4-mavzu: astrofizikadagi kompakt ob’ektlar. Qorong‘I MATERIYA VA Qorong‘i energiya. Gravitatsion to‘lqinlar



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə1/5
tarix30.03.2022
ölçüsü0,59 Mb.
#54422
  1   2   3   4   5
4-mavzu ZFvaA amaliy.


4-MAVZU: ASTROFIZIKADAGI KOMPAKT OB’EKTLAR. QORONG‘I MATERIYA VA QORONG‘I ENERGIYA. GRAVITATSION TO‘LQINLAR.

REJA

  1. Yulduzlarning so’nishi va kompakt ob’ektlarning paydo bo’lishi

  2. Oq mittilar, neytron yulduzlar va qora tuynuklar.

  3. Materiyaning yangi shakllari: qorong’i modda va qorong’i energiya.

  4. Gravitatsion to’lqinlar.


Tayanch iboralar: oq mittilar, neytron yulduzlar, qora tuynuklar, qorong’i materiya, qorong’i energiya, gravitatsion to’lqinlar.
Yulduzlarning so’nishi va kompakt ob’ektlarning paydo bo’lishi

Qora tuynuklar – bu fazo-vaqtning shunday soxasiki, kuchli gravitatsion maydon hisobiga u erni xatto yorug’lik tezligida xarakatlanuvchi zarralar, shuningdek yorug’lik kvantlari ham tark eta olmaydilar. Ushbu sohaning chegarasi xodisalar gorizonti deb ataladi, uning o’lchami esa gravitatsion radius deyiladi. Eng sodda holda – sferik-simmetrik qora tuynuklar uchun ushbu o’lcham Shvartsshild radiusiga teng. Nazariy jixatdan bunday ob’ektlarning mavjudligi Eynshteyn tenglamalarining ba’zi aniq echimlari tomonidan kelib chiqadi. Bunday echimlarning birinchisi Karl Shvartsshild tomonidan 1915 yili topilgan1.

Zamonaviy fan bizga so’nuvchi massiv yulduzlar bilan bog’liq ko’pgina hayratomus hodisalarni tanishtiradi. Ularni million yillar davomida saqlab kelgan yonilg’isining etarli bo’lmay qolishi bilan yulduz ortiq muvozanat holatini saqlab qola olmaydi va o’z og’irligi ta’sirida markazi tomon siqiladi, ya’ni kollapsga uchraydi. Inson hayotiga o’hshab yulduzlar ham o’zining yashash tsikliga ega. Ular chang bulutlarida tug’iladi, o’sadi va million yillar yorug’lik sochib parlanadi va o’ladi. Yulduz o’zining dastlabki bosqichlarida hosil bo’lgan vodoroddan, keyin bosqichlarda geliydan va nihoyat og’ir elemenlardan iborat ichki yonilg’isi xisobiga yorug’lik sochadi. Har bir yulduz o’zining markazga tortuvchi gravitatsiyasi va unga qarama qarshi yo’nalishlardagi ichki bosim kuchlari bilan muvozanatga ega. Bu muvozanat yonilg’i temirga aylanadigan vaqtgacha saqlanadi. Gravitatsiya bosim kuchlaridan kattalashadi va yulduz siqila boshlaydi.


Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin