5-AMALIY MASHG’ULOT Mavzu: Surilmaosti kamarlarini geodinamik shakllanishini Surxondaryo sinklinoriyasi Ishning maqsadi: Таlаbаlаrni Surilmaosti kamarlarini geodinamik shakllanishini Surxondaryo sinklinoriyasi bilan tanishtirish.
Geologiya-geofizik izlanish. Surxandaryo botiqligini neft va gazga istiqbolliligi umumiy maydoni 12228 km2 ni tashkil qiladi. Asosan 1931 yildan boshlab geologiya neft va gazga tadqiqot ishlari boshlangan deb xisoblangan. Bu o‘tgan davrda kattagina geologiya-geofizika tadqiqot va burg‘ilash ishlari olib borilib, ular natijasida strukturani tektonik tuzilishini, o‘lkani geologik rivojlanish tarixini kuzatish, tektonikasidagi shakllanish qonuniyatlarini, hamda tuz usti va tuz osti strukturalarini cho‘kindi po‘stiga munosabati hamda unda neft va gaz uyumlarini taqsimlanishi o‘rganilgan.
Dastlabki asosiy ish, neft va gaz izlov maqsadida geologiya semkasi o‘ttizinchi yillar boshidan boshlab rejalashtirilgan ravishda 1:50000 va 1:84000 masshtabda (N.P.Xeraskov, V.B.Rujnetsov, N.P.Tuayev va boshqalar) o‘tkazilgan.
Kichik masshtabdagi geologik syemka 1960 yil tugallanib, undan olingan natijalar asosida butun o‘lka uchun 1:200000 masshtabli geologik karta tuzilgan. Bu o‘rtacha masshtabligiga qaramasdan olingan natija yuqori edi. Unda o‘lkani geologik tuzilishi strukturani ustki tuzilishiga bog‘liqligi hamda bundan tashqari bu boshqa tektonik strukturalarni tuzishda asos bo‘ladi.
Ochilgan hududlarda yangi antiklinal tuzoqlarini izlash maqsadida 1:100000 masshtabli geologik syemka qo‘llanilgan bo‘lib buning vazifasiga hududni litologiyasi, tektonik tuzilishi, yuqori qismda neft va gazga alomati bor hamda istiqbolli maydonlarni ajratib, aniq ishga qo‘yish kiradi.
Strukturalarni izlov burg‘ilash ishlariga tayyorlash maqsadida 1:25000 masshtablik geologiya syemka qo‘llanilgan. Bular ma’lum konlar Xaudag, Uchqizil, Kakayti, Lalmikor hamda Kelif-Sariqamish antiklinal ko‘tarilmasi, Boysun sinklinali va Aktau, Dasmanag’a, Jayrona antiklinallaridir.