4bt 22S guruh talabasi Komilova Parizodning,,Falsafa ects'' fanidan Mustaqil ta'lim uchun tayyorlagan taqdimoti



Yüklə 355,9 Kb.
tarix25.02.2023
ölçüsü355,9 Kb.
#85583
4BT 22S guruh din madaniyat


4BT_22S guruh talabasi
Komilova Parizodning
,,Falsafa ECTS'' fanidan
Mustaqil ta'lim uchun tayyorlagan
TAQDIMOTI
Bajardi: Komilova Parizod
Qabul qildi: Rajabov Alisher
Mavzu: Din madaniyat fenomi.
Reja:
1. Dinga berilgan tariflar va ularning falsafiy taxlili
2. Dinning ijtimoiy vazifalari.
3. Dinning tasnifi.
Tayanch tushunchalar:
Din, e’tiqod, yo’l, mazhab, religiya, «religio», «relegere», transtsendent, immanent, kulьt, dinshunoslik, “al– Firaq”, “ar–Radd”, “ad–Diyonot”, “al–Milal”, din fe- nomenologiyasi, din sotsiologiyasi, din psixologiyasi va din falsafasi.
Talabalarda dinning mohiyati, dinshunoslik fanining yuzaga kelishi tarixi, dinshunoslik fani sohalari, dinning jamiyatdagi funktsiyalari, dinlarning tasnifi haqida tushuncha va tasavvurlarni shakllantirish. Dinning mohiyati turlicha izohlansa-da, uning asosida ishonch, e’tiqod tuyg’usi yotadi. Darhaqiqat, din ishonmoq tuyg’usidir. Ishonmoq tuyg’usi insoniyatning eng teran va ruhiy-ma’naviy ehtiyojlaridandir.
Din arabcha so’z ekani barchaga ma’lum. Lekin din tushunchasini to’liq anglab olish uchun, uning ham lug’aviy, ham istilohiy ma’nolarini alohida-alohida olib tanishib, tahlil qilish maqsadga muvofiqdir. Arab tilidagi manbalarda qayd etilishicha, din so’zi “دان” (“dâna”) fe’lidan yasalgan bo’lib, “kimgadir bo’ysunmoq, bo’yin egmoq, itoat etmoq, kimdandir qarzdor bo’lmoq, e’tiqod qilmoq, qilgan ishiga yarasha mukofotlamoq”; “diynun” so’zi esa, “din, imon, ajr–mukofot, qilingan ishga yarasha berilgan haq” kabi ma’nolarni bildiradi.
O’zbek tili lug’at adabiyotlarida “din” – ishonch, ishonmoq, e’tiqod, mulk, hukm, hisob, jazo, tadbir, bo’ysunish, itoat qilish, ibodat, parhez, yo’l tutish, odat qilish, e’tiqod qilish ma’nolarini bildirishi keltirib o’tiladi. Islomdan avval turkiy xalqlarning din tushunchasini ifodalash uchun turli davrlarda “drm”, “darm”, “nom” va “den” kabi so’zlarni ishlatganlari ma’lum. Ulardan “drm”, “darm” din, aqida ma’nosida sanskritcha (qadim hind tili) “dharma”dan (Pali tilida dhamma); “nom” din ishonch, qonun ma’nosida sug’d tilidan kirib kelganligi aytiladi. O’zbek tilidagi “din” ma’nosini beruvchi atamalar barcha tillarda mavjud.
Jumladan, zardushtiylarning manbasi “Avesto”da “din” sifatida “daena”, qadimgi fors pahlaviy tilida “den”, “din”, “dena”, “daena” so’zi ishlatilib, «yo’l», «mazhab», «marosim», «uslub», «tarz» kabi ma’nolarni bildirgan. Ibroniy tilida istifoda qilinadigan «dath» so’zi «din» tushunchasini ifodalash uchun umumiy termin bo’lib, «hukm», «amr» va «qonun» ma’nolarini anglatgan.
Rus tilida din ma’nosini anglatadigan «religiya» so’zining kelib chiqishi borasida lug’atlarda bir qancha yondashuvlar keltirib o’tilgan.
Ulardan ba’zilariga ko’ra mazkur atama lotincha «religio» so’zidan kelib chiqib, «diyonat, dindorlik, taqvodorlik, xudojo’ylik, mo’minlik, taqvo, muqaddas narsa yoki joy, qadamjo, ziyoratgoh, ibodat– topinish–sig’inish va u bilan bog’liq diniy marosimlar» degan ma’nolarni anglatadi.
Ikkinchi guruh tilshunoslar «religio» so’zi semantik, ma’no va morfologik jihatdan «relegere» so’zi bilan bog’liq bo’lib, «yangidan to’plamoq, yangidan tanlashga kirishmoq, qayta ishlab chiqish uchun oldingi sintezga qaytish» kabi ma’nolarni anglatadi, deb ta’kidlaydilar.
Olimlar muayyan e’tiqod din deb atalishi uchun uch asosiy xususiyatga ega bo’lishi lozimligini ta’kidlaydilar. Bulardan birinchisi, g’ayritabiiy iloh (yoki ilohlar) haqidagi tasavvurning mavjudligi. Har bir dinda topinish ob’ekti – Xudo bo’lishi shart hisoblanadi.
Mavjud dinlardagi Xudo haqidagi tasavvurlarni shartli ravishda ikkiga – transtsendent va immanent ilohlarga bo’lish mumkin.
Transtsendent ilohlarga insonlar olamidan tashqarida, insonlarga hech qanday aloqasi bo’lmagan, qusur va nuqsonlardan xoli Xudolar kiradi. Bunga misol sifatida tom ma’noda islom dinidagi Alloh taolo va qisman xristianlikdagi Ota Xudo, yahudiylikdagi Yaxvelarni keltirish mumkin.
Immanent ilohlar deganda esa tabiatning bir bo’lagi sifatida tasavvur qilingan, insonlarga o’xshab ketadigan, biroq g’ayrioddiy yaratuvchilik, buzg’unchilik, rizqlantiruvchilikkabikuchlarga ega bo’lgan Xudolar kiradi.
Bunday turdagi ilohlar ko’pincha yo antropomorf (inson qiyofasida) yo zooantropomorf (yarim odam yarim hayvon) yoki zoomorf (hayvon) shaklda tasavvur qilinadi. Bunga misol sifatida Qadimgi Misr, Yunon, Rim tsivilizatsiyalari, zamonaviy Hindiston, Xitoy, Yaponiya dinlarini sanash mumkin
Dunyodagi barcha dinlar mohiyatan o‘ziga xos xususiyatlarga ega: din dunyoga qarashda muqaddas narsalarga hurmat-izzatva qo‘rquv ehtiroslarini paydo qiluvchi ma’lum ramzlar yig‘indisining mavjud bo‘lishini talab qiladi. Bu ramzlar dindorlar jamoasi o‘tkazadigan diniy marosimlar va urf-odatlar (masalan, cherkovlardagi o‘tkaziladigan marosimlar)da ishtirok etadilar. Bundagi har bir guruh o‘ziga xos e’tiborni talab qiladi, lekin shunga qaramay, diniy e’tiqodlarda xudo qo‘rquv, dahshat yoki ehtiromlar tug‘diruvchi mavjudot sifatida ishtirok etishi aytiladi.
Dinning madaniyat fenomeni sifatidagi jihatlarini quidagilarda kuzatish mumkin
Xristianlik dinida cho‘qintirishish, islom dinida xatna qilish
ibodat qilish, hamdu sano aytish
ma’lum ovqatlarni iste’mol qilmaslik, ro‘za tutish
hazrati oliy Xudo sharafiga uni tinchlantirish maqsadida sham yoqish
Dinning madaniyat fenomeni sifatida o‘ziga xos xususiyati an’anaviy jamiyatlar hayotida quidagilarda yanada yaqqolroq ko‘rinadi
musiqa
naqqoshlik
badiiy adabiyot
xalq og‘zaki ijodi
raqs san’ati
o‘ymakorlik san’ati
memorchilik
Din so’zining etimologiyasiga nazar tashlaydigan bo’lsak, u lotin tilidan tarjima qilinganda o’zbek tilida “birlashish, aloqa” degan ma'noni anglatadi.
Din global birlashish va integratsiya sharoitida o'ziga xos xususiyatlarini nafaqat tashqi ko'rinishdagi, balki diniy faoliyatning ichki sohalarida, diniy ongda saqlab qolishga intiladi.
Islom diniga e’tiqod qiluvchlarning ayrimlari globallashuvni butunlay g'arblashtirish deb biladi. G'arblashtirishga qarshi turib, Islom o'zining diniy an'analari va madaniy asoslariga tayangan globallashuvning o'ziga xos modelini izlashni taklif etadi.
Islom ochiqlik, erkin kengayish imkoniyati, o'zgaruvchan sharoitlarga yuqori darajada moslashish, shuningdek, qat'iy markazchilik, ierarxiyalar va qarorlarni qabul qilishning murakkab mexanizmlari yo'qligi bilan ajralib turadigan konfessial tarmoq sifatida globallashuv davrida juda yaxshi rivojlanish istiqbollariga ega.
Yüklə 355,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin