3-ma’ruza: Аvtоmоbil yo‘llаri to‘g‘risidа umumiy mа’lumоtlаr. Reja



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə1/9
tarix10.05.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#57386
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
3 mavzu


3-MA’RUZA: Аvtоmоbil yo‘llаri to‘g‘risidа umumiy mа’lumоtlаr.

Reja:

  1. Avtomobil yo‘llarining respublika iqtisodiy rivojlanishidagi o‘rni.

  2. O‘zbekiston Respublikasi avtomobil yo‘llari tarmog’ining zamonaviy holati.

  3. Zamonaviy avtomagistrallar.

  4. O‘zbek milliy avtomagistrallarini barpo etish.

  5. Respublikada olib borilayotgan yo‘l siyosati.

Tayanch so‘zlari: avtomobil, yo‘l, yo‘l tarmog’i, avtomagistral, yo‘l holati, yo‘l tarmog’ini rivojlantirish.

Avtomobil yo‘llarining respublika iqtisodiy rivojlanishidagi o‘rni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20‑dekabrdagi PF-535 farmoyishida keltirilgan “O‘zbekiston Respublikasi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini 2007‑2010 yillarda va uzoq muddatli kelajakda rivojlantirish dasturi”da respublikaning iqtisodiy rivojlanish shartlarini ta’minlaydigan xalqaro transport yo‘laklarini barpo qilish, tranzit va viloyatlar oralig’ida ishonchli transport aloqasini ta’minlash, respublikaning tashqi integratsiyalashgan va ichki birikkan yagona transport muhitini shakllantirish, Buyuk Ipak Yo‘lini qayta tiklash va jahon bozoriga chiqish kabi masalalar davlat yo‘l siyosatining ustuvor vazifalari etib belgilangan. Ushbu vazifalarning amaliy echimi mavjud avtomobil yo‘llari tarmog’ining transport-foydalanish sifatlarini oshirish, yo‘llarning texnik va foydalanuv holatlarini yo‘ldan foydalanuvchilar talablariga muvofiqlashtirish, avtomobillar harakat sharoitining qulayligi va xavfsizligini ta’minlash, yo‘llarni saqlash ishlarini samarali tashkil qilishni talab qiladi.

Respublikamizning iqtisodiy rivojlanishi va taraqqiy etishi, avvalo, transport kommunikatsiyalarining holatiga bog’liqdir. Birinchi Prezidentimiz I. Karimov ta’kidlaganlaridek “Endi biz mustaqil davlat ekanmizmi, avvalambor kommunikatsiyalarni joyiga qo‘yishimiz darkor. Kommunikatsiya tarmoqlari rivojlanmasa, O‘zbekistonning kelajagi bo‘lmaydi”.

Transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish va ularning foydalanuv holatini yaxshilash Respublikamiz mustaqilligini mustahkamlashda hamda iqtisodiyotini rivojlantirishda eng dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Respublika bo‘yicha transportda tashilayotgan xalq xo‘jaligi yuklarining 83 foizini avtomobil yo‘llari hissasiga to‘g’ri kelishi, avtomobil yo‘llari respublika iqtisodiyotining rivojlanishida asosiy omillardan biri ekanligini ko‘rsatadi (24-rasm.)






Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin