1. Qadimgi Rimda yashagan etrusklarning yunon koloniyalariga qarshi kurashiga ittifoqchi bo‘lgan davlat qaysi yana bir boshqa davlatning koloniyasi bo`lganini aniqlang?
A) Karfagen B) Misr
C) Sparta D) Finikiya
2.Makedoniyalik Aleksandrning O‘rta Osiyoga yurishini eslang! U mil.avv. 329-328-yil qishini qaysi shaharda o‘tkazgan edi?
A) Termizda B) So‘g‘diyonada
C) Baqtrada D)Aleksandriya Esxatada
3. Qadimgi Afinadagi palestrlarda mashhur haykaltaroshlar ishlagan haykallar turgan bo‘lib, ushbu haykallar vositasida yigit kishi qanday bo‘lishi kerakligi uqtirilgan?
A) kuchli, jismonan barkamol va o‘z vatani himoyasiga shay turishi
B) haykaldagi siymo singari jismonan kuchli va baquvvat bo‘lishi
C) haykallarning yuz qiyofasida ifodalanganidek ma’naviy jasorat sohibi bo‘lishi
D) haykallardek chiroyli qaddi-qomat sohibi bo‘lish
4. Sargon I nima maqsadda barcha shaharlar uchun yagona bo‘lgan uzunlik, maydon va og‘irlik o‘lchovini joriy qilgan?
A) soliqlar yig‘ilishini tartibka solish
B) savdo-sotiqni rivojlantirish
C) mamlakatni viloyat va tumanlarga teng taqsimlash
D) tanga zarb qilishda suiistemolchilikning oldini olish
5. Buyuk Ipak yo‘li kesib o‘tgan hududlar ketma-ketligini aniqlang.
l) Sharqiy Turkiston; 2) Pomir; 3) Sariq dengiz; 4) Misr; 5) Eron;6) Efes; 7) Mesopotamiya; 8) O‘rtayer dengizi sohiligacha; 9) O‘rta Osiyo.
A) 1, 2, 3, 4, 5, 7 B) 3, 1, 9, 5, 7, 8
C) 3, 2, 4, 1, 7 D) 1, 3, 2, 5, 4, 8
6. Salavkiylar davlatida joriy qilingan strateg lavosimiga kimlar tayinlanar edi?
A) hukmdorninng akasi yoki ukasi
B) mahalliy aholidan
yetishib chiqqan harbiylar
C) sobiq lashkarboshilar
D) mahalliy xalqning tilini tushunadigan sarkardalar
7. Kserks boshchiligida yunonlar ustiga yurish qilgan O‘rta Osiyolik jangchilar qurol-yarog‘larini Geradot mufassal tasvirlagan. Unga ko‘ra, xorazmiylar va so‘g‘diylar nima bilan qurollangan?
A) kamon va nayza
B) xanjar va oybolta
C) sovut, dubulg‘a, xanjar
D) oybolta va o‘q-yoy
8. Qazishmalar natijasida, O`zbekiston hududidagi qaysi manzilgohdagi qasrdan, saroy devorlari shohlar, lashkarlar, sozandalar, shuningdek, hayvonlar va qushlar tasviri bilan bezatilgan 20 dan ortiq bo‘yalgan loy haykallar, zallardan biridagi tokchalarda devor bo‘ylab o‘rnatilganligi aniqlangan?
A) Tuproqqal’a B) Qal’aliqir
C) Ko‘zaliqir D) Ayritom
9. Quyidagilardan O‘zbekiston hududida neolit davriga tegishlisini aniqlang.
A) diniy e’tiqodlar
kurtaklari vujudga kelgan
B) paxsa uylar qurish boshlandi
C) kulolchilik xumdonlaridan foydalanishga kirishildi
D) xom g‘ishtdan ko‘p xonali uylar qurila boshlandi
10. Makedoniyalik Aleksandr Sharqda bosib olgan ulkan hududda yunon madaniyatini tarqalishiga imkon yaratish maqsadida qanday usulni amalga oshirgan edi?
A) bosib olingan hududlarda vatanparvarlik kurashiga moyil bo‘lgan zodagonlarni pul evaziga yunonlarga sodiq odamga aylantirdi
B) bosib olingan shaharlarga yunonlarni joylashtirdi
C) bosib olingan hududlarda yunon urf-odatlarini majburan singdiradi
D) kambag‘al aholiga arzimas pullar berilishi evaziga yunon xudolariga ishontirilgan
11. .“Avesto”gda keltirilgan O‘rta Osiyo jamiyatining bosqichlarini ularning izohi bilan to‘g‘ri joylashtiring.
1) vis 2) nmana 3) varzana 4) zantu 5) dax’yu
a) qabila b) urug‘ jamoasi c) patriarxal oila d) hududiy qo‘shnichilik jamoasi e) qabilalar ittifoqi
A) 1-b, 2-c, 3-d, 4-a, 5-e
B) 1-a, 2-c, 3-a, 4-d, 5-e
C) 1-c, 2-a, 3-d, 4-e, 5-b
D) 1-b, 2-c, 3-a, 4-e, 5-d
12. O‘rta Osiyo hududida dastlabgi tanga-pullar … tarqalgan.
A) mil.avv. V-IV asrlarda
B) mil.avv. III-II asrlarda
C) mil.avv. VII-VI asrlarda
D) mil.avv. IX-VIII asrlarda
13. Insonlar qaysi davrda toshga ishlov berishning oldin ma’lum bo‘lmagan silliqlash va parmalash usullarini kashf qilishgan?
A) so‘nggi paleolitda B) neolitda
C) mezolitda D)
bronza davrida
14. O‘troq turmush tarzi va mehnat qurollarining yanada takomillashishi natijasida …
A) ota urug‘i jamoasi vujudga keldi
B) jamoalarning dehqonchilikka o‘tish imkoniyatini yuzaga keldi
C) dehqonchilikdan hunarmandchilik ajralib chiqdi
D) dastlab shahar va keyinchalik davlatlar vujudga keldi
15. Qaysi Misr fir’avni davrida Falastin, Finikiya va Suriyani istilo qilish boshlandi?
A) Yaxmos B) Tutmos III C) Tutmos II D) Menes
16. Rim imperatori Sezarga qarshi fitna uyushtirgan senatorlarning maqsadi nima edi?
A) Pompey hokimiyatini qayta tiklash
B) Senatning avvalgi mavqeyini qayta tiklash
C) Xalq majlisi va Xalq tribunining oldingi mavqeyini qayta tiklash
D) Mark Antoniyga hokimiyatni olib berish
17.Qadimgi Misrda Tot xudosi ...
A) mayyitlar posboni bo‘lgan
B) musiqa, go‘zallik va sevgi ilohasi bo‘lgan
C) tabiblik ilohasi bo‘lgan
D) Nil xudosi bo‘lgan
18. Iso payg‘ambar shogirdlari nima deb nomlanadi?
A) yepiskoplar B) monaxlar
C) iezuitlar D) apostollar
19.Afrosiyob shahar xarobalari hozirgi Samarqandning qaysi chekkasida joylashgan?
A) g‘arbiy B) shimoliy
C) sharqiy D) janubiy
20. Mil. avv. 337-yilda yunon shahar-davlatlarining ittifoqi qaysi shaharda tuzildi?
A) Sparta B) Korinf
C) Afina D) Messina
21. Qadimgi Yunonistonga xos bo‘lgan atamalarni toping?
A) polis, en, falanga, zand
B) teatr,
tragediya, agora, kentavr
C) pedagog, senat, demokratiya, teatr
D) sarkofag, polis, tamkar, teatr
22. Bosfor bo`g`ozidagi Vizantiy shahri qachon Rim imperiyasining yangi poytaxti deb e’lon qilingan?
A) 336-yil B) 329-yili
C) 330-yili D) 334-yili
23. Attila boshchiligidagi xunnlar Rim imperiyasiga bostirib kiradilar?
A) 410-yil B) 452-yili
24. Qadimgi Dunyoning qaysi davlatida bolalarning ta’lim olishi ota-onalarning tahsil uchun haq to`lash imkoniyatlariga bog`liq bo`lgan?
A) Misrda B) Mesopotamiyada
C) Yunonistonda D) Rimda
25. Qaysi davrga kelib Rimning barcha fuqarolari mavqeyidan qat’i nazar qonun oldida teng bo‘lib qoldi?
A) mil.avv.IV asrning o‘rtalari
B) mil.avv.V asrning oxiri
C) mil.avv.III asrning boshlari
D) mil.avv.VI asrning o‘rtalaridan
26. Saklarning ko‘pchilik qismini qaysi guruhdagi saklar tashkil qilgan?
A) saka-tiay-aradarayya
B) saka-tigraxauda
C ) saka-xoumovarka
D) barchasi bir xil bo‘lgan
27. Mil.avv. VIII-VII asrlarda Xitoyda …
A) Chjou davlatida markaziy hokimiyat zaiflasha boshladi
B) “Ko‘p podsholiklar” davri bo‘ldi
C) “Kurashayotgan podsholiklar” davri bo‘ldi
D) Chjou podsholigi o‘zining qudratli cho‘qqisiga yetdi
28. Hindlar e’toqidi bo`yicha Oliy xudo ...
A) Indra B) Ganesha C) Braxma D) Shiva
29. Mil. avv. VII asrda tashkil topgan Qadimiy Baqtriya davlati O`rta Osiyo hududidagi qadimiy davlatlardan bri hisoblanadi, qaysi hududlar Baqtriyaning siyosiy va ma’daniy ta’siri ostida bo`lgan?
A) Farg`ona va Xorazm
B)
Toshkent va Chimkent
C) Marg`iyona va So`g`d
D) Ko`lob va Jizzax
30. Quyidagi qaysi voqealar Ahamoniylar podshosi Doro I davrida sodir bo‘lgan?
l) Misr zabt etildi; 2) Shoh yo‘li degan podsho savdo yo‘li qurildi; 3) Massagetlar ustiga yurish qilindi;
4) Skiflar ustiga yurish qilindi; 5) Fors davlati Makedoniyalik Aleksandr tomonidan bosib olindi;
6) Mamlakat satrapliklar deb nomlangan alohida harbiy o‘lkalarga taqsimlandi; 7) Yunon-fors urushi boshlandi; 8) Poytaxt Suza shahriga ko‘chirildi
A) 2,4,6,7 B) 1,2,3,4,5
C) 5,7,8 D) 4,6,8
31. Kushon podsholigida yozuv qadimdan mavjudligini tasdiqlovchi yunon alifbosidagi kushon bitiklari topilgan yodgorlikni belgilang?
A) Fayoztepa B) Xolchayon
C) Surxko`tal D) Qoratepa
32. “… Bu jang barcha janglardan ham dahshatlirog‘i edi. Avval har ikki tomon jangovar safga tizilishib, bir-birlariga kamondan o‘q yog‘dirishdi”. Qadimgi yunon tarixchisining ushbu fikrlari nechanchi yilgi voqea haqida hikoya qiladi?
A) mil.avv. 338-yil B) mil.avv. 330-yil
C) mil.avv 490-yil D) mil.avv. 530-yil
33. Kushon davlati iqtisodiyotining asosini nima tashkil qilgan?
A) chorvachilik va ziroatchilik
B) sug‘orma dehqonchilik, savdo va hunarmandchilik
C)
chorvachilik, lalmi dehqonchilik va savdo
D) konchilik, to‘qimachilik va kulolchilik
34. Qaysi xalifa hukmronligi davida yangi yerlarni zabt etishni to‘xtatish hamda moliyaviy isloh o‘tkazish to‘g‘risida farmon beriladi?
A. Marvon II B. Muoviya I
C. Abul Abbos Saffoh D. Umar ibn Abdulaziz
35. Arablarning Buxoroga qilgan dastlabki talonchilik yurishlari qachon amalga oshirilgan?
A. 680-y B. 654-y C.667-y D. 673-y
36. So`g`d ixshidlari ittifoqiga qaysi vohalar kirgan? A. Samarqand,Usturshona, Naxshab B. Samarqand, Buxoro, Nasaf C. Samarqand, Buxoro, Qarshi D. Samarqand, Buxoro, Kesh
37. Quyidagi qaysi yodgorliklardan sug‘d yozuvlari namunalari topilgan?
1) Mug‘ qal’asi 2) Ajinatepa 3) Bolaliktepa 4) Varaxsha 5) Turfan 6) Qiziltepa 7) Afrosiyob A. 1, 5, 7 B. 1, 5, 6 C. 2, 4, 6, 8 D. 1, 3, 5, 7
38. Qaysi dinda faqat qora qashqa ot qurbonlik keltirilgan? A. qam B. zardushtiylik
C.moniylik D. buddaviylik
39. Abruy qo’zg’olonidan vahimaga tushgan dehqon va boy savdogarlar qayerga borib ornashgan edilar? A. Taroz va O’zgan B. Taroz va Turkiston C. Xo’jand va Yettisuv D. Bolasog’un va Taroz
40.. G’arbiy Turk xoqonligi o’z poytaxtini qachon Choch shahriga ko’chirgan? A. VI asr oxiri B. VII asr birinchi choragi
C. VIII asr boshi D.
VII asr ikkinchi yarmi
41. Quyidagi qaysi davlatda betiga shoh va orqasiga suvoriy tasvirlari tushrilgan kumush tangalar zarb qilingan?
A. Qoraxoniylar B. Eloq hokimligida
C.Chig’atoy ulusi D. Xorazm davlatida
42. Abbosiylar Abu Muslimni dastlab qanday lavozimga tayinlandi? A. Xuroson va Movaraunnahr noibligi B. Xalifalik qo’shini qo’mondoni C. Sharqiy o’lkalar harbiy qo’mondoni D. Bog’’dod davlat va harbiy ishlar
43. Ilk o‘rta asrlarda xat, hujjat va ayrim maktubotlar asosan nimalarga yozilgan?
A) tosh, devor va qog‘ozga
B) qog‘oz, ohak va teriga
C) yog‘och, tosh va devorlarga
D) charm, yog‘och va sopolga
44. Berilgan javoblarning qaysi biri noto‘g‘ri?
A) xioniylar davlati 120 yildan ortiqroq yashaydi
B) Pero‘z 484-yilda eftaliylarga qarshi yurishga otlanadi
C) IV asrning 70-yillarida O‘rta Osiyoda xioniylar hukmronligi o‘rnatildi
D) kidariylar VI asrning 20-yillarida O‘rta Osiyoga kirib keldi
45. Qanday omillar Turk xoqonligining markazlashgan davlatga aylanishiga imkon bermadi? 1) katta qabilalar yoki qabilalar ittifoqining markaziy hokimiyatga bo‘ysunmaslikka
intilishi; 2) janubdan doimiy sosoniylar tazyiqi; 3) eftaliylar avlodlarining hokimiyatni o‘z qo‘liga olishga intilishi; 4) hududlardagi hokimliklarning mustaqil bo‘lishga intilishi; 5) bo‘ysundirilgan hududlarning mahalliy hokimlar orqali boshqarilishi; 6) Turk xoqonligining Vizantiya, Xitoy va Eron bilan doimiy raqobat.
A) 1, 5 B) 1, 3, 6
C) 2, 4, 5 D) 1, 4, 6
46. G‘arbiy Turk xoqonligi nihoyatda kuchaygan davrda (VII asrning birinchi choragi) uning janubiy chegarasi qayergacha cho‘zilgan edi?
A) Amudaryo etaklarigacha
B) Qirg‘iz xoqonligi hududigacha
C) Tan imperiyasi hududigacha
D) Sind daryosi bo‘ylarigacha
47. Abu Muslim boshchiligidagi qo‘zg‘olonni dastlab kimlar qo‘llab-quvvatlagan edi?
A) qullar
B) dehqonlar va hunarmandlar
C) arab zodagonlari
D) chorvadorlar va batraklar
48. Xuroson noibi Nasr ibn Sayyor nima maqsadda moliya islohotini o‘tkazgan?
A) tinchlik o‘rnatish maqsadida
B) aholini vaqtinchalik tinchlantirish maqsadida
C) qo‘zg‘olonlarning oldini olish maqsadida
D) o‘z mavqeyini mustahkamlash maqsadida
49. Movarounnahrda bo`lib o`tgan Muqanna qo`zg`aloni davrida qaysi vohaning qo`zg`alonchilar qo`liga o`tishi bilan “Oq kiyimliklar” harakati kengayib katta xalq qo`zg`aloniga aylanib ketadi?
A) Sog`d
B)
Qashqadaryo
C) Choch
D) Farg`ona
50. Movarounnahrdagi ichki ziddiyatdan foydalanib, Xitoy impe ratorining qo‘shinlari Turkistonga bostirib kiradi. Abu Muslim tomonidan yuborilgan harbiy kuch ...-yilda Talos vodiysida Xitoy qo‘shinlariga zarba berib, ularni mamlakat hududidan quvib chiqaradi.
A) 750-yil B) 747-yil
C) 751-yil D) 754-yil