimmatli qog'ozlari. Investitsiyalarning bu turiga davlat va korporativ obligatsiyalar, g’azna veksellari, qarz tushumlari, depozit, jamg’arma, ishonchli sertifikatlar kiradi;
muayyan aktivni (tovar, moliyaviy vosita) sotib olish yoki sotish huquqini belgilovchi hosilaviy qimmatli qog'ozlar (derivativlar). Hosila vositalariga varrantlar, orderlar, optsionlar, fyucherslar, forvard shartnomalari, depozitar tilxatlari kiradi.
209. Investitsiyaning kiritilish shakllari
Bugungi kunda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning bir qancha shakllari mavjud:
ulush qoʻshib qatnashishi orqali qoʻshma korxonalarni tashkil etish;
100 % mol-mulk xorijiy investorga tegishli boʻlgan xorijiy korxonalarni tashkil etish;
yirik xorijiy kompaniya va firmalarning shoʻba korxonalari va filiallarini tashkil etish;
konsessiya va lizing shartnomalari tuzish;
tenderlar eʼlon qilish;
erkin iqtisodiy hududlar tashkil etish;
moliyaviy aktivlarni sotish va sotib olish.
213. Yakka tartibdagi tadbirkor deb kimlarga aytiladi
Yakka tartibdagi tadbirkorlik – yuridik shaxs tashkil etmasdan xususiy tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish shaklidir. Bunday faoliyatni amalga oshirish uchun «yakka tartibdagi tadbirkor» sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tish kifoya. YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLIKNING AFZALLIKLARI
O‘z faoliyatini mustaqil boshqarish huquqiga egaligi. Yakka tartibdagi tadbirkorlik murakkab boshqaruv tuzilmasiga ega emas. Ya’ni, unda korxonadagi singari direktor, buxgalter kabi lavozimlarni tashkil etish shart emas. Ushbu vazifalarning barchasini yakka tartibdagi tadbirkorning o‘zi bajarad.Faoliyat yuritishning nisbatan yengilligi. Masalan, yuridik shaxs ko‘rinishidagi korxonalar zarur hollarda o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish imkoniga ega emas. Yakka tartibdagi tadbirkor uchun esa tegishli soliq idorasiga murojaatqilish orqali o‘z faoliyatini muayyan muddatga to‘xtatib turish va bu davr uchun soliq hamda boshqa majburiy to‘lovlarni amalga oshirmasligi ruxsat etiladi
Ustav fondini shakllantirishning talab etilmasligi. Ya’ni, siz hech qanday mablag‘ni alohida jamg‘armasdan,
214.Yuridek shax maqomini olmasdan turib tadbirkorlik faoliyatinin tashkil etish?
Yuridik shaxslar va yuridik shaxs bo‘lmagan tadbirkorlik sub'yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish quyidagi organlar orqali amalga oshiriladi:

1) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan:


faoliyatini uning ustaviga va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi va bitta yoki undan ko‘p xorijiy davlatlar hududida tatbiq etilishi mumkin bo‘lgan nodavlat notijorat tashkilotlari;
faoliyatini uning ustaviga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining barcha hududida olib boradigan hamda uchtadan kam bo‘lmagan hududiy sub'yektlarda alohida bo‘linmalariga ega bo‘lgan nodavlat notijorat tashkilotlari;
faoliyati uning ustaviga muvofiq ko‘pi bilan ikkita hududiy sub'yektlar (viloyatlar), shu jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahri hududida olib boradigan nodavlat notijorat tashkilotlari;
bosh tashkiloti O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan, O‘zbekiston Respublikasi hududida xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlarining manfaatlarini ifodalaydigan va himoya qiladigan tashkilot;
bosh tashkiloti O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan, O‘zbekiston Respublikasi hududida xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlarining barcha funksiyalarini (yoki ularning bir qismini) amalga oshiradigan, shu jumladan uning manfaatlarini ifodalaydigan va himoya qiladigan tashkilot;
qonun hujjatlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlarida va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarida nazarda tutilgan hollarda, alohida nodavlat notijorat tashkilotlari;
qatnashchilari ikki yoki undan ko‘p ma'muriy-hududiy tuzilmalar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyatlar)da joylashgan yuridik shaxs birlashmalari;
diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organlari va diniy ta'lim muassasalari;
2) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan:
3) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan – banklar va kredit byurolari, ularning filial va vakolatxonalari;
4) Davlat xizmatlari markazlari tomonidan – qonun hujjatlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlarida va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tashkil qilinadigan davlat muassasalari va boshqa muassasalar;
233 Yangi korxona tashkil qilishdan asosiy maqsad?
Yangi korxona tashkil qilishdan asosan quyidagi maqsadlar ko’zlanadi:
- iste’molchilar talab qilayotgan mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish va uni sotishdan foyda (daromad) olish;
- ishlab chiqarishga ish bilan band bo’lmagan aholini jalb qilish va shu orqali ish bilan ta’minlashdagi ijtimoiy muammolarni hal qilish;
- ishlab chiqarishga mavjud qo’shimcha resurslarni jalb qilish;
- fan-texnika yutuqlaridan foydalangan holda yangi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish;
- yakka tarzda yoki hamkorlikda faoliyat yuritish uchun kichik korxona (o’rtoqchilik kabi) tashkil qiluvchi alohida fuqarolar yoki shaxslar guruhi a’zolarining shaxsiy ehtiyojlarini qondirish;
- ishlab chiqarishni mustahkamlash va rivojlantirish hamda bozor muhitini kengaytirish.
234. Bankrotlik nima?
Bankrotlik, (ital. — singan kursi), s i n i sh — fuqaro, korxona, firma yoki bankning mablagʻi yetishmasligidan oʻz majburiyatlari boʻyicha qarzlarni toʻlashga qurbi yetmasligi; qarzdorning majburiyatlari mol-mulkidan oshib ketganligi sababli tovar (ishlar, xizmatlar)ga haq toʻlash yuzasidan kreditorlarning talablarini qondirishga qodir emasligi, shuningdek byudjetga va boshqa fondlarga majburiy toʻlovlarni taʼminlashga qodir emasligi tushuniladi. B., odatda, korxonaning yopilishiga olib keladi. Chunki qarz (kredit) beruvchining talabini qondirish uchun mol-mulkini sotishdan oʻzga chorasi qolmaydi. B.ga uchrashning sabablari tovar i. chda qiymati qonunning amal qilishi, raqobat va inflyatsiya bilan belgilanadi. Iqtisodiy inqirozlar davrida kasodga uchragan korxonalarning soni keskin oshib ketadi, uning oqibatida ishsizlik kuchayadi. Sobiq Ittifoq xalq xoʻjaligida B. tushunchasi NEPdan keyin isteʼmoldan chiqib ketgan edi, 1987y.dan eʼtiboran korxonaning toʻlov qobiliyati yoʻqligi tushunchasi amaliyotga kiritildi. B. amalda korxonaning byudjet, bank va mol yetkazib beruvchilar oldida oʻz majburiyatlarini bajarishga ojizligini bildiradi. Bankrot deb eʼlon qilingan korxonalarga nisbatan qator sanatsiya tadbirlari oʻtkaziladi, unga har tomonlama yordam koʻrsatiladi (soliqlardan ozod etiladi, qarzlarni toʻlash kechiktiriladi). Bozor iqtisodiyoti sharoitida B.ga uchragan korxonalar boshqa korxonalarga sotiladi yoki qoʻshib yuboriladi, korxona jamoa aʼzolariga ijaraga beriladi va boshqa Korxonalar sudlar, xoʻjalik sudlari qarori bilan bankrot deb eʼlon qilinadi. Oʻzbekiston Respublikasida kreditorlarning daʼvolarini qondirish maqsadida xoʻjalik yuritish subʼyektlari boʻlmish yuridik va jismoniy shaxslarni bankrot boʻlgan deb eʼtirof etish shartlari va tartibi OʻzRning 1994-yil 5-mayda qabul qilingan "Bankrotlik toʻgʻrisida" Qonunida belgilab berilgan (bu qonun oʻz faoliyatini davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiradigan korxona, tashkilotlarga nisbatan tadbiq etilmaydi).
238.Korxonaning moliyaviy resurslariga nimalar kiradi?
Moliya resurslari - iqtisodiy subʼyekt ixtiyorida, uning tasarrufida boʻlgan jami pul mablagʻlari, moliyaviy aktivlari majmui. Moliya resurslarini davlat, firma va korxonalar, xonadon va jamoat tashkilotlari tashkil etadi. Moliya resurslari moliya va moliya tizimining moddiy asosi, moliya siyosatini utkazishning asosiy vositasi. Moliya resurslari yalpi ichki mahsulot va milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida yaratiladi. Moliya resurslari manbai, birinchi navbatda mamlakat iktisodiyotining faoliyati, asosan, mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqarish va sotish bilan bogʻlik, boʻlgan pul daromadlaridir. Moliya resurslari, odatda davlat byudjetlarida, shuningdek, byudjetdan tashqari fondlarda, davlat mulkidan keladigan daromadlarda, qarzlarda toʻplanadi.Hozirgi davlatlar Moliya resurslarini yaratishning asosiy usuli tarzida soliklardan tashkil topadigan soliqtizimini qoʻllaydi. Davlat Moliya resurslari — davlat tashkil etadigan va oʻz vazifalarini bajarish uchun tasarruf qiladigan pul mablagʻlaridir. Firma yoki korxona Moliya resurslari yalpi pul tushumi, bankdan olgan krediti, uz mulkini sotishdan kelgan tushum, uz aksiyalarini sotishdan kelgan mablagʻ x.isobidan shakllantiriladi. Xonadon Moliya resurslari — ish haqi, pensiya, ijara haqi, bank bergan foiz va, nihoyat, tadbirkorlik keltirgan foydadan tashkil topadi. Xonadondagi Moliya resurslari, asosan, isteʼmol va jamgʻarish uchun ajratilad
240. Lizing nima?
Lizing – bu uzoq muddatli ijara bo‘lib, uning oxirida ijaraga olingan obyektni sotib olish imkonini beradi. Bir tomondan bu oddiy ijara shakliga juda ham o‘xshash. Aslida esa ular o‘rtasidagi farq yetarlicha aniq.
Lizing – bu xizmatdir. Misol uchun, traktorni lizingga olmoqchi bo‘lgan fermer ushbu xizmat turini ko‘rsatuvchi kompaniyaga tashrif buyuradi. O‘z navbatida, kompaniya o‘z mablag‘lari hisobiga traktorni xarid qiladi va uni mijozga ma’lum miqdordagi to‘lov evaziga muddatli foydalanish uchun topshiradi. Belgilangan ijara muddati yakunlanganidan so‘ng esa traktorga egalik qilish huquqi bevosita mijozning nomiga o‘tadi.
Lizingda bitim predmetini mijoz tanlaydi. U sotuvchini tanlaydi. Xaridni esa lizing kompaniyasi amalga oshiradi va sotib olingan tovarni mijozga vaqtinchalik foydalanishi uchun kelishilgan muddatga beradi. Belgilangan summa to‘langandan keyin, ijaradagi mulk mijozning tasarrufiga o‘tadi.
241. Venchur kapitali firmasi ta’rif bering?
Venchur kapitalini moliyalashtirish — bu uzoq muddatli (5-7 yil) yuqori darajadagi tavakkalni talab etuvchi investitsiyalar boʻlib, ilm-fanni rivojlantirish va ishlab chiqarishga yoʻnaltirilgan yangi tashkil etilgan kichik yuqori texnologiyali istiqbolli kompaniyalar (yoki yaxshi tashkil etilgan venchur korxonalar)ning oʻz kapitaliga xususiy kapitalning sarmoyasidir. Klassik investitsiyalardan ravishda (mablagʻlarning qaytarilishini nazarda tutgan holda), venchur moliyalashtirish modeli har bir aniq kompaniyaga kiritgan (odatda 50% dan ortiq ehtimollik bilan) investitsiyalarini yoʻqotish ehtimoli yuqori. Daromadga katta miqdorda kiritilgan sarmoyaning yuqori rentabelligi tufayli erishiladi.Venchur moliyalashtirish startaplarni koʻproq pul, ijtimoiy va inson kapitalini bilan taʼminlaydi. Biroq boshqa tomondan oʻbroli, tajribasi katta va yaxshigina aloqalarga ega boʻlgan venchur investorlar koʻpincha noqulay shartlarni oʻz ichiga olgan moliyalashni taklif qilishadi. Bundan tashqari, venchur kapitalni moliyalashtirishning mavjudligi bozor holatiga bevosita bogʻliq boʻlib, bu turdagi investitsiyalarni beqaror qiladi. Venchur moliyalashtirishdan foydalanish mulkka egalik huquqini taqsimlashning oʻzgarishiga va qarorlar qabul qilish ustidan nazoratning yoʻqotilishiga olib kelishi mumkin.Moliyalashtirishning bu turi ikkinchi jahon urushidan keyin rivojlana boshladi. 1980-yillarga kelib sezilarli oʻringa ega boʻldi. AQSH venchur kapital sanoatida doimo yetakchi boʻlib kelgan. Yevropada venchur biznes ham faol rivojlanmoqda. Buyuk Britaniya bu mintaqada yetakchi hisoblanadi. Dunyodagi venchur kapitali subyektlarining alohida toifasidir Isroil davlatini kiritishimiz mumkin.
242. Firma tushunchasiga ta’rif bering?
Firma (inglizcha: firm — imzo) — korxona, kompaniya, xoʻjalik va tijorat tashkilotlarining umumiy nomi. Xodimlar soni, mulk shakllari, huquqiy holati va boshqalarga koʻra xilma-xil Firmalar bor. Firmalarda band boʻlgan xodimlar soni 2—3 kishidan 20—30 ming kishigacha boʻlishi mumkin. Firmalar barcha mulk turlari negizida davlat, kooperativ, shirkat, jamoa tashkilotlari va maxalliy davlat idoralari, milliy va chet ellik yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tashkil etiladi. Ular quyidagi turlarga ajratiladi: affilirlangan (qoʻshilgan) Firma — filial, shoʻʼba korxona shaklida yirikroq turdosh bosh korxona tarkibida faoliyat yuritadi; broker Firma — tijorat maqsadlarini koʻzlaydigan va mijoz topshirigʻiga koʻra va uning hisobidan vositachi sifatida faoliyat yuritadi; venchur Firma — kichik yoki oʻrta investitsion Firma hisoblanib, ilmiy tadqiqotlar va muhandislik ishlanmalarini amalga oshiradi; investitsion Firma — investitsiyalash va qimmatli qogʻozlar bilan bogʻliq operatsiyalarni oʻtkazadi; injiniring Firma muhandislikmaslahat koʻrsatishga ixtisoslashadi; innovatsion Firma — Firmaning ilmiy tadqiqot ishlari natijalari bazasida yangi texnologiyalarni yaratish uchun barpo etiladi; konsalting Firma — uning faoliyat sohasini maslahat xizmatlari koʻrsatish tashkil etadi; ishlab chiqarish Firmasi — aniq bir mahsulotni tayyorlash bilan shugullanadi; savdo Firmasi — savdovositachilik faoliyati bilan shugʻullanadi; rieltor Firma — koʻchmas mulk sohasidagi amallarda qatnashadi.Hozirgi iqtisodiy hayotda Firmalarning asosiy qismi nisbatan kichik va mayda. Yirik Firmalar nisbatan mustahkam ishlab chiqarish, texnologik va xom ashyo bazasiga ega boʻlib, xalqaro mehnat taqsimotida faol ishtirok etadi, oʻrtacha Firmalar kooperatsiyalangan hamda ixtisoslashgan qismlar va detallar ishlab chiqarish sohasida, shuningdek, umumiy texnologik va texnik infratuzilma sohasida faoliyat koʻrsatadi. Mayda Firmalar, asosan, tovarlar ishlab chiqarish va aholiga xizmat koʻrsatish bilan shugullanadi.
246. Litsenziya izoh bering?
Litsenziya (lot. licentia — ruxsatnoma, huquq) — 1) vakolatli davlat organlari tashqi savdo harakatlarini olib borish uchun beradigan ruxsatnoma. Eksport va importni, valyuta sarflarini nazorat qilish usullaridan biri. Odatda, 1 yilga beriladi; 2) texnikaviy, iqtisodiy, ilmiy yangiliklar egasining ularni ishlatish uchun shartnoma asosida beradigan ruxsati. Odatda, L. patent olingan yoki patent olish uchun talabnoma berilgan ixtirolarga nisbatan qoʻllaniladi. Ammo ixtirolarga, texnika yangiliklariga, ishlab chiqarish tajribasi, ishlab chiqarish sirlari, tijorat axborotlari uchun patentsiz ham berilishi mumkin. L. beruvchi litsenziar, L. oluvchi litsenziat deb yuritiladi. Yangi texnika va texnologiyaga oid L.lar 3 xil boʻladi: oddiy L. — litsenziar ixtirodan shartnomada belgilangan doirada foydalanish huquqiga ega boʻladi, ayni bir L.ni maʼlum hudud doirasida faqat bir emas, balki bir necha litsenziatga bera oladi; maxsus L. — litsenziat ixtiro, texnika yoki texnologiyani ishlatishga tanho huqukli boʻladi, litsenziar esa uni shu hududda koʻllay olmaydi va oʻz nomidan boshqalarga sota olmaydi; toʻliq L. — bunda L. obʼyektini ishlatish toʻla-toʻkis litsenziatlar qoʻliga beriladi, litsenziar esa undan mustaqil foydalana olmaydi. Bunday qoida L. berilgan muddat ichida amal qiladi. L. muayyan narxda sotiladi.

L. haqi shartnoma muddati davomida L. boʻyicha ishlab chiqarilgan mahsulotni sotishdan olingan mukofot shaklida toʻlanadi (royalti). Bir necha bor toʻlangan royalti yigʻindisi L. narxini tashkil etadi. L. xaqi uni qoʻllab, iqtisodiy samara olishdan ilgari, bir yoʻla toʻlansa paushal toʻlovi deb yuritiladi. L. narxi L.ni qoʻllashdan olinadigan qoʻshimcha foyda bilan birga L. bozoridagi talab va taklifga ham bogʻliq. L. narxining past boʻlishi texnik-texnologik yangiliklarni ommalashtirish sharti hisoblanadi.Shuningdek, L.ning vakolatli davlat organlari beradigan savdo, hayvonlarni ovlash, muayyan faoliyat bilan shugʻullanish, bank harakatlarini olib borish va boshqa koʻrinishlari uchraydi.


247.Jamg’arma deb nimaga aytiladi?
Jamgʻarmalar — 1) harajatlardan, chiqimlardan orttirib, tejab toʻplangan pul; 2) kelgusidagi ehtiyojlar uchun daromadning bir qismini ajratib qoʻyish; 3) doimiy badallar va reinvestitsiya yoʻli bilan kapital qoʻyilmalarni pul koʻrinishida jamlash; 4) pul va moddiy vositalarni maʼlum bir maqsad yoʻlida foydalanish uchun jalb etish (maye, pensiya jamgʻarmasi, investitsiya jamgʻarmasi); 5) maʼlum bir faoliyat turiga, kishilarning muayyan ijtimoiy guruhiga koʻmaklashish maqsadida tuzilgan tashkilot (qarang Ijtimoiy jamgʻarmalar); 6) aksiyalar nazorat paketini qoʻlga kiritish maqsadida, narxiga taʼsir etmagan holda ularni doimiy ravishda sotib olish

249-250. Biznes infratuzulmasi nima? Kichik biznesni qullab-quvvatlash infratuzulmasi?


Respublikamizda kichik tadbirkorlik subyektlarining samarali faoliyat yuritishi va rivojlanib borishi ko'p jihatdan ular uchun yaratilgan shart-sharoitlarga bog liq. Kichik tadbirkorlik rivojiga qulay imkoniyat yaratuvchi shart-sharoitlar orasida infratuzilma xizmatini alohida ajratib ko'rsatishlozim.Kichik tadbirkorlik subyektlarida ishlab chiqarish kengayib borishi bilan ularning texnik ta'mirlash, moddiy-texnika ta'minoti, mahsulotlarni saqlash, qayta ishlash va sotish, kommunikauiya va aloqa, maslahat va axborot kabi bir qator xizmat turlariga talabi ortib boraveradi. Chunki kichik tadbirkorlik subyektlariga yuridik shaxs maqomini berish bilangina ish bitmaydi. Ularning to'laqonli faoliyatini faqat mukammal tashkil etilgan infratuzilma bo'linmalari orqaligina tasavvur etish mumkin.Infratuzilma iqtisodiy tizimning bir qismini tashkil etib, u ishlab chiqarishning bir maromda faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi.

"Infratuzilma" so'zi lotin tilidan tarjima qilinganda "tuzilmadan tashqarida"ma'nosini anglatadi. Iqtisodiy nuqtai nazardan infratuzilma mohiyatiga quyidagi izoh ko'proq mos keladi: "inson hayoti va ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida faoliyatlar almashinuvi ta'minlovchi tovar va xizmatlar yaratishda o'ziga xos mehnat jarayonlari majmuasi".Keyingi yillarda infratuzilma yuqori sur'atlar bilan rivojlanib bormoqda. Buni bir qator omillar bilan izohlash mumkin. Xususan, ishlab chiqarishning o'sish sur'atlari infratuzilmalar rivojidan oldinda bormoqda va bu iqtisodiyotning rivojlanishiga ham o'z ta'sirini o'tkazmoqda.Infratuzilma juda keng qarmovli tushuncha bo'lib, bu, awalo, ishlab chiqarish jarayoniga har tomonlama xizmat ko'rsatadigan xizmat turlarini yaratish bilan bogliq. Infratuzilma bo'linmalari rivojlanib borishidan kichik tadbirkorlik subyektlari katta manfaat ko'radi, chunki bunday bo'linmalar ularni ishlab chiqarishga xizmat ko'rsatish bilan bogMiq ishlardan ozod etib, kuch-g'ayratini asosiy faoliyatiga qaratishga imkon yaratadi.Infratuzilma tomonidan yaratiladigan sharoitlarni o'z navbatida quyidagicha turkumlash mumkin:


• bevosita ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko'rsatuvchi moddiy texnika ta'minoti va tayyor mahsulotni sotish, axborotni yig'ish va qayta ishlash, buxgalteriya xizmati. Texnologik, boshqaruv masalalari bo'yicha maslahatxizmativaboshqalar;
• ishchi kuchini takror ishlab chiqarish shart-sharoitlari ishchi va xizmatchilarning sog lig ini, ta'lim olishi va kasbiy tayyorgarligi, dam olishlariniqo'llab-quwatlash.
251.Tavakkal qilish tushunchasi?
Bugungi kunda adabiyotlarda tavakkalchilik bilan bog’liq bo’lgan ehtimollikni turlicha tushunchalarda, ya’ni: Xavf. Xatar. Tavakkalchilik foydadan mahrum bo’lish va boshqa sabablarga ko’ra zarar ko’rish singari yomon oqibatlar ro’y berish ehtimoli bilan ifodalanadi. Shu ma’noda Tavakkalchilik – bu oqibatning yaxshi bo’lishiga umid bog’lab, xavf ehtimolligini zimmasiga olgan holda qilinadigan harakat
270..Operativ - ishlab chiqarish rejalarida yuqoridagi ko’rsatkichlar chuqurlashtirilib, tsexlar, uchastka va ish o’rinlari bo’yicha taqsimlanadi. Rejalashtirishni yana quyidagicha klassifikatsiyalash mumkin: 1. Mazmuniga ko’ra; tashkiliy - texnik, ijtimoiy mexnat, moliyaviy-investitsion, biznesni rejalashtirishlashtirish, ta’minot rejasi. 2. Boshqaruv darajasiga ko’ra: korxona, korporativ, o’rta pog’onada esa - tsex rejasi quyi pog’onada - ishlab chiqarish rejalari. 3. Asoslanishiga ko’ra: bozor, indikativ, administrativ
271.Rejalashtirish nazariyasi ilmiy bilimlarni quyidagi muhim muammolar bo’yicha shakllantirishni ko’zda tutadi: bozor rejalashtirish uslubiyati, me’yoriy bazani yaratish, rejadaginormativ va ko’rsatkichlarning o’zaro ta’sirmexanizmi,reja tuzish usullari, strategik rejalashtirish, moliyaviy rejalashtirish, tarmoqli rejalashtirish, biznes - rejalashtirish, ijtimoiy - mehnat rejalari, operativ rejalashtirish, rejalarni iqtisodiy baholash, rejalashtirishni takomillashtirish. Rejalashtirish amaliyoti nazariya va uslubiyatni o’zlashtirish, rejalarni asoslash usuli va uslublarini o’rganish, barcha bilimlardan zaruriy mablag’ va resurslarni tanlashda foydalanish kabilarni ko’zda tutadi. Korxonada rejalashtirish mazmuni iste’molchi va ta’minotchi, ob’ekt va tizimi, reja tuzish usullari va texnologiyasi kabi o’z aro bog’liq tashqi va ichki omillar bilan belgilanadi
272.Ichki rejalashtirishning metodologiyasi (uslubiyati) rejalashtirish qonuniyatlari, prinsiplari, unga qo’yilayotgan talablar, iqtisodiy ko’rsatma qoidalarni mujassamlashtiradi. Rejalashtirish usuli (metodikasi) aniq reja ko’rsatkichlarining asoslashning yo’llari, uslublarining tarkibini xarakterlaydi, ichki rejalarni ishlab chiqarish tartibi, strukturasi, shakli va mazmunini ifodalaydi. Iqtisodiy rivojlanish kompleks rejasini ishlab chikish jarayoni murakkab va ko’p mexnat talab etadigan jarayon xisoblanib, ma’lum bir reja tuzish texnologiyasiga asoslanishi lozim. Ushbu texnologiya umumiy tartibni belgilangan muddat, talab etilgan mazmun, rejaning turli bo’limlarini ishlab chiqarish ketmaketligi, har bir ko’rsatkichning asoslanganligini tartibga soladi, shuningdek ishlab chiqarish bo’linmalari, funksional organlar va rejali bo’limlarining o’z aro ta’sirini tartibga soladi. Rejalashtirish faoliyatining metodologiyasi, metodikasi va texnologiyasi birgalikda ichki rejalashtirishning predmetini belgilaydi. Rejalashtirish uslubiyati – iqtisodiyotni boshqarishning turli bo’g’inlarida, jumladan, korxonalarni boshqarishda rejalarni ishlab chiqish usullari majmuasidir. Avvalgi rejali iqtisodiyot sharoitlarida u avvalo reja idoralarining, ham sobiq ittifoq miqyosida ham alohida Res’ublikalar miqyosida amal qilgan iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning asosiy yo’nalishlarining ishlab chiqish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalarga tayanar edi. Iqtisodiyotning muhim soha va tarmoqlarini joriy va istiqbolli rejalashtirish ushbu ko’rsatmalar asosida amalga oshiriladi.
273.. Bozor munosabatlari sharoitida rejalashtirishning axamiyati nimada?
Bozor iqtisodiyoti sharoitida barcha ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar, tovarlar, ishlar va xizmatlarga bo’lgan talabdan kelib chiqib, mavjud iqtisodiy resurslardan samarali foylashanish, maksimal foyda olish maqsadida mustaqil ravishda o’z faoliyatlarini tashkil etadi, rejalashtiradi. Tanlangan maqsad, qo’llaniladigan usullarga bog’liq holda rejalashtirishning bir qancha turlarini ajratish mumkin. Umumiy holatda rejalashtirishning 2 asosiy turi mavjud: 1. Texnik - iqtisodiy 2. Operativ
274. Rejalashtirish qanday muammolarni hal etadi?
Ichki rejalashtirish erkin bozor iqtisodiyotida muxim o’rin egallaydi. Rejalashtirish umumiy iqtisodiy tizimda davlatning, ayrim korxonalarniig, korporatsiya yoki firmalar xamda oilaviy xo’jaliklarning o’z manfaatlarini uyg’unlashtirish imkonini beradi. Rivojlangan bozor munosabatining asosiy vazifasi iqtisodiyotda barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiy o’sish va insonlarniig turmush darajasini oshirishga xarakat qilish lozim. Ichki rejalashtirish xam kishilarning turli extiyojlarini qondirishga, foyda (daromad) miqdorini oshirishga qaratiladi. Bozor iqtisodiyotida davlat va korxona rejali – yo’naltirilgan ishlab chiqarish xo’jalik faoliyatiniig asosiy mustaqil sub’ekti xisoblanadi. Ichki rejalashtirish va davlatni boshqarish o’rtasida erkin bozor munosabatlariga, talab va taklifning mutanosibligiga asoslangan o’z aro iqtisodiy ta’sir mexanizmi amal qiladi.
275. Rejalashtirishning texnologiyasi nima?
Rejalashtirishning eng ko’p tarqalgan usullari qatoriga quyidagilarni: balans, me’yoriy, iqtisodiy-matematik, statistik, omillar bo’yicha, ko’p variantli hisob-kitob usuli kabilarni kiritish mumkin. Rejalarning asoslanganlik darajasini oshiruvchi va ularni tezda amalga oshirilishiga xizmat qiluvchi, shuningdek, tavakkalchilik va vujudga kelishi mumkin bo’lgan talofatlarni kamaytiruvchi usul eng samarali usul hisoblanadi. Hozirgi paytda balans usulining ahamiyati oshib bormoqda. Ushbu usulning mohiyati, o’z aro aloqada bo’lgan ko’rsatkichlarni solishtirish bilan ifodalaniladi. Balans usuli asosida korxonaning ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi, ishlab chiqarish quvvatiga bo’lgan talablari va ularning manbalari aniqlanadi. Bundan kelib chiqqan holda moddiy balans, ishldab chiqarish quvvatlari balansi, ishchi kuchi balansi, ish vaqti balansi, qiymat balansini ajratib ko’rsatish mumkin. Balanslar, qoidaga ko’ra, ehtiyojlar va ularga mos keluvchi resurslarning mavjudligi yoki manbalarini o’z ichiga oluvchi, o’z aro moslashuvchi jadval shaklida tuziladi. Balans usuli me’yoriy usuli bilan birgalikda qo’llaniladi. Me’yoriy usulida resurslarni sarflashning yo’l qo’yish mumkin bo’lgan eng yuqori va eng quyi chegaralari aniqlanadi. Bunda ishlab chiqarishni rejalashtirish va tashkil etishda me’yor va me’yoriy kabi tushunchalardan foydalaniladi. Me’yor (norma) – belgilangan sifatdagi mahsulot birligi (ish, xizmat) tayyorlash uchun sarflanuvchi xom-ashyo, material, yoqilg’i, energiya va boshqa resursladan foydalanishning yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan maksimal yoki minimal chegarasidir. Agar resurslardan foydalanish me’yorlarini kamaytirish mahsulot sifatining pasayishiga yoki belgilangan standartlar talablarining buzilishiga olib keladigan bo’lsa, u holda bu me’yorlarni kamaytirish mumkin emas. Me’yoriy – nisbiy kattalik bo’lib, asosan foizlar yoki koeffitsientlar yordamida aks ettiriladi. U mehnat vositalari va predmetlaridan foydalanish darajasini, ularning har bir maydon birligi, og’irlik birligi, hajm birligiga sarflanishini tavsiflab beradi.
276.Interaktiv rejalashtirish istalgan istiqbolni loyixalashtirishni va unga erishish yo’llarini axtarishni ko’zda tutadi. Bunday rejalashtirish korxonaning individual, tashkiliy, ijtimoiy rivojlanish darajasini oshirishga qaratilib, o’tmishni, xozirgi davrni va kelgusining o’z aro aloqasiga tayanadi. Ichki rejalashtirish turlari va sistemalari nafaqat korxonalar rejali faoliyati mazmunini, balki iqtisodiyotni boshqarishning barcha darajalarida rejalashtirish mazmunini xam xarakterlaydi. Bu erda rejalashtirish faoliyatining mazmuni yoki predmetini ilmiy va amaliy jixatdan aniqlashtirish zarur
277. Rejalashtirishni yana quyidagicha klassifikatsiyalash mumkin: 1. Mazmuniga ko’ra; tashkiliy - texnik, ijtimoiy mexnat, moliyaviy-investitsion, biznesni rejalashtirishlashtirish, ta’minot rejasi. 2. Boshqaruv darajasiga ko’ra: korxona, korporativ, o’rta pog’onada esa - tsex rejasi quyi pog’onada - ishlab chiqarish rejalari. 3. Asoslanishiga ko’ra: bozor, indikativ, administrativ. Davlat mulkiga asoslangan korxonalarda administrativ rejalashtirishfoydalaniladi. Aksionerlik jamiyatlari va boshqa xususiy mulkka asoslangan korxonalarda bozor yoki indikativ rejalardan foydalaniladi.
278. Normalashtirish mohiyati va ahamiyatini ifodalang.
Norma va normativlar xo’jalik boshqarish mexanizmi va rejalashtirishning muhim elementi hisoblanadi. Har bir tadbirkor o’z faoliyatini boshlar ekan, albatta, uning uchun zarur bo’lgan resurslarga talabni yoki sarflangan xarajatlarining hisobini yuritadi, ya’ni resurslarga talabni normalashtirish yoki rejalashtirishni amalga oshiradi. Bunda u minimal harajat qilish orqali yuqori darajada miqdoriy va sifat natijalarga erishishni ko’zlaydi. Xo’jalik yuritish amaliyotida normalashtirish – normal ishlab chiqarish jarayonlarini ta’minlash uchun zarur bo’lgan resurslar sarfi va chegaraviy zaxira kattaligini ishlab chiqish va belgilash uslubidir. Normalashtirish (me’yorlashtirish)ning elementlari sifatida norma va normativlar yuzaga chiqadi. Norma – mahsulot birligini ishlab chiqarish, belgilangan sifat darajasini ta’minlash uchun (masalan, standart buxanka non, tayyorlash uchun sarf normasi) xom ashyo, materiallar, yoqilg’i, energiya va h.k. sarfi bo’yicha ruhsat etilgan kattaligidir. Normativ – nisbiy ko’rsatkichlar bo’lib, ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish darajasini ifodalaydi. Normativlar foiz va koeffitsientlarda belgilanadi (masalan, jihozning yuklanish koeffnenti, sutning yog’lilik darajasi).5 Shuningdek, normativlar xodimlarning talab etilgan sonini aniqlashda, aylanma mablalar kattaligini aniqlashda ham qo’llaniladi va ular iqtisodiy normativlar deb yuritiladi.
279. Norma tushunchasi va uning turlari?
Norma va normativlar o’lchov va chegaralash funksiyasi bilan bir qatorda xisob, nazorat va tartibga solish funksiyalarini ham bajaradi. Ular ishlab chiqarishni rejalashtirish va tartibga solish, sarflarni erishilgan natijalar bilan solishtirish, faoliyat boshida va natijalar bo’yicha majburiyatlarni chegaralash, erishilgan natijalarni obyektiv baholash asosi bo’lib xisoblanadi. Norma va normativlar quyidagi asosiy guruxlar bo’yicha ishlab chiqiladi: ­ mexnat sarfi normalari; ­ material sarfi iormalari; ­ vaqt normalari (asosiy, yordamchi va h.k.); ­ mashina va jihozlar, ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish normativlari; ­ ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish normativlari; ­ atrof–muhitni muhofaza qilish normativlari; ­ loyiha quvvatlarini o’zlashtirish normativlari; ­ kapital qo’yilmalar samaradorligi normativlari.
280.Ko’rsatkichlarga qo’yiladigan talablarni yoriting
Ko’rsatkich – sifat jihatdan belgilangan o’zgaruvchan kattalik bo’lib, unga juda ko’p miqdoriy ifodalar kiritiladi. Ko’rsatkichlar jarayonlarning mazmun va mohiyatini aks ettiruvchi bir yoki bir nechta belgilardan va ularning miqdor xarakteristikalarini: o’lchami, nisbiy yoki absolyut kattaligini ifodalaydigan asosdan tashkil topadi. Asoslar zaruriy kattaliklarni hisoblashda, belgilar esa zaruriy belgilarni aniqlash, ularni tanlash, guruhlashda qo’llaniladi. Rejalashtirishda qo’llaniladigan ko’rsatkichlarga quyidagi talablar qo’yiladi: ­ ishonchlilik, ya’ni ular aks ettirayotgan hodisaning obyektiv holatiga muvofiq kelishi lozim; ­ o’lchov xususiyatiga ega bo’lishi, ya’ni ma’lum bir o’lchamga ega hamda aniq bo’lishi; ­ yetarli bo’lishi lozim, ya’ni ishlab chiqarish va sotishning muhim tomonlarini to’liq yoritishi kerak; ­ bir ma’noli bo’lishi, ya’ni turli xilda ifodalanmasligi lozim; ­ o’zaro solishtiruvchan bo’lishi lozim; ­ moslashuvchan va rejalashtirish obyektining amal qilish sharoitidagi barcha o’zgarishlarni aks ettirish qobiliyatiga ega bo’lishi; ­ operativlik – reja tuzuvchiga o’z vaqtida yetib kelishi lozim; ­ yuqori darajada to’liq, ya’ni axborotlar oqimining to’liqligi, ko’pligi; ­ iqtisodiylik – qisqa muddatlarda yig’ish va qayta ishlash ta’minlanishi lozim. Mazmuniga ko’ra rejaviy ko’rsatkichlar quyidagi asosiy guruhlarga bo’linadi: ­ miqdor va sifat; ­ natural va qiymat.
281.Reja tuzish texnologiyasi tartibini yoriting.
Rejalarni ishlab chiqishni tashkil etishda dastlab quyidagilar aniqlanadi: Rejalashtirish obyekti - korxona, korxona bo’linmalari yoki uning alohida faoliyat yo’nalishlari, umumiy maqsadlarni, salohiyatni, dastur va harakatlarni aniqlash. Reja tuzuvchilarni - firmaning javobgar xodimlari, ixtisoslashgan funksional xizmatlar, tashqi maslahatchilar. Rejalashtirish vositalari kalkulyatorlar, kom’yuter texnikasi va uning dasturli ta’minoti. Rejalarni tuzish tartibi: Barcha xususiy rejalarni umumiy modelda bir vaqtda ishlab chiqish yoki xususiy rejalarni ketma-ketlikda o’z aro muvofiqlashtirish va uni umumiy loyihaga birlashtirish. Rejalashtirish uslublari – odatiy usullar (jadvallar, grafiklar) va zamonaviy kom’yuterli maxsus dasturlar; Korxonada rejalashtirish ishlarini tashkil etish uning o’lchami va turiga boliq bo’ladi. Amaliyotda rejalarni tuzish ishlarini tashkil etishning 3 ta sxemasi qo’llaniladi: ­ yuqoridan pastga; ­ pastdan yuqoriga; ­ aylanma usulda

Yüklə 78,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin