4-MA’RUZA DINAMIKANING ASOSIY TUSHUNCHALARI VA QONUNLARI.
Reja
Dinamikaning asosiy tushunchalari va ta’riflari.
Dinamikaning asosiy qonunlari.
Inertsial sanoq sistemasi
Mexanik o’lchov birliklari sistemasi.
Moddiy nuqta harakatining dijferensial tenglamalari.
Bog’lanishdagi nuqtaning harakat differentsial tenglamalari.
Moddiy nuqta dinamikasining ikki asosiy masalasi.
Dinamika nazariy mexanikaning asosiy bo’limi bo’lib. unda jismlarning mexanik harakat qonunlari shu harakatni vujudga keltiruvchi kuchlarga bog’liq holda o’rganiladi.
Mexanikaning asosiy, birlamchi tushunchasi bo’lgan kuch dinamikada moddiy jismlar harakatini o’zgartiruvchi ta’siri bilan aniqlanadi. Dinamikada jismlarga o’zgarmas kuchlardan tashqari miqdori va yo’nalishi o’zgaruvchan kuchlar ham ta’sir ko’rsatishi mumkin deb qaraladi. Kuchlar aktiv, faol yoki passiv. chunonchi. bog’lanish reaktsiya kuchlari bo’lishi mumkin.
Dinamikaning asosiy tushunchalari va ta’riflari.
Massa jismlarning moddiy miqdor o’lchovi bo’lib, dinamikaning asosiy tushunchalaridan biri hisoblanadi. Jismning harakati faqat unga qo’yilgan kuchgagina bog’liq bo’lmay, uning inerlligiga ham bog’liq. Jismning inertligini miqdor jihatdan ifodalovchi fizikaviy kattalik jismning massasi deyiladi. Biz o’rganayotgan mexanika klassik mexanika bo’lib, bunda jismning tezligi yorug’lik tezligidan ancha kichik, uning massasi o’zgarmas, skalyar va musbat kattalik deb qaraladi.
Harakatini o’rganishda o’lchamlari ahamiyatga ega bo’lmagan, lekin massaga ega moddiy jismga moddiy nuqta deyiladi. Moddiy nuqta asl ma’noda, biror jismni anglatgani uchun u shu jismning massasiga teng massaga va shu sababli, jism kabi ta’sirlasha olish xususiyatiga ega bo’ladi. Moddiy nuqta tushunchasiga binoan, mexanik sistema yoki jism massasi uni tashkil yelgan moddiy nuqtalar massalarining yig’indisi bilan aniqlanadi. Umumiy holda, jismning harakali faqat ushbu moddiy nuqtalar yig’indisigagina emas, ularning jism bo’ylab taqsimlanishi (jism shakli)ga ham bog’liq.
Dostları ilə paylaş: |