Java dasturlash tili va Java dasturining ishlash printsipi
Javaning qisqacha tarixi
Java dasturlash tili paydo bo’lishidan oldin dasturlar aniq bir operatsion tizim boshqaruvi ostida ishlaydigan qilib yaratilgan. Ma’lum bir operatsion tizim uchun yaratilgan dastur boshqa operatsion tizimida ishlay olmagan. Java dasturlash tili ushbu tushunchani o’zgartirib operatsion tizimga bog’liq bo’lmagan dasturlashni kiritdi. Java dasturlash tili zamonaviy dasturlash tili taminlab berishi kerak bo’lgan barcha funktsiyalarni o’z ichiga olganligi uchun qisqa vaqt ichida dasturchilar orasida keng tarqaldi. Jumladan, Java dasturlash tili quyidagi xususiyatlarga ega:
Ob’ektlarga ixtisoslashish xususiyatlari
Ko’pvazifalilik
Avtomatik xotira menejmenti (keraksiz ob’ektlarni yig’ishtirish)
Tarmoq va xavfsizlik xususiyatlari
Platformaga bog’liq emaslik
Java dasturlash tili nisbatan yangi dasturlash tili xisoblansada ayni vaqtda boshqa dasturlash tillari singari mavjud imkoniyatlari bilan bir o’rinda turadi.
Java dasturlash tili kompilyatsiya va interpretatsiya qilinuvchi til xisoblanadi. Java birlamchi kodi avval kompilyator yordamida sodda ikkilik instruktsi, bayt-kodga o’giriladi. Ushbu bayt- kod Java virtual mashinasi uchun dastur amallarini bajarish uchun ko’rsatma bo’lib xizmat qiladi. Bayt-kod universal bo’lib turli platformalar uchun maxsus yaratilgan barcha Java virtual mashinalari yordamida bajarilishi mumkin. Bu o’z navbatida Java dasturini platformaga bog’liq bo’lmasligini ta’minlaydi.
Aksariyat zamonaviy dasturlash tillari inson uchun unda dastur yozishi va tushinishini osonlashtirib tuzilgan. Bunday dasturlar yuqori-darajali dasturlash tillari deb ataladi. Kompyuter tushunadigan tilni mashina tili deb ataladi va ular past-darajali tillar deb ataladi.Yuqori-darajali dasturlash tilida yozilgan dasturni kompyuterda ishga tushirishdan oldin uni mashina tiliga o’girib olish kerak. Bunday o’giruvchi dasturni kompilyator va o’girish jarayonini kompilyatsiya deb ataladi.
Aksariyat dasturlash tillarining bitta kamchiligi bu ularning kompilyatorlari yuqori-darajali dasturlash tilida yozilgan dasturni to’g’tidan-to’g’ri mashina tiliga o’giradi. Xar-hil kompyuterlar xar-hil mashina tilini ishlatishi sababli xar-bir kompyuter turi uchun o’zining maxsus kompilyatori zarur bo’ladi. Java dasturlash tili kompilyatsiyaga boshqacha yondashadi.
Java kompilyatori dasturni aniq bir kompyuterning mashina kodiga tarjima qilmaydi. Buni o’rniga kompilyator dasturni bayt-koddeb nomlanuvchi tilga o’giradi. Bayt-kod aniq bir kompyuterning mashina kodi xisoblanmaydi. Bayt-kod Java virtual mashinasining mashina kodi xisoblanadi. Java virtual mashinasi o’z navbatida bayt-kodni o’zi joylashgan kompyuterning mashina kodiga o’girib amalga oshiradi.
Java dasturini bajarish uchun quyidagilarni bajarish kerak bo’ladi. Dasturchi birlamchi kodni javakengaytmali faylga saqlaydi. So’ng, Java kompilyatori yordamida birlamchi kodni kompilyatsiya qilib class kengaytmali fayl xosil qiladi. Xosil bo’lgan faylni Java interpretatori yordamida bajaradi.
Java dasturlash tilida dastur tuzish va uni ishga tushirish jarayonini quyidagi misol yordamida ko’rib o’tamiz. Ushbu misolda keltirilgan kod sintaksisi va operatorlariga emas, balki dastur tuzish va ishga tushirish jarayoniga e’tibor qilamiz. Shartli ravishda dasturlash jarayonini 3 boshqichga bo’lib olamiz: