3-mavzu: taraqqiyotning “O‘zbek modeli” mohiyati va fuqarolik jamiyatini barpo etishning nazorat savollariga javoblar



Yüklə 22,14 Kb.
səhifə1/6
tarix02.01.2022
ölçüsü22,14 Kb.
#41806
  1   2   3   4   5   6
3-mavzu taraqqiyotning “O‘zbek modeli” mohiyati va fuqarolik ja
1 ргр тоэ, YOZUV HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA, Topshiriqlar Frazeologizm, Документ Microsoft Word, 5A-20ttat mustaqil ish, Глаголы 1000 та(1)(1), Jumaev 2020 J. Phys.- Conf. Ser. 1515 052040, gidravlik mashinalar. nasoslar tuzilishi va ularning parametrlari. (1), gidravlik mashinalar. nasoslar tuzilishi va ularning parametrlari. (1), optik tolali tizimlar, kimyo2021, 5 (2), 1, автореферат Холходжаев

3-MAVZU: TARAQQIYOTNING “O‘ZBEK MODELI” MOHIYATI VA FUQAROLIK JAMIYATINI BARPO ETISHNING
Nazorat savollariga javoblar.


  1. Taraqqiyotning “o‘zbek modeli”ning konseptual asoslarini ta’riflab bering.

Yurtimizda amalga oshirib kelinayotgan izchil islohotlar bilan hamohang ravishda jamiyatimiz rivojlanishi to‘g‘risidagi ilmiy nazariy qarashlar va xulosalar ham muttasil ravishda takomillashib, rivojlanib kelmoqda. Bu o‘rinda alohida ta’kidlash joizki, 2010 yil 12 noyabrda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida davlatimiz rahbari I.A.Karimov tomonidan ilgari surilgan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” jamiyatimiz taraqqiyotining yangi strategik dasturi bo‘lib xizmat qilmoqda. Ta’kidlash joizki, mazkur konsepsiya jamiyat rivojlanishi to‘g‘risidagi eng zamonaviy va mukammal ilmiy g‘oyalar sirasiga kiradi.

Yurtimiz siyosiy taraqqiyoti, uning konseptual ta’minoti mustahkam bo‘lganligi tufayli izchil ravishda ro‘y bermoqda. Xalqaro globallaShuvning turli salbiy ta’sirlariga nisbatan jamiyatimizning barqaror immuniteti kafolatli ravishda ta’minlanib bormoqda.

Mamlakatimiz istiqloli tufayli Prezident I.A.Karimov tashabbusi bilan amalga oshirib kelinayotgan zamonaviy mustaqil demokratik taraqqiyot bilan bog‘liq yangicha ilmiy qarashlar, konseptual xulosalar mohiyatini anglash, o‘rganish muhim dolzarb ahamiyatga egadir.

Davlat suverenitetiga erishish natijasida mamlakatimiz o‘z sotsio-madaniy zaminlariga tayangan holda, rivojlanish imkoniyatlariga bevosita ega bo‘ldi. Shu munosabat bilan alohida ta’kidlab o‘tish joizki, har qanday yosh mustaqil davlat oldida o‘z istiqlolini ro‘yobga chiqarish uchun mamlakatning aniq shart-sharoitlari, ehtiyojlari, maqsadlarini qamrab oluvchi samarali siyosiy taraqqiyot modelini belgilab olish vazifasi turadi. Ushbu masalaning yuqori darajada hal etilishi mamlakatning izchil taraqqiyoti uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Har bir mamlakat konkret amaliyotidan kelib chiqqan holda, rivojlanish g‘oyasini qabul qilinishi ya’ni, taraqqiyotning konseptual asoslarini aniq belgilanishi bu o‘rinda hal qiluvchi ahamiyatga egadir.

Davlatimiz rahbari I.A.Karimovning asarlari, nutq va ma’ruzlarida mustaqil mamlakatimiz siyosiy taraqqiyotining nihoyatda o‘ziga xos, davr talablarini har tomonlama hisobga olgan, xalqimizning asriy orzu-umidlarini o‘zida mujassam etgan ilmiy-nazariy jihatlari echib berildi. Prezidentimiz xulosa qilganidek, “Mustaqillikka erishgan har bir mamlakat o‘z taraqqiyot yo‘lini izlaydi, yangi jamiyat barpo etishda o‘z andozasini ishlab chiqishga intiladi. Ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyat, odamlar o‘rtasida tarkib topgan munosabatlar, ularning dunyoqarashi, jumladan diniy e’tiqodi, ruhiyati va xulq-atvor normalari Shuni taqazo etadi. Dunyoda ijtimoiy taraqqiyot yo‘lining turli variantlari mavjud. Turkiya, Janubiy Koreya, SHvetsiya modellari va boshqalar bunga misoldir. Bir qancha musulmon mamlakatlari va yangi industrial mamlakatlarning tajribasi ham Shuni ko‘rsatadi. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Ovro‘po mamlakatlari va Yaponiya xalq xo‘jaligini qayta tiklash ham buning amaliy namunasidir.

O‘zbekiston boshqa davlatlar taraqqiyoti jarayonida to‘plangan va respublika sharoitiga tatbiq qilsa bo‘ladigan barcha ijobiy va maqbul tajribalardan shak-Shubhasiz samarali foydalanadi. Gap biron-bir modelni, hatto u ijobiy natijalar bergan taqdirda ham, ko‘r-ko‘rona ko‘chirib olish to‘g‘risida borayotgani yo‘q. Aniq-ravshan vositalar va usullar qaysi mamlakat uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, o‘sha mamlakatning o‘ziga xos sharoitidagina ijobiy natija beradi.




  1. Yüklə 22,14 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə