O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG’ONA FILIALI
5A330501 – Kompyuter injiniringi
(Kompyuter tizimlarini loyihalash) mutaxassisligi
2-bosqich M1-19 gurux magistranti
Azimjonov Ulug’bek Abdumalik o’g’lining
2020-2021 o’quv yilida Ilmiy-tadqiqot ishlari bo’yicha
HISOBOTI
Farg’ona – 2020
5A330501 – Kompyuter injiniringi (Kompyuter tizimlarini loyixalash) mutaxassisligi magistri Azimjonov Ulug’bek Abdumalik o’g’lining “Aeroportlarda qushlarni akustik ta’siri orqali qo’rqitib, uchuvchi parvozini monitoring qiluvchi tizim ishlab chiqish va tadqiq qilish” mavzusidagi ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiya ishini tayyorlash bo’yicha
KALENDAR REJASI
(2020-2021 o’quv yili uchun)
№
|
Mavzu
|
Soat
|
1
|
Aeroportlarda qushlarni akustik ta’siri xavfsizligi
|
6
|
2
|
Aeroportlarda qushlarni akustik ta’siri xavfsizligini ta’minlashning zaruriyati
|
6
|
3
|
Aeroportlarda qushlarni akustik ta’siri xavfsizligi ta’minlash metodologiyasi
|
6
|
4
|
Aeroportlarda qushlarni akustik ta’siri xavfsizligini ta’minlash tamoyillari
|
6
|
5
|
Aeroportlarda qushlarni akustik ta’siri xavfsizligini ta’minlash afzalliklari
|
6
|
6
|
Aeroportlarda qushlarni akustik ta’siri xavfsizligini ta’minlashda axborot texnologiyalarining tutgan o’rni
|
6
|
7
|
Aeroportlarda qushlarni akustik ta’siri xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan isloxotlar
|
6
|
8
|
Aeroportlarda qushlarni akustik ta’siri xavfsizligini ta’minlashda tashqi omillarning ta’siri
|
6
|
9
|
Aeroportlarda qushlarni akustik ta’siri xavfsizligini ta’minlash tizimi
|
2
|
|
Jami
|
50
|
Izox:
Ushbu kalendar reja 2020-2021 o’quv yilining 1-semestri uchun mo’ljallangan.
Darslar o’quv xaftasining xar seshanba kuni o’tkazilishi rejalashtirilgan.
“Axborot texnologiyalari” kafedrasining 2019 yil 10 oktyabr kungi 3.1-sonli yig’ilishida U.Azimjonovga ilmiy rahbar etib filial O’quv va tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent I.Tojiboev tayinlandi. Magistrlik dissertatsiyasi uchun I.Tojiboev rahbarligida “Aeroportlarda qushlarni akustik ta’sir orqali qo’rqitib uchuvchi parvozini monitoring qiluvchi tizim ishlab chiqish va tadqiq qilish” mavzusi tanlab olindi.
Tanlab olingan ilmiy-tadqiqot ishi mavzusi “Axborot texnologiyalari” kafedrasining 2019 yil 24 oktyabrdagi 3.2-sonli yig’ilishida muhokama qilindi hamda tasdiqlandi. SHuningdek, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, dissertatsiya ishlarini tartibli, belgilangan normalar asosida tayyorlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 2 martdagi 36-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Magistratura to’g’risidagi Nizom bilan tanishib chiqildi hamda ilmiy rahbar I.Tojiboev tomonidan berilgan tavsiyalar asosida ishlar olib borildi. Tanlab olingan ilmiy-tadqiqot ishi mavzusi bo’yicha quyidagi ishlar olib borildi.
Kirish
Jahonda boshqaruvni avtomatlashtirishning zamonaviy bosqichi yuqori darajadagi ishlab chiqarishni ta’minlaydigan va xalq xo’jaligining barcha jabhalari uchun ishlab chiqarilayotgan mashina hamda uskunalarning keng ko’lamda elektronlashuviga, robototexnikaga, rotorli va rotor-konveyerli liniyalarning jadal rivojlanishiga, mukammal avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu yo’nalishda dunyoning rivojlangan mamlakatlarida, jumladan AQSH, Kanada, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Rossiya va boshqa davlatlarida ishlab chiqarish tizimlarini dasturlanadigan mantiqiy qurilmalar orqali boshqarish masalalari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jahonda turli xo’jalik sohalariga avtomatlashgan tizimlarni kiritish uchun zamonaviy matematik usullar, loyihalashtirish, texnologik jarayon va uskunalarning boshqarish ilmiy asoslari yaratilmoqda. Ushbu yo’nalishda, jumladan, turli intellektual boshqaruv tizimlarini ishlab chiqish, ularni tizimli ravishda avtomatlashtirish va axborotlarni qayta ishlash hamda boshqaruv yechimlarini qabul qilish jarayonlarini takomillashtirish masalalari muhim vazifalar bo’lib hisoblanadi.
Respublikamizda intellektual boshqaruv tizimlarini rivojlantirish va yagona axborot muhitini tashkil etishga doir qabul qilinayotgan kompleks chora-tadbirlar doirasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarga asoslangan boshqaruv tizimlarini yaratishga katta e’tibor berilmoqda. 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasida, jumladan «...ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmadagi loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan aktiv investitsiya siyosatini olib borish, ... sanoatning yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xom-ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo’shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o’tkazish orqali yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish» vazifalari belgilangan. Mazkur vazifalarni amalga oshirish, jumladan bir qancha algoritmik tizimlarning o’rnini bosuvchi, qaror qabul qilish jarayonida boshqaruv masalalarini qo’llab-quvvatlovchi, murakkab ierarxik tuzilishga ega bo’lgan, instrumental va kompьyuter usullari yordamida intellektual tizimlarni ishlab chiqish muhim masalalardan hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son «O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida»gi va 2018 yil 19 fevraldagi PF-5349-son «Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmonlari, 2017 yil 29 avgustdagi PQ-3245-son «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida loyiha boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida»gi, 2013 yil 27 iyundagi PQ-1989-son «O’zbekiston Respublikasi Milliy axborot kommunikatsiya tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Qarorlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy-siyosiy isloxotlarning deyarli barchasi soxa korxonalarini moddiy-texnik bazasini yangilash, ularga yangi innovatsion texnologiyalarni jalb etish, jahon tajribasini qo’llash orqali yuqori samaradorlikka erishishga qaratilgan. Bu borada aeroportlardagi ko’rsatilayotgan xizmatlar, aviaqatnovlar sifatiga va xavfsizligiga ta’sir etayotgan omillarni o’rganish xozirgi kundagi tadqiqotchi-olimlarning asosiy vazifalaridan xisoblanadi. Aviaqatnov sifati va uchuvchi uchun yaratilgan shart-sharoit yo’lovchilar, parvoz va osmon jismlari xarakatlanishidagi o’zaro xavfsizlikka chambarchas bog’liqdir. Ushbu dissertatsiya ishi aeroportlarda qushlarni akustik ta’sir orqali qo’rqitib uchuvchi parvozini monitoring qiluvchi tizim ishlab chiqish va tadqiq qilish masalalarini yoritishga bag’ishlangan.
Bu masala bo’yicha bugungi kunda xorijda amalga oshirilayotgan ishlar va yaratilgan texnika-texnologiyalarni o’rganilib, jahon tajribasi respublikamizda keng tadbiq qilinmoqda. Mamalakatimiz aeroportlarida kelajakda bu kabi tizimlar imkoniyatlardan foydalanish xavfsizlik darajasini oshirilishiga xizmat qiladi.
Tadqiqot maqsadi. Hozirda mavjud aeroportlarda qushlarni akustik signallar bilan qo’rqitish tizimlarini hamda ulardan foydalanish bo’yicha nazariy, amaliy tadqiqotlar o’tkazish va ularning tahlili.
Tadqiqot vazifalari: Aeroportlarda o’rnatilgan xavfsizlik tizimlarini o’rganish va yaratilgan akustik siganllar orqali qushlarni qo’rqitish usullarini tahlil qilish.
Aviaparvozlar xavfsizligini ta’minlashda qo’llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar, apparat vositalari, ularni qo’llash samaradorligini ko’rib chiqish va xulosalar olish. CHet el tajribasidagi o’xshash tizimlarni mamlakatimizda qo’llash usullarini taxlil qilish, olingan natijalarni tajribada sinab ko’rish.
Tadqiqot obyekti. Farg’ona Xalqaro aeroportida qushlarni akustik ta’sir orqali qo’rqitib uchuvchi parvozini monitoring qiluvchi tizimni ishlab chiqib, tajriba-sinovdan o’tkazish va tadqiq qilish.
Tadqiqot predmeti. Akustik ta’sir etuvchi apparat vositalari va ulardan olingan natijalar asosida yangi tizim yaratish, tuzilish jihatdan xavfsiz, ishonchlilik yuqori bo’lgan yangi tizimni amalda tadbiq qilish va qiyosiy tahlili.
Tadqiqot metodlari. Muammoga oid ilmiy, uslubiy, texnik adabiyotlar tahlili; ilmiy kuzatish; test sinovlari; muammoga yo’naltirilgan o’quv materiallari va ilmiy natijalarni tajribadan o’tkazish.
Tadqiqotning ilmiy farazi. Aeroportlarda qushlarni akustik ta’sir orqali qo’rqitib uchuvchi parvozini monitoring qiluvchi tizimni yangi zamonaviy dasturlash tillari va qurilmaviy vositalarini qo’llab, yangi usullarni tadbiq etish orqali yanada ko’proq samaradorlikka erishish mumkin bo’ladi, agar:
Ushbu tizimning maqsadlari va vazifalari aniqlangan bo’lsa;
Qushlarni akustik ta’sir orqali qo’rqitib uchuvchi parvozini monitoring qiluvchi tizimlar misolida asosiy tushuncha va algoritmlarini ajratib olingan hamda ularning mantiqiy ketma-ketligi berilgan bo’lsa;
Yuqoridagi tizimning ishonchliligi, xavfsizligi aniqlangan va ulardan foydalanishning samarali uslublari ishlab chiqilgan bo’lsa;
Dissertatsiya mavzusi doirasida o’tkazilgan tajriba natijalari asosida ko’rsatilgan tizimni joriy qilish muhim omil deb qaralsa;
Himoyaga olib chiqiladigan holatlar: Tizim ishga tushgandan so’ng axborot xavfsizligini muhim ekanligi, bu soxani o’rganish bo’yicha ishlab chiqilgan algoritmlar va ularni texnologiyalari;
Aeroportlarda parvozlar va ularni monitoring qilish bo’yicha yuzaga kelayotgan qiyinchiliklar va ularni bartaraf etish uslubiyoti;
Natijalarning e’lon qilinganligi. Ilmiy-tadqiqot doirasida olib borilgan ilmiy-uslubiy izlanishlarning natijalari ilmiy-amaliy konferensiyalarda ma’ruza qilingan. Jumladan 1 ta respublika miqyosidagi OAK e’tirof etgan NamDU jurnalida ilmiy maqola, 1 ta respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarida tezis e’lon qilindi.
Dostları ilə paylaş: |