6-amaliy mashg’ulot. Mavzu: kichik yoshdagi o‘quvchilarga mo‘ljallangan asarlarga oid xususiyatlar



Yüklə 226,72 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix19.10.2023
ölçüsü226,72 Kb.
#157235
Amaliy-6



6-AMALIY MASHG’ULOT. 
MAVZU: KICHIK YOSHDAGI O‘QUVCHILARGA 
MO‘LJALLANGAN ASARLARGA OID XUSUSIYATLAR. 
O‘SMIRLARGA OID BADIIY ASARLARGA QO‘YILGAN 
TALABLAR. 
Reja: 
1.
O‘smirlarga oid badiiy asarlarga qo‘yilgan talablar. 
2.
Kichik yoshdagi o‘quvchilarga mo‘ljallangan asarlarga oid xususiyatlar. 
XX asr faqat o'zbek xalqi hayotida emas, balki butun dunyo 
hayotida alg'ov- dalg'ovlarga boyligi bilan ajralib turadigan davr bo'ldi. 
Bu asrga kelib, hayot jarayonlari tezligi haddan ziyod ortdi. Ijtimoiy 
hodisalarning almashinish surati aqlga sig'mas darajada tezlashdi. 
Turkiston xalqlarining necha asrlar mobaynida davom etib kelayotgan 
bir maromdagi mudroq hayoti shu asr boshida ag'dar-to'ntar bo'lib ketdi. 
Fikrdagi yangilanish, texnika yutuqlarining kirib kelishi, axborot 
almashishning tezlashgani turkistonliklarning hayot tarzlarini 
o'zgartirib yubordi. Shu vaqtga qadar milliy adabiyotimiz milliy 
hayotimiz bilan yelkama-yelka bormas edi. Garchi, adabiyotimiz 
hayotdan tamomila ajralib qolmagan bo'lsada, ijtimoiy turmushning 
muammolari imi to'la chulg'ab olmasdi. XX asrga kelib, adabiyot 
hayotga yaqinlashdi, Bu bilan kifoyalanib qolmay, hayotni 
o'zgartirishga urina boshladi. Rossiya bosqini, Uning zo'ravonlikka 
asoslangan mustamlakachilik siyosati Turkiston xalqlarining usiz ham 
og'ir bo'lgan hayotini yanada qiyinlashtirdi. Ijtimoiy adolatsizlik
huquqiy tengsizlik tufayli kechayu-kunduz tinim bilmay ishlagan yurt 
egalari tobora qashshoqlashib, ularni talash va aldash bilan 
shug'ullangan bosqinchilar boyib bormoqda edi. Qashshoqlik tufayli esa 
turkistonliklarda g'urursizlik, johillik, tobelik, loqaydlik singari illatlar 
shakllanmoqda ediki, bu hol o'z millatining o'tmishidan xabardor va 
kelajagidan umidi bor ijodkor ziyolilarni bezovta qilmasligi mumkin 
emasdi. XIX asrning adog'i XX asrning boshlarida birgina Turkistonda 
emas, balki dunyodagi juda ko'p mustamlakalarda milliy uyg'onish 
harakati boshlangan edi. Ijtimoiy adolatsizlikni yo'qotmoqchi, nohaq 
tartiblarni o'zgartirmoqchi bo'lgan fikr kishilari millatning nochor holati 


va og'ir turmush tarzini o'zgartirish uchun dastlab xalqqa bilim berish 
kerak, deb hisobladilar. Millatni g'aflatdan uyg'otmay, xalqning ruhida 
taraqqiyotga mayl paydo qilmay turib, hech narsaga erishib bo'lmasligi 
tushunib yetildi. Millatga ma'rifat berish sifat jihatidan ham, sur'at 
jihatidan ham tamomila boshqacha tashkil etilishi lozimligi ayon bo'ldi. 
Faqat ruhga ta'sir etadigan, axloqni takomillashtiradigan bilimlar 
bilan kifoyalanib bo'lmasligi, fan-texnika asoslarini puxta o'rganish 
zarurligi anglab yetildi. 
Guruhni ikkiga ajratib, har bir guruh nomlanadi.Va quyidagi 
topshiriqlarni bajaradilar: 
1-
 
topshiriq: 
O‘smirlarga oid badiiy asarlarga qo‘yilgan talablar 
mavzusi bo’yicha taqdimot tayyorlang. 
2-
 
topshiriq: 
Kitobxonlik va she’rxonlik musobaqasini tashkil qilish. 
3-
 
topshiriq: 
4-sinf o’qish darsligini tahlil qilish 

Yüklə 226,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin