Мм
4-mavzu: AYLANMADAN OLINADIGAN SOLIQ Ma’ruzachi: PhD. Abdullayev Dilmurod Aliyar o‘g‘li
Toshkent moliya instituti
“Soliqlar va soliqqa tortish” kafedrasi
REJA: 1. Aylanmadan olinadigan soliqning iqtisodiy mohiyati va soliq to’lovchilari.
2. Aylanmadan olinadigan soliqni qo’llashning o’ziga xos xususiyatlari.
3. Soliq solish ob’ekti va soliq bazasi.
4. Soliq stavkalari.
5. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotlarini taqdim etish va soliqni to’lash tartibi.
Aylanmadan olinadigan soliqning iqtisodiy mohiyati va soliq to’lovchilari Bugungi kunda mamlakatimizda kichik biznesni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, mulkdorlar sinfini shakllantirish, bozorlarni mahsulotlar bilan to‘ldirish, raqobat muhitini yaratish, ishsizlikka barham berish mamlakat oldida turgan asosiy vazifalardan biri sanaladi.
Soliqqa tortish tizimida olib borilayotgan islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, kichik biznes subyektlarini soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish hisoblanadi.
Aylanmadan olinadigan soliqning iqtisodiy mohiyati va soliq to’lovchilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-apreldagi «Kichik korxonalar uchun ixchamlashgan soliqqa tortish tizimiga o‘tishni qo‘llash to‘g‘risida»gi 159-son qaroriga asosan mikrofirma va kichik korxonalar soliqqa tortishning umumbelgilangan tartibidan soddalashtirilgan, ya’ni ixchamlashtirilgan soliq rejimiga o‘tkazildi. Bunda kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lash yoki umumbelgilangan tartibda soliq majburiyatlarini bajarish ixtiyoriy ekanligi qat’iy belgilandi.
Aylanmadan olinadigan soliqning iqtisodiy mohiyati va soliq to’lovchilari Mikrofirmalar va kichik korxonalarni jadal rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish hamda uning mamlakat iqtisodiyotida ahamiyati va ulushini tubdan oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 20-iyundagi «Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-3620-son farmoniga muvofiq 2005-yilning 1-iyulidan boshlab O‘zbekiston soliq tizimi amaliyotida kichik biznes subyektlarining ba’zi toifalari uchun yagona soliq to‘lovi joriy qilindi.