3мавзу: Asosiy dori vositalar ro‘yxatini shakllantirish. Asosiy dori vositalar ro‘yxatini dori ta'minoti tizimidagi o‘rni va ahamiyati Reja



Yüklə 14,14 Kb.
tarix11.03.2023
ölçüsü14,14 Kb.
#87369
3 мавзу ФИТК 4 семестр


3мавзу: Asosiy dori vositalar ro‘yxatini shakllantirish. Asosiy dori vositalar ro‘yxatini dori ta'minoti tizimidagi o‘rni va ahamiyati


Reja:
1.Aholini dori vositalar bilan ta'minlashda Asosiy dori vositalar ro‘yxatinini o‘rni va ahamiyati.
2.Asosiy dori vositalar ro‘yxatini tuzish
3.Asosiy dori vositalar ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritish


Tayanch iboralar: asosiy dori vositalari ro‘yxati,milliy dori siyosati,poliprigmaziya.

Asosiy dori vositalarining birinchi taxminiy ro‘yxati 1977 yilda JSST tomonidan chop etilgan. Bir yil o‘tgandan so‘ng JSST/YuNISEF Alma-Atada bo‘lib o‘tgan asosiy konferensiyasida birlamchi tibbiyot-sanitar yordami bo‘yicha dori vositalarining daxlliligi eng zarur sakkiz elementlardan biri deb ataldi.


1979yil JSST tomonidan asosiy dori vositalari bo‘yicha harakatlanadigan dastur tayyorlandi.
1985 yildagi konferensiyada yig‘ilgan ekspertlar dori vositalaridan oqilona foydalanish bo‘yicha farmasevtik sharoitlarni yaxshilash strategiyasiga yana katta yo‘nalish ochdi.
1986 yilda JSST ekspertlari Davlat dori siyosati bo‘yicha yig‘ilishiga a'zo davlatlar uchun amaliy tavsiyanomalar ishlab chiqildi, xamda «Davlat dori siyosatini tuzish tavsiyanomasi»nomi bilan chop etildi.
O‘zbekistonda birinchi asosiy dori vositalar ro‘yxatini qabul qilish.
-Moliyaviy sarflar camaradorligini oshirish choralariga amal qilish;
-o‘zini oqlamaydigan xarajatlarni qisqartirish nozik xastaliklarga terapevtik yordam ko‘rsatishda davlat moliyalashtirish kvotasini oshirish;
-kam ta'minlangan va muxtoj (aholining dekretlashtirilgan qatlami) larning ijtimoiy taminotni yaxshilash davlat yoki xususiy –tibbiy sug‘urta holatining bir qismi sifatida aholining DV ga sarfini qoplash tizimini takomillashtirish;
-iste'molchilar DVlar uchun sarflagan mablag‘larini qisman bo‘lsada to‘lab berish ;
-DV moliyalashtirishning (vaqtinchalik) turi sifatida foydalanish;
-DV bilan ta'minlash maqsadida hayriya tadbirlarini yo‘lga qo‘yish;
-shifoxona rahbariyatlarining kelishuvi asosida tanlangan dori vositalarini cheklangan miqdorda iste'mol qilish dorilar bilan yaxshi ta'minlash, oqilona tavsiya etish hamda sarf-xarajatlarni kamaytirishga olib keladi.
“Asosiy dori vositalari ro‘yxati”ga tashxis va davolash standartlarida mavjud bo‘lgan dori vositalari kiritilgan. Unga kirmagan dori vositalari byudjetdan tashqari yoki bemorlarga o‘z hisobidan tavsiya etiladi. Tabiiy savol tug‘iladi. Asosiy dori vositalariga nimalar kiradi? Asosiy dori vositalari stasionar davolanuvchi bemorlar ehtiyojini qoplash maqsadida tanlab olingan dori vositalarining xalqaro patentlanmagan nomlari bo‘yicha ro‘yxati hisoblanadi. U sog‘liqni saqlash sohasidagi eng muhim ehtiyojlarni qoplash maqsadida tanlab olingan dori vositalarining chegaralangan ro‘yxatidir. Turli davlatlarda bu ro‘yxat 350-450 tani tashkil etadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti barcha mamlakatlarga dori vositalari borasida umumiy yagona davlat siyosatini yurgizishni shakllantirish va amalga oshirishni tavsiya etadi. Shuningdek, dori vositalari oldi-sotdi jarayonlarini tartibga soluvchi O‘zbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmasevtika faoliyati to‘g‘risida”gi qonunining yangi tahriri qabul qilingan. Unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi “Asosiy dori vositalari ro‘yxatidagi dori vositalarining, shuningdek, tibbiy buyumlarning mavjud bo‘lishi ustidan nazoratni ta'minlashi, ikki yilda kamida bir marta – asosiy dori vositalari ro‘yxatini ishlab chiqishi va tasdiqlashi” bo‘yicha vakolatlari belgilangan.


Nazorat savollari:
1. Asosiy dori vositalar ro‘yxati qanday ro‘yxat?
2.Aholini dori vositalar bilan ta'minlanishi davlat tomonidan nazorati qanday amalga oshiriladi?
3.O‘zbekistonda birinchi Asosiy dori vositalar ro‘yxati qachon tasdiqlangan?
4.Qanday me'yoriy xujjat bilan ADV ro‘yxati tasdiqlangan?
Yüklə 14,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin