6-mashg‘ulot.
Ilmiy uslub. Sohaviy terminlarning leksik xususiyatlari.
Reja:
Ilmiy-ommabop uslub.
Sohaviy terminlar va ularni qo‘llash xususiyatlari. Ilmiy-ommabop matnlar.
Tayanch tushunchalar:
Atama (termin), terminologik leksika, ilmiy atama, terminologik tizim, kasb-hunar atamalari.
Ma’lum sohaga oid maxsus tushunchalarni mantiqan aniq ifodalash uchun qo`llanadigan so`z yoki so`z birkmalari yig`indisi terminologik (lot. terminus – “chegara”, logos - “fan” degani)1 leksika deb ataladi. Terminologik leksikaning birligi termin (yoki atama) deb yuritiladi. Har qanday termin ma’lum bir terminlar tizimidagina termin hisoblanadi. Shu bilan u umumxalq leksikasiga mansub bo`lgan so`zdan farq qiladi. Terminlar quyidagi xususiyatlarga ega:
1) biror sohaga oid maxsus tushunchani ifodalaydi. Masalan, leksikologiya termini tilshunoslik sohasiga tegishli bo`lib, tilning lug`at boyligini o`rganadigan bo`lim tushunchasini ifodalaydi.
2) bitta terminologik tizimda har doim bir ma’noli bo`ladi. Masalan, ot so`zi atama sifatida faqat so`z turkumi tushunchasini bildiradi (bu so`z “ism”, “hayvon”, “otmoq”, “ichmoq” ma’nolaridagi so`zlar bilan omonim hisoblanadi).
3) ko`pincha tillararo xususiatga ega bo`ladi. Masalan, lotin tilidan olingan respublika termini dunyodagi ko`pgina tillarda bir xil tushunchani ifodalaydi.
4) bir so`z bittadan ortiq sohaga tegishli termin bo`lishi mumkin. Masalan, valentlik termini kimyo hamda tilshunoslik fanlarida ishlatiladi.
5) asosan ot turkumiga tegishli bo`ladi, boshqa turkumga tegishli bo`lsa, otga ko`chgan bo`ladi: sintaksis (ot), ishlab chiqarish (harakat nomi otga ko`chgan).
Atamalarni quyidagi mezonlar bo`yicha tasnif qilish mumkin:
1) qaysi sohaga oidligiga ko`ra:
a) kasb-hunar atamalari ma’lum kasb yoki hunar egalari tomonidan ishlatiladigan atamalardir. Dunyoda qancha kasb yoki hunar bo`lsa, shularning har biriga xos bo`lgan atamalar mavjuddir. Ayrim kasblarga oid atamalarga misollar:
- o`qituvchilik: reyting, yillik baho, sinf jurnali, pedkengash, semestr, choraklik va h.
- duradgorlik: randa, iskana, tesha, bolg`a va h.
b) ilmiy atamalar ma’lum fan-texnika sohasiga mansub tushunchalarni ifodalaydigan atamalardir. Bunday atamalar tabiiy fanlar, texnika fanlar, ijtimoiy-gumanitar fanlar, matematik fanlarning barchasida mavjuddir. Masalan:
- kimyo: oksid, sulfat, reaksiya, valentlik, kislorod, vodorod va h.
- matematika: sinus, kosinus, ayniyat, romb, parallelogram, teorema, aksioma va h.
- mantiq: predikat, subyekt, obyekt, hukm, tushuncha va h.
- kibernetika (yoki komputer texnologiyasi): EHM, axborot, fayl,disk, internet va h.
2) kelib chiqishiga ko`ra:
a) umumxalq leksikasidan olingan terminlar. Bundatilning o`zida mavjud bo`lgan so`zlar termin sifatida maydonga chiqadi. Masalan, tilshunoslikka oid ot, sifat, son, fe’l, ravish, ko`makchi, bog`lovchi, yuklama, gap, so`z kabi, me’morchilikka oid pardoz, davra, namoyon, o`ymakor, taqsim kabi2, temirchilikka oid pesh, tana, yelka, charxdor, dam kabi3 atamalar bunga misol bo`la oladi.
b) chet tillardan olingan terminlar. Bundatilimizga hozirgi paytda aloqa vositasi hisoblangan chet tillardan olingan atamalar nazarda tutiladi. Masalan, yadro fizikasiga oid activator, barion, diproton, kvant;4botanikaga oidazaliya, valeriana, gortenziya, magnoliya;5 logopediya faniga oid anamnez, giperkinez, distoniya, patogenez kabi6, zargarlik kasbiga oid parma, bargak, peshxalta, dahanda kabi7 atamalar shunga misol bo`la oladi.
Savol va topshiriqlar:
Terminlarga xos xususiyatlarni sanang.
Atamalar qaysi mezonlar bo`yicha tasnif qilinadi?
Sohaviy atamalarga misollar keltiring.
Adabiyotlar:
Абдураҳмонов Ғ. Стилистик нормалар ҳақида//Ўзбек тили ва адабиёти, 1969, № 6, 51-б.
Бегматов Э., Бобоева А., Асомиддинова М., Адабий норма ва нутқ маданияти. Т., 1983.
Иброҳимов С. Нутқ маданияти ва адабий талаффуз ҳақида Т., 1972.
Нутқ маданиятига оид масалалар. (Мақолалар тўплами) Т., 1973.
Тожиев Ё., Ҳасанова Н., Тожиматов Ҳ. Йўлдошева О. Ўзбек нутқи маданияти ва услубият асослари. Т., 1994.
Шомақсудов А., Расулов И., Қўнғуров Р., Рустамов Ҳ. Ўзбек тили стилистикаси. Т., 1983.
Dostları ilə paylaş: |