6-mavzu: Avtomatlashtirish tizimining prinsipial elektr chizmalari



Yüklə 264,74 Kb.
tarix29.08.2023
ölçüsü264,74 Kb.
#140909
BTL maruza 6


6-mavzu: Avtomatlashtirish tizimining prinsipial
elektr chizmalari.
1. Sxema elementlarining shartli grafik belgilanishlari.
2. Sxema elementlarining shartli harfli-raqamli belgilanishlari.
3. Prinsipial elektr sxemalariga misollar: elektrodvigatelni qo‘lda va avtomatik (kontrollerdan) boshqarish sxemasi; klapanni qo‘lda va avtomatik (kontrollerdan) boshqarish sxemasi.

Bu sxemalar avtomatlashtirish tizimi bo‘g‘in1ariga kiruvchi elementlar tarkibini belgilaydi, ular orasidagi bog‘lanishlarni, asboblar va avtomatlashtirish vositalarining elektr ta’minot usullarini aks ettiradi. PES ni ishlab chiqish uchun dastlabki material texnologik jarayonlami avtomatlashtirish sxemasi (TJAS) hisoblanadi. PES, o‘z navbatida, birikmalarning sxemalarini (montaj sxemalarini) shchitlar oldi chizmalarini va boshqa texnik hujjatlarni ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi.


PES lar Davlat standartlari talablariga muvofiq bajarilib, ular sxe- malarni bajarish qoidalarini, sxema elementlarining grafik va harfiy belgilashlarini, elektr zanjirlar qismlari markirovkasini belgilab beradi (21.6, 21.7- jadvallar). PES quyidagi tartibda ishlanadi: AS asosida PES ga talablar ifodalanadi va uning elementlari ketma-ketligi o‘rnati1adi, ifo- dalangan talablarning har biri elementar zanjirlar ko‘rinishida tasvirlanadi, elementar zanjirlar umumiy sxemaga birlashtiriladi, apparatura tanlanadi va ayrim elementlarning elektrik parametrlari hisob qilinadi
PES ni ishlab chiqishda quyidagi mulohazalarga va talablarga amal
qilinadi:
soddalik va yaqqollik uchun sxemalarda yoyilma prinsipidan foyda- laniladi, u shundan iboratki, turli zanjirlarda amal qilayotgan apparat va asboblarning elementlari sxemaning ishlashi mantig‘iga muvofiq ularning konstruktiv bog‘1anishidan tashqari joylashtiriladi;
elektr zanjirlarini tasvirlash ketma-ketligi nazorat, signalizatsiya, boshqarish va rostlashning ayrim bo‘g‘inlarining yeyilish tartibiga mos kelishi kerak;
kontaktlar, shuningdek boshqa ulab uziluvchi qurilmalar normal holatda ko‘rsatiladi, ya’ni zanjirda tok bo‘1maganda yoki tashqi mexanik ta’sir bo‘1maganda ko‘rsati1adi;
har bir boshqarish zanjiri qarshiligiga o‘ng tomondan qisqa tu- shuntiruvchi yozuvlar beriladi. Har bir zanjir yozuvi qo‘shni yozuvlar- dan, bu zanjirlar bo‘1inish joylarida chiziqlar bilan ajratiladi (21.11-rasm)





Asinxron elektr dvigatelni boshqarish prinsipial elektr sxemasi.
  1. PES da foydalaniladigan har bir apparatga shartli harfiy belgi berilib, u sxemada tasvirlangan uning hamma elementlariga taalluqli bo‘ladi. Sxemada bir necha bir xil turdagi elementlardan foydalanilganda harfiy belgiga arabcha raqamlar ko‘rinishidagi raqam qo‘shi1adi. Masalan, sxemada uchta oraliq rele bo‘1ganda ular K1, K2, KZ tarzida belgilanadi.


  2. PES ni o‘qish qulay bo‘1ishi uchun, shuningdek ular bo‘yicha loyihaning boshqa hujjatlarini tuzish mumkin bo‘1gani sababli ularda zanjirlar rusumlanadi. O‘zgaruvchan tokning kuch zanjirlari fazalarni belgilovchi harflar bilan va ketma-ket raqamlar bilan markalanadi (A, B, C, N, Al va hokazolar); boshqarish, signalizatsiya, himoya, blokirovka va o‘lchash zanjirlari ketma-ket sonlar bilan markalanadi (21.7-rasm). Appa- ratlar kontaktlari, rele g‘a1taklari, turli kommutatsiyalovchi qurilmalar, signalizatsiya apparaturasi va hokazolar bilan ajratilgan zanjir qismlari har xil markalanadi (rusumlanadi). Bitta PES bo‘g‘inida birlashuvchi, shuning- dek, ajraluvchi kontakt birikmalar orqali o‘tuvchi qismlar bir xi1 mar- kalanadi.

PES ning mazmuni ishlab chiqarish jarayonining o‘ziga xos xususiyati bilan belgilanadi, bu jarayon uchun avtomatlashtirish tizimi ishlab chiqariladi. PES ga quyidagilar albatta kirishi kerak: bosh (kuch) zanjirlari sxemasi, boshqarishning, signallashning, elektr ta’minotning tegishli izohlovchi yozuvlari bilan birga element sxemalari, kontakt kalitlari va

Reversiv asinxron elektr dvigatelni boshqarish prinsipial elektr sxemasi.
dastur qurilmalarining ishlash (ulanish) diagrammalari, PES ga kiruvchi elementlar ro‘yxati.
PES ning tuzilishini aniq misollar asosida mufassalroq qarab chiqamiz (21.7-rasm). Asinxron elektr dvigatel SB2 tugmachani bosib ishga tushiriladi. Bunda magnit yuritkich KM chulg‘amining ta’minot (manba) zanjiri ulanadi. Yurgizib yuborgich ishlaganda uning kuch zanjiridagi kontaktlari elektr d igatelni ulaydi, boshqarish zanjirida esa SB2 tugmachani blokirovkalaydi (to‘sadi). SB1 tugmacha bosilib elektr dvigatel uziladi, bu tugmacha yurgizib yuborgich chulg‘ami manba zanjirini uzadi. Elektr dvigatelni ortiqcha yuklanishlardan himoya qilish uchun KK1 va KK2 issiqlik relelaridan foydalaniladi, ularning isitish elementlari kuch zanjirining ikkita fazasiga ulangan, kontaktlar esa yurgizib yuborgich chulg‘ami manba zanjiriga ulangan. Elektr dvigatel va boshqarish zanjirlari qisqa tutashuvdan FU saqlagichlar yordamida himoya qilinadi. SA rubilnik manba (va boshqarish zanjirlari)ni kuzatish hamda ta’minlash vaqtida uzib qo‘yish uchun mo‘1jallangan. Neytrali yerga ulangan uch fazali zanjirlarda boshqarish zanjirlari 220V li faza kuchlari bilan ta’minlanadi.
Nazorat savollari
1. Sxema elementlarining shartli grafik belgilanishlari.
2. Sxema elementlarining shartli harfli-raqamli belgilanishlari.
3. Prinsipial elektr sxemalariga misollar.
Yüklə 264,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin