5-ma’ruza. Kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanish xususiyatlar Reja: Kirish



Yüklə 34,72 Kb.
səhifə1/7
tarix02.01.2022
ölçüsü34,72 Kb.
#42240
  1   2   3   4   5   6   7
5-ma’ruza.Kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanish xususiyatlar
2 sinf oqish dars ishlanma ozbekisto, 2 sinf oqish dars ishlanma ozbekisto, Bank tizimi. Pul-kredit siyosati, Bank tizimi. Pul-kredit siyosati, islom dini, malumot, Apple, gemorragik diatezlar korinisleri, 6 курс терапия контак, KONTAKT, мавзулар режаси 6c4ec224488da915dae4634ad546136d, @Tarixdan Testlar, Oshiqnoma dostonlarida so’z ma’nosining ko’chish yo’llari, Boshlangʻich sin, Boshlangʻich sin

5-ma’ruza.Kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanish xususiyatlar

Reja:

Kirish

  1. Kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanishning umumiy tavsifi,

  2. Kichik maktab yoshidagi bolaning maktabga moslashishi muammosi,

  3. kichik maktab yoshi davrida motivatsion sohadagi rivojlanish xususiyatlari (o’quv Faoliyati, shaxslararo munosabatlarning motivatsion asoslari),

  4. Kichik maktab yoshi davrida bolaning o’zi haqidagi tasavvurlari va xulq-atvori, Kichik maktab yoshida bola shaxsining rivojlanish xususiyatlari haqida ilmiy bilimlarni shaklliantirish.

  5. Xulosa

  6. Foydalanilgan adabiyotlar



Kirish

Kichik maktab davri 6-7 yoshdan 9-10 yoshgacha davom etadi. Bu davrda bola maktab o’quvchilariga quyiladigan turli talablar bilan tanishadi, fan asoslarini o’rganish uchun biologik va psixologik jihatdan tayyorlanadi. Uning psixikasi bilim olishga etadigan darajada rivojlanadi. Shu yoshdagi bola idrokining utkirligi, ravshanligi, sofligi, aniqligi, o’zining qiziquvchanligi, ishonuvchanligi, xayolining yorkinligi, xotirasining kuchliligi, tafakkurining yakkolligi bilan boshqa yoshdagi bolalardan ajralib turadi. Maktab ta’limiga tayyorlanayotgan bolada diqqat nisbatan uzoq muddatli va shartli barkaror bo’ladi. Kichik maktab yoshidagi bolalarning asosiy faoliyati o’qish hisoblanadi. Bolaning maktabga borishi, uning psixologik rivojlanishi va shaxs bo’lib shakllanishidagi o’rni nixoyatda katta. Bola o’quv faoliyatida o’qituvchi rahbarligida inson ongining turli asosiy shakllarining mazmunini egallaydi va insoniy an’analar asosida harakat qilishni o’rganadi. O’quv faoliyatida bola o’z irodasini o’quv maqsadlariga erishish uchun mashk kildiradi. O’quv faoliyati boladan nutq, diqqat, xotira, tasavvur va tafakkurini kerakli darajada rivojlanishini talab etgan holda, bola shaxsi rivojlanishi uchun yangi sharoitlarni yaratadi. Birinchi bor maktabga kelgan bola o’z atrofdagilari bilan psixologik jihatdan yanga munosabat tizimiga o’tadi. U hayotining tubdan o’zgarganini, unga yangi majburiyatlar, nafaqat, har kuni maktabga borish, balki o’quv faoliyati talablariga buysunish ham yuklatilganligini xis eta boshlaydi. Oila a’zolarining bola o’quv faoliyati, yutuklari bilan qiziqayotganligi, shuningdek, uni nazorat qilayotgailigi, unga qilinayotgan yangi muomala, munosabat uning ijtimoiy mavkei o’zgarganligini tula xis . Etishiga, o’ziga nisbatan munosabatining o’zgarishiga asos bo’ladi, Kattalar bolalarni amaliy jihatdan o’z vaqtlarini to’g’ri taksimlash borasida yaxshi o’qish, o’ynash, sayr qilish va boshqa narsalar bilan shug’ullanishga urgatadilar. Demak, oilada bola u bilan hisoblashadigan, maslaxatlashadigan yangi bir urinni egallaydi. O’quvchining maktabdagi muvaffaqiyati uning keyingi psixik rivoji va shaxsining shakllanishida to’liq ijobiy asos bo’ladi.




Yüklə 34,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə