46. Noto’g’ri fikrni aniqlang?



Yüklə 405,23 Kb.
səhifə1/3
tarix12.09.2023
ölçüsü405,23 Kb.
#142876
  1   2   3
biologiya


1-variant
46. Noto’g’ri fikrni aniqlang?
A) g’alvirsimon suyaklarni oraliq modda orasida qizil ilik joylashgan
B) narvonsimon muskul hujayralari ko’p yadroli
C) mimika muskullar harakati odam ixtiyoriga bog’liq
D) sonning oldingi tomondagi muskullar son-chanoq bo’g’imini bukishda qatnashadi
47. Quyidagi rasmdan pulpa(a)va dentin(b)tasvirlangan raqamlarni tanlang.

A)a-1,b-2 B)a-2,b-3
C)a-3,b-2 D)a-3,b-4
48. G`ovak tolali biriktiruvchi to`qimalrni belgilang.
A) teriosti yog` kletchatkasi, yurak xaltasi
B) suyak togay
C) chin teri, qon tomirlar devori, paylar
D) qon, limfa
49. Quyidagi holatlar qaysi jarayonlarga mos keladi?
1) ikki xromatidli xromosomalarining diploid to’plami; 2) bitta DNKli xromosomalarining gaploid to’plami; 3) ikki xromatidli xromosomalarning gaploid to’plami; 4) xromatidalar tetradasi; 5) bitta DNKli xromosomalarning diploid to’plami
A) 1-mitoz anafasi; 2-telofaza I; 3-telofaza II; 4-profaza II; 5-mitoz telofazasi
B) 1-mitoz profazasi; 2-telofaza II; 3-telofaza I; 4-profaza I; 5-mitoz telofazasi
C) 1-mitoz metafazasi; 2-metafaza II; 3-telofaza II; 4-profaza I; 5-mitoz anafazasi
D) 1-mitoz telofazasi; 2-telofaza II; 3-metafaza I; 4profaza II; 5-telofaza I
50. Tridakna (I) va dengiz ko’p tuklisi (II) ning ektoderma (a), mezoderma (b) va endoderma (c) varaqalaridan ilk paydo bo’lgan organlarni to’g’ri juftlab ko’rsating.
1) mantiya pardasi; 2) paypaslagich; 3) so’lak bezlari; 4) jigar; 5) bosh miya; 6) oshqozon; 7) orqa qon tomiri; 8) teri epiteliysi; 9) qorin qon tomiri; 10) chig’anoq; 11) tasmasimon buyrak; 12) qizilo’ngach
A) I-a-10; b-9; c-4; II-a-2; b-7; c-12
B) I-a-5; b-4; c-3; II-a-8; b-7; c-12
C) I-a-5; b-9; c-3; II-b-12; c-6
D) I-a-1; b-11; c-4; II-b-7; c-6
51. Jinsiy hujayralarning yetilishi dastlab meyoz, keyin mitoz usulida amalga oshuvchi organizmlarni belgilang.
1) olabo’ta; 2) bo’rigul; 3) xongul; 4) korsak; 5) kuchala; 6) jo’ka; 7) kaputsin; 8) kojan; 9) hisor
A) 1, 2, 5, 6 B) 1, 6, 7, 8 C) 3, 4, 7, 9
D) 2, 3, 4, 5
52. Dengiz tulkisi (a) va gigant manta (b) ning bosh skeleti suyaklarini aniqlang.
1) jag’lar; 2) suyak bilan qoplangan miya qutisi; 3) tog’aydan iborat miya qutisi; 4) jabra ravoqlari; 5) kamar suyaklari; 6) jabra qopqoqlari
A) a – 1, 3, 4; b – 1, 2, 6 B) a – 3, 5; b – 3, 5, 6
C) a – 1, 3; b – 1, 3 D) a – 1, 2, 4, 6; b – 1, 3, 4, 5
53. Tapirning suv ayg’iridan farqli jihatlari qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
1) oshqozoni bo’lmalarga bo’linmagan; 2) faqat uchinchi barmog’i kuchli rivojlangan; 3) karkidon bilan bir turkumga mansub; 4) bolalari ko’zi ochiq tug’iladi; 5) qoziq tishlari kuchli rivojlangan; 6) ko’richak o’simtalari juda uzun
A) 2, 6 B) 1, 3
C) 4, 5 D) 1, 2
54. Los (a) va losos (b) uchun xos bo’lgan belgilar ko’rsatilgan javobni aniqlang.
1) kamar suyaklari umurtqa pog’onasiga tutashmagan; 2) tana harorati tashqi muhitga bog’liq emas; 3) gastrulyatsiya jarayonida uch qavatli murtak varaqlari hosil qiladi; 4) embrional davrida jabra mavjud bo’ladi; 5) ko’payishi tashqi urug’lanish orqali amalga oshadi; 6) homilasi bachadonga yo’ldosh orqali bog’langan
A) a – 1, 4; b – 2, 5 B) a – 2, 5; b – 1, 6
C) a – 4, 5; b – 3, 6 D) a – 2, 6; b – 1, 5
55. Hayvonlar haqidagi noto’g’ri ma’lumotni aniqlang.
A) Oqchaning yurak qorinchasidan chiqqan qon qorin aortasidan jabraga, undan orqa aortaga chiqadi
B) Ko’l baqasining o’pka va terisiga ketuvchi kapillyarlardagi qon tarkibida karbonat angidridning konsentratsiyasi kislorodga nisbatan yuqori bo’ladi
C) Gulmoyi balig’ining bosh qutisi qisman suyakka aylangan, umurtqaga birikkan suzgich kamari va suzgich yoylaridan tashkil topgan orqa suzgichining ortida yana bitta suzgichi bo’ladi
D) Cho’l toshbaqaning suyak va muguzdan iborat kosasi qovurg’a, ko’krak, bel, dumg’aza umurtqalari va o’mrov suyaklari bilan tutashgan
56. Geterotrof organizmlarda parazitlik qiluvchi prokariot organizmlarni ko’rsating.
1) sil qo’zg’atuvchisi; 2) rishta; 3) zang zamburug’i; 4) nozema; 5) bo’g’ma qo’zg’atuvchisi; 6) vobo qo’zg’atuvchisi
A) 2, 3, 6 B) 1, 4, 5
C) 1, 5, 6 D) 2, 3, 4
57. Jinssiz ko’payishga mos keluvchi ma’lumotlar to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang.
1) avlod fenotip va genotip jihatdan aynan ona fo’rmasiga o’xshaydi; 2) avlodda kombinativ o’zgaruvchanlik tufayli farq qiluvchi belgilar paydo bo’ladi; 3) avlod faqat modifikatsion o’zgaruvchanlik va somatik mutatsiyalar tufayli ona organizmidan farq qiladi; 4) yangi nav va zot olish maqsadida foydalaniladi; 5) noyob xususiyatli organizmlarni o’zgartirmasdan saqlab qolish uchun foydalaniladi; 6) organizmdagi generativ mutatsiyalar nasldan naslga o’tadi
A) 2, 3, 6 B) 1, 3, 5
C) 2, 4, 6 D) 1, 4, 5
58. Parazit (a), geterotrof (b), avtotrof (c) eukariotlarni aniqlang.
A) a – jigar qurti; b – batsidiya; c – evkalipt
B) a – o’lat qo’zg’atuvchisi; b – yomg’ir chuvalchangi; c – parmeliya
C) a – rishta; b – tovushqon; c – temir bakteriyasi
D) a – tripanasoma; b – oq po’panak; c – matur
59. Qaysi jarayonlar mitoz uchun xos?
1) profaza, metafaza, anafaza, telefaza bosqichlarining bo’lishi; 2) ikkita bir xil irsiy axborotga ega gaploid to’plamli hujayralarning hosil bo’lishi; 3) gomologik xromosomalarning har xil hujayralarga tarqalishi; 4) gaploid to’plamli mikrosporaning bo’linishi; 5) telofazadan so’ng doim sitokinez sodir bo’lishi; 6) diploid to’plamli megasporotsitning bo’linishi
A) 2, 4 B) 1, 5, 6
C) 1, 3 D) 1, 2, 6
60. Tut ipak qurtining xromosomalar soni drozofila diploid xromosoma to’plamidan 7 marta ko’p. Drozofila pashshasi tuxum hujayrasi (a) va tut ipak qurti spermatozoidlaridagi (b) xromosomalar sonini aniqlang.

Yüklə 405,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin