3-Laboratoriya



Yüklə 368 Kb.
tarix13.06.2023
ölçüsü368 Kb.
#129603
Laboratoriya mashg‘uloti. Mavzu Borland C Builderda While,


3-Laboratoriya mashguloti.

Mavzu: Borland C++ Builderda While, Do.. While, For sikl operatoridan foydalanib dastur tuzish.
Ishning maqsadi: Talabalarga Borland C++ Builderda While, Do.. While, For sikl operatoridan foydalanib dasturlar tuzishni o`rgatish.
Nazariya bo`yicha qisqacha ma’lumot
For strukturasi sanovchi (counter) bilan bajariladigan takrorlashni
bajaradi. Boshqa takrorlash bloklarida (while, do/while) takrorlash sonini control qilish uchun ham sanovchini qo'llasa bo'lardi, bu holda takrorlanish sonini o'ldindan bilsa bo'lardi, ham boshqa bir holatning vujudga kelish-kelmasligi orqali boshqarish mumkin edi. Ikkinchi holda ehtimol miqdori katta bo'ladi. Masalan qo'llanuvchi belgilangan sonni kiritmaguncha takrorlashni bajarish kerak bo'lsa biz while li ifodalar-ni ishlatamiz. for da esa sanovchi ifodaning qiymati oshirilib (kamaytirilib) borilvuradi, va chegaraviy qiymatni olganda takrorlanish tugatiladi. for ifodasidan keyingi bitta ifoda qaytariladi. Agar bir necha ifoda takrorlanishi kerak bo'lsa, ifodalar bloki {} qavs ichiga olinadi.
//Ekranda o'zgaruvching qiymatini yozuvchi dastur, for ni ishlatadi. {
for (int i = 0; i < 5; i++){ cout << i << endl;
}
return (0); } Ekranda:
0
1
2
3
4

for strukturasi uch qismdan iboratdir. Ular nuqtavergul bilan bir-biridan ajratiladi.
for ning ko'rinishi:
for( 1. qism ; 2. qism ; 3. qism ){ takror etiladigan blok
}

1. qism - e'lon va initsalizatsiya.


2. qism - shartni tekshirish (oz'garuvchini chegaraviy qiymat bilan solishtirish).
3.qism - o'zgaruvchining qiymatini o'zgartirish.
Qismlarning bajarilish ketma-ketligi quyidagichadir: Boshida
1. qism bajariladi (faqat bir marta), keyin
2. qismdagi shart tekshiriladi va agar u true bo'lsa takrorlanish bloki ijro ko'radi va eng oxirda
3. qismda o'zgaruvchilar o'zgartiriladi, keyin yana ikkinchi qismga o'tiladi. for strukturamizni while struktura bilan almashtirib ko'raylik:
for (int i = 0; i < 10 ; i++)
cout << "Hello!"<< endl;
Ekranga 10 marta Hello! so'zi bosib chiqariladi. I o'zgaruvchisi 0 dan 9 gacha
o'zgaradi. i 10 ga teng bo'lganda esa i < 10 sharti noto'g'ri (false) bo'lib chiqadi va for strukturasi nihoyasiga yetadi. Endi for ni tashkil etuvchi uchta qismninig har birini alohida ko'rib chiqsak.Birinchi qismda asosan takrorlashni boshqaradigan sanovchi (counter)o'zgaruvchilar e'lon qilinadi va ularga boshlangich qiymatlar beriladi (initsalizatsiya). Yuqoridagi dastur misolida buni int i = 0; deb berganmiz. Ushbu qismda bir necha o'zgaruvchilarni e'lon qilishimiz mumkin, ular vergul bilan ajratilinadi. Ayni shu kabi uchinchi qismda ham bir nechta o'zgaruvchilarning
qiyma-tini o'zgartirishimiz mumkin. Undan tashqari birinchi qismda for dan oldin
e'lon qilingan o'zgaruvchilarni qo'llasak bo'ladi. Masalan:
int k = 10; int l;
for (int m = 2, l = 0 ; k <= 30 ; k++, l++, ++m) { cout << k + m + l;
}
Albatta bu ancha sun'iy misol, lekin u bizga for ifodasining naqadar moslashuvchanligi ko'rsatadi. for ning qismlari tushurib qoldirilishi mumkin. Masalan:
for(;;) {}
ifodasi cheksiz marta qaytariladi. Bu for dan chiqish uchun break operatorini beramiz. Yoki agar sanovchi sonni takrorlanish bloki ichida o'zgartirsak,for ning 3. qismi kerak emas. Misol:
for(int g = 0; g < 10; ){ cout << g;
g++; }
Yana qo'shimcha misollar beraylik. for (int y = 100; y >= 0; y-=5){
... ifoda(lar); ...
}
Bu yerda 100 dan 0 gacha 5 lik qadam bilan tushiladi.
for(int d = -30; d<=30; d++)
{
...
ifoda(lar); ...
} 60 marta qaytariladi.

While operatori orqali murakkab konstruktsiyalarni tuzish. while operatori shartida murakkab mantiqiy ifodalarni ham qo‘llash mumkin. Bunday ifodalarni qo‘llashda && (mantiqiy ko‘paytirish), || (mantiqiy qo‘shish ) , hamda !(mantiqiy INKOR ) kabi operatsiyalardan foydalaniladi. Quyida while operatori konstruktsiyasida murakkabroq shartlarni quyilishiga misol keltirilgan .


while konstruktsiyasidagi murakkab shartlar. {
unsigned short kichik; unsigned long katta; const unsigned short MaxKichik=65535; cout << "Kichik sonni kiriting:";
cin >> kichik;
cout << "Katta sonni kiriting:"; cin >> katta;
cout << "kichik son:" << kichik << "…"; //Xar bir iteratsiyada uchta shart tekshiriladi. while (kichik0 &&
kichik< MaxKichik )
{if(kichik%5000==0) //Xar 5000 satrdan //keyin nuqta chikariladi
cout<<"." ; kichik++; katta-=2 ; }
cout<<"\n kichik son:"<return 0 ; }
Natija:
Kichik sonni kirit : 2 Katta sonni kirit : 100000 Kichik son : 2 ………
Kichik son :33335 katta son : 33334

TAHLIL
Dastur quyidagi mantiqiy o‘yinni ifodalaydi. Oldin ikkita son – kichik va katta kiritiladi. Undan so‘ng toki ular bir biriga teng bo‘lmaguncha, ya’ni «uchrashmaguncha» kichik son birga oshiriladi, kattasi esa ikkiga kamaytiriladi. O‘yinni maqsadi qiymatlar «uchrashadigan» sonni topishdir. Qiymatlar kiritilgandan so‘ng siklni davom ettirishning quyidagi uchta sharti tekshiriladi:
• kichik o‘zgaruvchisi qiymati katta o‘zgaruvchisi qiymatidan oshmasligi.
• katta o‘zgaruvchisi qiymati manfiy va nolga teng emasligi
• kichik o‘zgaruvchisi qiymati MaxKichik qiymatidan oshib ketmasligi
So‘ngra kichik soni 5000 ga bo‘lingandagi qoldiq hisoblanadi. Agarda kichik 5000 ga qoldiqsiz bo‘linsa bu operatsiyaning bajarilishi natijasi 0 ga teng bo‘ladi. Bu holatda hisoblash jarayonini vizual ifodasi sifatida ekranga nuqta chiqariladi. Keyin esa kichik qiymati bittaga oshiriladi, katta qiymati esa 2 taga kamaytiriladi. Sikl agarda tekshirish sharti tarkibidagi birorta shart bajarilmasa to‘xtatiladi.

do - while operatorining umumiy ko'rinishi : do {
operator;
} while ( shart );

Bu yerda do va while xizmatchi so`zlar. ( shart ) sikl tanasi bajarilgandan so`ng, sikldan chiqish uchun tekshiriladigan shart. (mantiqiy ifoda).
do - while operatorning ishlash tartibi:

do xizmatchi so`zidan keyingi operatorlar bajariladi, keyin while xizmatchi so'zidan keyingi shart tekshiriladi. Agar shart rost (true) natija bersa do xizmatchi so`zidan keyingi operatorlar qayta bajariladi. Shart qayta tekshiriladi, bu jarayon shart yolg'on ( false) natija berguncha takrorlanadi. Qachon while xizmatchi so'zidan keyingi shart yolg'on ( false ) qiymatga ega bo'lsa, boshqarilish do - while operatoridan keyingi operatorga uzatiladi.
do - while sikl operatorida sikllanib qolish

DIQQAT: do - while sikl operatoridan, qachon while xizmatchi so'zidan keyingi (shart ) false (yolg'on) qiymat qabul qilsa chiqiladi. Ya'ni boshqarilish do - while operatoridan keyingi operatorga uzatiladi. Agar ( shart ) false qiymat qabul qilmasa, do - while sikl operatoridan chiqib ketilmaydi va bu jarayon sikllanib qolish deyiladi.

1 dan 10 gacha bo'lgan sonlarni chiqaruvchi dastur tuzilsin.

{
int i = 1; do {


cout << i << endl; i++;
} while ( i <= 10);
return(0) }


Misol. Quyidagi yig`indini hisoblovchi dastur tuzilsin.
Bu dastur parametrli sikl operatoridan foydalangan holda oldingi darsda tuzilgan edi. Endi do - while sikl operatori orqali dastur tuzamiz va sikl operatorlarini farqini ko`rib olamiz.

{
float i = 1; // i - sikl uchun float s = 0; // s - yig'indi


do {
s += 1 / i; i++;
} while ( i <= 50);
cout << "yig`indi = " << s << endl;
return 0; }

do…while konstruktsiyasi yordamida sikl tashkil etish. Ayrim hollarda while operatori yordamida sikllarni tashkil etishda uning tanasidagi amallar umuman bajarilmasligi mumkin. Chunki siklni davom etish sharti har bir iteratsiyadan oldin tekshiriladi. Agarda boshlang‘ich berilgan shart to‘g‘ri bo‘lmasa sikl tanasining birorta operatori ham bajarilmaydi.

do...while konstruktsiyasining qo‘llanilishi
{
int counter;
cout<<"How manu hellos ?";
cin >>counter;
do {
cout << "hello \n"; counter--;
} while(counter>0);
cout << "Counter is :" << counter <}

Natija:


how manu hellos ? 2 hello
hello Sounter is : 0
How manu hellos ? 0 Hello
Counter is: - 1

TOPSHIRIQLAR
for, while va do while operatorlari yordamida quyidagi topshirlarning algoritmlari tuzilsin:
1. Raqamlari yigindisining kubiga teng bo`lgan barcha uch xonali sonlarni toping.
2. 2,3,4,5,6,7,8,9 sonlariga ko`paytirilganda raqmlarining yig`indisi o`zgamaydigan ikki xonali sonlarni toping.
3. Bir-biridan farqli, uchtadan kam bo'lmagan natural sonlar ketma-ketligi
berilgan bo'lib, u 0 bilan tugallanadi. Shu sonlar ichida uchta eng kattasi topilsin.
4. Nol bilan tugaydigan, noldan farqli butun sonlar ketma-ketligida ishora o'zgarishlari sonini aniqlaydigan dastur tuzilsin. (Masalan, 1,-34,8,14,-5,0 kesmalar kesishmasida ishora 3 marta o'zgaradi).
5. Berilgan natural sonning raqamlarini teskari tartibda yozishdan hosil bo'ladigan sonni aniqlaydigan dastur tuzilsin.

Yüklə 368 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin