5 mavzu: Qishloq xo’jaligida yer-suv, moddiy texnika resurslari va ulardan samarali foydalanishni boshqarish Reja



Yüklə 378,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix17.05.2020
ölçüsü378,74 Kb.
  1   2   3

5 mavzu: Qishloq xo’jaligida yer-suv, moddiy texnika resurslari va ulardan samarali 

foydalanishni boshqarish 

Reja: 

1 Yer-suv resurslarining qishloq xo‟j aligidagi ahamiyati va xususiyatlari, ularning maydoni 

tarkibi, foydalanuvchilar bo‟yicha taqsimlanishi. 

2 Yerdan, suvdan foydalanish samaradorligini ifodalovchi ko‟rsatkichlar, ularni aniqlash tartibi. 

 

 

Kalit so’zlar: Yer resurslari, suv resurslari, Yerdan, suvdan foydalanish samaradorligini 

ifodalovchi ko‟rsatkichlar, Yer monitoringi va davlat yer kadastri, Yer resurslarining 

kapitallashuvi 

 

Foydalangan adabiyotlar. 

Asosiy adabiyotlar 

1.  Samatov G‟.A., Rustamova I.B., Sheripbayeva U.A. Qishloq xo‟jaligi iqtisodiyoti va 

menejmenti.- T.: 2012. - 346 b. 

2.  Umrzoqov O‟.P., Toshboyev A.J., Rashidov J., Toshboyev A.A. Qishloq xo‟jaligi 

iqtisodiyoti va menejmenti: o‟quv qo‟llanma. - T.: Iqtisod - moliya, 2008. - 268 b. 

3.  Qosimova D.S. Menejment nazariyasi: o‟quv qo‟llanma. - T.: TDIU, 2009. - 208 b. 

4.  Xorijiy adabiyotlar: 

5.  Charles W. L. Hill, Steven L. McShane. Principles of Management. 13th ed. ISBN 978-

0-07-353012-3. -New York, 2008. -529 p. 

6.  Richard L.Daft. Management. 12th ed. ISBN 978-1-285-86198-2. -Boston, 2016. - 798 

p. 

7.  Rickky W. Griffin. Fundamentals of Management. 8th ed. ISBN 978-1-285-84904-1. -



Texas, 2016. - 547 p. 

8.  Ronald D. Kay, William M. Edwards, Patricia A.Duffy. Farm management. - 6th ed. 

ISBN 978-0-07-302829-3 - ISBN 0-07-302829-0. -New York, 2008. - 463 p. 

9.  Qo‟shimcha adabiyotlar 

10. O‟zbekiston Respublikasi Prezdentining 2012 yil 22 oktyabrdagi “O‟zbekistonda 

fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni riojlantirish chora- 

tadbirlari to‟g‟risida”gi PF-4478- sonli Farmoni. 

11. Nazimov S., Eshonxo‟jayev D. Qishloq xo‟jaligida menejment. Namangan, NamMPI, 

           2001. 

  

Internet saytlari 

1.  www.samqxi.uz 

- Samarqand qishloq xo‟jalik instituti veb-sahifasi 

2.  www.lex.uz  - O‟zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi. 

3.  www.uzreport.com  - Axborot agentligi. 

4.  www.agro.uz  - O‟zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‟jaligi vazirligi. 

 

 



1  Yer-suv  resurslarining  qishloq  xo’jaligidagi  ahamiyati  va  xususiyatlari,  ularning 

maydoni tarkibi, foydalanuvchilar bo’yicha taqsimlanishi. 

 

Qishloq  xo„jaligi  iqtisodiyotining  asoslaridan  biri  bu  tabiiy  resurslardir.  Tabiiy 

resurslarning eng kerakli unsurlariga esa yer kiradi. Yer qishloq xo„jaligida ishlab chiqarishning 

asosiy  omili,  mehnat  yo„naltirilgan  ob„yekt  sifatidagi  mehnat  predmeti,  shuningdek,  turli  xil 

mahsulotlarning  joylashuv  makoni,  insonlar  uchun  turar  joy  hamda  hayvonot  va  o„simliklar 

dunyosining  yashashiga  mo„ljallangan  mehnat  qurolidir.  Har  bir  halq  va  millat  yerni  asosiy 

boyligi  sifatida  e‟tirof  etadi,  bir  nyechta  shart  va  omillarni  birlashtirgan  holda  qishloq 

xo„jaligidagi afzalliklarni yer orqali tavsiflaydi. 

Yer  resurslari  -  bu  quruqlik  yuzasining  jami  yig„indisi  bo„lib,  uning  tarkibiga  boshqa 

tabiiy  ob„yektlar  ham  kiritiladi.  Bular:  o„rmonlar,  o„simlik  va  boshqa  tirik  organizmlar,  suv 



 

ob„yektlari. Yer resurslarining suv ob„yektlari o„z ichiga ko„llar, ko„lmak va hovuzlar, ariqlarni 



qamrab oladi. Okyean, dengizlar va daryolar esa suv resurslari tarkibiga kiradi. 

Har bir davlatning yer-suv resurslari tabiat va jamiyatda yashash manbaidir, shuningdek, 

yer va suv bir-birining mavjudligini taqozo qiladi. 

Yerning  j  amiyatdagi  ahamiyati  beqiyosdir.  Unda  fuqarolar  yashashi  uchun  binolar 

quriladi,  turli  mahsulotlar  etishtiriladi.  Demak,  yerning  qishloq  xo‟jaligi  ishlab  chiqarishidagi 

ahamiyati  ulkan.  Chunki  u  shu  tarmoqning  yeng  asosiy  ishlab  chiqarish  vositasi  hisoblanadi. 

Yerga  urug‟,  ko‟chat  yekib,  ishlov  berish  natijasida  turli  xildagi  mahsulotlar  etishtiriladi. 

Demak, tarmoqda etishtiriladigan barcha turdagi mahsulotlar yerdan, suvdan foydalangan holda 

olinar ekan. Ingliz iqtisodchisi Uilyam Pettining aytishicha, «yer - boylikning onasi...». 

Respublika dehqonchiligi sug‟orishga asoslangan. Shuning uchun suv ham yer kabi yeng 

zarur  vosita  hisoblanadi.  Qishloq  xo‟jaligidan  olinayotgan  mahsulotlar,  masalan,  paxta,  sholi, 

tamaki,  sabzavot,  poliz,  makkajo‟xori,  bug‟doy,  arpa,  yem-xashaklarning  aksariyat  qismi 

sug‟oriladigan yerlarda etishtiriladi. Qishloq xo‟jaligida etishtirilayotgan yalpi mahsulotning 95 

foizga  yaqini  sug‟oriladigan  yerlardan  olinadi.  Sanoatning  qishloq  xo‟jalik  xomashyolariga, 

aholining esa oziq- ovqat mahsulotlariga bo‟lgan talabi qondirilishida yer va suvning ahamiyati 

juda katta. Yerlardan, suvlardan qanchalik oqilona, samarali foydalanilsa, ishlab chiqariladigan 

mahsulotlar hajmi shunchalik ko‟payadi, natijada yuqorida ta‟kidlangan talablarning qondirilish 

darajasi ortadi. Lekin yerdan asosiy vosita sifatida foydalanishda uning quyidagi xususiyatlarini 

e‟tiborga olish maqsadga muvofiqdir:  

yer  maydonining  cheklanganligi  va  takror  ishlab  chiqarilmasligi.  Ona  zamin  tabiatan 

cheklangan,  uning  maydonini  inson  kengaytira  olmaydi.  Chunki  u  tabiat  mahsuli  hisoblanadi. 

Boshqa  asosiy  vositalarni,  masalan,  traktorlarni,  mashinalarni  talabni  qondirish  maqsadida 

xohlagancha ishlab chiqarish mumkin; 

yerning tabiat mahsuli ekanligi. Yer tabiat mahsulidir. Shuning uchun uning kelajakdagi 

taqdiri tabiatga bog‟liq. Boshqa asosiy vositalar, ya‟ni binolar, inshootlar, kombaynlar, traktorlar 

inson  mehnatining  mahsulidir.  Zaruriyat  tug‟ilganda  ular  inson  tomonidan  ishlab  chiqarilishi 

mumkin. Yerni esa inson ishlab chiqara olmaydi; 

yer  -  qishloq  xo‟jaligining  abadiy  ishlab  chiqarish  vositasidir.  Respublika  hududida 

mavjud  bo‟lgan  yerlardan  qishloq  xo‟jalik  mahsulotlari  etishtirishda  bizdan  oldingi  avlodlar 

foydalangan, hozirgi davrda biz foydalanmoqdamiz, kelajakda esa avlodlarimiz foydalanadi; 

yerni  qishloq  xo‟jaligi  mahsulotlari  etishtirish  maqsadida  bir  joydan  ikkinchi  joyga 

ko‟chirib  yurish  imkoniyati  cheklangan.  Undan  joylashgan  makonida,  ya‟ni  stasionar  holatda 

oqilona foydalanish mumkin. Lekin mashina va traktorlarni talab etilgan joyga olib borib, turli 

xildagi ishlarni amalga oshirish, bino-inshootlarni ham talab etilgan joyga qurish mumkin; 

g)  yerning  yuqori  qatlami  hisoblangan  tuproq  unumdorligining  mavjudligi,  unga  ilmiy 

asoslangan  holda  ishlov  berish  natijasida  uning  oshib  borishi.  Darhaqiqat,  tuproqqa  vaqtida 

ishlov  berilsa,  o‟g‟itlansa,  uning  unumdorligi  oshib  borishi  mumkin.  Lekin  boshqa  asosiy 

vositalar ishlab chiqarish jarayonida qatnashishi oqibatida jismoniy jihatdan ishdan chiqadi. Ular 

vaqt o‟tishi bilan fan-texnika taraqqiyoti natijasida ma‟naviy jihatdan ham yeskiradi. 

Lekin  yerga  e‟tibor  berilsa,  undan  fan-texnika  yutuqlarini  joriy  etgan  holda  oqilona, 

samarali  foydlanilsa,  unumdorligi  oshib  borishi  mumkin.  Ammo  bu,  uning  unumdorligi 

cheklanmagan,  degani  emas.  Shunday  ekan,  yerning  unumdorligidan  tadbirkorlik  bilan 

foydalanish maqsadga muvofiqdir. 

Qishloq xo‟j aligida yerning yuqori qatlami hisoblangan tuproq unumdorligi katta ahamiyat kasb 

yetadi.  Hayotda  tuproq  unumdorligining  quyidagi  turlari  mavjud:  tabiiy,  sun‟iy  va  iqtisodiy 

unumdorlik.  Tuproqning  tabiiy  unumdorligi-tabiat  mahsulidir.  U  tabiatning  ta‟siri  natijasida 

uzoq yillar mobaynida shakllanadi. Uning holati quyosh nuri hamda yog‟ingarchilik miqdoriga, 

shamol  va  suvlarning  ta‟siriga  bog‟liqdir.  Ularning  ijobiy  ta‟sirida  tuproq  tabiiy  unumdorligi 

yaxshi  bo‟ladi.  Sun‟iy  va  iqtisodiy  unumdorlik  esa  inson  mehnati  natijasida  shakllantirilib, 

oshirilishi mumkin. Jumladan, mehnat, mablag‟ sarflab, yerlarning irrigasion, meliorativ holatini 

yaxshilab, urug‟ yekib, ularni o‟g‟itlash, yaxshi sifatli ishlov berish orqali tuproqning iqtisodiy 

unumdorligi yuksaltirilishi mumkin. Qishloq xo‟jaligida foydalaniladigan suvlarning sifati ham 

barcha viloyatlarda bir xilda bo‟lmay, bir-birlaridan farq qiladi. 


 

Masalan,  Andijon,  Namangan  va  Farg‟ona  viloyatlarining  aksariyat  hududlarida  ekinlarni 



sug‟orishda  foydalaniladigan  suvlarning  sifati  yaxshi,  ya‟ni  ularning  tarkibida  hosildorlikka 

salbiy ta‟sir etuvchi turli xildagi minerallar kam, lekin Qoraqalpog‟iston Respublikasi, Xorazm 

viloyati  hududlarida  foydalanilayotgan  suvlarning  tarkibida  xlor  va  boshqa  moddalar  ko‟p. 

Shuning uchun ham ularning sifati nihoyatda yomon. Bunday hol qishloq xo‟jalik mahsulotlari 

etishtirish hajmiga, sifatiga salbiy ta‟sir ko‟rsatadi. Kelajakda yerlarning unumdorligini oshirish, 

suvlarning sifatini yaxshilashga qaratilgan barcha tadbirlar majmuasini samarali amalga oshirish 

orqali  zarur  qishloq  xo‟jalik  mahsulotlari  hajmini,  miqdorini  ko‟paytirishga  va  sifatini 

yaxshilashga erishish mumkin. 

Yer resurslari ham boshqa resurslardek o„z xususiyatlariga ega. 

Birinchidan, yer - tabiat mahsuli, in„omi hisoblanib, u inson mehnati bilan yaratilmaydi. 

Inson  faqatgina  yerga  mehnatini  yo„naltirib,  yo  yerning  ahvolini  yaxshilaydi,  yoki  umuman 

yomon ahvolga solishi mumkin. Lyekin inson o„z xohishi bilan yer resurslarini hosil qilolmaydi. 

Ikkichnidan,  yer  chyegaralangan  tabiiy  resursdir.  Inson  xohlagancha  yerni  ko„paytira  yoki 

kamaytira  olmaydi.  Shu  sababli,  bosh  maqsad  yerdan  samarali  va  to„g„ri  foydalanishdir.  Bir 

mamlakat miqyosida yer miqdori uning chyegaralari bilan aniqlansa, umuman hududlar sifatida 

esa yer miqdori quruqlik yuzasi bilan belgilanadi. 

Yer resurslari jismoniy nuqtai nazardan murakkab majmua hisoblanadi. Bu majmua turli 

omillar  (kimyoviy,  fizik,  biologik)  birlashmasi  bilan  xarakterlanadi.  Yer  resurslari  turli  yer 

uchastkalaridan  iborat  bo„lib,  ular  bir-biridan  tuproq  turlari,  ryelyefi,  miqdori  va  boshqa 

xarakteristikasi bilan farqlanadi. 

Uchinchidan,  yer  abadiy  ishlab  chiqarish  vositasidir.  Shuningdek,  yer  har  doim  ishlab 

chiqarishdagi eng asosiy omil sifatida o„z o„rnini  yo„qotmaydi. Undan mablag„ni ko„paytirish, 

ishlab  chiqarishda  zamonaviy  texnologiyalar  orqali  qishloq  xo„jalikdagi  yerlardan  unumli  va 

samarali  foydalanish,  shuningdek  sanoat  va  uy-joy  qurilishi  maqsadida  foydalanish  mumkin. 

Shu  bilan  birga,  texnika  taraqqiyoti  yuksak  cho„qqilarga  ko„tarilganiga  qaramay  yerni  boshqa 

ishlab chiqarish omillari bilan almashtirib bo„lmaydi. 

O'zbekiston  Respublikasining  «Yer  kodeksi»ga  muvofiq  yer  fondi  yerlardan 

foydalanishning belgilangan asosiy maqsadiga ko'ra quyidagi toifalarga bo'linadi: 

Qishloq  xo'jaligiga  mo'ljallangan  yerlar  -  qishloq  xo'jaligi  ehtiyojlari  uchun  berilgan  yoki  ana 

shu  maqsadga  mo'ljallangan  yerlar.  Qishloq  xo'jaligiga  mo'ljallangan  yerlar  sug'oriladigan  va 

sug'orilmaydigan  (lalmikor)  yerlar,  haydaladigan  yerlar,  pichanzorlar,  yaylovlar,  ko'p  yillik 

mevali dov-daraxtlar va tokzorlar egallagan yerlarga bo'linadi; 

Aholi  punktlarining  (shaharlar,  posyolkalar  va  qishloq  aholi  punktlarining)  yerlari-

shaharlar va posyolkalar, shuningdek qishloq aholi punktlari chegarasi doirasidagi yerlar; 

Sanoat,  transport,  aloqa,  mudofaa  va  boshqa  maqsadlarga  mo'ljallangan  yerlar-

ko'rsatilgan maqsadlarda foydalanish uchun yuridik shaxslarga berilgan yerlar; 

Tabiatni  muhofaza  qilish,  sog'lomlashtirish,  rekreatsiya  maqsadlariga  mo'ljallangan 

yerlar-  alohida  muhofaza  etiladigan  tabiiy  hududlar  egallagan,  tabiiy  davolash  omillariga  ega 

bo'lgan yerlar, shuningdek ommaviy dam olish va turizm uchun foydalaniladigan yerlar; 

Tarixiy-madaniy  ahamiyatga  molik  yerlar-tarixiy-madaniy  yodgorliklar  joylashgan 

yerlar; 

O'rmon  fondi  yerlari-o'rmon  bilan  qoplangan,  shuningdek  o'rmon  bilan  qoplanmagan  bo'lsa 

ham, o'rmon xo'jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yerlar; 

Suv  fondi  yerlari  -  suv  ob‟yektlari,  suv  xo'jaligi  inshootlari  egallagan  yerlar  va  suv 

ob‟yektlarining qirg'oqlari bo'ylab ajratilgan mintaqadagi yerlar; 

Zahira yerlar. 

Har  bir  qishloq  xo'jaligi  korxonasi  ma‟lum  yer  maydoniga  ega  bo'lib  mavjud  talab  va 

taklifga  ko'ra,  qishloq  xo'jaligi  mahsulotlari  yetishtirish  bilan  shug'ullanadi.  Korxonaning 

umumiy  yer maydoni tabiiy sharoitlari hamda xo'jaligida foydalanish xususiyatiga ko'ra bir xil 

emas.  Bundan  tashqari  korxonaning  hamma  yeridan  ham  qishloq  xo'jaligi  mahsulotlari 

yetishtirishda  foydalanilmaydi.  Shuning  uchun  korxonaning  umumiy  yer  maydonidan  qishloq 

xo'jaligiga yaroqli yerlar ajratilgan. 



 

Yerlarni  tabiiy  sifati  hamda  xo'jaligida  foydalanilishiga  qarab  tabaqalashtirish  bozor 



iqtisodiyotining hozirgi sharoitida juda katta iqtisodiy ahamiyatga ega. Chunki bu xususiyatlarga 

ko'ra, yer solig'i, ijara haqi, yer bahosi singari masalalari ko'lami va darajasi belgilanadi. Busiz 

yer kadastrini tashkil qilib bo'lmaydi. 

Qishloq  xo'jaligiga  yaroqli  yerlar  deganda  bevosita  qishloq  xo'jaligiga  taalluqli  bo'lgan, 

qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun surunkali foydalaniladigan yerlar tushuniladi. 

Qishloq xo'jaligi yerlariga ekinzorlar, ya‟ni doimo don va boshqa dalachilik ekinlari ekiladigan 

yerlar,  bog'lar,  ya‟ni  doimo  ko'p  yillik  mevali  daraxtlar  ekiladigan  yerlar,  yaylovlar  -  doimo 

chorva  mollari  boqiladigan  yerlar,  pichanzorlar  -  doimo  pichan  o'rib  olish  uchun 

foydalaniladigan yerlar kiradi. 

Xo'jaliklarning  yer  maydonlari  tarkibi  va  o'zaro  nisbati  doimo  bir  xil  bo'lmaydi.  Ishlab 

chiqaruvchi  kuchlarning  rivojlanishi,  aholi  ehtiyojlarining  o'sib  borishi  bilan  u  ham  o'zgarib 

boradi. 


Yerlarning  bir  turdan  boshqa  turga  o'tib  borishiga  yer  transformatsiyasi  deb  ataladi. 

Bunda  yer tranformatsiyasining  asosiy qonuni  yerdan unumli  foydalanish  uning unumdorligini 

muttasil  oshirib  borish,  kam  unumli  yerlardan  yuqori  unumli  yerlarga  o'tib  borishdir.  Chunki 

yuqorida  qayd  etilgandek,  yer  miqdor  jihatidan  (makon  jihatidan)  cheklangan,  undan  to'g'ri 

foydalanilgandagina unumdorligi oshib borishi mumkin. 

8.1-jadval 

O‟zbekiston Respublikasining yer fondi va uning foydalanuvchilar bo‟yicha taqsimlanishi* 

№  Yerdan foydalanuvchilar 

2015 yil 

ming. ga 

foiz 

 

Jami yer fondi Shundan 



44410.3 

100.0 


Qishloq xo‟jalik korxonalari va tashkilotlari foydalanayotgan yerlar 

24968.6 

56.3 


O‟rmon xo‟jalik korxonalari yerlari 

8409.2 

18.9 


Sanoat, transport, mudofaa, aloqa va boshqa tashkilotlar yerlari 

1928.1 

4.3 


Aholi yashash joylari 

234.0 

0.5 


Zahiradagi yerlar 

7469.6 

16.8 


Gidrotexnika va boshqa suv xo‟jaligi tashkilotlari yerlari 

819.2 

1.8 


Tabiat muhofazasi, soglomlashtirish va madaniy ahamiyatga ega yerlar 

72.5 

0.2 


Boshqa yerlar 

509.1 

1.2 


*O‟zbekiston Respublikasi geokadastr va yer resurslari davlat qo‟mitasi ma‟lumotlari 

 

Respublikada  jami  yer  fondining  56,3  foizidan  qishloq  xo‟jalik  korxonalari  va 



tashkilotlari,  18,9  foizidan  esa  o‟rmon  xo‟jaligi  korxonalari  foydalanmoqdalar.  Respublika  yer 

fondining  7,2  foizidan  hozirgi  davrda  yuqoridagi  maqsadlarni  hal  etishda  foydalanilmoqda. 

Shuning bilan birga kelajakda mamlakatimiz xalq xo‟jaligini rivojlantirish uchun imkoniyatlar, 

jumladan, zahiradagi yerdan foydalanish imkoniyati mavjud. Hozirgi davrda shunday yerlarning 

umumiy maydoni 7.5 mln. gektarga yaqin. Bu jami yer maydonining 16.8 foizini tashkil yetadi. 

Ularning tarkibi quyidagicha: 

haydaladigan  yerlar.  Ular  sug‟oriladigan  hamda  lalmi  yerlardan  tashkil  topgan,  tuprog‟i  yeng 

unumdor hisoblanadi. Ayniqsa, sug‟oriladigan yerlarniki. Bu yerlarda suvdan foydalangan holda 

paxta  xomashyosi,  sholi,  bug‟doy,  arpaning  asosiy  qismi,  makkajo‟xori,  kartoshka,  sabzavot, 

poliz  mahsulotlari  etishtirilmoqda.  Shuning  uchun  ulardan  yil  mobaynida  to‟liq  va  samarali 

foydalanish  maqsadga  muvofiqdir.  Ularning  maydoni  4042,7  ming  gektarni  tashkil  yetadi. 

Respublika  hududidagi  ekin  maydonlarni  kelajakda  ma‟lum  miqdorda  kengaytirish  mumkin. 

Buning uchun o‟zlashtirish qulay bo‟lgan yer maydonlarini o‟zlashtirib, ekin mydoni tarkibiga 

kiritish  mumkin.  Bu  jarayonni  amalga  oshirish  uchun  suv  resurslari  mavjud  bo‟lishi  kerak. 

qo‟shimcha  suv  resurslarini  esa  sug‟orish,  texnika  va  texnologiyalarni  joriy  etish  oqibatida 

shakllantirish mumkin. 



 

Yaylovlar  va  pichanzorlar.  Ular  22263.4  ming  gektar.  Bu  yerlarda  chorva  hayvonlari 



boqilib,  ular  uchun  turli  xildagi  yem-xashaklar  etishtiriladi.  Bu  yerlarda  asosan  qo‟ychilik 

rivojlangan. 

ko‟p  yillik  daraxtzorlar  maydoni,  ya‟ni  bog‟zorlar,  tokzorlar,  tutzorlar,  daraxtzorlar  maydoni. 

Ko‟p  yillik  daraxtzorlar  bilan  353  ming  gektarga  yaqin  maydon  band.  Shu  yerlardan 

foydalangan  holda  xo‟jaliklar  qayta  ishlash  sanoatini  xomashyo,  aholini  esa  oziq-ovqat 

mahsulotlari  bilan  talab  darajasida  ta‟minlash  uchun  turli  xildagi  mahsulotlar  etishtirmoqda. 

Respublikaning  jami  yer  fondi  undan  foydalanuvchilar  bo‟yicha  2001  yilda  quyidagicha 

taqsimlangan: 

Qishloq  xo‟jaligi  bilan  shug‟ullanadigan  barcha  korxonalarga,  tashkilotlarga  24968,6 

ming ga yer foydalanish uchun uzoq muddatga ijaraga berilgan. Bu yerlardan foydalangan holda 

(Qishloq  va  suv  xo‟jaligi  vazirligi,  Fermer  va  dehqon  xo‟jaliklari  uyushmasi, 

«O‟zmevasabzavotuzumsanoat» xolding kompaniyasi, «O‟zparrandasanoat», «O‟zgo‟shsanoat» 

uyushmalari va boshqa tashkilotlar) turli xildagi qishloq xo‟jalik mahsulotlari etishtiradilar; 

o‟rmon xo‟jaligi korxonalariga - 8409,2 ming ga yer berilgan; 

shahar, sanoat, transport, aloqa mudofaa va boshqalarga - 2671,2 ming ga yer berilgan

zahiradagi yerlar - 7469,6 ming gektarni tashkil yetadi. 

Yer  maydonining  taqsimlanishi  kelajakda  u  yoki  bu  sohalar  rivojlanishi  natijasida 

o‟zgarishi mumkin. 

Respublikamizda suv resurslari manbalari cheklangan. Ularning umumiy miqdori 49,4 mlrd. m3 

atrofida  bo‟lishi  mumkin.  Shundan  30,6  mlrd.  m3  yoki  61,9  foizi  yirik  daryolarning  suvidan, 

16,5 mlrd. m3 respublika hududidagi mayda daryolarning suvlaridan, qolgan qismi esa yer osti 

hamda  kollektor-zovurlardan  olinadigan  suvlardan  iborat.  Mavjud  suv  resurslari  hozirgi  o‟sib 

borayotgan  talabni  to‟liq  qondira  olmaydi.  Shu  suv  resurslarining  aksariyat  qismi  qishloq 

xo‟jaligi  tarmog‟ida  ishlatiladi.  Suv  resurslari  davlat  muhofazasida,  mulkchilik  shakllari 

bo‟yicha taqsimlanmagan. 

Yerdan  oqilona  foydalanish,  tuproq  unumdorligi,  o„rmon  va  yaylov  yerlarini  ishlab 

chiqarish  xususiyatini  oshirish  va  qayta  tiklash,  sug„oriladigan,  alohida  qiymatli  va 

muhofazalanadigan  yerlarni  asossiz  oborotdan  chiqarish,  yerlarni  tabiiy  va  antropogen  salbiy 

jarayonlardan himoyalashning yo„llari:  

 

 



Tashkiliy —1~ 

Ilmiy 


asoslangan 

ye r tuzish 

Hududiy 

ishlab 


chiqarish 

kuchlarini  oqilona 

joyl ashtirish 

 



 

Yagona  monitoring 

tizimining 

olib 


borish 

Davlat 


kadastrini 

to„liq 


amalgam 

oshirish 

=fc 

Davlat  va  jamoat 



ekspertizasini 

yo„lga qo„yish 

± 

Yerdan  foydalanish 



va 

uni 


muh 

ofazalash 

nazoratini 

kuch 


aytirish va h okazo. 

Huqiqiy 


± 

Tabiatni  muhofaza 

qilish  qonunchiligi 

normalarini 

takomillashtirish 

Tabiiy 


resurslar 

qonunchiligi 

normalarini 

takomillashtirish 

Tadbirkorlikni 

kafolatlash 

normalarini 

takomillashtirish 

Yerdan 

foydalanish 



normalarini 

ekologiyalashtirish 

Ekologik 

huqiqiy 


mexanizmni yaratish 

Yer 


huquqbuzarligiga 

nisbatan 

jazoning 

muqarrarligini 

ta‟minlash 

Iqtisodiy 

г 

Yomon 


yerlarni 

imtiyozli 

soliqqa 

tortish 


Tuproq 


muhofazasi 

tadbirlarini kreditlash 

Ekologik 

toza 


mahsulotlarni  ishlab 

chiqishni 

rag„batlantirish 

Yerlarni 

rekultivatsiya 

va 


tubdan  melioratsiya 

qilishga 

davlat 

dotatsiyasini berish 



Yer  jamg„  armasini 

joriy qilish va hokazo 

Texnologik 

Yerlarni 



tubdan 

melioratsiyalash 

va 

rekultivatsiyalash 



texnoligiyalarini ishlab 

chiqish 


Shahar 

qurilishi 

lohihalariga 

yer 


muhofazasi 

elementlarini 

joriy 

etish 


Noqishloq  xo„jalik  va 

sanoat 


o„zlashtirishning 

yagona 


texnologiyasini 

yaratish 



 

Suvlarni  muhofaza 



qilish 

texnologiyasini 

joriy 

qilish


 

 

Havza  boshqarmasi  o„z  funktsiyalariga  ega  bo„lib,  suvdan  foydalanish  bashoratini 



umumlashtiradi,  O„zbekiston  Respublikasi  Qishloq  va  suv  xo„jaligi  vazirligiga  suv  limitlari  bo„yicha 


Yüklə 378,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2020
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə