6-davlat ixtisoslashtirilgan umumta`lim maktabi “G” sinf o`quvchisi



Yüklə 68,57 Kb.
tarix10.02.2022
ölçüsü68,57 Kb.
#52345
tasviriy sanat shoirlari
IMG 0001, Положительные и отрицательные аспекты ценовой конкуренции в условиях современного рынка, 1507648817 69263, Navoiy shahar maktabgacha ta, raqs san`ati haqida, orol, router, РИЗАЕВ ФАРХОД БАХТИЁР УГЛИ, Contract мастика, общество и природа


Navoiy shahar

16-davlat ixtisoslashtirilgan

umumta`lim maktabi

5 “G” sinf o`quvchisi

Shamsiyeva Malikaning

tasviriy san`at fanidan tayyorlagan



Abdulhaq Abdullaev - O`zbekiston xalq rassomi

1918 yilda Turkistonda tavallud topgan. Portret san'ati   ustasi. Abdulhaq Abdullayev portretchi rassom sifatida tanilgan bo‘lib, uning asarlari chuqur ruhiy kayfiyat aks etishi bilan ajralib turadi. Bu borada ayniqsa, mashhur o‘zbek aktyori Abror Hidoyatovning Otello rolidagi nortreti (1946) e'tiborga molik.

1918 yilda Turkistonda tavallud topgan. Portret san'ati   ustasi.

Abdulhaq Abdullayev portretchi rassom sifatida tanilgan bo‘lib, uning asarlari chuqur ruhiy kayfiyat aks etishi bilan ajralib turadi. Bu borada ayniqsa, mashhur o‘zbek aktyori Abror Hidoyatovning Otello rolidagi nortreti (1946) e'tiborga molik.

Ma'lumki, o‘z davrida Abror Hidoyatov Otello roli orqali jahonga tanildi. Ana shu obrazni astoydil kuzatgan,  har  jihatdan  o‘rgangan  rassom uni o`ziga    xos tarzda tasvirlashga  muvaffaq bo‘ladi.  O`ta  ta'sirchan va to‘laqonli bu portret rassomning mahorat cho‘qqisidan dalolat beradi. Obrazda o‘tkir ko‘zlar, qandaydir kuch va ichki bir harakatlar bilan tasvirlangan bu portret bir qarashdayoq tomoshabin e'tiborini o‘ziga rom etishiga shak-shubha yo‘q. Asarda    umumiy qizg‘ish rang gammasi portretdagi obrazning ichki g‘oyasini ochib   berishga xizmat qiladi.    Umuman    Abdulhaq Abdullayev portret yaratishda obrazning ichki qiyofasini    ko‘rsata olishi bilan alohida ajralib turadi. 1949 yilda ishlangan yozuvchi Oybek portretini kuzatar ekanmiz, insonning psixologik olamining tasvirlanishiga yana bir bor tan beramiz. Rassom inson qiyofasini tasvirlashga qayta-qayta murojaat qilar ekan, har bir suratda o`zgacha bir olam, o‘zgacha bir yangiliklarni kashf etadi. U yaratgan asarlar qanday qilib bo‘lmasin    tomoshabin qalbini hayajonga soladi. Abdulhaq Abdullayev ko‘plab zamondoshlari va bir qancha avtoportretlarni   yaratish borasida ham bunday muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritgan. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy obrazi ustida bu rassomchalik ko‘p mehnat qilgan san'at ustasini tasviriy san'at vakillari ichida topish amri mahol    bo‘lsa kerak. «Bir necha nusxada chizilgan Alisher Navoiy portreti o‘zining mo'tadilligi, sofligi va ruhiy dunyosining boyligi bilan ajralib turadi. Bunda    rassomga xos romantik tuyg‘u bilan tasvirlanmish shaxsning ruhiy   dunyosini chuqur  tushunish  qobiliyati  bir-biri bilan uyg‘unlashib ketadi»,— deb ta'riflaydilar Tilab Mahmudov. Rassom o‘z ustida tinimsiz ishlar ekan shogirdlariga ham haqiqiy ijodning natijasi tinimsiz mehnat, astoydil izlanishlar evaziga chiqishini amalda lsbotlab   kelmoqda.

Rassom «Nazarali Niyozov» (1949), «Onam portreti» (1952), «Indira Gandi» surati (1957), «Buvi bilan nabira” (1960), «Rassom Chingiz Ahmarov» kabi o‘nlab bebaho asarlar muallifidir. Muhimi, Abdulhaq Abdullayev yaratgan portretlar allaqachon O`zbekiston tasviriy san'atining noyob durdonalariga aylanib qolgan.

Yil sayin tasviriy san'at sohasiga bir qator yangi-yangi asarlar kirib kela boshladi. Bu borada mahalliy rassomlardan Rashid Temurov, Sapog‘ Muhammedov, Zokir Inog‘omov, Rahim Ahmedov, Mannon Saidov kabi ijodkorlarning faoliyati kengroq ko‘zga tashlana boshlaganini ko‘ramiz. Manzarada R. Temurov, Z. Inog‘omovlar  ijodiy  muvaffaqiyatlar qozondi.                R. Ahmedovning tematik kompozitsiyalari, natyurmort va bir qancha portretlari tomoshabinlar qalbiga yoqimli  kayfiyat ulashdi. Rahim Ahmedovning ijodidagi o‘ziga xoslik, izlanish—o‘zbek tasviriy san'atida alohida   bir   maktab bo`lib shakillanganligi ma`lumdir.

Iskandar Ikromov—o`zbekiston xalq rassomi, grafika san'ati ustasi (1904—1972).

Rassom Iskandar Ikromovning ijodiy faoliyati kitob grafikasi san'ati bilan chambarchas bog‘liqdir. U 1904 yilda Toshksnt shahrida tug‘ilgan. Yoshlik yillarida rasm ishlashni ishtiyoq bilan o‘rgandi. 1923 yillarga kelib Iskandar Ikromovning grafika san'atiga bo‘lgan qiziqishi yanada ortdi. Uning rasmlari «Bolalar dunyosi» jurnalida, hajviy rasmlari esa «Mushtum» jurnalida chop etila boshlaydi. Rassom tasviriy san'at sirlarini chuqurroq o‘rganish uchun Sankt-Peterburgga borib o‘qiydi. U Sankt-Peterburgdan «kitob san'atining texnik rassomi» diplomi bilan    qaytadi.

Bunday mutaxassis kadr o‘z davrida respublikamizning davlat nashriyoti uchun juda zarur edi. Iskandar Ikromov O`zbekistonning birinchi poligrafchi rassomi sifatida tanila boshladi. Bu borada samarali ijod qilish bilan birga tasviriy san'atning grafika turiga doir qo‘llanmalar yaratdi. 1932 yilda rassomning «Rasmni o‘rganish», 1933 yilda «Kitob va jurnallar qanday nashr etiladi» albomi,  1935 yilda «Harflarni yozishni o‘rgan» kabi kitoblari chop etildi. Iskandar Ikromov pedagogikaga bog‘liq kitoblar yaratish bilai birga, kitob grafikasini yanada puxta o‘rganib, o‘zbek shoir va yozuvchilarining asarlariga ko‘plab rasmlar ishlaydi va kitob mazmunini ochib bera olgan holda mahorat bilan bezaydi. Ikkinchi jahon urushi yillarida hozirjavob harbiy plakatlar, front uchun chiqarilgan kitoblarning asosiy qismi bo‘lgan «Jangovar varaqalar»ni bezatish ham Iskandar Ikromov zimmasiga tushdi. Ayniqsa, o‘zbek adiblari, shoirlari kitoblarini o‘ziga xos milliy va an'anaviy bezaklar bilan boyitilishi ras-somni tez orada san'at va adabiyot vakillari o‘rtasida obro‘-e'tibor qozonishiga sabab bo‘ldi. Ana shuning uchun Iskandar Ikromovga 1944 yilda O`zbekiston xalq rassomi unvoni beriladi. 50-yillarga kelib ijodkor kitobga badiiy bezak berish borasida mashhur tasviriy san'at ustasi bo‘lib tanildi. Shu davrda nashr etilgan ko‘plab kitoblarni asosan Iskandar Ikromov bezagan. U yaratgan asarlar kitob, jurnal va gazetalarning chi-royiga chiroy qo‘shib, o‘quvchilarga manzur bo‘lib qoldi. U uzoq yillar davomida O`zbekiston rassomlar uyushmasiga rahbarlik qilgan.

O’zbekiston xalq rassomi  Rahim Ahmedov 1921 yil 26 iyul kuni Toshkentda tug’ilgan. Rahim Ahmedov 1937 – 1941 yillarda Toshkent badiiy bilim yurtini va 1947 – 1953 yillarda Leningrad rassomlik, haykaltaroshlik va me’morlik insititutida ta’lim olgan. U 1953 yildan Toshkent teatr va rassomchilik san’ati insititutida o’qituvchi, 1976 yildan professor, 1965 – 1984, 1992 – 1994 yillarda O’zbekiston Rassomlar uyushmasi boshqaruvi rasi bo’lib faoliyat olib borgan. Rassom asarlari chuqur pisixologik ifodaligi bilan ajralib turadi, ularda ichki kechinmalar, his – tuyg’ular mohirona ifodalangan. Ijodini asosan portretlar chizish bilan boshlagan. “Qahramon ona” 1949 yil, “Cho’pon” 1952 yil, “Student qiz portreti” 1954 yil va boshqa asarlar shular jumlasidan. Rassom yaratgan portretlar “Ona o’ylari” 1956 yil, “Keksa kolxo’zchi portreti” 1956 yil, “O’zbek qizi portreti” 1958 yil, “Qashqadaryolik ayol” 1959 yil, “Mehnatda ham soldat” 1961 yil, “Surxondaryolik ayol” 1962 yil, “Muqumiy” 1968 yil, “Nigora” 1971 yil, “O’.Tansiqboyev” 1972 yil, “Lola portreti” 1979 yil, “Nabi Rahimov” 1983 yil, “Shuhrat Abbosov” 1987 yil va boshqalar o’zbek tasviriy san’atida portret janirining rivojiga katta hissa bo’lib qo’shildi. Uning  manzaralar asarlaridan “Bahor” 1964 yil, “Nahor.Oqtosh bahori” 1971 yil va boshqalar, naturmortlar “Naturmort” 1954 yil “Naturmort” 1965 yil va boshqalar ham yaratgan. Turli sharoitlarda aks ettirilgan ayollar obrazlari “Qo’shiq” 1964 yil, “Yanvar. 1924 yil” va boshqa asarlari ham jozibalidir. Uning asrlari O’zbekiston san’at muzeyi, Badiiy ko’rgazmalar direksiyasi, Sharq xalqlar san’ati muzeyi va boshqa muzeylarda saqlanadi. Asarlari 1948 yildan boshlab respublika va xalqaro ko’rgazmalarda namoyish etiladi. Rahim Ahmedov 1967 yil Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati, 1998 yil “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni,  1961 yil O’zbekiston xalq rassomi unvoni va 1997 yil O’zbekiston Badiiy Akedemiyasining faxriy a’zosi bo’ldi. 




Yüklə 68,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə