5-mavzu. Bilish nazariyasi, yo‘nalishlari va asosiy muammolari
Insonning o‗zini qurshagan dunyoga bo‗lgan munosabatlaridan biri -
bilishdir. Inson o‗z hayoti davomida faqat tashqi dunyoni,
yani tabiat va
jamiyatnigina bilib qolmasdan, balki o‗zini, o‗zining ruhiy-manaviy dunyosini ham
bilib boradi.
Insonning dunyoni bilishini falsafa ham, boshqa
hamma aniq fanlar ham
o‗rganadi. Bunda aniq fanlar dunyoning turli tomonlarini, ularning qonuniyatlarini
va xususiyatlarini o‗rgansa, falsafa esa inson bilishining eng umumiy tomonlarini,
qonuniyatlarini va xususiyatlarini o‗rganadi va ochib beradi. Aristotel
ko‗rsatishicha, alohida fanlar borliqning ayrim tomonlarini o‗rgansa, falsafiy bilish
borliqning eng umumiy tomonlarini o‗z ichiga oladi. Falsafa keng ko‗lamdagi
kategoriyalar, tushunchalar vositasi bilan butun g‗oyalarni sintezlashtiradi.
Bilish nazariyasi, borliq va bilish rivojlanishining
umumiy qonunlari
haqidagi talimot. Bilishning falsafiy nazariyasiga ko‗ra, bilish moddiy va manaviy
borliqning inson miyasidagi muayyan maqsadga qaratilgan faol aks etishidir. Inson
bilishining manbai esa ayni shu moddiy va manaviy borliq, ularni tashkil qilgan
predmetlar, hodisalar va jarayonlardir.
Bu predmetlar, hodisalar va jarayonlar
insonga tasir qilib, uning miyasida aks etadi. Ular moddiy va manaviy borliqning
inson miyasidagi subektiv obrazlari, ramzlari va belgilaridir.
Bu jihatdan inson
bilishi, avvalo, moddiy va manaviy borliqning xususiyatlariga va shu bilan birga,
ularni faol inikos ettiruvchi inson miya mexanizmining rivojlangan darajasiga
bog‗liqdir.
Bilish
insonning tabiat, jamiyat va o‗zi to‗g‗risida bilimlar hosil qilishga
qaratilgan aqliy, manaviy faoliyat turidir. Inson o‗zini qurshab turgan atrof-muhit
to‗g‗risida bilim va tasavvurga ega bo‗lmay turib, faoliyatning biron-bir turi bilan
muvaffaqiyatli shug‗ullana olmaydi. Bilishning mahsuli, natijasi ilm bo‗lib, har
qanday kasb-korni egallash faqat ilm orqali ro‗y beradi.
SHuningdek, bilish
insongagina xos bo‗lgan manaviy ehtiyoj, hayotiy zaruriyatdir.