5-ish: Jismoniy yuklamaning yurak-qon tomir va nafas tizimi faoliyatiga ta`sirini o`rganish. Mavzu rejasi



Yüklə 16,36 Kb.
tarix06.09.2023
ölçüsü16,36 Kb.
#141786
5-ish Jismoniy yuklamaning yurak-qon tomir va nafas tizimi faol




5-ISH: Jismoniy yuklamaning yurak-qon tomir va nafas tizimi faoliyatiga ta`sirini o`rganish.
Mavzu rejasi:
1.Jismoniy yuklamaning yurak-qon tomir va nafas tizimi faoliyatiga ta`sirini o`rganish.
2.Jismoniy mashqni qon aylanishga ta`sirini aniqlash, 3.Tekshiriluvchining pul`si, qon bosimi, nafas soni, o`pkaning tiriklik sig`imini o`lchashni o`rganish.
shdan maqsad: jismoniy yuklamaning yurak-qon tomir faoliyatiga ta’sirini o‘rganish, sfigomanometr,spirometr bilan tanishish va o’pkaning tiriklik sig’imini o’lchash usulini o’rganish.
Kerakli jihozlar: sekundomer, fonendoskop, tanometr, oq qog`oz, marker, jadvallar
Nazariy ma`lumotlar:
Jismoniy mashqni qon aylanishga ta’sirini aniqlash uchun tekshiriluvchining pulsi, qon bosimi, nafas soni, o‘pkaning tiriklik sig‘imi o‘lchanadi. Olingan ma’lumotlar yozib qo‘yiladi, so‘ng 1 minutda 20 martta turib o‘tirgandan so‘ng qaytadan puls, qon bosimi, nafas soni o‘lchanadi. Bolalar ulg`aygan sari jismoniy ish bajarganda pul`s soni ortib boradi. 8-9 yashar bolada jismoniy ish vaqtida maksimal puls 18.4, 14-15 yoshda 206 bo`ladi. 16-18 yashar o`smirda jismoniy ish vaqtida maksimal pul`s bir oz siyraklashib 196, qizlarda esa 201 bo`ladi. Jismoniy oishdan so`ng 8 yashar bolalarda pul`s tezroq va 16-18 yashar o`smirlarda sekinroq bo`lib, asli holiga keladi. Bolalar charchaganda o`rtacha pul`s siyraklashadi. O`quvchilar o`quv yili oxiriga borib, charchab qoladi, shunda yurak qisqarishi ortadi. Bola jismoniy mashq bilan muuntazam ravishda shug`ullanib tursa, yuragining massasi va sistolok hamda minutlik hajmio ancha ortadi. Chang`ida yurganda, velosiped uchganda, futbol o`ynayganda, yengil atletika va boshqalar bilan shug`ullanganda bolalar yuragining massasi, sistolik va minutlik hajmi hajmi ortadi. Yurakning sistolok hajmi muskul ishi vaqtida 12 yashar bolalarda 104 sm3, 13 yoshda 116 sm3 bo`ladi. Yurak-tomir sistemasiga turli his-hayajon (xursandchilik, g`am, og`riq, qo`rquv, va boshqalar) kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi ta`sir etadi.Suzish bilan shug’ullanish qon aylanish organlari, ayniqsa yurak ishining rivojlanishini ta’minlaydi. Suzish bialn muntazam shug’ullanish yurakning tuzilishida ham o’zgarsihlari yuzaga keltiradi. Uning bo’shliqlari kengayadi, devori qalinlashadi. V. L. Karpman, S. P. Xurishchev, Yu. A. Borisovalar (1978) ning telerentgen tekshirishlariga ko’ra suzuvchilarda yurak hajmi ancha kattalashadi. Yurakning o’rtacha hajmi 1065 sm3 ni, ayollarda esa 730 sm3 ni tashkil etib, bu sport bilan shug’ullanmaydigan kishilarnikiga nisbatan 25 % ko’p demakdir.
Yurak hajmining ortishi o’zgaruvchan hodisa bo’lib, mashq qilish kamayishi natijasida yurak hajmining kichrayishiga olib keladi. Suzuvchilarning tinch holatida arteriya qon bosimi fiziologik me’yor chegarasida bo’ladi, ya’ni 126±2,7 va 73±21 mm.simob ustuniga teng.
Suzish jarayonida yurak urish soni daqiqasiga 138 bo’lganda maksimal qon bosimi 221 mm simob ustunigacha, o’rtacha bosim 174 mm simob ustunigacha, minimal bosim 136 mm simob ustunigacha ko’tarilishi aniqlangan. Bu holatda o’rtacha bosim bilan minimal bosim ko’tarilishi o’ziga diqqatni jalb etadi.
Ishni bajarish tartibi:
1. Jismoniy yuklamaning yurak-qon tomir faoliyatiga ta’sirini o‘rganish.
2. Jismoniy mashqni qon aylanishga ta’sirini aniqlash uchun tekshiriluvchining pulsi, nafas soni, qon bosimi o‘lchanadi.
3. Olingan ma’lumotlar yozib qo‘yiladi, so‘ng 1 minutda o`ng qo`lning 4 ta barmog`ini tekshiriluvchining bilak arteriyasi sohasiga qo`yib, tomirning eng aniq urayotgan joyi aniqlanadi. Shundan so`ng bir daqiqa davomida pul`s – yurak urishining soni aniqlandi. Arterial pul`sning bir minutlik sonini uch marotaba aniqlanadi va o`rtachasi hisoblanadi (sog`lom odamda pul`slar soni bir minutda o`rtacha 72– 85 ta).
20 martta turib o‘tirgandan so‘ng qaytadan puls, qon bosimi, nafas soni o‘lchanadi. Tinch holatdagi va jismoniy zo`riqishdan keying natijalarni solishtiriladi.

Qon bosimini o’lchash usullari


Sfigomanometr bilan tanishing.
Odam sfigomanometr bilan minimal va maksimal qon bosimlarini aniqlang.
Natijalarni jadvalga yozing.
Ma’lum turlar uchun fiziologik norma bilan natijalarni solishtiring, xulosa qiling. ( ko’tarilgan, tushgan,norma).
O`PKANING TIRIKLIK SIG`IMINI O`LCHASH
Ishdan maqsad: O’pkaning tiriklik sig’imini aniqlanadigan spirometr bilan tanishish va o’pkaning tiriklik sig’imini o’lchash usulini o’rganish.
O`quv jihozlari: Spirometr, spirt, paxta
Nazariy ma`lumotlar. Odam normal nafas olganda, o’pkaga 500-600 ml. havo kiradi va shuncha havo tashqariga chiqadi. Bu havo nafas olish havosi deyiladi. Normal nafas olingandan keyin, 1500 ml. havo olish mumkin. Bu qo’shimcha havo deyiladi. Shuningdek, normal nafas chiqarilgandan keyin yana 1500 ml. havo chiqarish mumkin. Bu havo zapas yoki rezerv havo deyiladi. Chuqur nafas chiqarilgandan keyin chuqur nafas olinganda o’pkaga kirgan havo miqdori o’pkaning tiriklik sig’imi deyiladi.
O’pkaning tiriklik sig’imi nafas olish havosi, qo’shimcha va rezerv havo yig’indisi (500+1500+1500) dan iborat bo’lib, u o’rtacha 3500 ml. ga teng. O’pkaning tiriklik sig’imi kishining jinsiga, yoshiga, kasbiga va sog’lig’iga qarab o’zgarib turadi. Qanchalik chuqur nafas chiqarilmasin, o’pkadagi havoning hammasi batamom chiqib ketmaydi; uning bir qismi o’pkada qoladi. Bu havo qoldiq havo deyiladi; uning miqdori taxminan 1000 ml. ga teng bo’ladi. O’pkaning tiriklik sig’imini o’lchash uchun spirometrdan foydalaniladi. Spirometr ikkita silindirdan tuzilgan bo’lib, uning kattasiga suv to’ldirilgan, kichigi esa katta silindir ichiga kritilgan. Kichik silindir katta silindir ichida oson harakatlanishi uchun uning yuqorigi berk tomoni tosh osilgan ip orqali g’altakka birlashtirilgan. Katta silindr tubining o’rtasiga temir naycha o’rnatilgan bo’lib, uning yuqoridagi uchi silindrdagi suvdan bir oz ko’tarilib, turadi, ikkinchi uchi esa silindir tagidan tashqariga chiqarilib, rezina naycha bilan birlashtirilgan. Agar rezina naycha orqali havo puflansa, kichik silindir yuqoriga ko’tariladi, kirgan havo miqdorini shkalaga yozilgan raqamlardan bilish mumkin.
Ishni olib boorish tartibi:
O’pkaning tiriklik sig’imini o’lchash:
Buning uchun spirometr strelkasini nolga to’g’irlab, uning rezina naychasining uchi spirt bilan artiladi va odatdagicha nafas olib, rezina naycha orqali spirometr ichiga nafas chiqariladi.
Spirometr ichiga nafas chiqarishni bir necha marta takrorlab, o’pkadan chiqarilgan havoning o’rtacha miqdori topiladi.
Masalan: spirometrga 6 marta nafas chiqarish natijasida strelka 3000 ml. ni ko’rsatsa, u vaqtda o’rtacha nafas chiqarish havosining miqdori ml. ga teng bo’ladi.
Qo’shimcha havo miqdorini aniqlash:
Buning uchun kichik silindrni yuqoriga ko’tarib, uning strelkasi ma’lum raqamga to’g’rilanadi.
Keyin normal nafas olib (nafas chiqarmasdan), tezda spirometr naychasini og’izga tutib, spirometrdan chuqur nafas olinadi.
Bu vaqtda spirometr strelkasi pastga tushib, ma’lum bir raqam ro’parasida to’xtaydi. Shu yo’l bilan o’pkaga qancha qo’shimcha havo kirganligi aniqlanadi.
Masalan: chuqur nafas olunguncha strelka 3000 ml. ni, nafas olingandan keyin 1500 ml. ni ko’rsatsa, bu vaqtda o’pkaga kirgan havo miqdori 3000 – 1500 = 1500 ml. ga teng bo’ladi.
Rezerv havo miqdorini aniqlash:
Buning uchun spirometr strelkasini nolga qo’yib, oddiy nafas havosi tashqariga chiqariladi va nafas olmasdan turib, rezina naycha orqali spirometr ichiga kuchli nafas chiqariladi.
Bu vaqtda strelka ko’rsatgan raqam rezerv havo miqdorini bildiradi.
Nafas olish, qo’shimcha va rezerv havo miqdorini quyidagi jadvalga yozib, o’pkaning tiriklik sig’imi topiladi.

Havo sig’imi Havo miqdori


Nafas olish havosi 500
Qo’shimcha havo 1500
Rezerv havo 1500
O’pkaning tiriklik sig’imi 3500

O’pkaning tiriklik sig’imini o’lchash uchun nafas olib, spirometrga kuch bilan nafas chiqariladi.Bunda spirometr strelkasi to’xtagan joydagi raqam o’pkaning triklik sig’imini ifodalaydi.


O’pkadagi qoldiq havo miqdorini aniqlash:
Buning uchun mumkin qadar chuqur nafas chiqariladi.
So’ngra ma’lum miqdorda vodorod solingan haltadan bir necha marta nafas olinadi va oxirida shu xalta ichiga chuqur nafas chiqariladi.
Bunda xaltadagi vodorodning bir qismi o’pkaga o’tadi, shu vodorod miqdori o’pkadagi qoldiq havo miqdorini ko’rsatadi.
Masalan: xaltada 4000 ml. vodorod bo’lsin. Bu xaltadan bir necha marta nafas olinsa ham, uning hajmi o’zgarmaydi, chunki qancha vodorod olinsa, shuncha havo o’pkadan xaltaga chiqariladi. Bunda faqat xaltadagi havoning tarkibi o’zgaradi. Agar xaltada 3000 ml. vodorod va o’pkadan kirgan 1000 ml. havo bo’lsa, u vaqtda 1000 ml. vodorodga 330 ml. o’pka havosi to’g’ri keladi. Bunday vaqtda o’pkaga o’tgan 1000 ml. vodorodga 330 ml. havo to’g’ri keladi. Shunday qilib, o’pkadagi qoldiq havo miqdori: 1000 + 330 = 1330 ml. bo’ladi.
Nazorat uchun savollar:
O’pkaning tiriklik sig’imi nima va uning o’rtacha hajmi erkaklar hamda ayollarda nechaga teng?
Nafas olish, qo’shimcha va rezerv havo deb qanday havoga aytiladi va ularning miqdorini qanday aniqlash mumkin?
Qoldiq havo deb nimaga aytiladi?
Topshiriqlar
1. 1 minutdagi arterial pul`singizni sanang va jadvalni to`ldiring
1 minutdagi arterial pul`slar soni (normal 72– 85ta) Jismoniy yuklamadan so`ng
1- marta 2- marta 3- marta O`rtacha guruh o`rtachasi shaxsiy guruh o`rtachasi

2. Spirometr yordamida o`pkaning tiriklik sig`imi o`lchab jadvalni to`ldiring va normaga solishtiring.


Havo turi Havo miqdori (ml)
natija norma (o`rtacha)
Nafas olish havosi 500
Qo’shimcha havo 1500
Rezerv havo 1500
O’pkaning tiriklik sig’imi 3500


Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar: Tekshirish natijalarini daftaringizga yozing. Jadvalni to`ldiring. Yuqoridagi topshiriqlar asosida xulosalaringizni yozing
Yüklə 16,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin