30-mart 1991-yil 3-bet. Markaziy Farg’ona bahor keldi sizni so’roqlab



Yüklə 20,72 Kb.
tarix20.11.2023
ölçüsü20,72 Kb.
#166487
BAHOR keldi sizni so


30-mart 1991-yil 3-bet. Markaziy Farg’ona
BAHOR keldi sizni so’roqlab
O’lkamizga bahor keldi . Fasli bahor yaxshi kunlarni ‘Navro’z’ni olib keldi . Shu bilan birga yaxshi kishilarni, yaqin do’st va birodarlarni eslash kunini-Xotira kunini ham olib keldi. Ana shunday ulug’ kunlarda marhum ustozlarni , do’stlarni eslash maqsadida qo’limga qalam tutqazdi , bahor.
Yozyovonga bahor keldi, Sizni so’roqlab , marhum ustoz Tursinboy OLImov . Sizni do’stlaringiz , tengdoshlaringiz , shogirdlaringizdan yana bir bora qanday inson ekanligingizni el-yurtga bildirmoq niyatida so’roqladi Yozyovon bahori . Eshiting , ahli mo’min kim edi Tursinboy Olimov .
Xomidjon Rahimov , Xonbod qishloq Sho’rosidagi 12-maktab direktor o’rinbosari : -Tursunboy Olimov bilan deyarli tengdoshmiz. Chkalov nomli maktabda birga o’qidik . Biz o’qish bilan birga , men rayon komsomol tashkilotida, Tursunboy maktabda pionervojatiy (rayonda kadrlar kam edi) bo’lib ishlardik. Chkalov nomli 1952 yilda bitirgan birinchi qaldirg’ochlarmiz. Ko’p sohada hamfikr edik .Taqdir hamfikrlarni har tomonlama yaqinlashtirdi . Xonadoniga kuyov bo’lib qoldim . Uning ko’p xislatlarini , Yozyovon xalq ta’limini rivojlantirish, mahalliy o’qituvchilarni tarbiyalash borasidagi ishlarni misollar asosida ko’plab gapirish mumkin.
Tursinboy maktabni ,bolalarni naqadar sevar edi . 1983 yili uni viloyat markaziy kasalxonasidan og’ir ahvolda olib kelishdi. 20 sentyabr kuni “Xomidjon , bolalarga aytmaysizmi, meni maktabga olib kirib bir aylantirishsin. “ –dedi. Bu uning so’nggi orzusi edi.
Turg’unboy Xoliqov , hikoya xalq ta’limi metodisti :

  • Turg’unboy bilan Farg’ona pedagokika institutini birin ketin tamomladik. U ishni Chkalov nomli maktabdan boshladi. Tez orzda jonkuyar o’qituvchi sifatida o’qituvchilar, pedagogic jamoa va ota-onalar o’rtasida obro’ qozondi. Bir nech yil shu maktabda ilmiy bo’lim muduri va maktab derektori sifatida ishladi.

Tursunboy birovga yomonlikni ravo ko’rmas, yiqilganni suyar , qoqilganni to’g’ri yo’lga solardi. Men ham adolatsizlik tufayli qoqilganman. O’sha vaqtda Tursunboy bilan birga 18 oy 26 kun birga ishlaganman. Tursunboy menga ,, Turg’unboy, vaqt keladi adolat tantana qiladi’’ deb i9shontirardi. Do’stim yozyovonlik muallimlar o’rtasida birinchi bo’lib ,,SSSR maorif alochisi’’ ko’krak nishoniga sazovor bo’lgan soxovatli, mard,
pok, insofli, imonli, irodali inson edi
Qurbonali Orziev , Shkalov nomli maktab fizika o’qituvchisi:
-Mahrum ustoz Olimov 1975 yildan 1981 yigacha 29-o’rta maktabda (xozirgi U . Yusupov nomli 1-o’rta maktab) fizika o’qituvchisi sifatida birga ishladim. Domla maktab direktori edi. Lekin sinf jurnalini yuritishdan tortib kabinet jihozi qanday bo’lishigacha o’rgatishdan erinmaydigan mexnatkash. Oq ko’ngil , fidoi, olijanob inson edilar. Bir narsa esimda. Maktabda mezavor bog’ tashkil qilishni domla taklif qilishdi. Ko’pchilik rozi bo’ldi.
Tojikistonning Konibodomidan bodom ko’chati olib kelib, bog’ tashkil qilindi . Lekin bog’ni o’sha vaqtning paxta uchun ,,jonkuyar’’ laridan biri buzdirib o’rniga ,,oq oltin’’ ektirdi. Xozir esa maktab bog’lari tashkil qilish talab qilinyapti.
Xotira kunida ustozni eslash bilan birga uning nomida maktab bo’lishini juda – juda istardim.
Tursunboy Olimov haqida A. xayrutdinov, A. Nabiyev , b.Ismoilov kabi o’rtoqlarning fikrlari ham bir jahon.
Qani aytchi , Yozyovon bahori, bizning ustoz qanday inson bo’gan ekan? Tursunboy Olimov – insonparvar odamgarchiligi zo’r, muruvvatli, mehnatkash, mehmondo’st, samimiy, oq ko’ngil, fidoyi, sadoqatli, baynalminalchi, vadaga bafoli, sahovatli, mard, pok, xalol, olijanob, himmatli, rostgo’y, mas’uliyatli, vijdonli, diyonatli, insofli, iymonli, irodali inson deb ayting ahli mo’minga. Bunday kishilarni jannati deydilar.
Bahor so’roqlab kelga bunday zotga bizning hurmatimiz qanday bo’lyapti? Nahotki , el-yurtim, Yozyovonim,deb o’z uyini, rohatini, salomatligini o’ylamaganbir fidoyi insonga Chkalov nomidagi3-orta maktab nomini almashtirish mumkin emas?!
Axir Tursunboy Olimov Chkalov nomli maktab shuhratini jumxuriyatga tanitdi. Moskvada maktab ishlarini targ’ib qildi. Hozirgi 1-o’rta maktab qurilishini birkazdirib viloyatdagi maktablar qatoriga qo’shdi.
Ha, yillar o’taveradi. Kechagi go’dak ertaga ota-ona. Biroq , u hech bo’lmaganda o’z nohiyasidan chiqqan xalqaining farzandlari yo’lida jon fido qilgan kishilar nomida maktab bo’lishini istaydilar.
Sizlarni so’roqlab Yozyovonnng bahori keldi, marhum ustozlar Sulaymon Tudiyev, Ma’rufjon Hotamov, Nosirjon Xayitaliyev, Radik Ro’ziyev, Farida Valapova, asqar Qo’ziyev, Abdullajon Usmonov, marhum do’stlarim – Abdullo Abdurahmonov, Abduqayun Abdullayev, mamaroziq Shermatov! Ha, Sizlarni bahor so’roqlayapti, odamlar xotirlayapti!
Azimjon Egamberdiyev, SSSR maorifi va O’zbekiston SSR xalq maorifi a’lochisi, metodist o’qituvchi, 5-o’rta maktab direktori.
Yüklə 20,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin