4-ma’ruza. Yo‘qotishli va yo‘qotishsiz siqish usullari. Modemlarda siqish algoritmlari.
Reja:
Matnli axborotlarni kodlash.
Tasvirli axborotlarni kodlash.
Ma’lumot (Matn, audio va video)larni siqish.
Yo‘qotishli va yo‘qotishsiz siqish usullari.
Zamonaviy modemlarda siqish algoritmlari.
Multimedia axborotlarini uzatish asosi bo‘lib ko‘pincha multiservis tarmoqlari bo‘lib qolayapti. Ular turli xildagi ma’lumotlarni uzatishga va turli trafiklarni integrasiya qilish imkoniyatiga ega. Multiservis tizimlarini yorqin va murakkab misoli bo‘lib audio va video uzatishlar bo‘lib qoldi.
Radio Radioaloqaning nazariy asosi ingliz olimi D. Maksvell tomonidan ishlab chiqilgan.1864 yilda D. Maksvell yorug‘lik tezligi bilan tarqaladigan elektromagnit maydoni o‘zgaruvchan tok o‘tkazuvchisi atrofida paydo bo‘lishi kerakligini nazariy isbotladi.
1887 yilda nemis fizigi G.Gers elektromagnit to‘lqinlar borligini amaliy ko‘rsatdi.
D. Maksvell tomonidan elektromagnit to‘lqinlar ochilishi va G.Gers tomonidan eksperimental tasdiqlanishi bilan radio rivojlanishi davri boshlandi.
G.Gers g‘oyalarini A. Popov rivojlantirib 1895 yilda birinchi marotaba radio aloqa bo‘yicha axborot uzatdi.Birinchi radiouzatuvchilar Markoni tomonidan qurilgan va patentlangan.
Televideniya
1884 yil Nipkov (Germaniya) diski yordamida ovozni qayta ishlash va uzatishga birinchi harakat qilingan.
1907 yil Rozing elektron nur trubka yordamida tasvirli uzatishdan foydalanishga taklif bergan. 1911 yil dunyoda birinchi televizion uzatish amalda qo‘llanildi.
Elektron nur trubka yordamida – ikonoskop (uzatuvchi) va kinaskop (qabul qilish) asosida televideniya yo‘lga qo‘yilgan.
XX asrning 30 yillari o‘rtalarida televizion uzatish muntazam yo‘lga qo‘yilgan.