6-maruza. Каtta yoshdagi o’quvchilar uchun o’yinlar. Reja Dasturga kiritilgan turli xil jismoniy mashlarni bolalar xilma-xil o’yinlar vositasidalar bilan urgatish



Yüklə 21,26 Kb.
tarix25.08.2023
ölçüsü21,26 Kb.
#140454
6-maruza. Каtta yoshdagi o’quvchilar uchun o’yinlar.


6-maruza. Каtta yoshdagi o’quvchilar uchun o’yinlar.
Reja
1.Dasturga kiritilgan turli xil jismoniy mashlarni bolalar xilma-xil o’yinlar vositasidalar bilan urgatish.
2.Jamoa o’yinlari yetarli darajada chaqqonlik, hozirjavoblik, farosatlilikni va jismoniy tayyorgarlikni oshiradi.
3.Bolalar harakatli o’yinlarni o’tkazganda 6-7 yosh xususiyatlari organizmining tezroq o’sishi bilan xarakterlanishini .
Bog’cha bolalari va maktab o’quvchilari uchun o’yinlar. Katta yoshdagi (6-7 yoshdagi) Bog’cha bolalari uchun o’yinlar Bu yoshdagi bolalar uchun harakatli o’yinlar jismoniy tarbiya darsining asosi bo’lib hisoblanadi. Shuning uchun Bog’cha dasturida o’yinlarga boshqa materiallarga nisbatan ko’proq o’rin ajratiladi. Buning sababi shundaki, dasturga kiritilgan turli xil jismoniy mashlarni bolalar xilma-xil o’yinlar vositasida osongina idrok qiladilar va o’zlashtiradilar. Masalan, yugurib kelib uzunlikka sakrashni o’rgatish uchun alohida mashg’ulot o’tkazilganda o’qituvchi tomonidan qo’yilgan vazifa amalgam oshirilmay qolishi mumkin. Chunki mashqni tushuntirish, ko’rsatish berish, bajarish va uning qanday bajarilganligini aniqlash, xatolarni tuzatish bolalar uchun juda zerikarli bo’ladi. Agar bu vazifani hal qilish uchun “Bo’ri zovur ichida” o’yinidan foydalanilsa, maqsadga osongina erishiladi. Bog’cha bolalari uchun harakatli o’yinlarniasosan darsning asosiy va yakunlovchi qismida o’tkazish tavsiya etiladi, chunki dastur meteriali darsning kirish qismida saf mashqlarini o’tkazishni talab qiladi. O’yinlarda yugurish, sakrash va uloqtirish yoki irg’itish mashqlariga alohida e’tibor berish lozim. Bu yoshdagi bolalar bilan oddiy va o’rtacha murakkab o’yinlarni o’tkazish bilan birga, agar kollektiv yetarli darajada tayyorlangan bo’lsa, ancha murakkabroq, ya’ni jamoalarga bo’linib o’ynaladigan o’yinlarni ham o’tkazish mumkin. Jamoa o’yinlari yetarli darajada chaqqonlik, hozirjavoblik, farosatlilikni va jismoniy tayyorgarlikni talab etadi va ayni vaqtda bu xususiyatlarni takomillashtiradi. Jismoniy ratbiya darslari ko’pincha turli o’yinlardan tarkib topgan bo’ladi va bundan tashqari darsga gimnastika hamda sport o’yinlarining asosiy turlari – basketbol va voleybol ham kiritiladi. Bog’cha bolalari uchun harakatli o’yinlar yordamida jismoniy mashqlarni qiziqarli o’tkazadi va bu bilan Bog’cha bolalarida harakat ko’nikmalarini hosil qiladi. Bog’cha bolalari uchun harakatli o’yinlarga qatnashganlarida ularning aktiv harakatlari anchagina tartibli va aniq bo’lib qoladi. 6-7 yoshli bolalarning o’yinlari birmuncha murakkablashtiriladi. Agar bolalarida sportning biror turi sohasida o’quvchilarda harakat ko’nikmalarini hosil qilish yuzasidan o’z oldiga muayyan vazifa qo’yadigan bo’lsa, unda ayrim darslar shu vazifani bajarishga yordam beradigan o’yinlardan iborat bo’lishi mumkin. Shuni nazarda tutish kerakki, o’yin darsini o’tkazish o’quvchilardan o’yin harakatlarining ba’zi ko’nikmalariga ega bo’lishni talab etadi. Yaxshisi darsga bolalarga notanish bo’lgan o’yinlarni kiritmaslik kerak. O’yin darslari zo’r tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lishi bilan bir vaqtda ilmiy jihatdan kamchiliklardan ham holi emas. Bunga o’yinlarni o’tkazish jarayonida o’ynovchilarda hosil bo’layotgan ko’nikmalarni kuzatib va nazorat qilib borishning qiyinlashuvi sabab bo’ladi. O’yin darslarini har o’quv choragining oxirgi o’n kunliklari mobaynida o’tkazish maqsadga muvofiqroq bo’ladi, chunki shunday qilish o’qituvchiga bolalarda biror harakat ko’nikmalari qanchalik hosil bo’lganligini aniqlash imkonini beradi. Harakatli o’yinlar bolalarida darslarida ham kattagina o’rin oladi. Bu bolalarida jismoniy daqiqa darslarida hosil qilingan harakat ko’nikmalarini takomillashtirish va mustahlamlash uchun xizmat qiladi. Darsning butun asosiy qismi muayyan vazifani hal qilishga, masalan, barcha harakatli o’yini texnikasining asosiy elementlarini o’rgatishga qaratilgan o’yin materiallaridan iborat bo’lsa, bunday darslarning kirish qismida “To’plar poygasi” singari harakatli o’yinlardan foydalanish mumkin. Bunday hollarda darsning asosiy qismiga “Ovchilar va o’rdaklar”, “Otishma” o’yinlari kiritiladi. O’yinlardan foydalanishda o’yin texnikasining u yoki boshqa elementlari qanchalik tez bajarilisgigagina emas, balki ularning bajarilish sifatiga ham alohida e’tibor berish zarur. Каtta yoshdagi bolalar uchun o’yinlar Shu yoshdagi bolalar uchun mashg’ulotga kiritiladigan harakatli o’yinlar jismoniy tarbiyaning boshqa vositalariga o’rin bera boshlaydi. Ammo shu yoshdagi bolalar uchun tog’ri keladigan harakatli o’yinlar ham o’tkazib turiladi. Bolalar harakatli o’yinlarni o’tkazganda 6-7 yosh xususiyatlari organizmining tezroq o’sishi bilan xarakterlanishini unutmasligi lozim. Shuning uchun darsda o’yinlar tashkil qilish va o’tkazish paytida hamda mashg’ulotlar vaqtida o’yin materiallarining astasekin va har taraflama o’tilishini hisobga olish zarur. O’yin jarayonida haddan tashqari og’ir jismoniy harakat qilmaslik lozim. Bu yoshdagi o’quvchilarning har biriga individual muomala qilish muhim ahamiyatga egadir. 6-7 yoshda foydalaniladigan harakatli o’yinlarning miqdori ancha kam bo’ladi. Bu yoshdagi o’quvchilar uchun foydalaniladigan o’yin materiallarining hajmi ta’lim-tarbiyaviy vazifalardan kelib chiqadi. Bu yoshda foydalaniladigan harakatli o’yinlar tashkiliy tuzilishi jihatidan ham, harakatlarining mazmuni jihatidan ham bit muncha murakkabroq bo’ladi. Elementlarini o’z ichiga olgan o’yinlarga, shuningdek, sport o’yinlariga kengroq o’rin beriladi. 6-7 yoshda harakatli o’yinlarni mashg’ulotning ikkinchi va uchinchi qismlarida o’tkazish tavsiya etiladi. Mashg’ulotning asosiy qismida o’quvchilarga bironta murakkab sport o’yinini o’rgatishga zamin tayyorlash uchun darsning tayyorgarlik qismiga ba’zi bir o’yinlar kiritish mumkin. Harakatli o’yinlardan ko’zda tutiladigan asosiy maqsad o’quvchilarni sport o’yinlariga tayyorlashdir. Bunday o’yinlarda bironta sport o’yini texnikasi va taktikasining elementlari taraqqiy ettiriladi va takomillashtiriladi. Ishlab chiqilgan metodikaga asosan harakatli o’yinlardan foydalaniladigan darslar chorak oxirida, ta’til oldidan me’yoriy nazoratlarga baho qo’yilganidan keyin o’tkaziladi. Mashg’ulotning puxtaroq bo’lishiga erishish, shuningdek, orttirilgan ko’nikmalarni mustahkamlash va o’quvchilarga beriladigan yuklamani oshirish maqsadida o’yinlardan dars asosiy qismining oxirlarida foydalanish mumkin. Hozirgi dasturlarning talablari yuqori sinf o’quvchilari oldiga muayyan maqsad va vazifalar qo’yadi. 6-7 yoshda ijtimoiy va ishlab chiqarish xarakteridagi ishlar bilan shug’ullanadilar. Bu hol ulardan harakatli o’yinlar uchun ajratilgan vaqtni ehtiyot qilish va tejashni talab etadi. Bunday sharoitda jismoniy tarbiya darslariga va jismoniy tarbiya bo’yicha o’tkaziladigan boshqa mashg’ulotlarga yetakchilik o’rinning berilishi tabiiydir. Katta yoshdagi bolalar faoliyatida harakatli o’yinlar kam o’rin oladi. Ular asosan har xil sport turlari texnikasi va taktikasining asosiy elementlari bilan shug’ullanadilar. Agar harakatli o’yinlar darsga kiritilsa ham undan sportning har xil turlari sohasida orttirilgan harakat ko’nikmalarini takomillashtirish va mustahkamlashgina nazarda tutiladi. Demak, bolalar o’yinni o’tkazish jarayonida o’yin harakatlarining bajarilishini alohida e’tibor bilan kuzatishi lozim. Mazkur yoshdagi o’quvchilar uchun tuzilgan maktab dasturida gimnastika va sportning boshqa turlariga kattagina o’rin beriladi. Bundan ko’rinib turibdiki, darsga kiritiladigan o’yinlar harakatlarning biror elementlarini agallashga yordam beradigan mashqlardan iborat bo’lishi kerak. Agar darsning asosiy qismiga sport o’yinlaridan birortasi kiritilgan bo’lsa, darsning kirish qismida mana shu sport o’yinining taktikasi va texnikasiga o’zining ayrim harakatlari bilan mos keladigan harakatli o’yinlardan bittasini o’tkazish juda muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Mashg’ulotning yakunlovchi qismiga kiritiladigan harakatli o’yinlarning vazifasi yaxshi dam olish va kayfiyatni yaxshilash uchun muskullarga zo’r berishni kamaytirish, nafas olish organlari va qon aylanishini birmuncha tinchlashtirishdan iboratdir. “O’ylab top”, “Man qilingan harakat” singari o’yinlar, diqqatni sinash uchun o’tkaziladigan mashqlar darsning yakunlovchi qismidagi vazifalarni hal qilishga yordam beradi.
Yüklə 21,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin