3-mavzu: Asosiy harakat yurish, yugurish, sakrash va boshqa yordamchi mashqlar (2 soat)



Yüklə 277,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/13
tarix02.01.2022
ölçüsü277,99 Kb.
#45535
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Maktabgacha ta'limda harakatli o'yinlar
Maktabgacha ta'limda harakatli o'yinlar, ШАХСИЙ ВАРАҚА ўзбек, KIRISH, Usti


3-mavzu:  Asosiy  harakat  yurish,  yugurish,  sakrash  va  boshqa 

yordamchi mashqlar (2 soat)  

Reja: 


1.Maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy harakat turlari  

2.Bolalarda hayotiy xarakat ko’nikmalarini shakillantirish 

 

Tayanch iboralar: yetuk, barkamol,  o‘yin, mashg‘ulot, didaktik,  harakat. 

1. Maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy harakat turlari 

Nafas  mashqlari, yurish  turlari  va  sakrashlar, oyoq  va  qorin  mushaklarini, 

gavda  va  umurtqani,  oyoq  va  tovon  bo‘g‘inlari  mushaklarini  tarbiyalashga 

qaratilgan  mashqlar,  chaqqonlik  va  jasurlik  hamda  muvozanat  sifatlarini 

rivojlantiruvchi mashqlar, quvnoq bolalarning harakatli o‘yinlari.   

Maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy harakat turlarini rivojlantirishning 

o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. O‘rgatishning ushbu bosqichida harakat malakalari 

va  ko‘nikmalari  ko‘lamining  kengayishi,  jismoniy  fazilatlar  (tezlik,  chidamlilik, 

tezkorlik va boshqalar)ning rivojlanishi bilan bog‘liq holda ham mashqlarni yaxlit, 

ham harakat texnikasi elementlarini alohida-alohida muvaffaqiyatliroq o‘zlashtirish 

imkoniyati yuzaga keladi.  

Besh-olti yoshli bolalarda o‘z oldilariga qo‘yilgan vazifalarni ongli tushunib 

yetish, vaziyatni baholash, o‘z harakatlarini boshqara bilishga muayyan tayyorgarlik 

bo‘ladi,  shuning  uchun,  og‘zaki  ko‘rsatma  berish  va  tushuntirish  yordamida 

maktabgacha  yoshdagi  bolalarning  harakat  faoliyatida  mustahkam  bilim  va 

ko‘nikma shakllantirish mumkin bo‘ladi.  

Maktabgacha  ta’lim  muassaslari  uchun  yaratilgan  ta’lim-tarbiya  dasturi, 

Maktabgacha ta’limga  qo‘yiladigan  Davlat talbalariga muvofiq  barcha guruhda 

bolalar yurish, yugurish, muvozanat saqlash, sakrash, uloqtirish, tirmashib chiqishga 

o‘rganib,  uni  takomillashtirib  boradilar,  sport  o‘yinlari:  bastketbol,  futbol,  sport 

elementlari va hokazolarni egallaydilar.  


Yüklə 277,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə