50 umumiy o’rta ta’lim maktabida 2020-2021 o’quv yilini yakunlash, o’quvchilar bilimi, malaka va ko’nikmalarini yakuniy davlat attestatsiyasidan o’tkazish



Yüklə 289,55 Kb.
səhifə1/12
tarix02.01.2022
ölçüsü289,55 Kb.
#40579
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
имтихон 2021



Toshkent viloyati Yangiyo’l tumani Xalq Ta’limi Bo’limi tasarrufidagi 50- umumiy o’rta ta’lim maktabi

50 - umumiy o’rta ta’lim maktabida 2020-2021 o’quv yilini yakunlash, o’quvchilar bilimi, malaka va ko’nikmalarini yakuniy davlat attestatsiyasidan o’tkazish, ularni sinfdan sinfga ko’chirish bo’yicha bosqichli nazorat imtihonlarini tashkil etish to’g’risida


HUJJATLARI




YANGIYO’L TUMANI XALQ TA’LIMI BO’LIMI TASARRUFIDAGI 50-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI DIREKTORINING BUYRUG’I
50-umumiy o’rta ta’lim maktabida 2020-2021 o’quv yilyni yakunlash,o’quvchilarning bosqichli hamda yakuniy nazorat imtihonlarini tashkil etish va o’tkazish to’g’risida
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi 140-son “Umumiy o’rta ta’lim to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq, umumiy o’rta ta’lim muassasalari, ayrim fanlar chuqur o’rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari, imkoniyati cheklangan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari o’quvchilarining bosqichli va yakuniy nazorat imtihonlarini tashkil etish va o’tkazish to’g’risidagi Xalq ta’limi vazirining 2021 yil 5-mart kunidagi 55-sonli hamda Toshkent viloyati Xalq ta’limi boshqarmasining 2021 yil 5-martdagi 30-sonli, hamda Yangiyo’l tuman XTB ning 2021 yil 11 -martdagi 65-sonli buyruqlari ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman:

1. Yangiyo’l tuman XTB ning 2021 yil 11-martdagi 65-sonli buyruqlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.

2. Ta’lim muassasasida o’quv mashg’ulotlar mazkur yilning 25-may sanasida tugallanishi belgilab qo’yilsin.

3. Muassasasi o’quvchilarining bilimi, ko’nikma va malakalarini sinovdan o’tkazish uchun 5-8 va 10-sinflar uchun og’zaki, yozma imtihon yoki test sinovlari shaklida bosqichli nazorat, 9 va 11-sinflar uchun esa davlat attestatsiyasi shaklida yakuniy nazorat imthonlaridan o’tkazilishi belgilab qo’yilsin. .

4. Maktabning 9 va 11-sinf o’quvchilarining yakuniy nazorat imtihonlari 2021-yil 27- maydan 15-iyungacha amalga oshirilsin, zarurat bo’lganda imtihonlarni yakshanba kuni ham o’tkazish nazarda tutilsin (“Jismoniy tarbiya” fani bundan mustasno).

5. Ta’lim muassasasida 9 va 11-sinf o’quvchilarining yakuniy nazorat imtihonlari Xalq ta’limi vazirining 2019 yil 26-fevral sanasidagi 69-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Umumiy o’rta ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi to’g’risida nizom” ga muvofiq amalga oshirilsin.

6. Maktab o’quvchilarining bosqichli nazorat imtihonlarini o’tkazish tartibi to’g’risidagi nizom 2-ilovaga, bosqichli va yakuniy nazorat imtihonlari o’tkaziladigan fanlarning ro’yxati va imtihon o’tkazish shakllari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi inobatga olinsin.

7. Ta’lim muassasasining 9 -sinf o’quvchilari uchun “Jismoniy tarbiya” fanidan yakuniy nazorat imtihonlari 2021-yil 1-8 may kunlari malakali tibbiyot xodimlarining nazorati ostida o’tkazilsin.

8. Ta’lim muassasasida ta’lim oluvchilarni sinfdan-sinfga ko’chirish muvaqqat tartibi 1 -ilovaga, yakuniy davlat attestatsiyasi va bosqichli nazorat imtihonlari o’tkazuvchi imtihon komissiyasi a’zolarining huquq-vazifalari 2-ilovaga asosan tasdiqlansin.

9. Ta’lim muassasasi bitiruvchilarining bilimi, malaka va ko’nikmalarining yakuniy davlat attestatsiyasi va sinfdan-sinfga ko’chirish bosqichli imtihonlari quyidagi fanlardan o’tkazilsin:




Yüklə 289,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin